19,Jarayonlar tadqiqoti masalalarini yechish bosqichlari Жараёнлар(операциялар) тадқиқи моделлари


Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy tushunchalari. Jarayonlarni tadqiq qilish masalalariga doir misollar


Download 1.37 Mb.
bet2/5
Sana29.06.2022
Hajmi1.37 Mb.
#781338
1   2   3   4   5
Bog'liq
19-27
Re: Часто задаваемый вопрос!, Ghjgyjgyjghjghjughiuhkjhkjhkjjhkkjjhj, Ghjgyjgyjghjghjughiuhkjhkjhkjjhkkjjhj, «C# dasturlash tilida sinflar ierarxiyasini tashkil etish, 1351751801 24967, Doc2, Doc2, Ish haqi provodkalari2, mobil operatsion tizim va android uchun office ilovalar., 1-Mavzu Sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida arifmetik amalla(1), axborot va malumotlarning tavsifi va xususiyatlari. axborotlarning tuzilish, qiziqarli matematik oyinlar, qiziqarli matematik oyinlar, Tabiat o qitish metodikasi, axborot va malumotlarning tavsifi va xususiyatlari. axborotlarning tuzilish
Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy tushunchalari. Jarayonlarni tadqiq qilish masalalariga doir misollar. Jarayonlar tadqiqoti – eng umumiy ma’noda tashkiliy boshqaruv tizimlari ishi bilan boqliq masalalarga, ularni boshqaruvchilarga optimal yechimlar berish maqsadida, ilmiy prinsiplar, usullar va vositalarni qo’llash deb ta’riflanishi mumkin.
Jarayonlar tadqiqoti masalalari haqida tasavvur hosil qilish uchun quyida bir necha amaliy masalalarni keltiramiz:


1. Ta’minlash masalasi. Xom ashyo iste’mol qiluvchi bir necha korxonalar va ularni shu xom ashyo bilan ta’minlay oluvchi bazalar mavjud. Bazalar korxonalar bilan qandaydir yo’llar(temir yo’l, suv yo’li, avtomobil yo’li, havo yo’li) orqali boqlangan. Korxonalarni xom ashyo bilan ta’minlashning shunday rejasini (kaysi bazadan, qancha miqdorda, qaysi korxonaga) tuzingki, xom ashyoga bo’lgan talab qondirilsin va tashish xarajatlari eng kam bo’lsin.

2. Magistral yo’l qurilishi masalasi. Temir yo’l magistrali uchastkasi qurilmokda. Ixtiyorimizda ma’lum miqdorda vositalar mavjud: ishchi resurslari, qurilish mashinalari, remont ustaxonalari, yuk avtomobillari va boshqalar. Qurilishni shunday rejalashtirish (ya’ni qilinadigan ishlar navbatini aniqlash, mashinalarni va ishchilarni yo’l uchastkalariga taqsimlash, remont ishlarini ta’minlash) kerakki, u eng qisqa muddatda yakunlansin.

3. Tibbiy xizmat ko’rsatish masalasi. Qandaydir rayonda havfli kasallik belgilari paydo bo’lgan. Kasallarni (yoki virus tashuvchilarni) aniqlash maqsadida aholini tibbiy kurikdan o’tkazishni tashkillashtirish zarur. Shu maqsadda moddiy vositalar, asbob-uskunalar, tibbiy xodimlar ajratiladi. Tibbiy kurikning shunday rejasini ishlab chiqish talab qilinadiki (tibbiy punktlar soni, ularni joylashtirish, mutaxassislar tekshiruvining ketma-ketligi, tahlil turlari va boshqalar), kasallar va virus tashuvchilarning iloji boricha maksimal foizini aniqlash mumkin bo’lsin.

4. Mavsumiy mollarni sotish masalasi. Mavsumiy mahsulotlar sotishni yo’lga qo’yish uchun muvaqqat savdo nuqtalari tarmoqi tashkil etilmokda. Shu tarmoqning parametrlarini (savdo nuqtalari sonini, ularning o’rnatilish joylarini, har bir savdo nuqtasidagi mahsulot zahirasini va xizmat ko’rsatish xodimlari sonini hamda boshqalarni) shunday tanlab olish talab qilinadiki, bunda tarmoqni tuzishdan keladigan iktisodiy samara maksimal bo’lsin.
Bu keltirilgan misollar jarayonlarni tadqiq qilish masalalarining belgilovchi xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bu misollar inson faoliyatining turli sohalariga mansub bo’lishga qaramasdan ularda ba’zi umumiy belgilar borligini payqash qiyin emas. Masalan, ularning har birida juda aniq bir maqsadni ko’zlovchi tadbirlarning qandaydir tizimi haqida gap bormoqda. Shu bilan birga, odatda, bu tadbirlarni amalga oshirishning turli yo’llari to’plami mavjud. Bu masala maksadga erishishga karatilgan chora-tadbirlar tizimini tashkil etishga doir eng samarali tavsiyalar berishdan (ya’ni optimal yechimni ko’rsatishdan) iborat.
Umumiy alomatlar mavjudligi umumiy usullar ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa jarayonlarni tadqiq qilishfanining metodologik asosini va apparatini tashkil etadi.
Endi jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy tushunchalariga to’xtalib o’tamiz.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling