Mavzu 8 Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish.

Sana01.01.1970
Hajmi
#191505
Bog'liq
Mavzu 8 Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish.

IBOB. KOMPYUTER GRAFIKASI


MAVZU: TASVIRLARNI KADRLASH VA ULARDA SHAKL ALMASHTIRISH AMALLARINI BAJARISH.
Fotosuratlami olishda ko‘pincha kamchilikka yo‘1 qo‘yiladi. Jumladan, kadrga ortiqcha narsalar ham tushib qoladi va ulami kadrdan olib tashlashga to‘g‘ri keladi. Bunda fotosuratning chet tomonlarini qirqib tashlash kerak. Bu amalni bajarish uchun PhotoShopda maxsus uskuna bor. Uning nomi ramka bo‘lib, uni klaviaturadagi C harfini yoki uskunalar panelidagi J-J tugmani
bosib faollashtirish mumkin.
PhotoShopning ishchi sohasidagi tasviming kesib olinadigan qismining bir uchiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosamiz va uni qo‘yib yubormay qarama-qarshi uchiga qarab sichqonchani yuritamiz. Sichqonchaning tugmasini qo‘yib yuborishimiz bilan tasviming bo’lagi kesib olinadi va unda ramka paydo bo’ladi.
Ramkaning to‘rt tomoni va to‘rtta burchagidagi markerlardan zarurini sichqoncha bilan sudrab, ramkaning o’lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Kerak bo’lsa, ramkani markazi atrofida burishimiz mumkin. Buning uchun sichqonehani ramkaning biror burchagiga tashqi tomondan yaqinlashtiramiz. Sichqoncha kursori aylana yoyi ko‘rinishiga kelgach, chap tugmasini bosib turib, ramkani buramiz. Bu amalni quyidagi qizaloq surati ustida bajaramiz:
Fotosuratlarda uchraydigan kamchiliklardan yana biri bu suratga olish nuqtasi-ning noto‘g‘ri tanlanishidir. Natijada suratga olinayotgan obyekt ro‘paradan emas, balki chap, o‘ng, past yoki yuqoridan suratga olinib qoladi. Suratga olish nuqtasidan tasviming ko‘rinishi uning perspektivasi deb ataladi. Quyidagi rasmda ko‘p qavatli bino yerdan turib suratga olinganligi ko‘rinib turibdi. Uni qo‘shni binodan turib suratga olingan ko‘rinishga keltirish mumkin.
Shakl o ‘zgartirish amallari asosiy menyuning Peдактирование bo‘limidagi Tpaнсформирование (Shakl o‘zgartirish) bandida joylashgan. Yangi menyuda o‘n ikkita band bo‘lib, ular quyida keltirilgan:Ulaming vazifalari bilan tanishib chiqamiz:
1. Применить снова(Qayta qo‘llash) - oxirgi shakl o'zgartirish amalini yana bir marta qolaydi.
2. Macштабрование (O’lchamini o‘zgartirish) - tasvir bo’lagi o’lchamlarini o‘zgartiradi.
3. Поворот (Burish) — tasvir bo’lagini ixtiyoriy burchakka buradi.
4. Наклон (Qiyalash) - tasvir bo’lagini gorizontal yoki vertikal yo'nalishda qiyalaydi.
5. Искажение (Nochiziqli o‘zgartirish) - tasvir bo’lagini to‘rtburchak ko'rinishida tanlangan sohani qoplaydigan qilib o'zgartiradi.
6. Перспектива (Perspektivani o‘zgartirish) - suratga olish nuqtasini o‘zgartiradi.
7. Деформация (Qayta shakllantirish) - tasvir bo’lagini cho‘zish bilan qayta shakllantiradi.
8. Поворот на 180° (180°ga burish) - tasvir bo’lagini 180° ga buradi.
9. Поворот на 90° no часовой (Soat mili bo'ylab 90°ga burish).
10. Поворот на 90° против часовой (Soat miliga teskari 90°ga burish).
11.Отразить по горизонтали (Gorizontal o‘girish) - tasvir bo’lagini gorizontal yo‘nalishda o‘giradi.
12. Отразить по вертикали (Vertikal o‘girish) - tasvir bo’lagini vertikal yo‘nalishda o'giradi.
Bu amallaming tayyor suratga qo’llash natijalari quyidagi rasmlarda
ko‘rsatilgan:
Shakl o'zgartirishlarda yana asosiy menyuning Peдактирование (Tahrirlash) bo‘limidagi Свободное трансформирование (Erkin shakl o‘zgartirishlar) (Ctrl+T) amalidan ham keng foydalaniladi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Qanday shakl almashtirish amallarini bilasiz?
2. Olma rasmini 90°, 180°, 270° ga buring.
3. Olma rasmini vertikal va gorizontal yo‘nalishda o‘giring.
4. Qizaloq rasmidagi kamchiliklami bartaraf qiling.
5. Bino rasmini yuklab, undagi perspektivani o‘zgartiring.
6. O‘zingizning fotosuratingizni yuklab oling. Unga o‘n bitta shakl o‘zgartirish amalini qo‘llang va bu fotosuratlaming barchasidan bitta fotosurat yasang.

ORALIQ NAZORAT


E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling