Sana01.01.1970
Hajmi
#1811

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY 

ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYOSATINING

 

QARORI


 

FAN DOKTORI ILMIY DARAJASINI BERUVCHI ILMIY KENGASH TO‘G‘RISIDAGI 

NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 13-son, 166-modda)

 

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 25 martda ro‘yxatdan 

o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2440]

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  24  iyuldagi  PF–4456-son  «Oliy 



malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada 

takomillashtirish  to‘g‘risida»gi 

Farmoniga

 (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami, 

2012 y., 30-son, 346-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 

dekabrdagi  365-son  «Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  hamda  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-

pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi 

qaroriga

 (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami,  2013  y.,  1-son,  5-

modda)  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya 

komissiyasi Rayosati qaror qiladi:

 

1. 


Fan 

doktori 


ilmiy 

darajasini 

beruvchi 

ilmiy 


kengash 

to‘g‘risidagi 

nizom 

ilovaga


 muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:



 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 

Rayosatining 1996  yil 25 yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan  Ixtisoslashgan kengash 

haqida 


nizom

 (ro‘yxat raqami 260, 1996 yil 10 iyul);

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 



Rayosatining 2003 yil 17 iyuldagi 96/3-son «Ixtisoslashgan kengash haqida nizomga o‘zgartirish 

va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida» 

qarori

 (ro‘yxat  260-1,  2003  yil  12  avgust)  (O‘zbekiston 



Respublikasi  vazirliklari,  davlat  qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy  hujjatlari  axborotnomasi, 

2003 y., 15-son);

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 



Rayosatining  2009  yil  24  dekabrdagi  160/11-son  «Ixtisoslashgan  kengash  haqidagi  nizomga 

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida» 

qarori

 (ro‘yxat raqami 260-2, 2010 yil 20 yanvar) 



(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 3-4-son, 23-modda).

 

3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



 

Rais G. BAXADIROV

 

Toshkent sh.,



 

2013 yil 31 yanvar,

 

195/3-son



 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 

2013 yil 31 yanvardagi 195/3-son 

qaroriga


  

ILOVA


 

Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi

 

NIZOM



 

Mazkur  Nizom  O‘zbekiston  Respublikasining  «

Ta’lim  to‘g‘risida

»gi  (O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda), «

Kadrlar tayyorlash 

milliy  dasturi  to‘g‘risida

»gi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  1997 

y.,  11-12-son,  295-modda)  qonunlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  24 

iyuldagi  PF–4456-son  «Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tayyorlash  va 

attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 

Farmoniga

 (O‘zbekiston 

Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 

2012 yil 28 dekabrdagi 365-son «Oliy o‘quv  yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy 

va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi 

qaroriga


 (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami,  2013  y.,  1-son,  5-

modda)  muvofiq  fan  doktori  ilmiy  darajasini  beruvchi  ilmiy  kengash  (keyingi  o‘rinlarda 

Kengash deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.

 

I bob. Umumiy qoidalar

 

1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:



 

talabgor —  fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun  ilmiy  izlanishlar  olib  borayotgan 

shaxs;


 

attestatsiya —  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  tayyorlash  jarayoni 

bosqichlarida tegishli chora-tadbirlarni o‘tkazish, jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, 

seminarlar  va  davra  suhbatlarida  dissertatsiyani  aprobatsiyadan  (muhokamadan)  o‘tkazish,  fan 

doktori  ilmiy  darajasini  beruvchi  ilmiy  kengashda  (keyingi  o‘rinlarda  Kengash  deb  yuritiladi) 

dissertatsiya  himoyasini  o‘tkazish  va  dissertatsiyani  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya  komissiyasida  (keyingi  o‘rinlarda  OAK  deb  yuritiladi) 

ekspertizadan  o‘tkazish  asosida  talabgorlarning  ilmiy  saviyasini  hamda  dissertatsiya 

natijalarining yangiligi va sifatini baholash;

 

attestatsiya ishi — talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari to‘plami;

 

dissertatsiya —  talabgorning  e’lon  qilingan  ilmiy  ishlari  asosida  tayyorlangan 

qo‘lyozma shaklidagi yuqori malakaviy ilmiy asar;

 

dissertatsiya  avtoreferati —  dissertatsiyaning  asosiy  g‘oyasi,  xulosalari,  o‘tkazilgan 

tadqiqotlarga  talabgorning  qo‘shgan  hissasi,  tadqiqot  natijalarining  yangiligi,  ilmiy  va  amaliy 

ahamiyati hamda tatbig‘i bayon qilingan qo‘lyozma;

 

ish  bajarilgan  tashkilot —  talabgorning  dissertatsiya  tadqiqotlari  o‘tkazilgan  va 

ishlanmalari bajarilgan tashkilot;

 

ekspertiza  — dissertatsiya  ilmiy  natijalarining  qay  darajada  to‘g‘riligi,  yangiligi, 

dissertatsiyaning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati,  uni  dissertatsiyalarni  baholash  mezonlariga  mos 

kelishini baholash;

 

dastlabki ekspertiza — dissertatsiyaning himoyadan oldin o‘tkaziladigan ekspertizasi;

 

Bir  martalik  kengash —  fan  doktori  ilmiy  darajasini  beruvchi  vaqtinchalik  ilmiy 

kengash;


 

Kengash  qoshidagi  ilmiy  seminar —  dissertatsiyani  yakuniy  dastlabki  ekspertizadan 

o‘tkazadigan seminar (keyingi o‘rinlarda Ilmiy seminar deb yuritiladi);

 

dissertatsiya  himoyasi —  tadqiqot  natijalarining  ilmiy  yangiligi,  xulosalari, 

tavsiyalarining  to‘g‘riligi  va  asoslanganligi,  dissertatsiyaning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati, 

talabgorning  fanga  qo‘shgan  hissasi  bo‘yicha  ilmiy  jamoatchilik  oldida  o‘tkaziladigan 

muhokama;

 

ilmiy  maslahatchi —  dissertatsiya  mavzusini  tanlashda  talabgorga  ko‘maklashgan, 

tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilab beradigan va tadqiqotni o‘tkazishda maslahat beradigan 

mas’ul shaxs;

 

jamoaviy  taqriz —  OAK  tomonidan  yuborilgan  dissertatsiyani  ko‘rib  chiqish 

yuzasidan Kengashning qo‘shimcha xulosasi;

 

hisob  komissiyasi —  Kengash  majlisida  yopiq  ovoz  berishni  o‘tkazish  uchun 

tuziladigan bir martalik komissiya;

 

apellyatsiya — fan doktori ilmiy darajasini berish yoki undan mahrum etish yoxud uni 

tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi.

 

2.  Kengash  dissertatsiyalarning  ekspertizasi  sifati,  xolisligi,  tayyorlangan  dissertatsiya 



himoyasi uchun zarur sharoit yaratilishi va qabul qilgan qarorlarining asosliligi uchun mas’uldir.

 

II bob. Kengashni tuzish

 

3. Huzurida Kengash tuzish uchun muassasalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:



 

fundamental  va  amaliy  fanning  tegishli  sohalaridagi  tan  olingan  yutuqlarga,  ilmiy 

tadqiqot  natijalarini  amaliyotga  joriy  etishning  yuqori  darajasiga  erishgan,  tegishli  yo‘nalishlar 

bo‘yicha  yetarli  ilmiy  salohiyatga  –  kamida  ikki  nafar  fan  doktori  hamda  sifatli  oliy  malakali 

ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibiga;

 


tegishli  fan  sohalari  bo‘yicha  davlat  grantlari  va  xalqaro  grantlarda,  ilmiy  loyihalarni 

(xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari va boshqalar) ishlab chiqishda ishtirok 

etayotgan  hamda  ilmiy  ishlari,  jumladan  xorijda  nashr  qilingan  ilmiy  ishlari  mavjud  bo‘lgan 

xodimlarga;

 

tegishli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  doimiy  ishlab  turgan  ilmiy  seminarlarga,  respublika  va 



xalqaro  miqyosdagi  konferensiyalar,  seminarlar,  davra  suhbatlari  va  boshqa  tadbirlarni  tashkil 

qilish va o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lishi.

 

4. Kengash oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi yetakchi oliy ta’lim, 



ilmiy-tadqiqot  muassasalari  huzurida  mazkur  muassasalar  bo‘ysunuvchi  vazirliklar,  idoralar  va 

Fanlar akademiyasining murojaatnomalariga asosan, OAK tomonidan tuziladi.

 

Muassasalar  Kengash  tuzish  uchun  mazkur  Nizomning 



3-bandida

 nazarda  tutilgan 

talablarning barchasiga javob bermagan taqdirda, vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining 

murojaatnomalariga  asosan,  OAK  tomonidan  oliy  ta’lim  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalari 

huzurida, istisno tariqasida, tashkilotlararo Kengash tuzilishi mumkin.

 

Kengash  hamda  tashkilotlararo  Kengash  rahbariyati  va  tarkibi  OAK  tomonidan 



tasdiqlanadi.

 

5.  Vazirliklar,  idoralar  va  Fanlar  akademiyasining  murojaatnomasida  Kengash  tuzish 



zarurati va uni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilishi hamda murojaatnomaga 

mazkur  Nizomning 

1-ilovasiga

 muvofiq  Kengash  a’zoligiga  tavsiya  etilayotgan  shaxslar 

to‘g‘risidagi ma’lumot, ob’ektiv-ma’lumotnoma, ularning yozma roziligi va oxirgi uch yil ichida 

nashr etilgan ilmiy ishlari ro‘yxati ilova qilinadi.

 

6.  Kengash  tomonidan  ko‘pi  bilan  to‘rtta  ixtisoslik  yoki  fan  sohasi  bo‘yicha 



dissertatsiyalar himoyaga qabul qilinishi mumkin.

 

7.  Kengash  a’zolari  kamida  o‘n  bir  nafar  va  ko‘pi  bilan  yigirma  bir  nafar  fan 



doktorlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

 

8. Kengash tarkibiga, istisno tariqasida, tegishli ixtisoslik yoki fan sohasi bo‘yicha faol 



ilmiy  faoliyat  olib  borayotgan  va  katta  ilmiy-amaliy  tajribaga  ega  bo‘lgan  fan  nomzodlari  ham 

kiritilishi mumkin, bunda fan doktorlari soni Kengash a’zolarining 80 foizidan kam bo‘lmasligi 

kerak.

 

Kengash  tarkibida  Kengash  ixtisosligining  tegishli  fan  sohasi  bo‘yicha  kamida  besh 



nafar  fan  doktori  bo‘lishi  lozim.  Kengash  tarkibiga  fan  nomzodlari  kiritilgan  taqdirda,  kamida 

to‘rt nafar fan doktori bo‘lishi lozim.

 

9.  Zarur  hollarda,  Kengash  tarkibiga  Kengash  ixtisosliklariga  yaqin  fan  sohalari 



bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.

 

Bir shaxs faqat bitta fan sohasining bitta ixtisosligi bo‘yicha Kengashga kiritiladi hamda 



ko‘pi bilan ikkita Kengash a’zosi bo‘lishi mumkin.

 

Kengash  a’zoligiga  tavsiya  etilayotgan  shaxslar  oxirgi  uch  yil  ichida  kamida  beshta 



ilmiy ish (ilmiy maqolalar, monografiyalar, ixtiro uchun patentlar) nashr ettirgan bo‘lishi shart.

 

10.  Kengash  tarkibiga  OAK  Rayosati  va  OAK  ekspert  kengashlarining  a’zolari 



kiritilmaydi.

 

Kengash  ixtisosliklari  bo‘yicha  yetakchi  mutaxassis-olimlar  —  fan  doktorlari 



vazirliklar,  idoralar  va  Fanlar  akademiyasining  murojaatnomasiga  asosan,  OAK  tomonidan 

Kengash raisi va o‘rinbosar(lar) etib tasdiqlanadi.

 

Kengash  raisi  turli  sabablarga  ko‘ra  Kengash  faoliyatida  ishtirok  etaolmagan  taqdirda, 



uning vazifasini rais o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlardan biri bajaradi.

 

Kengash  ixtisosligi  bo‘yicha  ilmiy  darajaga  ega  bo‘lgan  hamda  Kengash  tuzilayotgan 



yetakchi  oliy  ta’lim  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasida  shtat  asosida  ishlaydigan  shaxs  OAK 

tomonidan Kengash ilmiy kotibi etib tasdiqlanadi.

 

11.  Kengash  tarkibi  har  yili  uning  kamida  15  foizini  yangilash  sharti  bilan  uch  yil 



muddatga  tasdiqlanadi.  Kengash  tarkibida  surunkasiga  ikki  muddatdan  ortiq  ishlash  mumkin 

emas.  Kengash  tarkibidan  chiqqan  a’zolar  Kengash  tarkibiga  uch  yil  o‘tgandan  keyin  qayta 



kiritilishi mumkin.

 

Kengash  raisi,  rais  o‘rinbosar(lar)i  va  ilmiy  kotibi  vazifasini  bajarish  muddati  uch 



yildan  oshmasligi  lozim  hamda  keyingi  uch  yil  ichida  ushbu  vazifalarga  qayta  tasdiqlanishi 

mumkin emas.

 

12. OAK tomonidan Kengash ixtisosliklari ro‘yxati va Kengash raisi tegishli vazirliklar, 



idoralar  va  Fanlar  akademiyasining  murojaatnomasiga  yoki  OAK  ekspert  kengashining 

tavsiyasiga asosan o‘zgartirilishi mumkin.

 

13.  Kengash  tarkibiga  o‘zgartirishlar  Kengash  tuzilgan  oliy  ta’lim  yoki  ilmiy-tadqiqot 



muassasasi  rahbarining  yoki  Kengash  raisining  murojaatnomasi  asosida  OAK  tomonidan 

kiritilishi mumkin. Bunda o‘zgartirishlar aniq ko‘rsatilishi hamda asoslab berilishi lozim.

 

14.  Dissertatsiya  ixtisosligi  yoki  tegishli  fan  sohasi  bo‘yicha  Kengash  bo‘lmagan 



taqdirda,  ish  bajarilgan  tashkilot  dissertatsiyani  dastlabki  ekspertizadan  o‘tkazib,  dissertatsiya 

ixtisosligiga mos yoki yaqin keluvchi Kengashga, bunday Kengash bo‘lmagan taqdirda, OAKga 

Bir martalik kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi.

 

15.  Ish  bajarilgan  tashkilot  Bir  martalik  kengash  tuzish  bo‘yicha  Kengashga  murojaat 



qilganda,  dissertatsiya  Kengash  tomonidan  dastlabki  ekspertizadan  o‘tkaziladi.  Ekspertiza 

natijalari  bo‘yicha  xulosa  ijobiy  bo‘lgan  taqdirda,  Kengash  bir  martalik  himoya  o‘tkazish 

zarurligi asoslangan taqdimnoma bilan OAKga murojaat qiladi.

 

16.  Mazkur  taqdimnomaga  Kengash  tarkibiga  qo‘shimcha  a’zolarni  kiritish  bo‘yicha 



takliflar ilova qilinadi.

 

Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolarni kiritish bo‘yicha taklifda tegishli ixtisoslik yoki 



fan  sohasi  bo‘yicha  hal  qiluvchi  ovoz  berish  huquqi  bilan  kamida  besh  nafar  fan  doktori 

kiritilishi nazarda tutilishi lozim.

 

17. Ish bajarilgan tashkilot yoki Kengash Bir martalik kengash tuzish bo‘yicha OAKga 



murojaat qilganda, OAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 

Bir martalik kengash tuzish haqidagi murojaatnoma;



 

Kengash tarkibiga kiritilayotgan qo‘shimcha a’zolar, ish bajarilgan tashkilotda Kengash 

tuzilayotganda, barcha Kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumot va 

ob’ektiv-ma’lumotnomalar, ularning yozma roziligi va oxirgi uch yil ichida nashr etilgan ilmiy 

ishlari ro‘yxati;

 

talabgor to‘g‘risidagi ob’ektiv-ma’lumotnoma;



 

talabgorning oliy ta’lim muassasasini bitirganligi haqidagi diplomi nusxasi;

 

talabgorning  ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik  faoliyat  olib  borishga  layoqatini 



aniqlash  bo‘yicha  test  sinovlaridan  o‘tganligi  haqidagi  guvohnoma  yoki  fan  nomzodi,  xorijiy 

davlatlarda  berilgan  falsafa  doktori  (Ph.D)  yoki  unga  tenglashtirilgan  boshqa  ilmiy  darajalari 

diplomi nusxasi;

 

malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar;



 

ish bajarilgan tashkilotning xulosasi;

 

dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlarning xulosalari;



 

hammualliflikdagi  ilmiy  ishlarini  dissertatsiyaga  to‘la  yoki  qisman  kiritish  uchun 

talabgorning hammualliflarining yozma roziligi;

 

dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining qo‘lyozmalari;



 

talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari.

 

18.  Kengashning  taqdimnomasi  yoki  ish  bajarilgan  tashkilotning  murojaatnomasi 



asosida taqdim etilgan hujjatlar OAK tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari 

bo‘yicha  xulosa  ijobiy  bo‘lgan  taqdirda,  mazkur  Nizomning 

7—10-bandlariga

 muvofiq  Bir 

martalik kengash va uning qoshidagi ilmiy seminar tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi.

 

Zarur hollarda, Bir martalik kengash tarkibi dissertatsiya ixtisosligiga yaqin fan sohalari 



bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.

 

Dissertatsiya  bo‘yicha  yetakchi  tashkilot  va  rasmiy  opponentlar  OAK  tomonidan 



tavsiya etilishi mumkin.

 


19.  Dissertatsiya  bo‘yicha  ekspert  kengashining  xulosasi  salbiy  bo‘lgan  taqdirda, 

Kengash  taqdimnomasi  yoki  ish  bajarilgan  tashkilotning  murojaatnomasiga  nisbatan  rad  javobi 

beriladi  hamda  dissertatsiya  yuzasidan  ekspert  kengashi  tomonidan  ko‘rsatilgan  kamchiliklar 

tegishli Kengash yoki tashkilotga yuboriladi.

 

Talabgor  kamchiliklarni  bartaraf  etgandan  so‘ng,  ish  tegishli  Kengash  yoki  tashkilot 



tomonidan qayta ekspertizadan o‘tkazilib, Kengashga yoki OAKga Bir martalik kengash tuzishni 

so‘rab murojaat qiladi.

 

20.  Bir  martalik  kengash  tuzish  bo‘yicha  OAKning  salbiy  qarori  chiqqan  kundan 



e’tiboran olti oy o‘tgandan keyin, qayta murojaat qilish mumkin.

 

21. Bir martalik kengash faoliyati mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.



 

III bob. Kengash ishini tashkil qilish

 

22.  Kengash  xolislik,  ochiqlik,  shaffoflik  va  tezkorlik  prinsiplari  asosida  OAK 



rahbarligida faoliyat olib boradi. Kengash faoliyati tashkilotning veb-sayti orqali yoritib boriladi.

 

23. Talabgor dissertatsiyasi himoyasiga oid barcha hujjatlar bilan tanishish va Kengash 



rahbariyatidan barcha masalalar xususida malakali yordam olish huquqiga ega.

 

24.  Kengash  majlisida  bitta  dissertatsiya  himoyasi  yoki  bitta  jamoaviy  taqriz 



muhokamasi,  kun  davomida  esa,  ikkita  majlis  o‘tkazilishi  mumkin.  Dissertatsiya  himoyalari 

sessiya tarzida OAK ruxsati bilan o‘tkaziladi.

 

25.  Kengash  dissertatsiya  himoyasini  o‘tkazish  navbatini  rejalashtirishda,  birinchi 



navbatda, boshqa tashkilotlardan kelgan talabgorlarning dissertatsiyalarini himoyaga qabul qilish 

va OAK tomonidan qo‘shimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqishga 

e’tibor qaratishi lozim.

 

26.  Kengash  o‘zi  faoliyat  yuritayotgan  tashkilotning  rasmiy  blanki  va  Davlat  gerbi 



tasviri  tushirilgan  muhridan  foydalanadi.  Tashkilot  rahbariyati  Kengash  faoliyat  olib  borishi 

uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga mas’uldir.

 

27.  Quyidagi  hollarda  Kengash  faoliyati  OAK  tomonidan  to‘xtatib  qo‘yilishi  yoki 



tugatilishi mumkin:

 

Kengash  tomonidan  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tayyorlash  va 



attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan hamda ilmiy 

saviyasi past dissertatsiya himoyalari o‘tkazilganda;

 

Kengash faoliyati davomida himoya qilingan ikkita dissertatsiyaga OAK tomonidan rad 



javobi berilgan bo‘lsa;

 

dissertatsiya himoya qilish tartibi Kengash tomonidan muntazam ravishda buzilganda.



 

28.  Kengash  raisi  har  yili  31  dekabrga  qadar  Kengash  faoliyati  bo‘yicha  tegishli 

tashkilotga hamda mazkur Nizomning 

2-ilovasiga

 muvofiq shaklda OAKga hisobot beradi.

 

29. Kengash tomonidan quyidagi asosiy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkaziladi:



 

dissertatsiyani himoyaga qabul qilish;

 

dissertatsiyani himoya qilish;



 

OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ko‘rib chiqish;

 

ilmiy darajalardan mahrum etish yoki uni tiklash masalalarini ko‘rib chiqish;



 

apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.

 

IV bob. Dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yuzasidan Kengash majlisini o‘tkazish

 

30.  Dissertatsiyani  Kengashda  dastlabki  ekspertizadan  o‘tkazish  hamda  Ilmiy 



seminarning  ishlash  tartibi  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  sohasidagi  qonun  hujjatlari 

talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

31.  Ilmiy  seminar  tomonidan  dissertatsiya  bo‘yicha  ijobiy  xulosa  berilgandan  so‘ng, 



dissertatsiya  ixtisosligi  bo‘yicha  Kengashning  uch  nafar  a’zosidan  iborat  tarkibda  ekspert 

komissiyasi  tuziladi.  Ekspert  komissiyasi  tarkibiga  ilmiy  seminar  a’zosi  bo‘lgan  Kengash 

a’zolari ham kiritilishi mumkin.

 

32. Ekspert komissiyasi zimmasiga quyidagilar yuklatiladi:



 

ko‘rilayotgan  dissertatsiya  va  unga  tegishli  hujjatlarning  OAK  talablariga  mosligini 



tekshirish;

 

dissertatsiya  bilan  tanishib  chiqish  va  uning  tegishli  ixtisosliklarga  qay  darajada 



muvofiq  kelishi  va  talabgor  tomonidan  e’lon  qilingan  ishlarda  dissertatsiya  materiallari 

qanchalik to‘liq bayon etilganligi bo‘yicha xulosa berish;

 

dissertatsiya bo‘yicha yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar tayinlash, zarur hollarda, 



Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolar kiritish yuzasidan takliflar berish.

 

33. Kengash ish bajarilgan tashkilot, Ilmiy seminar va Kengash ekspert komissiyasining 



xulosalariga asosan, dissertatsiyani himoyaga qabul qiladi.

 

Ish  bajarilgan  tashkilot  huzurida  Kengash  faoliyat  ko‘rsatayotgan  bo‘lsa,  dissertatsiya 



tegishli  laboratoriya,  bo‘lim,  kafedra  yoki  kafedralararo,  laboratoriyalararo  birlashgan  ilmiy 

seminarning  hamda  Ilmiy  seminar  va  Kengash  ekspert  komissiyasining  xulosalariga  asosan, 

himoyaga qabul qilinadi.

 

34.  Kengash  majlisi  mazkur  Nizomning 



42-bandida

 belgilangan  talablarga  muvofiq 

vakolatli  hisoblanadi.  Kengashning  ekspert  komissiyasining  ijobiy  xulosasiga  asosan 

dissertatsiyani himoyaga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish  yo‘li bilan majlisda 

ishtirok  etayotgan  Kengash  a’zolarining  ko‘pchiligi  tomonidan  yoqlab  ovoz  berilganda,  qabul 

qilingan hisoblanadi.

 

Yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar Kengash tomonidan dissertatsiyani himoyaga 



qabul  qilish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingandan  keyin  tasdiqlanadi  hamda  tegishli  hujjatlar 

dissertatsiya  himoyasi  to‘g‘risida  OAK  veb-saytida  e’lon  berish  uchun  OAKga  taqdim  etiladi. 

Dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi e’lon «OAK Byulleteni» jurnalida ham chop etiladi.

 

35.  Dissertatsiya  himoyasi  to‘g‘risida  OAK  veb-saytida  e’lon  berilgandan  so‘ng, 



Kengash  raisi  tomonidan  qo‘lyozma  huquqida  dissertatsiya  avtoreferatini  chop  etishga  ruxsat 

beriladi  va  dissertatsiya  himoyasi  kuni  tayinlanadi.  Dissertatsiya  avtoreferatining  to‘liq  matni 

huzurida  Kengash  faoliyat  yuritayotgan  tashkilotning  veb-sayti  va  «ZiyoNET»  axborot-resurs 

portaliga  joylashtiriladi  hamda  uning  elektron  shakli  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  yirik 

axborot-resurs markazlari va ilmiy tashkilotlariga yuboriladi.

 

36.  Dissertatsiya  himoyasi  OAK  veb-saytida  e’lon  berilgandan  so‘ng,  uch  oy  ichida 



o‘tkazilishi  shart.  Mazkur  talab  Kengash  tomonidan  bajarilmagan  taqdirda,  dissertatsiya 

himoyasini o‘tkazishga ruxsat berish masalasi OAK Rayosati tomonidan hal etiladi.

 

37. Dissertatsiya himoyasini o‘tkazish manzili, kuni va soati himoyadan kamida bir oy 



oldin  dissertatsiya  avtoreferatini  mazkur  Nizomning 

3-ilovasida

 nazarda  tutilgan  dissertatsiya 

avtoreferati  tarqatilishi  shart  bo‘lgan  tashkilotlarga  va  Kengash  tasdiqlagan  qo‘shimcha 

ro‘yxatga  asosan  tarqatish  hamda  respublika  ahamiyatidagi  gazetalardan  birida  e’lon  berish  va 

huzurida Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilotning veb-sayti orqali ma’lum qilinadi.

 

38. Dissertatsiya avtoreferati Kengash a’zolari va OAKga reestr asosida Kengash ilmiy 



kotibi  tomonidan  topshiriladi,  rasmiy  opponentlar  va  yetakchi  tashkilotga  kuzatuv  xati  orqali 

yetkaziladi.  Dissertatsiya  avtoreferati  tarqatilishi  shart  bo‘lgan  tashkilotlar  hamda  Kengash 

tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha qolgan shaxslarga pochta aloqasi bo‘limi orqali yuboriladi.

 

Kengashning  har  bir  a’zosi  dissertatsiya  avtoreferati  va  Kengash  faoliyat  yuritayotgan 



tashkilotning  Axborot-resurs  markazida  saqlanayotgan  dissertatsiya  bilan  batafsil  tanishib 

chiqishi shart.  Kengash  a’zolari  tomonidan  ham  dissertatsiya  avtoreferati  bo‘yicha dissertatsiya 

yuzasidan taqriz berilishi mumkin.

 

39. Dissertatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra Kengash ixtisosliklariga to‘g‘ri kelmagan hamda 



talabgor  tomonidan  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  sohasidagi  qonun  hujjatlari  talablariga 

muvofiq  bajarilmagan  taqdirda,  dissertatsiya  Kengash  tomonidan  himoyaga  qabul  qilinmaydi. 

Bunda  talabgorga  dissertatsiyani  Kengash  tomonidan  himoyaga  qabul  qilmaslik  sabablari 

ko‘rsatilgan  majlis  bayonnomasidan  ko‘chirma  hamda  talabgor  topshirgan  barcha  hujjatlar 

qaytarib beriladi.

 


Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling