185-o‘zbek tili guruhi talabasi Ag‘ajonova Soliyajonning mavzu yuzasidan tayyorlagan test savollari


Download 17.39 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi17.39 Kb.

185-o‘zbek tili guruhi talabasi Ag‘ajonova Soliyajonning

mavzu yuzasidan tayyorlagan test savollari (To‘g‘ri javoblar A variantda berilgan)

1. “Millat Ismoilbek kabi qahramonlarni unutsa, o‘z hayotini barbod etajakdir”. Ushbu fikrlar kimga tegishli

A) Narimon Narimonov

B) Ibrohim Haqqul

C) Islom Karimov

D) Begali Qosimov

2. Bu nomni Qashqardan Lodongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilardilar. Gap qaysi shaxs haqida ketmoqda?

A. Ismoil Gasprinskiy

B. Is’hoqxon to‘ra Ibrat

C. Komil Xorazmiy

D.Feruz


3. Ismoil Gaspirinskiy sajiyasiga xos bo‘lgan adolatlilik, haqgo‘ylik, muloyimlik boshlangan ishini ohiriga yetkazish kabi fazilatlar ana shu tarbiya mevasi edi. Gasprinskiy shaxsiyati shakllanishida qaysi insonning o‘rni katta?

A) onasi Fotima

B)enagasi Xabiba

C) onasi Xabiba

D)enagasi Fotima

4. Gaspirinskiy ta’lim jarayonida “Tovush metodi”dan foydalanishni afzal biladi. Bu metod kimniki edi?

A) Rus pedagogi Ushinskiy

B) Turk-tatar pedagogi Mustafo

C) Oqmachitdagi ustozi

D) “Zanjirli” madrasasidagi maullim

5. Gaspirinskiy rus tili muallimi vazifasini ado etish jarayonida eski maktab va madrasa ta’limiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqib darslarga qanday o‘zgartirishlar kiritgan?

A)Barcha javoblar to‘g‘ri

B) 45 daqiqali va tanaffusli dars tizimini joriy etish

C) o‘quvchilarga birinchi navbatda dunyoviy bilim berishni vazifa qilib qo‘yadi

D) eski maktab va madrasa ta’limiga ochiqdan ochiq qarshi chiqadi.

6. Gaspirinskiy qachon “Tarjimon” gazetasini chiqarishga ijozat olgan?

A) 1883-yilda

B)1879-yilda

C) 1884-yilda

D)1885-yilda

7. 1883-yilda “Tarjimon” gazetasi chop etila boshlagan yilda qanday voqea sodir bo‘lgan?

A) Krimning Rossiya tasarrufiga o‘tganining 100 yilligi

B) Gaspirinskiy shahar Dumasiga saylangan

C) Tog’ri javob berilmagan

D) Gaspirinskiy Turkistonga kelgan

8. “Tarjimon” ning o‘zbek tilidagi ukalari qachin paydo bo‘la boshlaydi?

A) XX asrning boshlarida

B) XIX asr oxirida

C) XIX asr o‘rtalarida

D) XX asr o‘rtalarida

9. Gaspirinkiy va “Tarjimon” gazetasining shioriga aylangan so‘zlar qaysi edi?

A) “Tilda, fikrda, ishda birlik”

B) “Maktab, ta’lim jamiyat - kelajak”

C) “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiori Gaspirinkiyning shiori bo‘lgan, “Tarjimon” gazetasining shiori ko‘rsatilmagan

D) A va B javoblar to‘g‘ri

10. Gaspirinskiy ning “Dorul-rohat musulmonlari” romani necha kitobdan iborat?

A) 3

B)4


C)2

D)1


11. “Farangiston maktublari”, “Afrika maktublari”, “Ayollar saltanati” degan tarkibiy qismlar qaysi asarning tarkibiy qismi?

A) “Dorul-rohat”

B) “Buxoro va Boqchasaroy”

C) “Boqchasaroydan Toshkentga sayohat”

D) “Hidoya”

12. Kim uchun Gaspirinskiy qanday ulug‘ va munavvar siymo bo‘lgan bo‘lsa, uning o‘zi ham Boqchasaroy “sulton”iga shunday aziz va har tomonlama munosib malika ed?

A) Zuhraxonim

B) Fotima

C) Xabiba

D) Xadicha

13. 1900-yilda “Turkiston ulamosi” asari qayerda bosilgan?

A)Boquda


B)Turkiyada

C)Fransiyda

D) Toshkentda

14. ismoilbek fikricha, ahvolni tuzatmoq uchun 3 narsa kerak. Bular qaysilar?

A) Milliy fikr, milliy til, milliy maorif

B) Mafkura, iqtisodiy barqarorlik, hurfikrlik

C)Milliy maorif, adolatli siyosat, milliy til

D) milliy til, milliy adabiyot, milliy maorif

15. Gaspirinskiy nasriy asarlarida voqealar deyarli hammasi muallif tilidan hikoya qilinadi. Nomi - ..... Fransaviy –Toshkandiy. Asli toshkentlik, Yevropada o‘qigan, sayohatni yaxshi ko‘radi. Ushbu fikrlar kim haqida aytilmoqda?

A) Mulla Abbos Fransaviy-Toshkandiy

B)Ya’qubbek

C) Guljamol

D) Doniyolbey

16. Gasprinskiyning qaysi asari “Qalb ko‘zi” gazetasida qayta chop etiladi, muallif asarning janrini “fantastik ro‘man” deb belgilaydi.

A) “Dorul –rohat musulmonlari”

B) “Kuntug‘di”

C) “Mukolamai salotin”

D) “Arslon qiz”

17. Gaspirinskiyning avtobiografik romani qaysi?

A) “Kuntug‘di”

B) Dorul –rohat musulmonlari”

C) “Mukolamai salotin”

D) “Arslon qiz”

18. 1973-yilda “I.Gaspirinskiy va Rusiyada musulmon modernizmi” nomi bilan Vashintongda bosilib chiqqan dissertatsiya muallifi kim?

A) Amerikalik Edvard Jeyms Lazzeri

B) Nodir Davlat

C) Mehmet saroy

D) E.Alaev

19. Ismoil Gaspirinskiy 8 yoshida qayerda tahsil oladi?

A) Hoji Ismoilning eski maktabida

B) Oqmachitdagi gimnaziyada

C) Simferopoldagi guberniya gimnaziyasida

D) Milyuten gimnaziyasida

20. Ismoilbek 1872-yilda Fransiyaga keladi. Vena, Myunxen, Shtatgurdda bo‘ladi, Oarijda kimbilan tanishadi?

A) I.S.Turgenev

B) D.I.Pisarev



C) N.G.Chernishevskiy

D) M.Katkov
Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling