18-Variant Nivelir balandlik va uning fizik ma’nosi


Download 87.5 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi87.5 Kb.
#141282
Bog'liq
Oziq ovqat injinerning jarayonlari


S9-18 grux Rasulov Sardor

Oziq ovqat injinerning jarayonlari

va qurulmalari fanidan oraliq ishi

18-Variant

1.Nivelir balandlik va uning fizik ma’nosi

2.Geometrik o’xshashlik

3.Uch tomonlama harakatlanuvchi nasosning uzatish diagrammasi

1.Nivelir balandlik va uning fizik ma’nosi

Geometrik nivelirlash - ikki nukta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash. Nivelir asbobi bilan gorizontal chiziq oʻtkazish orqali bajariladi. Bunda/4 va V — joydagi nuqtalar. / — asbob gorizonti. Nivelir reykalari nul tomoni bilan balandlik belgisi ustiga qoʻyiladi. Nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik h=a— b ifodasidan topiladi (a, b — orqadagi va oldindagi reykalardan olingan sanoqlar).

Asbob va refraksiya xatoliklarini kamaytirish maqsadida nivelirlash ikki nuqta oʻrtasidan amalga oshiriladi.

NIVELIR (frans. niveler — toʻgʻrilamoq, baravarlamoq) — geodezik asbob. Yerdagi ikki nuqta balandliklari farqi (nisbiy balandligi) ni gorizontal vizir nuri b-n, shu nuqtalarga tik oʻrnatiladigan Nivelir reykalar yordamida aniklaydi. Tuzilishi boʻyicha ular ikki tur — vizir nuri silindrik adilak (suv tarozi) yordamida
gorizontal holatga keltiriladigan Nivelirga va vizir nuri oʻz-oʻzidan gorizontal holatga keladigan (kompensatorli) Nivelirga boʻlinadi. Birinchi turdagi Nivelirning asosiy qismlari — qarash trubasi va uning yon qismiga oʻrnatilgan silindrik adilak; ikkinchi turdagi Nivelirda — qarash trubasi va uning ichki
qismida joylashgan optik prizmali kompensator hisoblanadi. Kompensator mexanik mayatnik boʻlib, uning optik prizmasi metall yoki sintetik ikki tolali ingichka ipda osib qoʻyilgan boʻladi. U 15ʻ (minut) gacha qiya
boʻlgan vizir nurni avtomatik ravishda gorizontal holatga keltirib beradi. Anikligi boʻyicha Nivelir anikligi yukrri (1 km masofaga nivelirlash anikligi 0,5—1,0 mm), aniq (2—3 mm) va texnik (10 mm) Nivelirga boʻlinadi. Nivelirlar asosiy geodezik va topografik ishlarda, barcha turdagi qurilish ishlarida, noyob binolar va murakkab inshootlarning choʻkishi hodisalarini kuzatishda, Yer qobigʻvertikal harakatini oʻrganishda va b. maqsadlarda keng qoʻllanadi.

Nivelirlash mohiyati va turlari. Geometrik nivelirlash va uni bajarish usullari. Nivelir va nivelir reykalarining turlari, ularni tekshirish va tuzatish. Trigonometrik nivelirlash va uni aniqligi. Vertikal burchaklarni o‘lchash.Teodolit va taxeometrik s’yomkalar haqida ma’lumot. Teodolit va taxeometrik yo‘llar, ularni joyda
mahkamlash va o‘lchashlarni bajarish. Teodolit va taxeometrik yo‘llarni geodezik tayanch punktlarga bog‘lash. O‘lchash natijalarini matematik ishlab chiqarish. Tuzuvchilar: O‘zMU Geodeziya va geoinformatika kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Muborakov X. O‘zMU Geodeziya va geoinformatika kafedrasi dotsenti, f.-
m.f.n. Mirmaxmudov E. R. Taqrizchi: TAQI “Geodeziya va kadastr” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Toshpo‘latov S.A. 258 Teodolit va taxeometrik s’yomkalarni bajarish. Taxeometr asbobi. S’yomkalar natijasini
ishlab chiqish va planni chizish. CHiziqli inshoot trassasini joyga ko‘chirish, piketlarga bo‘lish va doiraviy egrilarni joyda belgilash. Trassani nivelirlash va natijalarni ishlab chiqish. CHiziqli inshoot bo‘ylama va ko‘ndalang profillarini tuzish. YUzani nivelirlash haqida ma’lumot. Menzulaviy s’yomkaning mohiyati va mazkur s’yomkani bajarish uchun foydalaniladigan asboblar; menzula va kipregelьning tuzilishi, ularni tekshirish va tuzatish. Menzulaviy s’yomka uchun s’yomka asosini barpo qilish; planshetni tayyorlash. Menzulani stansiyada o‘rnatish va s’yomkani bajarish.
2.Geometrik o’xshashlik

Oʻxshashlik nazariyasi — fizik hodisalarning oʻxshash sharoitlarini miqdoriy jihatdan tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan taʼlimot. Fizik oʻxshashlik turdosh hodisalar orasidagi muvofiklikni, yaʼni bir fizik hodisaning barcha miqdoriy koʻsatkichlari mutanosib ravishda oʻzgartirilishi natijasida hosil boʻlishini bildiradi. Oʻxshashlik nazariyasi ning asosiy vazifasi turli fizik hodisalarning oʻxshashlik mezonlarini aniqlash va shu mezonlar yordamida hodisalarning oʻzini oʻrganishdir. Fizik hodisalar, jarayonlar va sistemalar oʻxshashligi bir sistema holatini ifodalovchi oʻzgaruvchi kattaliklarning vaqtning oʻxshash paytlarida fazoning oʻxshash nuqtalaridagi qiymatlari boshqa sistemaning xuddi shunday kattaliklariga mutanosib boʻlishiga asoslandi. Kattaliklarning har biriga tegishli mutanosiblik (proporsionallik) koeffitsiyenti oʻxshashlik koeffitsiyenti deyiladi.

Fizik oʻxshashlik geometriyada biz yaqqol va sodda ravishda koʻradigan geometrik oʻxshashlikning umumlashmasidir. Geometrik oʻxshashlikda oʻxshash figuralar yoki jismlarning oʻxshash geometrik elementlari orasida mutanosiblik (oʻxshashlik) boʻladi. Maydonning fizik oʻxshashligida ikki sistemaning mos fizik parametrlari fazo va vaqtda oʻxshash boʻladi. Mas, kinematik oʻxshashlikda qaralayotgan ikki harakat uchun tezliklar maydonning oʻxshashligi mavjud boʻladi; dinamik oʻxshashlikda esa taʼsir qilayotgan turli tabiatli kuchlar (ogʻirlik kuchlari, bosim kuchlari, yopishqoqlik kuchlari va shahri oʻ.) yoki kuchlar maydonining oʻxshashligi amalda boʻladi; mexanik oʻxshashlik (mas, ikki suyuqlik yoki gaz oqimining , ikki elastik sistemaning oʻxshashligi) amalda boʻlishi uchun geometrik, kinematik, dinamik oʻxshashlik mavjud boʻlishi kerak; elektrodinamik oʻxshashlikda — tok, kuchlanish, quvvat maydonlarining oʻxshashligi boʻlishi kerak. Bu oʻxshashliklar fizik oʻxshashlikning xususiy koʻrinishidir.

Mexanik, issiqlik va kimyoviy hodisalarning majmuidan iborat murakkab fizik va fizikkimyoviy jarayonlarni tadqiq qilishning rivojlanishi munosabati bilan jarayonlar uchun Oʻxshashlik nazariyasi usullari ham takomillashib bordi, mas, mashina detallarining ishqalanish va yemirilish jarayonlari, fizikkimyoviy oʻtishlar kinetikasi jarayonlari va boshqalar hodisalarning oʻxshashlik sharoitlari aniqlanadi. Oʻxshash hodisalarni ifodalovchi barcha parametrlardan tuzish mumkin boʻlgan barcha oʻlchovsiz kombinatsiyalar oʻxshash hodisalar uchun birday son qiymatlarga ega boʻladi. Qaralayotgan hodisalarni aniklovchi parametrlardan tuzilgan oʻlchovsiz kombinatsiyalar oʻxshashlik mezonlari deb ataladi. Oʻxshashlik mezonlaridan tuzilgan ixtiyoriy kombinatsiya ham koʻrilayotgan fizik hodisalar uchun oʻxshashlik mezoni boʻla oladi.

Agar koʻrilayotgan fizik hodisalar yoki sistemalarda barcha mezonlar emas, ulardan baʼzilari teng boʻlsa oʻxshashlik qisman oʻxshashlik deb yuritiladi. Ana shunday oʻxshashlik amalda eng koʻp uchraydi. Bunday tengligi saqlanmaydigan mezonlarning fizik jarayonlarga koʻrsatadigan taʼsiri sezilarli boʻlmasligi yoki ikkinchi darajali boʻlishi kerak.

Oʻxshashlik mezoniga kiruvchi oʻlchamli fizik parametrlar oʻxshash sistemalar uchun bir-biridan katta farq qiluvchi qiymatlar olishi mumkin, faqat oʻlchamsiz oʻxshashlik mezonlarigina birday boʻlishi kerak. Oʻxshash sistemalarning ana shu xossasi modellash usuli ga asos qilib olingan.

3.Uch tomonlama harakatlanuvchi nasosning uzatish diagrammasi

Ikki tomonlama suyuklik kiradigai D turdagi markazdan kochma asoslar Suyuklik ishchi gildiragiga ikki tomonidan kiradigan tuzi- lishda tayyorlanganligi uchun bu nasoslarni ruscha «dvuxstoroniыy» suzini birinchi xarfi «D» bilan belgilangan. Ikki tomonlama suyuklik kiradigan D turdagi markazdan kochma nasoslar suyuklik uzatishi Q=30-3500 l/s, bosimi N=12-137 m chegaralarda ishlab chikariladi. D turdagi nasoslar tuzilishi mukammal va eng kup tarkalgan bir pogonali nasoslar turiga kiradi. CHunki ular kuyidagi afzalliklarga ega: ikki tomonlama ishchi gildirak kullanishi xisobiga K turdagi nasosga nisbatan ikki barobar kup suyuklik chikdradi; ukiy kuchlar muvozanatlashgan va yachshi kavitatsion xususiyatlarga ega; kobigi ochilishi gorizontal

tekislikda bulganligi sababli ta’mirlashda ochish-yigish ancha oson.

Nasos detallarining tuzilish sxemasi 1- rasmda eltirilgan. Ishchi gildirak 2 ikki tomonidan tashki gardishlar va ichki tomondan 1 valga maxkamlangan gilofdan iborat. Bosnmli suyuklikni 3 spiralsimon moslamadan so`rish kis- miga kaytib okib utishini kamaytirish uchun 5 zichlash kalkalari ishchi gildirak gardishining ung va chap tomonlarita kichik ulchamdagi tirkish bilan urnatiladi. Filof 7 valni xnmoyalash bilan birga ishchi gildirakni uq bo`yicha siljishiga yul kuymaydi. Kobikdan 1 valni chidish joylariga xar ikki tombnidan 6 surish salniklari va 17 gidravlik xalka urnatilib, xavo surilishga yul kuymaslik va sovitish uchun unga 16 oziklantiruvchi kuvurcha bilan 3 spiralsimon olib ketuvchi moslamadagi bosimli suvdan yuboriladi. Valning tayanchi 9 podshipniklar nasos uqi bo`yicha ochiladi.

1- rasm
Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling