17-amaliy mashgʻulot: Kraxmalni gidrolizi
Download 14.26 Kb.
|
17-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning maqsadi.
- Ishning borishi
17-amaliy mashgʻulot: Kraxmalni gidrolizi.
Kraxmal parchalanganda oxirgi dekstrin mal’tozadekstrin bo`lib yod ta`sirida ranglanmaydi. Bu mal’toza hosil bo`lganligini ko`rsatadi. Bu eritmaga felling suyuqligi qo`shib qizdirilsa Ca2O ning qizg’ish rangdagi cho`kmasi hosil bo`ladi. Mashg’ulotning maqsadi. Kraxmalni amilaza fermenti yordamida maltozagacha parcpalanishini kuzatish. Kerakli asbob va reaktivlar: Ferment shirasi, solod, suyultirilgan so`lak aralashmasi. 1% li kraxmal kleystri. 100 ml tubi yassi shisha idishi. 10 ml li pipetkalar, 1-5 ml 3 donadan. Probirkalar 20 dona, filling suyuqligi. Suv hammomi, termometr. 10 ml li o`lchagich idish. Glitserin. Ishning borishi. Birinchi navbatda ferment amilaza eritmasini tayyorlash zarur. Buning uchun undirilgan va ezilgan arpa urug’i (10g) ga 5 ml suv (35-40)C solib ustiga ozroq gletsirin qo`shiladi (fermentni tez ajralishi uchun), yaxshilab chayqatiladi va yarim soat saqlab keyin suvli qog’oz orqali suzdiriladi. Suzma amilaza fermenti bo`lib tajribada ishlatiladi (solod). 18 dona probirkaga 10 ml dan suv solinib, ularni har qaysisiga 5 tomchidan yod eritmasi qo`shiladi. Probirkalar chayqatiladi va shtativga qo`yiladi. Bu probirkalarda yod eritmasi bo`lib tajribada ishlatiladi. Suv hammomi 400C haroratgacha qizdiriladi. Ikki dona toza probirkalar olinib, bularga 5 ml dan kraxmal kleystri solinib, ustiga 1 ml dan amilaza fermenti eritmasi solinadi. Shu vaqtning o`zida har ikkisidan 3 tomchidan kleystr olib yodli probirkalarni ikkitasiga tomiziladi. Keyin esa kraxmal solingan probirkalarning biri suv hammomiga solinadi, ikkinchisi esa xona haroratida qoldiriladi. Bir vaqtning o`zida kraxmal solingan probirkalardan eritma olib yodli probirkalarga tomiziladi. Bu holat yod ta`sirida kraxmal kleystri ranglanmay qolguncha davom ettiriladi. Keyin esa kraxmal kleystri bo`lgan xona haroratida va suv hammomida saqlangan probirkalarga felling suyuqligi solinib qizdiriladi va mal’toza hosil bo`lganligiga ishonch hosil qilinadi. Yodli probirkalardagi ranglarni bir-biriga solishtirib ko`riladi va oraliq dekstrin moddalarni hosil bo`lganligiga ishonch hosil qilamiz. Suv hammomida saqlangan probirkadagi kleystr uy haroratidagiga nisbatan ferment ta`sirida tezroq parchalanib mal’tozaga aylanganligini kuzatish mumkin. Adabiyotlar 1.Xo`jaev J.X. O`simliklar fiziologiyasi. Samarqand, 1999. 2.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent, “O`qituvchi”, 1990 3.Viktorov D.P. – O`simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg’ulotlar M. 1983 y. 4.Zel’ko A.A. – O`simliklar fiziologiyasi bioximiyasi asoslari bo`yicha amaliy mashg’ulotlar. Varonej. 1968y. 5.Vasil’eva Z.V. va boshq. O`simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg’ulotlar uchun qo`llanma. Moskva. 1968 y. 6.Skazkin F.D. va boshq. O`simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg’ulotlar. M.1953. Download 14.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling