16-mavzu: sel oqimi, uni oldini olish va qarshi kurash tadbirlari rеjа


Download 396.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi396.52 Kb.
#197816
  1   2   3   4   5
Bog'liq
16-Maruza



16-mavzu:  SEL OQIMI, UNI OLDINI OLISH VA QARSHI KURASH 

TADBIRLARI 

 

Rеjа: 

1. Sel oqimini paydo bo`lishi va keltiradigan zararlari. 

2. Sel oqimini oldini olish va qarshi kurash choralari. 

3. Sel oqimiga qarshi kurashishda gidrotexnik tadbirlar. 

Tayanch  iboralar:  Sel  oqimi,  selning  zararlari,  seldor  xududlar,  oldini  olish  choralari, 

agroo`rmon  melioratsiya,  jilg`a  va  qirg`oqlarni  mumtahkamlash,  suvni  rostlash  inshoatlari, 

supalar (terassalar).

 

1. Sel oqimini paydo bo`lishi va keltiradigan zararlari. 

Tog`,  tog`  oldi  va  adir  mintaqa-larida  kuchli  jala  quyish  yoki  qorlarni  jadal 

erishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, tosh aralash xolda vuj-

udga kelgan suv oqimiga sel deyiladi. 

O`zbekistonda  sel  oqimi  Farg`ona  vodiysida,  Qashqadaryo,  Surxandaryo, 

Samarqand,  Jizzax  va  Toshkent  viloyatlaridagi  tog`lik-larda  keng  tarqalgan.  Bu 

yerlarda  yiliga  bahor  oylarida  2-5  martagacha  sel  oqimi  vujudga  keladi,  ularning 

oqosh davomiligi 2-3 soatdan 10-12 soatgacha davom etadi. 

Sel  oqimi  qishloq  xo`jaligiga  juda  katta  zarar  keltiradi.Sel  axoli  yashaydigan 

joylarni qishloq xo`jalik binolarini, chorvachilik fermalarini, ekin maydonlarini, suv 

oborlarini  sugorish  inshoatlarini,  temir  va  avtomobil  yullarini  ko`priklarni  buzadi. 

Ularni  loyqa,  qum,  shag`al,  tosh  aralashmalari  bilan  ko`mib  tashlaydi.  Sel  oqimi 

natijasida  tuproqning  yuvib  ketilishi  juda  kuchli  bo`ladi.  Nishabligi  2-4

dan  ortiq 



bo`lgan yerlarda bir mavsum-dagi sel oqimi natijasida 20-50 t/ga tuproq yuviladi. 

Sel  oqimi  jala  yog`ining  jadaligiga,  davomiligiga,  erning  rel`efiga,  o`simlik 

qoplamiga  tuproqning  tarkibiga,  suv-fizik  xossalariga,  unumdorligiga  bog`-liq 

bo`ladi.  Tog`  va  tog`  yon  bag`rilarida  tabiiy  o`simliklar  qoplami  (daraxtlar, 

butazorlar,  o`tloqlar)  buzilganda,  chorvo  mollarini  yaylovlarda  boqish  tartibiga 

rioya  qilinmaganda,  yerlar  asossiz  shudgor  qilinganda  sel  oqimi  paydo  bo`lish 

kuchayadi. 

 


Download 396.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling