Fargʻona shahri haqida ma'lumot

Sana01.01.1970
Hajmi
#184821
Bog'liq
Fargʻona shahri haqida ma'lumot


Fargʻona
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search

Viloyat
Farg'ona 

Mamlakat

Oʻzbekiston

Koordinatalari

40°23′11″N 71°47′11″EKoordinatalari: 40°23′11″N 71°47′11″E

Ichki boʻlinishi

11 tuman

Hokim

Shuhrat G'aniev Madaminovich

Asos solingan

1876

Avvalgi nomlari

Skobelev(1910-1924)

Maydoni

70 km²

Markazi balandligi

455 m

Iqlim tipi

mo'tadil,subtropik

Rasmiy tili

oʻzbek

Aholisi

2 309 300[1] nafar (2012)

Zichlik

350,7 kishi/km²

Aglomeratsiya

470,2 ming.ga yaqin

Milliy tarkibi

oʻzbeklar 63,0%
ruslar 20,0%
tatarlar 4,5%
koreyslar 2,2%
qozoqlar 1,2%
v.b 7,0%[2]

Konfessiyaviy tarkibi

MusulmonlarXristianlar

Vaqt mintaqasi

UTC+5

Telefon kodi

+998 73

Pochta indekslari

712000-712200

Avtomobil kodi

40 - 49, ( 15 - eskisi)

Rasmiy sayti

http://ferghana.uz










Fargʻona
Fargʻona (1907 yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907 — 1924 yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M.D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.

Mundarija

  • 1Tarixi

  • 2Iqtisodiyoti

  • 3Aholisi

  • 4Iqlim

  • 5Faktlar

  • 6Sanoat

  • 7Diqqatga sazovor joylar

  • 8Fargʻona mehmonxonalari

  • 9Ko'ngil ochar joylar

  • 10Hokimlari

  • 11Adabiyot

  • 12Manbalar

  • 13Havolalar

Tarixi[tahrir]
Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar "Fargʻona" soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik" degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar.
1876 yil Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10 km janubida joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877 yil iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904 yilda yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880 yilda bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.
Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898 yil Samarqand—Andijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891 yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik zavpdi faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash zavpdi faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899 yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.
1907 yilda mustamlakachi maʼmurlar shahar nomini oʻzgartirib, Skobelev deb atadilar. Oʻsha yili temir yoʻl vokzalini ham qurish boshlandi.
1914 yilda yana 4 ta paxta tozalash zavodi va 8 ta pilla quritish moslamasi foydalanishga topshirildi. Shaharchada, asosan, podsho maʼmuriyati va amaldorlari, harbiylar, savdogar va mahalliy boylar yashardi. 1913 yilda shahar aholisi 14 ming kishiga yetdi. Shundan oʻzbeklar atigi 3216 kishini tashkil etdi.
Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917 yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi.
1917 yil 6—7 dekabrda Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921 yil da Oʻrta Osiyo ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik fabrikaasi foydala nishga topshirildi. 1917 yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik fabrikaasi, yogʻ zavodi ishlay boshladi. Paxta tozalash zavodlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishga tushirilgan Xoʻjaobod—Fargʻona, Shim. Soʻx—Fargʻona—Quvasoy gaz quvurlari Fargʻonani Buxoro yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi.
Undan keyin gidroliz zavodi, 1958 yilda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1960- yillarda Fargʻonada temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht zavodlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi.
Iqtisodiyoti[tahrir]
Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola (atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika, paxta tozalash, konserva zavodlari; uysozlik, moy, sut k-tlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal fabrikaalari, "Fargʻonapivo", don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona ("KabulFargʻona", "Oʻzsalaman", "Ferteks", "Yevraziya Tapo Disk", "Ferkon" va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan.
Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km jan.da Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta ("Fargʻona tongi", 1955 yil 29 dekabrda tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi.
Aholisi[tahrir]
Aholisi 250,000. Fargʻona shahriga Margʻilon va Toshloq shaharlari tutashib ketgan. Agar 3 ta shaharni aholisi bilan hisoblasak, 400,000 dan oshadi. Fargʻona shahrining ramzi chinor bargidir. Fargʻonada Markaziy Osiyodagi eng mashhur futbol jamoasi — «Neftchi» shahar shaʼnini himoya qiladi. «Neftchi» FC 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 7 karra kumush medal sohibi, 2 marta billur sovrin egasi, 1 marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 3-oʻrin sohibi va MDH davlat chempionlari 2-oʻrin sohibidir.
Iqlim[tahrir]
Fargʻonaning iqlimi huddi boshqa vodiylar kabi,континентальный. Qish — yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat +0,2°, Past daraja —25,8 °. Uzoq qor yogʻish davomiy emas. Baʼzi qishning kunlari kun issiq boʻladi. Yoz issiq. Iyulda oʻrtacha harorat +27,4°, Baland harorat +45,2°[3].
Iyul oyida issiq shamol kuzatiladi asosan gʻarbiy qismida
Faktlar[tahrir]

  • Fargʻona eng yashil shahar Markaziy Osiyoda darahtlar oʻstirish boʻyicha,yaʼni chinorlarni.Chinorlar Fargʻonaning ramzi hisoblannadi

  • Fargʻona eng koʻp ishlab chiqaruvchi shahar Toshkent dan soʻng

  • Adabiy tilning asosi Fargʻona shevasi hisoblanadi.

Sanoat[tahrir]

  • Fargʻona Azot oʻgʻitlar zavodi Azotмас ОАО

  • Fargʻona Mexanika zavodi ГАО ТАПОиЧ

  • Fargʻona Фергана Автогласс ООО

  • Fargʻona Уз-ДонгЯнг-Фергана ООО

  • Fargʻona ЕвразиаТАПО-Диск СП ЗАО

  • Fargʻona Завод Газовый Аппаратуры МП

  • Fargʻona Завод Искусственных кож ОАО

  • Fargʻona Автомобильный Учебно-производственный Комбинат, МП

  • Fargʻona ЗЖБИ-Завод Железобетонных Изделий

  • Fargʻona НефтеПерерабатывающий Завод ГП

  • Fargʻona UZ-SALAMAN АОЗТ (обувная фабрика)

  • Fargʻona Масло-жир Комбинат ОАО

  • Fargʻona Хлоп-Промышленность ГП

  • Fargʻona Гренажный Завод ОАО

  • Fargʻona Текстильный Комбинат АО

  • Fargʻona Хлоп-Завод АО

  • Fargʻona Учебно-Производственное Предприятие Общества Слепых ГОУ

  • Fargʻona Завод Фурановых Соединений ОАО

  • Fargʻona Завод Химического Волокна ГП


  • Download

    Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling