Turk tili

Sana01.01.1970
Hajmi
#181814
Bog'liq
Turk tili



Muslim Vosidiy 
TURK TILINI

MUSTAQIL 
O’RGANAMIZ 
 
 
 
 


 
Kitob kimlar uchun? 
Bu kitob asosan quyidagi toifa insonlar uchun mo’ljallangan.
- Turk tilini mutlaqo boshidan o’rganmoqchi bo’lganlar uchun. 
- Turk tilini oz biladigan va bu tilni yanada mukammal o’rganmoqchi bo’lganlar uchun. 
- Turkiyaga borish oldidan bu tilni tezkor o’rganish istagida bo’lganlar uchun. 
- Kitobdan turk tilini o’rgatuvchi o’qituvchilar ham qo’llanma sifatida foydalanishlari 
mumkin. 
- Turk tilidagi kitoblarni o’qiy olish, turkcha filmlarni anglash istagida bo’lganlar uchun 
va hokazo. 
Kitobdan qanday foydalanish mumkin ? 
Bu kitob orqali siz Turk tilini mustaqil o’rganishingiz ham mumkin. Agar ustoz 
yordami bilan o’rgansangiz yanada oson o’rganasiz. Ammo ustoz topa olmasangiz bu 
kitobni diqqat bilan o’rganishingiz lozim. O’zingizga har kun bir soat ajrating va shu 
soat ichida bir kunlik darsni o’qib o’rganing. Shuni unutmang-ki, bir kunning darsini 
to’liq o’qimay turib keyingi darsga o’tmang. Kitobda ba’zi so’zlarni rus tilidagi 
tarjimasi ham qo’shib yozildi. Chunki ko’p kishilar bu so’zlarga odatlanib asl 
o’zbekchasini ishlatmay qo’yganligini hisobga oldik. Masalan: “o’rindiq” so’zi bilan 
birga “kreslo” so’zini birga yozdik. 
Kitobda har kunlik yodlash uchun so’zlar mavjud. Siz bu so’zlarni yodlagach 
mashqlarni bajarasiz. Berilgan matnlarni o’qiysiz. Iloji bo’lsa matnlarni ovoz chiqarib 
o’qing. Kitobdan foydalanish davomida turk tilidagi filmlari yoki multfilmlarni 
tomosha qilsangiz o’rganish yanada qiziqarli bo’lib talaffuzni ham o’rganasiz. Turkcha 
film yoki multfilmlarni internet saytlaridan topishingiz mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling