Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm


Download 263.08 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi263.08 Kb.
#180723
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm
G�arbda fuqarolik jamiyatini shakllanishi va rivojlanishsni asos, G�arbda fuqarolik jamiyatini shakllanishi va rivojlanishsni asos, O‘RQ-474 12.04.2018, 9-sinf-jahon-tarixi, 1-laboratoriyaMBB, 1-laboratoriyaMBB, О себе, РАХМАТ, TORTUV TRANSFORMATORLARIDA QO’LLANILUVCHI YANGI

13 - MAVZU: FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH. AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO’Z ERKINLIGINI TA’MINLASH


REJA:



  1. FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI TUSHUNCHASI, UNING MA’NO VA MAZMUNI.

  2. KO‘PPARTIYAVIYLIK – DEMOKRATIK JAMIYAT BARPO ETISHNING MUHIM SHARTI.

  3. MAMLAKATIMIZNI DEMOKRATIK YANGILASH JARAYONIDA FUQAROLIK INSTITUTLARINING ROLI VA AHAMIYATINING KUCHAYTIRILISHI.

  4. AXBOROT ERKINLIGINI TA’MINLASH TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOXIYATI, AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISH MEHANIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH.

Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”.
Islom Karimov


Kalit so‘zlar: fuqarolik jamiyati, fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy partiyalar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, milliy-madaniy markazlar, klublar, jamg‘armalar, ijtimoiy sheriklik, kuchli davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari,



    1. savol. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni.

O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.


Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi, millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi: birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Binobarin, xususiy mulk – fuqarolik jamiyati shakllanishi va funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi.
Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin.
Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan xabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plab funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazish hisoblanadi.
O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar - ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat hayotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo‘yicha markazlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo‘lib, ular, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tib borish jarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining roli kattadir.
Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan, fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiy faoliyat asosini tashkil qiladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga a’zo bo‘lgan kishilar, shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amal qilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati, o‘tkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi.
Hozirda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat a’zolarining manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning o‘zligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda o‘zini o‘zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir.
Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat notijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir” 1.
“Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi” 2.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari 3-sektor deb ham yuritiladi. 1-sektor davlatga qarashli bo‘lgan muassasalar(masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari kabilar shular jumlasidandir), 2-sektor esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari(masalan, birlashmalar, kichik va o‘rta biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan tortib o‘rta va kichik korxonalar, kichik, o‘rta biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli xususiy korxona va tashkilotlar kiradi.
Nodavlat va jamoat birlashmalari o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida fuqarolar manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki fuqarolik institutlari orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o‘z manfaatlarini qonun ustuvorligiga asoslangan tarzda himoya qila olsagina hayotdan qoniqib yashaydi, o‘zi yashayotgan jamiyatni adolatli deb biladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘liq amal qilib borishida nodavlat va jamoat birlashmalarining roli beqiyosdir. Aynan mana shu nodavlat va jamiyat tashkilotlari O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, Prezident Islom Karimov: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda aholining turli ijtimoiy guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi,” 3 – deb bejiz aytmagan.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, nodavlat va jamoat tashkilotlarining faoliyati jamiyatda qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, fuqarolarning ulardagi ishtiroki qanchalar faollashsa, shunga mos ravishda ijtimoiy adolat tamoyillari ham to‘laroq amal qilib boradi.
Fuqarolik jamiyati ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar -birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyati darajasi bilan belgilanadi. Mazkur tuzilmalar ijtimoiy munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, diniy, ta’lim-tarbiya va turmush tarzi kabi sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi. Ushbu tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davlat tomonidan emas, balki fuqarolarning o‘zlari tomonidan tashkil qilinadi va mavjud qonunlarga amal qilgan holda davlat tashkilotlari tasarrufidan xoli ravishda faoliyat yuritadi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonun-qoidalar va me’yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, jamoat fondlari kabilarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) aholining ayrim yoki muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab ishlashga ixtisoslashgan, hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nogironlar” uyushmasi, “O‘zbekiston ekologik harakati”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi tuzilmalar kiradi;
2) ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg‘armalar: “Ekosan”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Amur Temur”, “Matbuotni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash”, “Orolni qutqarish” jamg‘armalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani” singari tashkilotlar;
3) hukumatga qarashli bo‘lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar: Shaxs huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish markazi, Inson huquqlarini himoya qilish milliy markazi, Huquqiy yordam ko‘rsatish jamiyati va boshqalar;
4) ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari: yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, arxitektorlar, kinematograflar, shuningdek, sudyalar va advokatlarning jamoat uyugmalari;
5) milliy madaniyat markazlari. Ular O‘zbekistonda yashovchi milliy (ozchilikni tashkil etuvchi) jamoalar vakillarining madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlarini saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazib berish maqsadida tuzilgan tashkilotlar sanaladi. Respublikamizda hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150ga yaqin milliy-madaniy markaz (MMM)lar faoliyat olib bormoqda;
6) umummilliy jamiyatlar va jamg‘armalar: Bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, Talabalar jamg‘armalari, “Mehr nuri” jamg‘armasi kabilar;
7) ijtimoiy ahamiyat va ijodiy qiziqishlar bilan bog‘liq, asosan, ekologiya masalalari bo‘yicha mahalliy birlashmalar: sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari, nogiron bolalar ota-onalarining birlashmalari;
8) jamoat muassasalari: “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Jurnalistlarni tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi singari hukumatga qarashli bo‘lmagan ijtimoiy muassasalar shular jumlasidandir.
Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali shakllanadi. Pirovardida, jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar barham topib boradi. Shu o‘rinda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat muassasalaridan farqlanuvchi xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.
Davlat muassasalarida xodimlar muayyan tartib-qoidalarga bo‘ysungan holda, ma’muriy yo‘riqnomalar, buyruq va talablar asosida faoliyat yuritadi. Bizningcha, subordinatsiya (o‘zidan yuqori turgan xodimlar, rahbarga qat’iy bo‘ysunish qoidasi – K.Yu.) shaxsning erkin faoliyat ko‘rsatishini muayyan tarzda cheklaydi. Davlat muassasalarida ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv shaxs faolligi, tashabbuskorligiga to‘siq bo‘ladi. Demokratik tamoyillarga asoslangan, liberal, ochiqko‘ngil, har qanday individualizm, volyuntarizm va sub’ektivizmdan xoli, adolatli, tanqidga bardoshli, har bir masalaga xolis yondashuvchi rahbarni har bir tashkilot yoki muassasada uchratish qiyin.
Fuqarolik jamiyati institutlari esa o‘zlarining mohiyatiga ko‘ra, davlat tashkilotlaridan farq qiladi va ularga ijtimoiy konstruktivlik, ya’ni jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga yo‘nalganlik xosdir. Bunday jamoat tashkilotlari ma’lum bir ijtimoiy makon – jamiyatda tashkil topadi. Bu esa ularning ushbu hududning tarkibiy qismi, instituti ekanligini anglatadi. Modomiki, jamiyat tub o‘zgarishlarga yuz tutgan ekan, fuqarolik jamiyati institutlari ushbu jarayonlardan chekkada tura olmaydi. Shu ma’noda, ular jamiyat muammolarini bartaraf etishda faol ishtirok etadi.
Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ‘ib qilish;

  • yurtimizga qarshi qaratilgan, jamiyatimiz hayotiga tahdid soluvchi buzg‘unchi, yot g‘oyalar, g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, diniy ekstremizmga qarshi kurashish yuzasidan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;

  • yangidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, chetdan g‘arazli maqsadlar bilan hayotimizga suqilib kirishga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

  • yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish;

  • kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar, yoshlar orasida komil axloq, o‘zaro insoniy munosabatlar, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini olib borish;

  • Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismonan baquvvat avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

  • Vatan ozodligi yo‘lida kurashib, jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning ibrati, o‘tmish saboqlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida odamlar qalbida milliy g‘urur va hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaslik tuyg‘usini kamol toptirish kabilar shular jumlasidandir.

Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti tomonidan aniqlanishicha, hozirda O‘zbekistonda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining 40 foizi – ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni himoya qilishga, 14,2 foizi – ayollar va yoshlar muammolarini hal etishga, 13,6 foizi – sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya sohasiga, 12 foizi esa boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.4
2005 yilning may oyida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 150 ga yaqin NNT vakillari tashabbusi bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda, ushbu tashkilot 450 dan ortiq NNTlarni o‘zida birlashtirgan.
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida qator arab (Misr Arab Respublikasi, Tunis, Suriya, Yaman, Liviya, Bahrayn, Sudan kabi) mamlakatlarida ijtimoiy noroziliklar, xalq chiqishlari avj olib, ularning ba’zilarida fuqarolik urushi natijasida minglab kishilar qurbon bo‘ldi. Bizningcha, bu voqealar shu mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining cheklanganligi, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa manfaatlari hamda ehtiyojlarini qondirilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki, demokratiya fuqarolik jamiyatining nafaqat birlamchi zaruriyati, balki bunday jamiyatning shakllanishi va rivojlanishining muhim talabi hamdir.
Rivojlangan G‘arb davlatlarida ko‘plab fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadi. Ular jamiyat hayotining aniq bir muammosi bilan shug‘ullanishiga ko‘ra farq qiladi. Aksariyat nodavlat notijorat tashkilotlari insonparvarlik maqsadlarida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi. Hattoki, ularning ba’zilari umummilliy, mamlakat, halqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatish darajasiga ham erishgan. Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkil topgan fuqarolik jamiyati institutlari bir mamlakat doirasidan chiqib, xalqaro miqyosda faoliyat yuritmoqda. G‘arb davlatlaridagi “Grin Pis” (“Yashillar harakati”) kabi tashkilotlar shular jumlasidandir. Masalan, hozirda AQShda 1 milliondan ortiq fuqarolik jamiyati institutlari mavjud bo‘lib, har 305 kishi boshiga bittadan to‘g‘ri keladi.

Download 263.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling