18-mavzu. Axborot komplekslarida masofaviy ta’lim tizimi 1-topshiriq. Konsortsium


Download 44.91 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi44.91 Kb.
#114980
Bog'liq
AKT 18-mavzu Sobirov Ziyodbek bbi-50


Sobirov Ziyodbek BBI-50 guruh

18-mavzu. Axborot komplekslarida masofaviy ta’lim tizimi
1-topshiriq.

Konsortsium.-Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o`quv kurslarni tashkil qilib ishini ta'minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o`quvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o`rnida ta'lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o`quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini tekshirish zarur bo`ladi.
Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O`quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.cata'limni olish mumkin.
Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o’zlari yaratgan o`quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida etakchi bo`lgan o`quv muassasa bu sohada ilk qadam qo’yadigan muassasaga o’zining o`quv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o`quvchilari bir xil ta'lim va diplomlar olishadi.
Bu modelga misol qilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharqiy Evropa Universitetlari bilan bo`lgan hamkorligi bo`lishi mumkin.
Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo`lgan munosabatlariga o`xshash. Bu modelda bitta universitet o`quv kurs, diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o`quvchilarni ta'minlaydi.

2-Topshiriq. Masofaviy ta'lim texnologiyasi - bu zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan holda masofadan turib o'quv jarayonini olib borishni ta'minlaydigan o'qitish usullari va vositalarining kombinatsiyasi. Masofaviy ta'limni jarayonida quyidagilar qatnashishi shart, bular-masofaviy kurs avtori, metodist, o`qituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos, administrator, dokumentovod, telekommunikatsiya va dasturiy ta'minot gruppasi hamda o`quvchilar.

3- topshiriq. Video va audio konferentsiyalar - bu Internet va boshqa telekomunikatsion aloqa kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion holatda bir biri bilan bog`lab ta'lim olish yo`li. Video va audio konferentsiyalar uchun katta hajmda maxsus texnika, yuqori tezlikga ega bo`lgan aloqa kanali va o`qitishni tashkil qilish uchun xizmat ko`rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak bo`ladi.
Internet orqali mustaqil ta'lim olish - bu Internetda joylashgan ko`pgina saytlarda joylashgan katta hajmdagi ma'lumotlar ustidan mustaqil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yo`li.
Elektron pochta orqali ta'lim esa eng ommaviy Internet xizmatlaridan foydalanib, o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida xatlar orqali muloqot o`rnatib ta'lim olish yo`li. U yordamida har xil test, vazifa, savol-javob va ko`rsatmalarni (matn, grafika, multimediya, dasturlar va boshqa ko`rinishida) jo`natib qabul qilishimiz mumkin.
Uzoqdan boshqarish sistemalar - murakkab dastur, sistema va uskunalarni real holatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus sistemalar yordamida bilim olish yo`li. Uzoqdan boshqarish sistemalarning asosiy vazifasi o`quvchiga faqatgina amaliy bilimlarni berish.
Simulyator, elektron darsliklar va o`quv dasturlar - bu asosan nazariy va amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali o`quvchilarga off-layn holatida olish yo`li. Simulyator va elektron dasrliklar hozirgi kunda ta'lim sohasida juda keng qullanilyapti.
Test topshirish sistemalar - bu maxsus dasturlar yordamida o`quvchilarning amaliy va nazariy bilimlarni tekshirish uning asosiy vazifasi bu talabalar bilimlarini tekshirib ularni baholash.
Internetning masofaviy ta'lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn resurslar). Ushbu saytlarning asosiy vazifasi - ta'lim jarayonini tashkil qilish, yoki boshqa so’zlar bilan o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida elektron on-layn muloqotni o`rnatish, o`qituvchilarga o`quv materiallarni joylashtirish va o`quvchilarga shu ma'lumotlar bilan ishlashga hamda boshqa masofaviy ta'lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish.

4- topshiriq. Crocodile ICT o’zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o’qituvchi va o’quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi. Dasturlash fanida Crocodile ICT dastur muhitidan foydalanish orqali algoritmni o`rganish mumkin. Crocodile ICT dasturi matematik va fizik jarayonlarni modellashtirish chiziqli,tarmoqlanuvchi,takrorlanuvchi va prodsiduralarni o`rganish kuzatishimkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu dastur algoritmning blok sxemalarni o`rganish kuzatish, tajribalar o’tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile ClipsLtd tomonidan 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi.Dastur dasturlash faning barcha bo’limlari bilan ishlash,jarayonlarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratadi. 1-virtual tajriba.Misol funksiya bajarilish va sikl orqali ko`rsatilgan bu erda qiz yoki o`g`il bolaning raqs orqali keltiriladi raqslarni turli ko`rishigga keltirish qiymatlarni turli berish bilan bir xil. Start boshlandi qiz bir marta raqs tushadi va siklga o`tiladi bunda bajarilish 4 marta takrorlanadi.  Buning uchun berilgan qiymatlar quyida keltirilgan

Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir paytida ikkita kuchning o’zaro qiymatlaridagi o’zgarishlar ta’sirida ro’y beradi. Sharcha pastga xarakatlanayotganda og’irlik kuchining ta’siri  kamayib, elastiklik kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik kuchining ta’siri kamayib og’irlik kuchining ta’siri ortib boradi. Dasturning o’ziga xos xususiyatlari: dasturlashning algoritm(blok sxemalarni)hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur,qadamma-qadam o’rgatuvchi darslar,algoritm bo’limlariga oid tayyor modellar, matematik va fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati,mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys,tajribalarni amalga oshirish va kuzatish,dasturning kuchli instrumentariyasi,tajribada qatnashayotgan qiymatini juda yaxshi aniqliq bilan hisoblash imkoniyatini beradi va grafikli bog’lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog’ozga chop etish mumkin. Bu dasturdan o’rta maktab o’quvchi va o’qituvchilari,listey,kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o’qituvchilari «chiziqli», “takrorlanuvchi”,;“tarmoqlanuvchi”, “murakkab prodsidura“ dasturlash fanlarida qo’shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin. Bu dastur,kasbi kim bo’lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga,ish natijalarini tahlil qilishga o’rgatadi. Dastur imkoniyatlari juda keng bo’lib,undan amaliy va tajriba mashg’ulotlarda (ya’ni masalalar echishda)ayniqsa, virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.



9-TOPSHIRIQ. Masofaviy ta’lim olishning afzalliklari va kamchiliklari:

         Siz o’qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug’ullanishingiz mumkin. Aslida masofaviy o’qishni tanlagan abituryentlarning asosiy qismi bu o’z ishidan voz kechishni istamaydigan, ammo bilim olishni xohlaydiganlardir. Onlayn ta’limda siz dam olish kunlarida, ishdan qaytganingizda hatto yarim kechada o’qishingiz mumkin;

         Mablag’ingiz tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta’lim darajasi (Internetda yoki boshqa usulda), o’quv markazlaridagi oddiy to’lovdan ko’ra ancha arzonroq bo’lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan maqbul variantlarni qidirayotgan o’quvchilar uchun onlayn ta’lim-eng to’g’ri yo’l;

         Vaqtingizni tejang! O’quv markazlariga borish va qaytish vaqtida transport kutish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn ta’limda siz istagan yeringizda ma’lumot olasiz;

       Agar siz o’zingizni intiluvchan hisoblasangiz, masofaviy ta'limning eng katta foydasi shundaki, ayrim darslar guruh bo’lib o’tiladi. Guruhda ba’zi o’quvchilar tezroq ayrimlari esa sekin tushunadilar. Bu jihatdan masofaviy ta’lim olish usuli samaraliroq;



10-TOPSHIRIQ.

  • Chalg'ish ehtimoli yuqori.

  • Yuzma-yuz muloqot qilish uchun o'qituvchilar va kutilayotgan topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatuvchi sinfdoshlar yo'q.

  • Agar masofaviy o'qitish kursini muvaffaqiyatli yakunlamoqchi bo’lsangiz, o'zingizni g’ayratli va diqqatli qilishingiz kerak; 

  • Tarmoqdan ayrilish. Onlayn bilim olishning eng katta dushmani bu internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi. Bu vaziyatda abituriyent ta’lim olishga bo’lgan intilishi so’nishi yoki asabiylashishiga olib keladi.

11-topshiriq. Masofadan o’qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri bo’lib, u insonning ta’lim va axborot
olish huquqini ta’minlashga qaratiladi.
      “Ta’lim” va “O’qitish” atamalaridan foydalanish bo’yicha bir qat’iy tavsiya yo’q. Ta’lim
ham, jarayon ham natija sifatida ta’riflanadi. Keyingi vaqtlarda “masofadan o’qitish” atamasidan
foydalanish odat tusini oladi. Bu masofadan o’qitishning jarayon ekanligini va uning o’qitish
texnologiyasi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi.
Masofadan o’qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni uzatish vositalari,
axborot resurslari, o’zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’ligan
ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan apparat – dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va
boshqalarning tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.

SAVOLLARGA JAVOBLAR

1. Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Dars jadvalni qulayligi. O`quvchi o`ziga ma'qul bo`lgan vaqtda o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.

  • Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.

  • Qulay o`qish tempi. Ta'lim, o`quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o`tkaziladi.

  • Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin.

  • Ma'lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash va undan foydalanish imkoniyati.

  • Kurgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to`lik foydalanish imkoniyati.

  • Malakali o`qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.

Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

  • Cheksiz masofaga ta'lim berish. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi masofa hech qanday ahamiyatga ega emas.

  • Ish jarayoniga xalaqit bermasligi. O`quvchi ishdan ajralmas holatda ta'lim oladi.O`quvchilar sonini oshirilishi.

  • Masofaviy ta'lim texnologiyalarni to`lik qullagan o`quv muassasa talabalar soni 2-3 barobar oshishi mumkin.

  • Narxi. Masofaviy ta'lim kurslari 2 va 3 barobar oddiy kurslarga qaraganda arzon.

Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Ijtimoiy guruhlarga ajratish yo`qligi. Masofaviy ta'lim kursida ikkinchi oliy yoki qo`shimcha ma'lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o`tash istagida bo`lganlar;

  • ikkinchi paralel ma'lumot olishni xohlagan talabalar;markazdan uzoqda, kam o`zlashtirilgan mintaqalar aholisi; jismoniy nuqsonlari bo`lgan shaxslar; armiya xizmatida bo`lgan shaxslar;

  • erkin ko`chib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin.Yosh cheklanishlari yo`qligi. O`qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi.

2. Moodle — Web muhitida o‘qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud.

3. LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda yaratilgan.

Dokeos — Clarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisoblanadi.

Claroline — Erkin va ochiq kodli masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga yo‘naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi.

Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. 

4. CMS  “Content Management System” deb  yoyib yoziladi, ya’ni  kontentni boshqarish tizimi yoki saytni boshqarish tizimi.  Bu saytni tez yaratish , Bitrix (Saytni Boshqarish Tizimi) ishini soddalashtirish uchun hizmat qiladi.
Birinchi: Saytni boshqarish tizimi buyurtmachiga saytni mustaqil expluatatsiya qilishda, ya’ni bizning  mutaxassis  bilan emas, balki o’zingizning kompaniya xizmatchingiz

(menedjer, kotib,  marketolog) bilan saytdagi ixtiyoriy  ma’lumotni va uning strukturasini  o’zgartirishingizga imkon beradi.


Agar siz saytingiz marketingli uskuna va undagi har kungi ma’lumotida kompaniyangizning  oxirgi  marketingli aksiyalari aks etishini xoxlasangiz u holda CMS ni sizning saytingizga qo’llanilishi shart: va yana. Bu – saytingizni  rivojlantirish yoki modernizatsiyalash ishlarida o’ylanmay qilingan harakatlar yoki shunchaki xatolardan asraydi.

5. Virtual ta’lim tizimi ochiq kodli MOODLE platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarishga mo‘ljallangan.
Virtual ta’lim portali 493ta tuzilmadan iborat. Har bir tuzilma bitta fan bo‘yicha o‘quv meyoriy hujjatlar bilan bir qatorda, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlarga uslubiy ko‘rsatmalar, atamalar, adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, tarqatma materiallar, baholash mezonlari, ta’lim jarayonini tashkil etish va uni boshqarishga qo‘yilgan talablar va shu kabi axborotlar joylashgan. Hozirgi kunda universitetda o‘qitiladigan fanlarning 40tasidan tuzilmalar yaratilib, ulardan o‘quv jarayonidan foydalanib kelinmoqda.

6. Barcha ta’lim turlari kabi MTning ham har xil modellari mavjud. Bu ta’lim jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari: fan mazmunining bayoni; o‘qituvchilar bilan o‘zaro bevosita va bilvosita muloqot; amaliy topshiriqlarning bajarilishi; talaba bilimini nazorat qilish va baholashdan iborat bo‘ladi. Har bir model shu kabi tarkibni hamda uni amalga oshiruvchi texnologiyalarni qo‘llaydi. MTning turli modellari nafaqat qo‘llaniladigan texnologiyalar, balki boshqarilish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning mas’uliyati bilan ham farqlanadilar.

7.  Elektron darslik — bu talabalarda o‘zlashtirishi uchun hamda ko‘nikma va malakalar orttirishida zarur bo‘lgan bilimlar bayon etilgan o‘quv nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, tuzilmaviy hamda tizimli materialga ega bo‘lgan vositadir.

8. Ushbu tizim talabalarni masofadan turib o‘qitish mo'ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o‘qishi, o‘qituvchidan vazifa va takliflar olishi mumkin. O‘qituvchi, doimiy ravishda resurslarni yangilab turishi va o‘quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib turishi mumkin. Vazifalar o‘qituvchi tuzilgan testlar yordamida yoki laboratoriya ishlari turi bilan berilib boriladi. Platformada ishlash sodda bo‘lib jahon standartlariga javob beradi. 
Download 44.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling