17-mavzu O`zbekiston Davlat Tabiat muzeyi


Download 43.5 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1240079
Bog'liq
Tabiat mjuzeyi


17-mavzu O`zbekiston Davlat Tabiat muzeyi

Muzeylar-bu ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy-ma’naviy-ma’rifiy xazina bo‘lib, u yillar davomida boyib boradi. Har bir oilada muzeyning bir elementi mavjud bo‘lib, har birimiz ota-ona, bobo-momolarimizdan bizga meros bo‘lgan har bir buyum, fotosurat yoki bir hujjat bo‘ladimi biz uni avaylab-asraymiz va o‘z farzandlarimizga ular to‘g‘risida faxr bilan so‘zlab beramiz. Meros bo‘lgan ashyolar, insoniyat ijodi mahsuli sifatida yaratilgan san’at asari bo‘ladimi yoki boshqa buyumlar saralanib muzeylardan joy oladi hamda umuminsoniy boylikka aylanadi. Bu bilan ajdodlardan meros bo‘lgan an’analar, urf-odatlar va boshqa xususiyatlarni farzandlar va nabiralarga aytib berish, meros qoldirish orqali insoniyat tadrijiy rivojlanib boraveradi.


Respublikamizda o‘z yo‘nalishiga ko‘ra muzeylar mavjud bo‘lib, ulardan biri O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi hisoblanadi. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi 1876 yil 12 iyulda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z yo‘nalishiga ko‘ra Markaziy Osiyoda yagonadir. Uning ilmiy fondida tabiatshunoslikka oid muzey ashyolari mavjud bo‘lib, mazkur soha bo‘yicha Respublikada bosh muzey hisoblanadi. Bir yarim asrlik muzey tarixi davomida muzeyning ilmiy fondi yanada boyitilib borilgan va shu maqsadda muzey ilmiy xodimlari tomonidan Respublika hududlari jumladan, 1912 yil Qizilqum, 1937 yil Hisor tog‘ tizmasi, 1936-37 yillarda Oloy tog‘ tizmasi (Borsin soy darasi, Borsin muzligi)ga ilmiy ekspedisiya tashkil etilgan.
Muzey ilmiy fondidagi entamologiya kolleksiyasi Hamdo‘stlik mamlakatlarida mavjud bo‘lgan entamologiya kolleksiyalari o‘rtasida yuqori o‘rinlarda turadi. Bundan tashqari muzeyda Oologiya (tuxumlar) kolleksiyasi, qizil kitobga kiritilgan hayvonlar tulumlari, geologiya, o‘simliklar olamiga oid muzey ashyolari mavjud. Muzeydagi mavjud bioguruhlar, hayvonlar tulumlari, o‘simlik namunalaridan iborat ekspozisiyalardan to‘liq bir ko‘rgazma majmuasini tashkil etish, muzeyga tashrif buyuruvchilarga Respublika tabiati to‘g‘risida qiziqarli va boy taassurot qoldirish, tabiat hodisalari to‘g‘risida aniq tasavvur beruvchi landshaft usulida yaratilgan va yaratilmoqda. Besh yil davomida muzey ilmiy xodimlari rassomlar bilan birgalikda Respublika tabiatini aks ettiruvchi ekspozisiya yaratdilar. Muzey ekspozisiyasini yaratish maqsadida 1960 yildan 1966 yilgacha O‘zbekistonning turli hududlari Qizilqum, Amudaryo va Sirdaryo to‘qayzorlari, Turkiston tizma tog‘lari etaklari, Farg‘ona va Piskent tizma tog‘larining mevali daraxt o‘rmonlari, Turkiston va Chotqol tizma tog‘larining baland tog‘larida ilmiy ekspedisiyalar tashkil etilgan.
Muzey ekspozisiyasida Atrofimizdagi-olam, Tabiatshunoslik, Geografiya, Botanika, Zoologiya, Odam anatomiyasi, Umumiy biologiya fanlari hamda Ekologiya bo‘yicha ekskursiyalar, mahallalar, ishlab chiqarish korxonalari, dam olish maskanlari o‘quv yurtlarida ko‘rgazmalar va ma’ruzalar tashkil etish ishlari amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Davlat tabiat muuzeyinin bino bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 600-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar Olmazor tumani A.Niyozov ko‘chasi 1-uy manziliga ko‘chirildi. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 6 iyuldagi 350-F-sonli farmoyishiga asosan muzeyning yangi ekspozisiyasi yaratilib, 18 may-Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan 2010 yilning may oyida o‘z faoliyatini tikladi.
O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyining yangi ekspozisiyasini yaratish muzeyning ilmiy fondini boyitish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida tuvaloqlarni ko‘paytirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 276-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi parrandalarning noyob turlarini sun’iy ko‘paytirishga sharoitlar yaratish, O‘zbekistonda genofondni saqlash va ularning turlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan tuvaloqlarni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, keng jamoatchilik va muzeyga tashrif buyuruvchilarga tanishtirish hamda targ‘ib etish maqsadida Navoiy viloyat tarixiy O‘lkashunoslik muzeyi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markaziga ilmiy ekspedisiya tashkil etildi. Tashrif doirasida Tuvaloqlarni saqlash markazi va O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, markaz tomonidan muzeyga 4 dona tuvaloq tuxumi sovg‘a etildi. Hozirda ushbu tuvaloq tuxumlari muzey ekspozisiyasiga namoyishga qo‘yilgan. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi tomonidan tashkil etilgan mazkur ilmiy ekspedisiya O‘zbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19 sentyabrdagi “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi 212-sonli hamda 2011 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzurida Quyi amudaryo Davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 243- qarori asosida olib borilyotgan ishlar bilan tanishish, ilmiy o‘rganish, keng jamatchilikka tanishtirish, muzey-qo‘riqxonalar, viloyat O‘lkashunoslik muzeylarining ekspozisiyalarida namoyishga qo‘yish hamda targ‘ib etish maqsadida o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma olinib, Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasi, Xiva Ichon-qal’a muzey qo‘riqxonasi, Andijon viloyat adabiyot va san’at muzeyi, Andijon viloyat O‘lkashunoslik muzeyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘lkashunoslik muzeyilari ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda Orolbo‘yi hududlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi Baday-to‘qay qo‘riqxonasi kengaytirilib, uning o‘rnida tashkil etilgan Quyi Amudaryo rezervatiga ilmiy ekspedisiya tashkil etildi.
Muzey ilmiy xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Chimyon-Chotqol tog‘ tizmalari, Qurama tog‘ tizmalariga ilmiy ekspedisiya tashkil etilib fotosuratlar olindi. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi Namangan viloyat O‘lkashunoslik muzeyi, Farg‘ona viloyat O‘lkashunoslik muzeyi, Andijon viloyat O‘lkashunoslik muzeylari bilan hamkorlikda Farg‘ona vodiysi tabiatini o‘rganish, foto suratlar olish maqsadida Oloy tog‘ tizmasi Imom-ota tog‘i etaklari, Sirdaryo daryosining Namangan viloyati hududidagi Axsikent yodgorligi atrofi sohillari, Farg‘ona viloyati hududi Yozyovon tabiat yodgorligiga ilmiy ekspedisiya tashkil etildi. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi hamda Navoiy viloyat O‘lkashunoslik muzeyi bilan hamkorlikda 2009 yil may oyida Navoiy viloyati hududidagi Sarmishsoy tabiiy arxeologiya majmua muzey-qo‘riqxonasiga ekspedisiya tashkil etilib, hududning flora va fauna dunyosi hamda qadimgi ajdodlarimiz tomonidan chizilgan qoyatosh suratlari bilan tanishish, foto va videotasvirlar olish ishlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi tomonidan Buxoro viloyatidagi “Jayron” ekomarkaziga 2009 va 2010 yilda ilmiy ekspedisiyalar tashkil etilib, ekomarkazdagi jayron, qo‘lon va boshqa qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni davlat tomonidan himoya qilish va ko‘paytirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, ilmiy kuzatuv va o‘rganish ishlari olib borildi. Samarqand viloyatidagi Zarafshon qo‘riqxonasiga 2009 va 2010 yillarda ilmiy ekspedisiya tashkil etilib, buxoro bug‘usi (xongul)ni davlat tomonidan himoya qilish va ko‘paytirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishish hamda ilmiy kuzatuv va o‘rganish ishlari olib borildi. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi hamda Surxondaryo Arxeologiya muzeyi ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda 2011 yil iyun oyida Ko‘hitang toqlari hamda Zarautsoydagi toshlarga bitilgan qadimgi suratlar va yozuvlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga ilmiy ekspedisiya tashkil etildi.
Hozirda ilmiy ekspedisiyalar natijasida yig‘ilgan ma’lumotlar, fotosuratlar umumlashtirilmoqda va mavzuga oid alohida-alohida fotoalbom, kitob, ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida chop ettirilib, Respublika muzeylariga tarqatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi EKOHARAKATI va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “O‘ZBEKISTON TABIATI” fotoalbomiga O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi fotokolleksiyasidan 40 ga yaqin fotosuratlar kiritilgan. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyining ilmiy fondini boyitish, ekspozisiyasiga yangiliklar kiritish maqsadida ma’lumotlar, materiallar, namunalar yig‘ish hamda foto va videotasvirlar olish maqsadida 2012 yilda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab, jumladan Navoiy viloyati hududidagi qadimda o‘rmonzor bo‘lgan va dinozavrlar yashagan joylarga hamda qizil kitobga kiritilgan Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqlarni qo‘paytirish va saqlash markaziga 2012 yilda ilmiy ekspedisiyalar tashkil etish, mazkur ilmiy ekspedisiyani Samarqand Davlat Universiteti biologiya fakulteti, O‘zbekiston Milliy Universitetining biologiya va geologiya fakultetlari bilan hamkorlikda talabalar ishtirokida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Talabalar ishtirokida mazkur amalga oshirilayotgan ishlar ularning kelajakda muzey mutaxassislari bo‘lib yetishishida yordam beradi.


Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling