1991-yil Avgust Voqealari Sovet davlatining tanazzulga tushishi. Toshkent Davlat moliya instituti mmt-70/22 guruh talabasidan


Download 6.56 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi6.56 Kb.
#831055
Bog'liq
Keldiboyev Shahriyor

1991-yil Avgust Voqealari Sovet davlatining tanazzulga tushishi.

Toshkent Davlat moliya instituti

MMT-70/22 guruh talabasidan


Bajardi: Keldiboyev Shahriyor
Tekshirid: Oblamurodov Naim Xalilovich
Lekin aynan Karimov Gorbachyovning to’ntarilishini yoqlab Moskvaga telegramma jo’natgani haqida o’sha paytdagi matbuot sahifalari guvohlik beradi. Muxolifatning ta’kidlashicha, GKChPning uch kun ichida mag’lubiyatga uchrashigina Karimovni O’zbekiston mustaqilligini e’lon qilishga majbur etgan.
1991-yilning 19-avgusti zamonaviy tarix sahifalariga Sovet Ittifoqi parchalana boshlagan sana sifatida kirgan. Uni saqlab qolish uchun qilingan harakat samara bermagan. Sal o’tmay kommunistik imperiya barham topdi. O’shanda SSSR rahbari Mixail Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatgan Favqulodda holatlar bo'yicha davlat qo'mitasi (GKChP, ГКЧП- Государственный комитет по чрезвычайному положению) butun ittifoq bo’ylab nazoratni qo'lga olishga uringan va Boris Yeltsin boshchiligidagi demokratlar unga qarshi chiqib, butun tizim qulagan edi. Davlat to’ntarishi uch kun davom etgan. Lekin bu qisqa davr iqtisodiy jihatdan nochorlashgan xalqlar va ularning yetakchilarini sergak torttirgan.
Mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan O’zbekiston televideniyesida namoyish etilgan filmda Islom Karimov respublikani mustaqillikka yetaklagan milliy qahramon sifatida gavdalanadi.
Gorbachyov oshkoralik haqida gapirar ekan, 1990-yillar boshi to’lqinli, g’alayonli, milliy ozodlik uchun kurash cho’qqiga chiqqan bir davr bo’lgan.
Lekin O’zbekistonda bu tarix hozir faqat bir kishi, prezident Islom Karimovning nomi bilangina bog’lanadi, shu talqinda yangi avlodga o’rgatiladi.
Islom Karimov hukumatga kelganidanoq mustaqillik uchun kurash boshlagani haqidagi targ’ibotlar ayni damlarda matbuot sahifalari va televideniyeda yanada kuchaygan.
1980-yillardayoq milliy ozodlik tuyg’usi uchun kurashgan, ziyolilar va yoshlar orasida mustaqillik g’oyalarini yoygan faollar taqdiri haqida ko’pchilik bilmaydi. Ularning ayrimlari hamon O’zbekiston qamoqxonalarida. Boshqalari mustaqillikka erishgan vatandan quvg’in qilingan, tarix sahifalaridan o’chirilgan. Ular bugun faqat mustaqillik va barqarorlik dushmanlari sifatida tilga olinadi.
1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. 1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi
1991-yil O’zbekistonda Mustaqillikdan keyingi voqealar
31-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida Oʻzbekistonning davlat mustakilligi eʼlon qilinib, Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengashning Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qaror bilan Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston Respublikasi deb ataldi.
6-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
14-sentabr — Toshkentda Oʻzbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-sʼyezdi boʻlib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi.
26-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi.
24-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi.
Esimda, maxsus mashinalar bayramona bezatilib, karnay-surnay bilan shahar ko‘chalari bo‘ylab aylangan. Tarixiy sana haqidagi eʼlonni eshitmagan odamlar ko‘cha-ko‘ydagi bunday manzarani ko‘rib, xayron bo‘lgan, bir-biridan nimalar bo‘layotganini so‘rashgan. Boshqa viloyatlarida ham xuddi shu tarzda nishonlangan. Bir so‘z bilan aytsam, Mustaqillikning birinchi kuni tadbirlari qisqa vaqt ichida tashkil qilingan.
Usmon Qoraboyev
Etiboringiz uchun rahmat
Download 6.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling