17- amaliy mashg’ulot Tokni chegaralovchi reaktorlar


Download 44.5 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2020
Hajmi44.5 Kb.
#157120
  1   2

17- Amaliy mashg’ulot

Tokni chegaralovchi reaktorlar.
Tayanch iboralar: Tok,kuchlanish,kuvvat, energiya, stansiya, GES, energiya ishlab chiqarish, gidroelektrostansiya, tuman elektrostansiyalari, yillik energiya.
1. Reaktorlar elektr uskunalarida qisqa tutashuv toklarini cheklash uchun xizmat qiladi, shuningdek shikastlanish reaktorlardan keyin sodir bo‘lganda shinalardagi kuchlanishni ma’lum darajada ushlab turish imkonini beradi.

Reaktorlarning asosiy qo‘llanish sohasi bo‘lib 6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlar hisoblanadi. Ayrim xollarda tok cheklovchi reaktorlar 35 kV va undan yuqori kuchlanishli uskunalarda, shuningdek 1000 V dan kichik kuchlanishda ham qo‘llaniladi.

Reaktor-magnit materialidan tayyorlangan o‘zakka ega bo‘lmagan induktiv g‘altakdan iborat. SHuning uchun u o‘tayotgan tok kattaligiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy induktiv qarshilikka ega.

Katta quvvatli va mas’ul liniyalar uchun odatda individual (alohida) reaktorlar qo‘llaniladi. Reaktor orqali liniyalar guruhi ta’minlansa (masalan, o‘z ehtiyoj sistemasi), uni guruhli deb ataladi. Taqsimlash qurilmalari seksiyalari orasiga ulanadigan reaktor seksiya reaktori deb yuritiladi .



Reaktorning asosiy parametri bo‘lib, uning induktiv qarshiligi XrwL hisoblanadi.

Xr%100

bunda Inom, Unom-reaktorning nominal toki va kuchlanishi.

Odatdagi konstruksiyali reaktorlar bilan birga elektr uskunalarida ikkilangan reaktorlar ham qo‘llaniladi. Konstruksiyasi jihatdan ular oddiy reaktorlarga o‘xshash, lekin chulg‘amining o‘rtasidagi nuqtadan qo‘shimcha sim chiqarilgan. Ikkilangan reaktorlarni qo‘llash xollarida manba o‘rtadagi nuqtaga, iste’molchilar esa ikki chetki tomondagi nuqtalarga ulanishi mumkin yoki aksincha.

Ikkilangan reaktorning avfzalligi shundaki, ulanish sxemasi va chulg‘amlardagi tokning yo‘nalishiga qarab, uning induktiv qarshiligi ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ikkilangan reaktorning bu xususiyati, odatda normal xolatda kuchlanishning pasayishini kamaytirish va qisqa tutashuvda toklarni cheklash uchun foydalaniladi.



Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling