Tayyor dori turlari texnologiyasi

Sana01.01.1970
Hajmi
#191113
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi


Ferask kapsulasini tayyorlash texnologiyasi
Maqsad: Qattiq va yumshoq kapsulalarning tayyorlanish texnologiyasi va ularni dori modda yoki uning yordamchi moddalar bilan xosil qilgan aralashmalari, eritmalari yoki quyuq konsistensiyali massalar bilan to„ldirish usullarini o„rganish va ularni sifatini baxolash.
Mavzuning ahamiyati: Kapsulalar bir qator afzalliklari (ishlab chiqarishni qulayligi, dori moddalarni fizik kimyoviy, shuningdek farmakologik xossalarini to„laqonli saqlab qolish imkoniyatining mavjudligi) bilan boshqa dori shakllari (tabletkalar, surtmalar, in‟eksion eritmalar va boshq.)dan tubdan farq qiladi. Kapsula shaklida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining keyingi yillardagi ishlab chiqarilish salmog„ini ko„radigan bo„lsak, ular tabletkalar va in‟eksion eritmalardan keyinggi uchinchi o„rinda turibdi. Lekin oxirgi uch yillik dinamikasida ularni kelgusidagi 5 yil ichida birinchi o„ringa chiqish ehtimoli borligini inobatga olsak, bu dori shakllarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirish lozimligini ko„rish mumkin.
Amaliy mashg„ulot mavzusini yoritishda “Blits” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Ўқитувчи - капсулаларни қабул қилиш усулига кўра таснифланиши
6-талаба: ошқазонда эрийдиган
1-талаба: ректал
4-талаба: сублингвал
2-талаба: орал
3-талаба: вагинал
5-талаба: ичакда эрийдиган
Ўқитувчи – орал капсулаларнинг турлари
Vaziyatli masalalar:
  • Dori moddasi bilan to„ldirilgan qattiq jelatin kapsulasi silkitib ko„rilgandi ovoz eshitildi.
  • Qattiq jelitn kapsulasining tashqi ko„rinishi ko„zdan kechirilgandi darz ketgan chiziqlar borligi aniqlandi.
  • Yumshoq jelatin kapsulalarining o„lchamlari bir biridan keskin farq qilishi kuzatildi.

  • Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar::
  • Kapsulalarning ta‟rifi, tavsifi va tasnifi
  • Kapsulalarning afzallik va kamchilik tomonlari
  • Kapsulalarning kelib chiqish tarixi
  • Qattiq jelatin kapsulalarining tarkibi
  • Qattiq jelatin kapsulalarining raqamlari
  • Qattiq jelatin kapsulalarini tayyorlash texnologiyasi
  • YUmshoq jelatin kapsulalarining tarkibi
  • YUmshoq jelatin kapsulalarini tayyorlash texnologiyasi
  • Qattiq jelatin kapsulalarini to„ldirish
  • Kpsulalarning sifatini baxolash

  • “Ferask” kapsulasini tayyorlash
    1. 30 ta “Ferask” kapsulasini tayyorlash uchun massa tayyorlang va “0” raqamli qattiq jelatin

kapsulalariga soling.
  • Tayyorlangan kapsulalarning sifat ko„rsatkichlarini aniqlang.
  • Tayyor jarayoni tasvirini chizing

  • “Ferask” kapsulalari Capsulae “Ferascum”
    FSP 42 Uz-19066007-1080-2007
    Tarkibi: bitta kapsula uchun

- 400,0 mg
- 30,0 mg
Feramid
(FS 42 Uz-0028-2007)
Askorbin kislotasi
(X DF, 4 maqola; Brit.F., Evr.F., AQSH F.) Kapsula ichidagi miqdori
- 430,0 mg
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
  • Feramid va askorbin kislotasi substansiyalari
  • Pergament qog„ozi.
  • Tosh va tarozi
  • “0” raqamli kapsulalar
  • Kofe maydalagich yoki M.X.Islamgulov apparati
  • Teshigining diametri 0,150 mm bo„lgan elak
  • Xavoncha va dastasi

  • Ishni bajarish tartibi:
    Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar feramid va askorbin kislotasi M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so„ng, asbob qopqog„i ochilib, maydalangan kukun pergament qog„ozga solinadi va teshigining diametri 150 mkm li elak orqali o„tkazilib, tortiladi.
    Massadan 0,43 g dan tortib, “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga solinadi. Tayyor maxsulotning sifat ko„rsatkichlari aniqlanib, qadoqlanadi.

Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish
Tavsifi. Rangi jigar rang bo„lgan, “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga solingan yorqin sariq rangdan sariq-jigar ranggacha bo„lgan kukun. Tashqi ko„rinishi bo„yicha 11 DFning 2 nashri 143 betda keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Chinligi. Feramid – 200,0 mg kapsul ichidagi kukun 20 ml tozalangan suvda eritiladi. 5 ml ushbu eritmaga 3 tomchi xlorid kislotasi eritmasidan solinib, unga 1 ml kaliy ferritsianid qo„shiladi. Natijada ko„k rangli cho„kma tushadi (temir ioniga xos bo„lgan reaksiya).
2 ml bu eritmaga 0,5 ml nitrat kislotasi va 0,5 ml kumush nitrat eritmasi qo„shib aralashtirilsa, birdanigaoq cho„kma tushadi. U qo„shimcha nitrat kislotasi qo„shish bilan yo„qolmaydi (11 DF 1 nashr 165 betda keltirilgan xloridlarga xos bo„lgan reaksiya).
100,0 mg kapsula ichidagi miqdor 100,0 mg natriy karbonat bilan qizdirilsa piridin xidi keladi. 100,0 mg kapsula ichidagi miqdor 2 ml 1 mol/l natriy ishqori bilan birgalikda qizdirilsa, ammiak
xosil bo„ladi. Uni xo„llangan qizil lakmus qog„ozi ko„k rangga bo„yalishi orqali bilishimiz mumkin.
Askorbin kislotasi – 400,0 mg kapsula ichidagi massa 2 ml 2% xlorid kislotasi eritmasida eritilib, 50 ml tozalangan suv, 0,5 ml 1% kaliy yodid, 2 ml 5% kraxmal eritmasi qo„shilib, 0,00334 mol/l kaliy yodat eritmasi bilan titrlansa turg„un yorqin ko„k rangli eritma xosil bo„ladi.
O„rtacha og„irligi va undan farqi.
11 DF 2 nashr 144 betda keltirilgan talabga javob berishi kerak. Kapsula ichidagi massaning og„irligi 387,0 mg dan kam 473,0 mg dan ko„p bo„lmasligi kerak. YA‟ni 10% gacha chetlanishga ruxsat etiladi.
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi
Қадоқлаш
Тайѐр маҳсулот
Сифатини баҳолаш
Қаттиқ желатин капсулалари
Майдалаш
Элаш
Аралаштириш
Ферамид
Аскорбин кислотаси
“Фераск” аралашмаси
Капсулалаш
Бажарилди
Ҳосил бўлди
Олинди
Қадоқловчи материал
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling