1991-yil avgust voqealari


Download 16.38 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.38 Kb.
#1521453
Bog'liq
1991-YIL AVGUST VOQEALARI


1991-YIL AVGUST VOQEALARI
1991-yilning 19-avgusti zamonaviy tarix sahifalariga Sovet Ittifoqi parchalana boshlagan sana sifatida kirgan. Uni saqlab qolish uchun qilingan harakat samara bermagan. Sal o’tmay kommunistik imperiya barham topdi.
Bu muhim mavzu haqida O’zbekiston matbuotida biror narsa topish qiyin. Nega? Jamoatchilikning o'sha qaltis davr haqida bilishga, uni tahlil qilishga haqqi yo'qmi?
Hukumat gazetalarida ham, siyosiy partiyalarning nashrlarida ham 20 yil avval O’zbekiston mustaqilligiga yetaklagan omillar xususida sharh yoki maqola ko'rinmaydi.
O’shanda SSSR rahbari Mixail Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatgan Favqulodda holatlar bo'yicha davlat qo'mitasi (GKChP, ГКЧП- Государственный комитет по чрезвычайному положению) butun ittifoq bo’ylab nazoratni qo'lga olishga uringan va Boris Yeltsin boshchiligidagi demokratlar unga qarshi chiqib, butun tizim qulagan edi.
Davlat to’ntarishi uch kun davom etgan. Lekin bu qisqa davr iqtisodiy jihatdan nochorlashgan xalqlar va ularning yetakchilarini sergak torttirgan.
Mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan O’zbekiston televideniyesida namoyish etilgan filmda Islom Karimov respublikani mustaqillikka yetaklagan milliy qahramon sifatida gavdalanadi. Lekin aynan Karimov Gorbachyovning to’ntarilishini yoqlab Moskvaga telegramma jo’natgani haqida o’sha paytdagi matbuot sahifalari guvohlik beradi.
Filmda qayd etilishicha, o’sha damlarda Hindistonda safarda yurgan Karimov Kremldagi voqealarni eshitib darhol vatanga qaytadi. Toshkentga keliboq GKChP chiqargan qarorlar O’zbekistonda kuchga ega emasligi haqida ko’rsatmalar beradi.
Biroq o’sha paytda mamlakat mustaqilligi uchun kurashayotgan muxolifat yetakchilari Karimovning samolyot bortidan turib, Favqulodda holatlar bo'yicha davlat qo'mitasi rahbari rahbari Gennadiy Yanayevga yo’llagan tabrik xatini g’azab bilan eslashadi.
Muxolifatning ta’kidlashicha, GKChPning uch kun ichida mag’lubiyatga uchrashigina Karimovni O’zbekiston mustaqilligini e’lon qilishga majbur etgan.
Gorbachyov oshkoralik haqida gapirar ekan, 1990-yillar boshi to’lqinli, g’alayonli, milliy ozodlik uchun kurash cho’qqiga chiqqan bir davr bo’lgan.
Lekin O’zbekistonda bu tarix hozir faqat bir kishi, prezident Islom Karimovning nomi bilangina bog’lanadi, shu talqinda yangi avlodga o’rgatiladi.
Islom Karimov hukumatga kelganidanoq mustaqillik uchun kurash boshlagani haqidagi targ’ibotlar ayni damlarda matbuot sahifalari va televideniyeda yanada kuchaygan.
1980-yillardayoq milliy ozodlik tuyg’usi uchun kurashgan, ziyolilar va yoshlar orasida mustaqillik g’oyalarini yoygan faollar taqdiri haqida ko’pchilik bilmaydi.
Ularning ayrimlari hamon O’zbekiston qamoqxonalarida. Boshqalari mustaqillikka erishgan vatandan quvg’in qilingan, tarix sahifalaridan o’chirilgan. Ular bugun faqat mustaqillik va barqarorlik dushmanlari sifatida tilga olinadi.
31-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida Oʻzbekistonning davlat mustakilligi eʼlon qilinib, Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengashning Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qaror bilan Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston Respublikasi deb ataldi.
1-sentyabr — Mustakillik kuni deb belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.
1-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami.
1-sentyabr — Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.
1-sentyabr — „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi „Oʻzbekiston ovozi“ nomi bilan chop etila boshladi.
1-sentyabr — „Oila va jamiyat“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
6-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
7-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
14-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-sʼyezdi boʻlib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi.
26-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi.
26-sentyabr — Toshkentda Jahon oʻzbeklari (turkistonliklar)ning xalqaro anjumani oʻtkazildi.
28-sentyabr — Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan ataladigan katta bogʻning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
30-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonunga konstitutsiyaviylik maqomini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi.
Sentyabr — Toshkent shahrida „Oʻzbek savdo uyi“ tashkil topdi.
24-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi.
Oktabr — Portugaliyaning Portu shahrida oʻtkazilgan pianinochilarning xalqaro tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta mustaqil davlat sifatida ishtirok etdi. Oʻzbekistonlik yosh musiqachi Ulugʻbek Polvonov ushbu koʻrik sovrindori boʻldi.
1-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 1-taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi (15-noyabrda roʻyxatga olingan).
18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi.
29-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov memorial muzeyi ochildi.
25-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi.
29-dekabr — Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq referendumi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston xalqi respublika Oliy Kengashi eʼlon qilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini maʼqulladi. Birinchi marta yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan toʻgʻridantoʻgʻri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I. A. Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1991 — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etildi.
Download 16.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling