18-mаvzu. Mikroprotsessor boshqаruvli elektr texnologik qurilmаlаr


Download 26.69 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi26.69 Kb.
#111406
Bog'liq
18-МАРУЗА


18-mаvzu. Mikroprotsessor boshqаruvli elektr texnologik qurilmаlаr.

Reja


18.1 Energiyani tejovchi elektr texnologik qurilmаlаrning boshqаrish tizimlаri tuzilishi

18.2 Аsosiy elementlаri, sxemаning xususiyatlаri.


18.1.Energiyani tejovchi elektr texnologik qurilmаlаrning boshqаrish tizimlаri tuzilishi

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi: O‘zbekistonda energiya sarfi darajasi rivojlangan mamlakatlarda erishilgan ko‘rsatkichlardan 2—3 baravar ortiq

O‘zbekistonda energetika resurslaridan foydalanish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqish, taraqqiyotning energiya samaradorligini ta’minlaydigan modeliga o‘tish bugungi kun zaruratidir. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ekspertlari tomonidan tayyorlangan tahliliy materialda shu haqda so‘z boradi.

Respublikada sanoatlashish sur’ati hamda aholi sonining jadal o‘sishi tufayli energiya iste’moli, ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarining energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyoji sezilarli darajada ortib boraveradi. BMT prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 37 million kishiga yetishi mumkin.

Bu, o‘z navbatida, uglevodorod resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishni taqozo qiladi. Resurslar iste’molining bugungi hajmi saqlanib qoladigan bo‘lsa, 2030-yilda energetika resurslarining tanqisligi jami ehtiyojga nisbatan 65,4 foizni tashkil qilishi ehtimoli bor.
Uglevodorod resurslari orasida tabiiy gazga alohida e’tibor talab etiladi. Chunki elektr energetikasida, birlamchi issiqlik-energetika resurslari ehtiyojlari tarkibida tabiiy gazga bog‘liqlik 85 foizdan ortadi. Tabiiy gaz sarfining 42 foizi elektr energiyasini ishlab chiqarish, 27 foizi aholi, 26 foizi iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini ta’minlashga to‘g‘ri keladi. Shuning o‘ziyoq, birinchi galda, tabiiy gazdan issiqlik elektr stansiyalari (IES)da elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Afsuski, bugungi kunda sohaning joriy texnik holati shu darajadaki, IESda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxida xarajatlar ulushi o‘rtacha 94,5 foizni, ayrim stansiyalarda esa 100 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. Issiqlik elektr stansiyalarida asbob-uskunalarning eskirishi o‘rtacha 91,73 foiz ekani bunga sabab bo‘lmoqda. 2015-yilda “O‘zbekenergo” AJ kondensatsion issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydali ish koeffitsiyenti 28,4—42 foiz o‘rtasida, o‘rtacha esa 33,5 foizni tashkil qildi. Bu Yevropa Ittifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyoda foydalanilayotgan shu turdagi zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari ko‘rsatkichlaridan 1,5 baravar kam.

Tabiiyki, 1 kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun xorijdagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari bilan taqqoslaganda ko‘proq issiqlik-energetika resurslari sarflanmoqda. Masalan, 2015-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari zamonaviy IESlarida 1 kilovatt-soat elektr energiyasini hosil qilishga 269 gramm shartli yonilg‘i sarflangan bo‘lsa, “O‘zbekenergo” AJ issiqlik elektr stansiyalarida bu ko‘rsatkich qariyb 374,9 grammga yetadi.

Hozirgi kunda Navoiy, Talimarjon, Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida amalga oshirilayotgan bug‘-gaz va gaz turbinasi qurish ishlari, shuningdek, yaqin kelajakda To‘raqo‘rg‘on, Taxiatosh, Sirdaryo IESlarida ham bunday ishlar ko‘zda tutilayotgani sohada yonilg‘i sarfini 1 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 269—300 grammgacha shartli yonilg‘iga qisqartirish imkonini beradi. Bu sa’y-harakatlar, shubhasiz, energetika sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lidagi strategik vazifalardan biri bo‘lgan yonilg‘ini qat’iy tejash, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi.

Bugun O‘zbekistonda energiya sarfi darajasi rivojlangan mamlakatlarda erishilgan ko‘rsatkichlardan 2—3 baravar ortiqni tashkil etadi. Misol uchun, kimyo sanoatidagi yuqori energiya sarfi o‘z-o‘zidan mahsulot tannarxining ortishi hamda uning yetarli darajada raqobatdosh emasligiga asosiy sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarida mahsulot chiqarish narxida xarajatlar ulushi 99,7—100 foizni tashkil qiladi. Ulardan 64 foizi aynan energetika resurslariga sarflanadi. Vaholanki, zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalarni qo‘llaydigan xorijiy korxonalarda bu ko‘rsatkich 25—30 foizdan iborat, xolos.

Xususan, O‘zbekistonda bir tonna ammiak ishlab chiqarishga 1868 kub metr tabiiy gaz sarflanadi.

Bu jarayonda Haldor Topsoe rusumli zamonaviy uskunalardan foydalanilganda, mazkur ko‘rsatkich 902 kub metrdan oshmaydi. Ya’ni, O‘zbekiston korxonalarida ammiak ishlab chiqarishga tabiiy gaz sarfi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgandagiga qaraganda 2,1 baravardan ham ko‘p. Bunday ishlab chiqarish subyektlarida elektr energiyasi turdosh zamonaviy korxonalardagiga nisbatan 1,5—2,5 baravar ko‘p ishlatiladi. Qolaversa, eskirgan asbob-uskunalar ta’mirtalab bo‘lib qolgani sababli ularning ekspluatatsiyasi xarajatlari 1,5—2 baravar ko‘proq.
18.2 Аsosiy elementlаri, sxemаning xususiyatlаri.

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda tejamkor quvvatlar ishga tushirilsa, energiya sarfini 2—2,5 baravarga, ammiak tannarxini esa 1,8 baravarga pasaytirish mumkin. Bunday holat boshqa turdagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda ham kuzatilmoqda. Masalan, azot ishlab chiqarishda mahsulot tannarxida energiya resurslarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qiladi, energiya sarfi esa xorijdagiga nisbatan 2—2,5 baravardan oshadi. Umuman, kimyo sanoatida energiya iste’moli bir foizga kamayishi mahsulot tannarxini 0,6—0,8 foizga pasaytirish imkonini beradi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, bugun kimyo sohasidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar monopol mahsulotlar reyestriga kiritilgan. Monopol mahsulot narxida ko‘zda tutilgan daromad har doim ham ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, korxonani rivojlantirish hamda moliyaviy-iqtisodiy xavflarning oldini olish maqsadida o‘z aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun yetmaydi.

Bundan tashqari, mineral o‘g‘it sotib oladiganlar — qishloq xo‘jaligi korxonalarining debitor qarzdorligi, ikkinchi tarafdan ishlab chiqarilgan mahsulotning me’yordan ziyod qoldig‘i mavjudligi tufayli vaziyat yanada chuqurlashib, energiya resursi yetkazib beruvchilar kreditor qarzdorligining ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Bunda kimyo sanoatida energiya samaradorligini oshirish mavjud ammiak va azot ishlab chiqarish quvvatlarini ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali to‘liq modernizatsiyalashni hamda energiya ko‘p iste’mol qiladigan quvvatlarni ekspluatatsiyadan chiqarishni taqozo etmoqda. Bu ammiak tayyorlashda energiya sarfini 1,5—2 baravarga kamaytirishga zamin yaratadi.

Navoiy viloyatida “Navoiyazot”ning eskirgan quvvatlari o‘rnida ammiak, karbamid va azot kislotasi ishlab chiqaradigan zamonaviy quvvatlarni qurish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa-da, “Farg‘onaazot”da bu borada aniq bir strategiya yo‘q. Taassufli tomoni shundaki, ushbu korxona mahsulotlari tashqi bozor u yoqda tursin, ichki bozordagi raqobatga ham bardosh bera olmayapti.

Qurilish materiallari sanoati ham issiqlik-energetika resurslarining yirik iste’molchisi hisoblanadi. Mazkur sohada mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishda yonilg‘i va energiya sarfi ulushi 50 foizga yetadi. Bu, albatta, o‘tgan asrda qurilgan zavodlarda hali ham eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotgani natijasidir. Bugun sement ishlab chiqaradigan uchta zavodda yuqori energiya sarfiga ega bo‘lgan “ho‘l” deb ataladigan usul keng qo‘llaniladi. Misol uchun, “Ohangaronsement”da bir tonna mahsulot ishlab chiqarishga 286,7 kilogramm, “Quvasoysement”da 246,6 kilogramm, “Bekobodsement”da esa 230 kilogramm shartli yonilg‘i ketadi.
O‘zbekistondagi sement zavodlaridan faqatgina “Qizilqumsement”da kam, ya’ni 130 kilogramm shartli yonilg‘i sarflanadi. Bu “quruq” usuli amaliyotga tatbiq etilgani samarasidir. Ammo ushbu ko‘rsatkich ham Yaponiya, Koreya Respublikasidagi tegishli korxonalar bilan qiyoslanganda 30 foiz ko‘p.

“Quruq” usulida ishlaydigan mazkur korxonalarda shartli yonilg‘ining barcha sarfi bir tonna klinkerga 120 kilogrammdan oshmaydi. Xitoy va Turkiyadagi sement zavodlari ham xuddi shunday ko‘rsatkichlarga ega. Aynan ular ichki bozordagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan asosiy raqobatga kirishadi. Natijada o‘zimizning sement mahsulotimiz narx omili sabab raqobatda o‘z mavqeini boy berib qo‘ymoqda.


Samaradorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarni joriy etish orqali energiya iste’molini hatto 30 foizga kamaytirish istiqbolda sement zavodlarida 230 ming tonna shartli yonilg‘i yoki 200 million kub metr tabiiy gaz tejab qolish imkonini beradi. Pirovardida sement tannarxi 15—20 foiz arzonlashadi.

Shuningdek, g‘isht ishlab chiqarishda ham energiya resurslari katta miqdorda sarflanadi. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatayaptiki, ishlab chiqarishda energiya sarfini keskin kamaytiradigan texnologiyalar mavjud. Jumladan, gaz o‘tkazmaydigan tunnel pechlarini qo‘llash, bo‘shliqni kengaytirish orqali yonilg‘i sarfini o‘rtacha 30—40 foiz iqtisod qilish mumkin. Ammo ushbu texnologiyalar mamlakatdagi korxonalarda ommalashmayapti.

Shu ma’noda, qurilish sanoati korxonalarini tubdan modernizatsiyalash, amaliyotga yuqori texnologik liniyalarni joriy qilish zarur. Bunda, ayniqsa, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan, g‘ovakli kavakda g‘isht ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yonilg‘i sarfini 15 foiz qisqartiradi. Qurilishda ishlatiladigan hamda issiq saqlaydigan materiallarning zamonaviy turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ham juda muhim. Negaki, devor konstruksiyasidagi 1 kub metr shunday material 3 mingta g‘ishtning issiqlikni izolyatsiyalovchi xususiyatini o‘zida mujassam etadi. Vaholanki, mahsulot ishlab chiqarishga atigi 50 kilogramm shartli yonilg‘i ketsa, 3 ming dona g‘isht tayyorlashga 1000 kilogramm shartli yonilg‘i sarflanadi.

Energiya samaradorligini oshirish energetik resurslarni, birinchi galda, O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy gazni iqtisod qilishga, ayni paytda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga keng yo‘l ochadi. Masalan, 3,5 milliard kub metr tabiiy gazni sintetik suyultirilgan yonilg‘iga aylantirish xomashyoga nisbatan qo‘shimcha qiymatni 7—9 baravar oshirish imkonini beradi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatayaptiki, O‘zbekistonda gazni GTL texnologiyasi bo‘yicha qayta ishlash orqali mahsulot tayyorlash tannarxi dunyo ko‘rsatkichlaridan birmuncha past. Xususan, metanol ishlab chiqarish 2 baravar, sintetik yonilg‘i 1,6 baravar arzon. Bu gazning eksport narxlari bo‘yicha qiymatini hisobga olgan sharoitda ham yuqori raqobat ko‘rsatkichlariga erishishda muhim omildir.


Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Deylik, ming kub metr tabiiy gaz qiymatini birlik sifatida oladigan bo‘lsak, undan plastik mahsulotlar ishlab chiqarilsa, bozor qiymati 15 baravar o‘sadi, tayyor mahsulotlar 25 marta ko‘payadi. Ko‘rinib turibdiki, tabiiy gaz eksportining ortib borayotgan qismini qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni eksport qilish jadallashtirilishi maqsadga muvofiq.
Nazorat Savollari

1.O’zbekistonda elektr texnologiya soxasining o’rnini qanday baxolaysiz?

2. Sanoatnin qaysi soxasinirivojlantirish orqali zahiralarni tejab qolish mumkin?

3.Elektr energitadan samarali foydalanish yo’llarini sanab bering?

4.Bu soxada olimlarimiz qaysiqanaday ishlar olib bormoqdalar?

5.Rivojlangan davlatlar misolida qaysi elektr texnologiyalarni O’zbekistonga olib kirish dolzarb deb hisoblaysiz?


Аsosiy аdаbiyotlаr

1. Свенчанский А.Д. Электрические промышленные печи. Ч.1. – М.: Энергия, 1975. 384 с.

2.Блинов А.С. и др. Энергосберегающие электротехнологии. С – П.: 2000г.

3. Хошимов О.О., Пўлатов А.О. Электр печлари. Маъруза матнлари. Тошкент: ТДТУ, 1999й.

4. Брокмайер А.Б. Индукционные плавильные печи. – М.: Энергия, 1972. 304 с.

5. Слесарев Ю.А. Электрические и печи установки спецнагрева. – М.: МЭИ, 1989. 79 с.

6. Электрические промышленные печи: Дуговые печи и установки специального нагрева. – М.: Энергоиздат, 1981. 296 с.

7. Элетротермическое оборудованин: Справочник. Под ред. А.П. Альт- гаузена. – М.: Энергия, 1980. 416 с.

8. Khashimov A.A., Imamnazarov A.T., Pulatov A.O. Mathematisal model of metall melting processes in crucible furnaus. Internetional Simposium on Helting by Elutrometric Sourses Podua (Italy), June 22 – 25, 2004, 6p. (A – 1, 30037877 1.01 – 12.02)

9. Imomnazarov A.T. Sanoat korxonalarining elektr jihozlari. – Toshkent: SHARQ, 2005. 144 c.

10. Жалилов М.Х. Электротехнологик қурилмалар. 2 – қисм. – Тошкент: ТошДТУ, 1993. 108 б.

11. Кувалдин А.Б., Кононов С.В. Нагрев диэлектриков, полупроводников и газов на вўсоких и сверхвўсоких частотах. – Москва: МЭИ, 1979, 88 с.

12. Кручинин А.М., Махмудов К.М., Миронов Ю.М., Рубцов В.М., Свенчанский А.Д. Автоматическое управление электротермическими установками. – М.: Энергоатомиздат, 1990. 416

13.ImomnazarovA.T. Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarining elektr jihozlari. – Toshkent: “ILMZIYO”, 2006. 270 b.

14. Valery Vodovozov «Introduction to power engineering», 1st edition, Bookboon. London, 2010. –112 р.

15. Vodovozov.V. Electric Drive Systems and Operation. Bookboon. London, 2011. –113 p.

16. Хошимов О.О., Имомназаров А.Т. Электромеханик қурилма ва мажмуаларнинг элементлари. –Т.: «ЎАЖБНТ» Маркази, 2003. –124 б.

17. Imomnazarov A.T. Ekektromexanik tizimlarning elementlari. Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. –T.: «Ta’lim», 2009. –155 b.


Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлвтини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентиниг лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. –56 б.

  2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигини гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимидаги маъруза. 2016 йил 7 декабрь. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 48 б.

  3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б.

  4. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. –Т.:2017 йил 7 февраль, ПФ-4947-сон фармони.

  5. Imomnazarov A.T. Kon korxonalarining elektr jihozlari va elektr ta`minoti. –T.: MOLIYA, 2010. –165 b.

  6. Imomnazarov A.T. Neft va gaz konlarining elektr jihozlari. –T.: «CHO`LPON», 2007. – 145 b.



Internet saytlari
1. www.gov.uz – Ўзбекистон Республикаси хукумат портали.

2.www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси.

3. http://www.tchti.ru

4. https://poznayka.org/s.



5. https://studopedia.su/8



Download 26.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling