192-guruh talabasi Ro’zmetova Nafisa Muhammad Rahimxon II


Download 20.32 Kb.
Sana16.05.2022
Hajmi20.32 Kb.
#670875
Bog'liq
192-guruh talabasi Ro’zmetova Nafisa Muhammad Rahimxon II
hoshimov, 3-ma'ruza (1), 4-ma'ruza (1), Osmotik bosim (2), 7-8- МАЪРУЗА УЧУН САВОЛЛАР, 1, 6-amaliy mashg’ulot., Kamolova M practical english, rabotax, Task 1, ТARMOQ TENALOGIYALARI ОН ЯН, Abduqodir tojiboyevdan, Óz-betinshe, 4-mus-7

192-guruh talabasi Ro’zmetova Nafisa
Muhammad Rahimxon II

  1. Feruzning shoirlik qobiliyatiga yuksak baho bergan asarni va uning muallifini ayting. – Komil Xorazmiy ,“Latoyifuz - zaroyif”

  2. 1960-yilda, sho‘rolar mafkurasi ustuvor bo‘lib turgan bir zamonda Abdulla Qahhor birinchi bo‘lib kimning ijodini o‘rganish masalasini ko’rib chiqdi? – Feruz

  3. “ Feruz - mashhur lirik shoir, musiqashunos, kompozitor, yaxshi tarjimon. Umarxon singari o‘z zamonasining shoirlarini o’rdasiga yiqqan. 1873-yilda bomaxona sotib olib, Xorazmda birinchi kitob bostirgan odam”. Ushbu fikrlar kimga tegishli? – Abdulla Qahhor

  4. 1994-yilda uning 150 yilligi Vatanimiz miqyosida keng nishonlandi. U haqida ko’plab ilmiy, badiiy asarlar yaratildi. U shoirni toping. – Feruz

  5. Feruzning devoni 1994-yili qanday nom bilan bosmadan chiqdi? – “Elga shohu ishqqa qul”

  6. Ushbu mashhur shoirning asl ismi Bobojon bo’lib, uning taxallusini toping. – Feruz

  7. Feruzga kim “Ilmi aruz”dan dars beradi? – Muhammd Rizo Ogahiy

  8. “Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxon yigitlik ayyomi va ayshu tarab hangomda hech bir lavhu lubg’a moyil bo’lmay, askar avqot besh vaqt namoz lavozimining adosi, faroyizu sunan shug’lining intihosvidin so’ng kitobxonlikka, ma’nidonlik ishig’a mashg’ul bo’lib, har turluk kitobni mutolaa qilur erdi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli? – Ogahiy

  9. Feruzning taxtga chiqishida hech qanday qarshiliklar bo’lmaydi, u “shuaro va fuzalo xaylining” xohish irodasi bilan amalga oshadi. Bu hol kimning qaysi asarida katta mamnuniyat bilan tasvirlanadi? – Yusufbek Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy”

  10. “Mavizatnoma” asarining muallifi, nima maqsadda yozilganini va uning hajmini toping. – Ogahiy, Feruzning taxtga chiqishi munosabati bilan yozilgan,92 baytdan iborat.

  11. Ushbu asarda shoir yosh xonga davlatni adolat bilan boshqarish haqida pand-nasihatlar qadaydi va buning uchun tarixda o’tgan hukmdorlar faoliyatini taxt vorisi ko’zi o’ngida jonlantiradi, ularning olib borgan ishlaridan to’g’ri xulosa chiqarishga da’vat etadi. Ushbu asarni va uning muallifini toping. – “Mavizatnoma”, Ogahiy

  12. Feruz uchun qaysi asar bir umr dasturulamal vazifasini o’tagan? – “Mavizatnoma”

  13. Feruzshoh buyrug’iga binoan 1880-yillarda qaysi asarlar bosmadan chiqqan ? – Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni, to’rt devondan iborat “Xazoyin ul-maoniy”, Munisning “Munis ul-ushshoq”, Ogahiyning “ Taviz ul-oshiqin”, Komil Xorazmiyning beshta devoni bosmadan chiqarilgan.

  14. Kim bastakor sifatida “Shashmaqom” yo’llarida o’ndan ortiq mustaqil kuy yaratdi? – Feruz

  15. Bayoniy to’kib ashk ta’rixini Dedim: “Ketdi xusravi jam nomdor”. Ushbu bayt kimga qarata aytilgan? – Muhammad Rahimxon II

  16. Uning adabiy merosi hajmi 2534 misradan iborat bo’lib, 98 g’azal, 7 muxammas, 2 musaddas , 4 masnaviy va 7 ruboiydan iborat. Ushbu shoirni toping. – Feruz

  17. Komil ersam nazm aro Feruzdek, ermas ajab, ………..dek she’r mashq aylarda usdodim mening. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. – Ogahiy

  18. Kim “Ishqiy g’azallar piri” deya e’tirof etiladi? – Feruz

  19. Ushbu shoir lirikasining asosiy mavzusi ishq-muhabbatdir. Shoir ushbu mavzuda o’ziga xos jozibali she’rlar bitgan. Ushbu shoirni toping. – Feruz

  20. Uning lirikasida shohning emas, oddiy insonning - oshiqning ruhiy kechinmalari, iztiroblari o’z ifodasini topgan. U kim? – Feruz

  21. Ishq bir o’tdurur, nechukkim barq Aylamas shoh bila gadoni farq. Ushbu baytlar muallifini toping. – Feruz

  22. Sanga …… erur bir qul, vale hajringdadur noshod, Bir qulni shod etarga, ey, nigori muhtasham, kelgil . Nuqtalar o’rnidagi shoir nomini toping. – Feruz

  23. Qaysi shoirning ishqiy she’rlari, asosan, an’anaviy yo’nalishda, badiiy tasvir vositalari ham oshiqning hijron kechinmalarini, ma’shuqaning go’zal husn-u jamolini , noz-u karashmalarini tasvirlashga qaratiladi? – Feruz

  24. Feruzning takrir san’ati asosida yozilgan g’azalini toping. – Oftoboso jamoling…..

  25. U 1844-yili Navro’z ayyomi arafasida tavallud topdi. Ushbu shoir kim? – Feruz

  26. Feruzga ustoz, murabbiy etib tayinlangan shaxsni toping. – Muhammad Rizo Ogahiy

  27. Kim “Feruz davri Xorazm adabiy muhiti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi? – Gulsara Ismoilova

  28. “ Feruz – madaniyat va san’at homiysi” asarining muallifi kim? – N.Jumaxo’ja

  29. Qaysi shoir she’rlarining lirik qahramoni dunyo tashvishlarini yelkasiga ortgan, jamiyat va xalq farovonligini o’ylaydigan, yuksak madaniyatli va ma’rifatparvar inson bo’lgan? – Feruz

  30. Kim Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib toshbosmaxona tashkil qiladi va fotogrfiya ishlarini yo’lga qo’yishda bosh-qosh bo’ladi? – Feruz

  31. “Ey rafiq”, “Gulshan ichra”, “Aylading” nomli g’azallar muallifini toping. – Feruz

  32. Feruzning “Lali shiriningni …”deb nomlanuvchi g’azalining har bir baytida qaysi she’riy san’at keng qo’llangan? – Talmeh

  33. Feruzning qaysi g’azali talmeh asosida qurilgan? – “Lali shiriningni…”

  34. Oftoboso jamoling ko’rgach o’ldum,ey nigor, …………………… Ushbu misrani bayt qilib shakllantirishda qaysi so’z takrir asosida berilgan? – Beqaror so’zi. Beqaror-u beqaror-u beqaror-u beqaror

  35. Ushbu shoirning jami 706 misrani o’z ichiga olgan 4ta masnaviysi mavjud bo’lib, har to’rtala masnaviy ham diniy - tasavvufiy ruhda bitilgan. Ushbu shoir kim? – Feruz

  36. Feruzning bizgacha qaysi devoni va majmuasi yetib kelgan? – “ Devoni Feruz” devoni va “G’azaliyoti Feruz” majmuasi

  37. Muhammad Rahimxon IIga kim “Feruz” taxallusini qo’llashni taklif qiladi? – Komil Xorazmiy

  38. “ Feruz “ so’zining ma’nosini toping. – “baxtli”, “tole’li”, “g’olib”

  39. Feruzning 150 yilligi munosabati bilan qanday nom ostida she’rlar guldastasi e’lon qilingan? – “Ne bo’ldi yorim kelmadi”

  40. U Ogahiy, Bayoniy,Komil kabi shoirlarga ergashib g’azallar mashq eta boshlaydi, ushbu shoir kim? – Feruz

Download 20.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling