19-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha yevropadan ancha orqada qolib ketgan edi
Download 0.62 Mb.
|
jadid
Milliy ózlikti ańǵarıw túsiniginiń mánisi haqqında sóz ketkende Surajatdin, Жасалма интеллект, E\'lon, Buyuk ipak yo’li.Uljan, 015 O\'zbek tili 2-kurs 15-mavzu, BMT va dunyo bolalari.uljan(1), milat(1), jadid(1), 1405751382 56474, 1405751382 56474, Mavzu Milliy madaniy markazlar-fayllar.org, 1405751382 56474(1), 1405751382 56474(1), kommercheskibek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadidshilar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.
19-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha yevropadan ancha orqada qolib ketgan edi. Qoloqlitk vpa jaholat, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar paydo bo‘la boshladi. Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy zaiflantiruvchi o‘zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy kuch sifatida 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridan tarix saxnasiga chiqa boshladilar. Jadidlar Turkistonda 19-asr oxirida paydo bo‘lgan ilg‘or usullarni yoqlagan ma’rifatparvarlargina bo‘lib qolmay, ayni chog‘da turkiy-islomiy huquqiy merosning millat ichida keng yoyilishi, xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham kurashni maqsad qilib ko‘ygan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan bobiylik va bahoiylikdan iborat falsafiy-diniy oqimlar va Turkiyadagi «Ittihod va taraqqiy» («Yosh turklar» harakati) harakatining ta’siri katta bo‘ldi. Bobiylik va bahoiylik XX asr boshlariga kelib Kavkazda, so‘ngra Toshkent, Ashxobod va Turkistonning boshqa shaharlarida keng tarqala boshlagan va xalqning madaniy-ma’rifiy darajasini ko‘tarishda katta ta’sir ko‘rsatgan. Birgina Toshkentning o‘zida bobiylar va bahoiylar tarafidan “Turkiston”, “Isloh”, “Osiyo” va boshqa kutubxonalar, qiroatxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqning turli qatlam vakillari o‘rtasida ma’rifat tarqatishda katta rol o‘ynadi. Turkiyadagi «Ittihod va taraqqiy»chilardan Turkistondagi «Ittihod va taraqqiy»chilarning afzallik tomonlari bor edi. Ularda kosmolitik g‘oya deyarli yo‘q edi, rus imperalizmiga va uning mustamlakachilik tizimiga qarshi kurash g‘oyasi va mafkurasi kuchli edi. Hatto 1905 yilgi rus inqilobi va 1908 yilgi Turkiya inqilobida imperializm va mustamlakachilikka qarshi kurash olib borish g‘oyasi yo‘q edi. Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘urgan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilarJadidshilarJadidchilik harakatini o‘lka xalqlari ommaviy sur’atda qo‘llab quvvatlamadilar. Bu harakat faqat xalq orasiga ma’rifat va madaniyat g‘oyalarini tarqatishdan nariga o‘tmadi, o‘zining tor biqiq doirasida o‘ralib qoldi, siyosiy kurash partiyasi darajasiga ko‘tarila olmadi va ommani zulm va istibdodga qarshi dasturiy kurashga torta olmadi... Jadidlar harakatining nazariy va siyosiy barkamollik darajasiga o‘sib yetmaganlikdan rus bolsheviklari ustalik bilan foydalandilar va ularni ikkiga bo‘lib yubordilar. Jadidlarning bir guruhi bolsheviklarning yolg‘on va quruq va’dalariga ishonib, ular tomoniga o‘tdilar, «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar» guruhiga uyushdilar. Natijada milliy-ozodlik va istiqlol uchun kurash olib borayotgan kuchlar kuchsizlandi va parokandalikka uchradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiKarimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so`zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, T.”Sharq”, 1998.Karimov I. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil.O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.www.ziyonet.uzwww.pedagog.uzDownload 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling