3-181113180717

Sana01.01.1970
Hajmi
#173452
Bog'liq
3-181113180717



KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI 
TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 
Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni 
boshqarish 
MAVZU: O'RTAChA MIQDORLAR VA 
ULARNING TIBBIYoTDA 
QO'LLANILIShI 


• Statistikada o'rtacha qiymatlar katta ahamiyatga 
ega. Ular yordamida bitta son bilan 
kuzatilayotgan voqeaga umumlashtirilgan holda 
baho beriladi. Aholini jismoniy rivojlanishiga, 
sog'lom va kasal organizmda kechayotgan har - xil 
jaryonlarga, ayrim kasalliklarni muqim 
shifoxonalarda davolanish muddatini aniqlashda, 
dori –darmonlarni samaradorligiga va boshqa 
ko'pgina masalalarga baho berishda o'rtacha 
miqdordan foydalaniladi.


• O'rtacha qiymatlarni olish uchun variotsion qator 
tuziladi. Voqealar va hodisalar o'z kattaliklariga qarab 
o'sib yoki kamayib borish tartibida joylashtirilgan va 
ularning takrorlanish sonlari bilan birgalikda tuzilgan
qatorlarga variatsion qator deyiladi.
• Variatsion qator varianta (V) va ularning takrorlanishini 
ko'rsatuvchi (R) sonlardan tashkil topadi. Varianta (V) - 
o'rganilayotgan belgini sonlarda ifodalangan 
kattaliklaridir. Chastota yoki
• takrorlanish darajasi (R) – har bir vari-antani necha 
marta uchraganligini ko'rsatadi.


• Variatsion qatorlar uch xil bo'ladi: oddiy, guruhli, 
interval-guruhli. Oddiy variatsion qatorlarda har 
qaysi varianta bir martadan ko'p uchramaydi. 
Kuzatuvlar soni ko'p bo'lganda bir xil kattalikka 
ega bo'lgan variantalar guruhlarga ajratiladi va 
shu yo'l bilan guruhli variatsion qator tuziladi. 
Kuzatuvlar soni ko'p, boshlang'ich va oxirgi 
variantalar orasidagi amplituda katta bo'lganda, 
qo'shni variantalarni bir-biriga qo'shish yo'li bilan 
ma'lum intervallar bo'yicha variatsion qator 
tuziladi.Bunday variatsion qatorni interval-guruhli 
variatsion qator deyiladi. 


• Guruhli variatsion qatorlar tanaffusli 
(diskretli) va tanaffussiz bo'ladi. Tanaffusli 
variatsion qatorlarda variantalar bir-biridan 
birdan kam bo'lmagan kattaliklarda farq kiladi. 
Masalan: bir daqiqadagi yurak urishlari, nafas 
olishlari soni, guruhdagi talabalar soni va 
hokazo. Tanaffussiz qatorlarda variantalar bir-
biridan butunning o'nliklar, yuzliklar 
bo'laklarida farq qilishi mumkin. Masalan, 
vazn, tana uzunligi va hokazolar.


• Sanitariya statistikasida eng ko'p 
ko'llaniladigan va foydalaniladigan kattalik bu 
o'rtacha arifmetik qiymatlardir. Variatsion 
katordan o'rtacha arifmetik qiymat (M), 
o'rtacha kvadratik og'ish (σ) va o'rtacha xatolik 
(m), bir necha usullarda keltirib chiqariladi. 


• 1. Oddiy usul. Variatsion qatordagi har qaysi 
varianta bir martadan ko'p takrorlanmaganda 
yoki barcha variantalar bir xil sonda 
takrorlanganda o'rtacha arifmetik qiymat 
oddiy usul bilan topiladi. Bunda variantalarni 
oddiy bir - biriga qo'shib, topilgan yig'indini 
kuzatuvlar soniga bo'linadi.


• O'rtacha arifmetik qiymat 
• ΣV 
• M = ―― 
• n 
• O'rtacha kvadratik og'ish 
• ΣdІ
• σ = + √―― 
• n 


• O'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (kuzatuvlar soni 30 dan 
ko'p bo'lganda).
• σ 
• m =+ ―― 
• √n 
• O'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (kuzatuvlar soni 30 dan 
kam bo'lganda).
• σ 
• m = +――― 
• √n-1 
• Bu yerda:
• V – varianta;
• n – kuzatuvlar soni;
• Σ – yig'indini ko'rsatuvchi belgi (epsilon);
• d – variantalarni o'rtacha arifmetik qiymatidan farqi( d =V - M) 


• O'rtacha qiymatlarni hisoblashda quyidagi shartlarga rioya 
qilinishi kerak:
• Tuzilgan variatsion qatordagi materiallar mazmuni bir xil 
bo'lishi kerak (yoshi, jins, kasbi, tashxis, va hokazo).
• Kuzatuvlar soni yetarli bo'lishi shart.
• Variatsion qator tarqoq bo'lmasligi kerak:
• a) variatsion qatorning tarqoq emasligini va o'rtacha 
qiymatning tipik ekanligini o'rtacha kvadratik og'ish (σ) 
orqali aniqlanadi. Agar M+1σ da kamida – 68, 3 %, M+2σ da 
– 95, 5 %, M+3σ da 99, 9 % kuzatuvlar soni joylangan bo'lsa, 
variatsion qator zich, kuzatilayotgan majmua esa simmetrik, 
o'rtacha arifmetik qiymat tipik hisoblanadi.


• b) Sanitariya statistikasida jismoniy rivojlanishni 
baholash uchun o'rtacha kvadratik og'ishdan 
foydalaniladi:
• M+1σ – oralig'idagi kattaliklarni o'rtacha qiymatlr;
• M+1σ dan, +2σ gacha – o'rtadan yuqori 
qiymatlar;
• M+2σ dan, +3σ gacha – yuqori qiymatlar;
• M- 2σ dan, -1σ gacha – o'rtadan past qiymatlar;
• M- 3σ dan, -2σ gacha – past qiymatlar deb 
hisoblanadi.


v) o'rtacha kvadratik og'ish yordamida o'rtacha 
arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (m) 
aniqlanadi.
σ σ 
m =+ ―― ; n ≤ 30 bulsa m =+ ――
√n √n-1 


• 2. Vazn usuli. Bu usul har – bir varianta bir necha bor 
takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni bir necha ko'p 
bo'lganda (30 dan ko'p) qo'llaniladi. O'rtacha arifmetik
qiymatlarni vazn usulida hisoblash uchun variatsion 
qator tuziladi va har bir variantani (V), uning 
takrorlanish soniga (R) ko'paytirib, ularning yig'indisi 
ΣVR ni topiladi. So'ngra olingan yig'indini kuzatuvlar 
soniga bo'lib (n), o'rtacha arifmetik qiymat topiladi: 
• ΣVR 
• M = ―― 
• n 


• vazn usulida o'rtacha kvadratik og'ish (σ) bir necha 
bosqichlarda hisoblab topiladi: 
• O'rtacha arifmetik qiymat topiladi (M) 
• Har bir variantning o'rtacha arifmetik qiymatdan farqi 
(d=V-M) topiladi. 
• Har bir olingan farqni kvadratga ko'tariladi (d

). 
• Farqlarni kvadratini tegishli chastotaga, ya'ni 
takrorlanishlar soniga (d

P) ko'paytiriladi. 
• Yuqoridagi ko'paytmalarning yig'indisi topiladi (Σd


• Formula asosida o'rtacha kvadratik og'ish hisoblab 
topiladi. 


• 3. Lahza usuli. O'rtacha arifmetik qiymatni lahza 
usulida hisoblash variatsion qatordagi har - bir varianta 
bir - necha bor takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni 
ko'p bo'lganda, hamda matematik hisoblashlarni 
soddlashtirish uchun qo'llaniladi. O'rtacha arifmetik
qiymatni lahza usulida hisoblash formulasi:
• Σ d
P
• M = M
1
+ ――― 
• n 
• M – izlanayotgan o'rtacha arifmetik qiymat;
• M
1
- shartli qabul qilingan o'rtacha qiymat.


• O'rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida hisoblash bir necha bosqichdan 
iborat: 
• Variatsion qator tuziladi. 
• Shartli o'rtacha qiymat (M
1
) qabul qilinadi. 
• Shartli o'rtacha qiymatdan variantalar farqi (d=V–M
1
) topiladi. 
• Har bir variant bo'yicha olingan farq, variantalarning takrorlanish soniga 
ko'paytiriladi (d x P). 
• Olingan ko'paytmalarning (Σ dP) yig'indisi topiladi. 
• Olingan yig'indini kuzatuvlar soniga bo'linadi va shu yo'l bilan shartli 
o'rtacha arifmetik qiymatdan, variantalarning o'rtacha farqi topiladi – 
lahzaning birinchi darajasi (ΣdR/ n). 
• 7) Shartli o'rtacha arifmetik qiymatga lahzaning birinchi darajasini qo'shish 
yo'li bilan izlanilayotgan haqiqiy o'rtacha arifmetik qiymat topiladi 
(o'rtacha farq musbat sonni tashkil etsa, bu farq shartli o'rtacha arifmetik 
qiymatga qo'shiladi, manfiy sonni tashkil etsa ayriladi). 


• Σ d
P
• M = M

+ ――― 
• n



• ΣdІ
• σ = + √――
• n

• σ 
• m =+ ―― 
• √n 


E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling