1chisi Endokrin sistemasini onto-filogenezi


Download 33.47 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi33.47 Kb.
#1374538
Bog'liq
botirova


1chisi Endokrin sistemasini onto-filogenezi
Ko‘p hujayrali organizmlarni a’zolar sistemasini va hamma a’zolar faoliyatini, bir-biri bilan bog‘liq holda ishlashi uchun va uning odam va hayvonlar evolyusiyasi davomida, atrof muhitning o‘zgarib turadigan sharoitlariga moslashishini ta’minlash uchun, avval markaziy boshqarish apparati-nerv sistemasi, keyinchalik endokrin sistema shakllangan (216-rasm). Hayotiy jarayonlarning gumorol yo’l bilan boshqarilishi deganda bironta a’zoda ishlab chiqilgan moddalarning qon orqali boshqa a’zolar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi tushuniladn. Ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqariladngan biologik moddalarga gormonlar deyiladi Gormonlar, juda kam miqdorda ishlab chiqarilsa ham, turli a’zolar faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi, organizmda boradigan fiziologik jarayonlarni kimyoviy yo‘l bilan boshqaruvchi, juda faol kimyoviy moddalardir.
Gormonlar to‘qimalarda nisbatan, tez parchalanadi. Shuning uchun, organizmda ularning zaruriy qonsentratsiya ushlanib turilishi uchun, ular doimo hosil bo‘lishi, qonga va to‘qima suyuqliklariga o‘tib turishi talab qilinadi. Endokrin bezlarning funksiyasi nerv sistemasi nazorati ostida bo‘ladi.
Gormonlarning fiziologik ta’siri xilma xil bo‘lishiga qaramasdan, ularning ta’sir doirasi bo‘yicha to‘rtta tipga ajratsak bo‘ladi:
1) metobolitik-moddalar almashinuvini o‘zgarishini yuzaga keltiradigan;
2) morfogenetik-shakl hosil bo‘lish jarayonlarida, to‘kimalar va a’zolarni differensirlanishida, o‘sishda va metamorfozda;
3) korrilyatsiyalovchi-rivojlanishning ma’lum bir darajasida garmonlar ishtirokisiz ham sodir bo‘ladigan a’zoni yoki butun organizm funksiyalarning intensivligini o‘zgartirishda;
4) tormozlovchi-boshqa gormonlarni ishlab chiqarilishiga to’sqinlik qilishda;
Bitta gormonni o‘zi bir vaqtda turli jarayonlarga har xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Endokrin sistema faoliyatini integratsiyalovchi markaz gipotalamo-gipofizar nerv sistemasi (GGNS) hisoblanadi.(217 - rasm) Sekret ishlovchi hujayralar ham nerv, ham bez xususiyatlariga ega. Ular to‘planib GGNS yadrolarini hosil qiladi. Yadrolarda ishlangan sekret hujayra aksonlari yordamida uni saqlovchi va transformatsiya kiluvchi depoga - gipofiz orqa bo‘lagining o‘rta do‘mbokchasiga o‘tkaziladi. Bu mahsulot rilizing-faktor yoki liberin deb ataladi. U qonga o‘tkaziladi.

216 - rasm. Endokrin Sistema


Baliqlar va amfibiyalarda sekretor hujayralar faqat bitta preoptik yadro hosil qiladi. Amfibiyalarda neyrogipofizning o‘rta do‘mbokchasi aniq shakllanib, qon bilan alohida ta’minlanadi. Bu holat yuqori tuzilgan umurtqalilarning GGNSi uchun xos holatdir, chunki ular kuruklikka chiqishi munosabati bilan organizmda suvni saqlab kolish extiyoji tug‘iladi. Natijada, GGNSda sintezlanuvchi antidiuretik gormonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga o‘tishiga imkoniyat tug‘iladi. Reptiliyalardan boshlanib GGNSning preoptik yadrosi ikkiga: supraoptik va paraventrikular yadrolarga ajraladi.
Demak, yuqori tuzilgan umurtqalilarda GGNS uch qismdan tuzilgan:
1) sekret ishlab chiqaruvchi yadrolar (supraoptik va paraventrikular );
2) sekretor hujayralar aksonidan tuzilgan va sekretni depoga yetkazuvchi yo‘l-trakt;
3) neyrogipofiz.
Gipofizni tuzilishi va faoliyatiga karab uch qismga bo‘lish mumkin: old, o‘rta va orqa. Gipofiznig oldingi bo‘lagi adenogipofiz deb nomlanadi. Oldingi bo‘lakda somatotrop, tireotrop, adrenokortikotrop, gonadotrop-follikula yetilishini jadallashtiruvchi, luteinlovchi, lakto - trop gormonlar sintezlanadi. O‘rta bo‘lakda melanfor gormoni ishlab chiqariladi. Gipofizning orka bo‘lagi neyrogipofiz deb nomlanadi va GGNSning bir qismi bo‘lib, funksional neyrosekretor sistema bilan bevosita bog‘langan.
Bu yerda gormonlar sintezlanmaydi, balki gipotalamusda sintezlangan vazopressin, oksitotsin, rilizing-faktor (liberin) neyrosekretor trakt orqali shu yerga to‘planadi. Sutemizuvchilarda gipofiz beznning 70% oldingi bo‘lak, 20% orqa bo‘lak, 10% oraliq bo‘lak tashkil qiladi.
217 - rasm. Gipotalamo-gipofizar nerv sistemasi (GGNS)
Evolyusiya jarayonida gipofiz bezi birinchi bo‘lib to‘garak og‘izililarda paydo bo‘lgan. Daryo minogasining gipofizi sodda tuzilgan bo‘lib, atigi bitta (oldingi) qismdan iborat. Baliqlarda gipofiz ancha takomillashgan bo‘lib, ikkita qismdan tashkil topgan. Amfibiyalarda gipofizning uchinchi qismi neyrogipofiz ham takomillashgan. Amfibiyalarning suvdan quruqlikka chiqishi, neyrogipofizini rivojlanishiga turtki bo‘lgan. Vaholanki, organizmda suv va mineral moddalar almashinuvi ushbu bo‘lim orqali boshqariladi. Neyrogipofiz voyaga yetgan baqalardagina bo‘ladi. Aminotalar, ya’ni yuqori darajali umurtqalilarga uchta sinf: Reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchior kirib, ularda gipofiz morfofunksional jihatdan takomillashib 3 ta qismi ham rivojlangan.
Qalqonsimon bez organizmda umumiy modda almashinuv jarayonini jadallashtirish bilan bog‘liq. Bu bez follikulalardan tashkil topgan va epiteliy hujayralaridan tuzilgan. To‘garak og‘izlilarda va baliqlarda bez aniq shakllanmagan. Bez follikulalari xiqildoq usti biriktiruvchi to‘qimasida bittadan yoki to‘plangan holda joylashadi. Amfibiyalarda bu bez ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, uzuksimon tog‘ayga bog‘langan. Kaltakesaklarda qalqonsimon bez disk yoki taka shakliga ega bo‘lib, ikki bo‘lakdan iborat. Qushlarning qalqonsimon bezi ikkita izolatsiyalangan bo‘laklardan iborat. Sutemizuvchilarda bu bez bo‘yin yordamida birikib turuvchi ikki bo‘lakdan tuzilgan. Qalqonsimon bezning tiroksin gormoni katta ahamiyatga ega.
Buyrak usti bezlari. Buyrak usti bezlari juft a’zo bo‘lib, sutemizuvchilarda buyraklar tepasiga joylashgan. Har bir buyrak usti bezi anatomik jihatdan bitta a’zo bo‘lsa ham, aslida u ikkita bezning birlashuvidan vujudga keladi. Buning ikkita tarkibiy qismi: miya (ichki qismi) va po‘st (tashqi) qismi moddalari filogenetik jihatdan mustaqil a’zolar bo‘lib, turli manbalardan taraqqiy etadilar. Xususan bezning po‘stloq qismi jinsiy bezlar singari selomik epiteliydan taraqqiy qiladi. Shuning uchun ham jinsiy va buyrak usti bezlarining faoliyati uzviy bog‘langan.
Buyrak usti bezining mag‘iz moddasi qorin aortasi sohasidagi simpatik nerv tugunchalaridan rivojlanadi. Tuban xordalilarda buyrak usti bezinnng mag‘iz va po‘stloq. qismlari mustaqil a’zolar buyrak ichi va buyrak usti tanachalari sifatida shakllanadi. Baliqlarda bezning mag‘iz qismi (buyrak usti tanachalari) birlamchi buyraklar ventral yuzasida metamer joylashgan tanachalardan iborat. Reptiliyalarda buyrak usti bezi buyrakning oldida joylashadi, qushlar va sut emizuvchilarda bez buyrakning oldingi yuqori qutbiga joylashadi. Buyrak usti bezining po‘stlok qismi mineralokortikoid (suv-tuz almashinuviga qatnashuvchi), glyukokortikoid, androgen, estrogen gormonlarini sintezlaydi. Buyrak usti bezining miya qismi hujayralarida adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi (218,2019-rasmlar)

218-rasm.Buyrak usti bezi garmoni gipersekresiyasi natijasida yuzaga kelgan kasallik - Kushinga sindromi(a); Davolashdan so‘ng - 4 oydan so’ng(b).



219 - rasm. Addison kasalligi. Buyrak usti bezi faoliyatini buzilishi
Oshqozon osti bezidagi Langergans oroli insulin va glyukagon gormonlarini sintezlovchi endokrin qismi hisoblanadi. Bu gormonlar uglevod va yog‘ almashinuvida ishtirok etadi. To‘garak og‘izlilarda bu bez aniq shakllanmagan. Ularning ichaklari devorida ayrim bez bo‘lakchalari bo‘lib, ular oshkozon osti bezi deb yuritiladi. Baliqlardagi oshkozon osti bezi bo‘lakchalar shaklida yog‘ kletchatkasida tarqoq joylashgan bo‘ladi. Amfibiyalarda pankreatik endokrin orolchalar yaxlitlangan, ular shu qism uchun xos bo‘lgan hujayradan tuzilgan. Reptiliyalar va qushlarning oshkozon osti bezida va beta hujayralar aniq ko‘rinadi.
Sutemizuvchilarda bu bezning endokrin qismi ikki xil hujayradan tashkil topgan. Odamda beta tipidagi insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar soni ko‘p bo‘ladi.
Shunday qilib, endokrin sistemasining evolyusiyasi nerv sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib, endokrin bezlar tuzilishining murakkablashuvi, ixtisoslanishi yo‘nalishida borgan. Endokrin sistemasining faoliyati buzilishi bilan bir qancha kasalliklar yuzaga keladi.
Organizmlarning postembrional rivojlanishi
Organizm tug‘ilgandan keyin ontogenezning postembrional yoki postnatal bosqichi boshlanib, organizmning keyingi rivojlanishi amalga oshadi.Bu bosqichda organizm tashqi muhit bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Rivojlanishning bu bosqichida hujayra va to‘qimalarning maxsuslashishi (differensirlanishi) va o‘sishi kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Har xil tur individlarida postembrional rivojlanish har xil ya’ni bir necha kundan bir necha o‘n yilgacha davom etishi mumkin. Hayotning davomiyligi turning belgisi bo‘lib, u organizmning rivojlanish darajasiga bog‘liq emas.
Odamning postembrional rivojlanishi quyidagi uch davrga bo‘linadi: a) yuvenil (jinsiy yetuklikkacha); b) yetuklik-pubertat (jinsiy yetuklik); c) qarilik-tabiiy o‘lim bilan tugallanuvchi davr. Postnatal rivojlanishni davrlarga bo‘lish bu ma’lum darajada shartli hisoblanadi, chunki bitta yoshdagi ikkita odam organizmining holati bir-biridan farq qiladi, shu sababli xronologik (kalendar) va biologik yosh tushunchalari kiritilgan. Biologik yosh organizmning sturukturaviy, funksional holatlari va moddalar almashunuvi jarayonlari hamda organizmning moslashish imkoniyatlari yig‘indisi bilan belgilanadi. Postnatal ontogenezning boshlangich bosqichi organlarning jadal o‘sishi tana proporsiyalarining yuzaga kelishi va sistemalar fuksional holatining voyaga yetgan organizm tartibiga (rejimiga) o‘tishi bilan xarakterlanadi. O‘sish bu hujayra ichi tuzilmalarining massasining yig‘ilishi va hujayra soninig ortishidir.
Mushuk so‘rg‘ichi (Opisthorshisfelineus) Odam va ba’zi yirtqich sut emizuvchi hayvonlarda uchraydigan opistorxoz kasalligining qo‘zg‘atuvchisidir. Parazitlar jigarda, ba’zan oshqozon osti bezida parazitlik qiladi. Opistorxoz birinchi marta 1891 yilda Tomsk shahrida K.N. Vinogradov tomonidan aniqlangan. Opistorxoz Rossiyaning shimoliy o‘lkalarida, ayniqsa, muzlatilgan baliqni yeyish odati bo‘lgan joylarda ko‘p uchraydi. Muzlatilgan baliqda, mushuk so‘rg‘ichinnng lichinkalari metaserkariyalar 2-3 haftagacha tirik saqlanib qoladi.
Morfologik tuzilishi. Mushuk so‘rg‘ichi tanasining tuzilishi bilan jigarqurtiga o‘xshaydi, ammo shakli va organlarining joylanishi bilan farq qiladi. Tanasining orqa uchi biroz kengaygan bo‘lib, uzunligi 8-13 mm ga yetadi. Ichagi shoxlanmagan ikkita naydan iborat bo‘lib, birmuncha kengaygan orqa qismi yopiq holda tugaydi. Tanasining pastki uchiga joylashgan ajratish sistemasining orqa uchi ekskretor pufakni tashkil etib uzun va buralgan holda aniq ko‘rinib turadi.
Jinsiy sistemasi. Jinsiy jihatdan germafroditdir. Tanasining pastki uchida yirik va bo‘limli, shoxlanmagan urug‘donlari joylashgan, bulardan urug‘yo‘llari boshlanib, urug‘ otuvchi kanalga qo‘shiladi. Urg‘ochi jinsiy sistemasi – shoxlanmagan tuxumdon, ypyg‘ qabul qiluvchi pufakcha va shoxlangan bachadondan iborat. Chuvalchanglar bir-birini urug‘lantirganda spermatozoidlar urug‘ qabul qiluvchi pufakchaga tushadi.
Rivojlanish sikli. Mushuk so‘rg‘ichining rivojlanishi xo‘jayinlarining almashtirishi bilan boradi. Voyaga yetgan davri odam, mushuk, it jigarida parazitlik qiladi. Parazitning tuxumlari o‘t bilan xo‘jayinning ichagiga tushadi va axlat bilan birga tashqariga chiqadi. Mushuk so‘rg‘ichining birinchi oraliq xo‘jayini faqat qorinoyoqli mollyuska - bitiniya (Bithynialeachi). Tuxum rivojlanishi uchun suvga tushishi kerak. Tuxum ichidagi lichinka suvda rivojlanadi. Mollyuskaning hazm yo‘lida parazit tuxumidan miratsidiy degan kiprikli lichinka chiqadi. Miratsidiy bitiniya to‘qimalariga o‘tib o‘sadi va sporosista hosil qiladi. Sporotsistalarning embrion hujayralaridan rediyalar hosil bo‘ladi. Rediyalar sporosista tanasidan chiqadi, lekin mollyuska to‘qimalarida qoladi va shu yerda rivojlanib o‘sadi. Rediyalarning tanasida serkariyalar rivojlanadi - serkariyalar mollyuskaning tanasidan chiqib suvda suzib yuradi. Serkariyalarning og‘iz va qorin so‘rg‘ichlari, qo‘shshoxli ichagi va dumi bo‘ladi. Serkariyalar baliqlarga faol holda invaziya qilib, terisini teshadi va mushaklariga kiradi. Ular shu joyda o‘rnashib metaserkariyalarga aylanadi. Shunday qilib, baliqlar mushuk so‘rg‘ichining ikkinchi oraliq xo‘jayini bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘proq uchraydigan xo‘jayinlari zog‘orabaliq, plotva (253-rasm).

253-rasm. Mushuk so‘rg‘ichi – Opisthorshis felineusning A-morfologik tuzilishi: 1 – ichakning yon shoxlari; 2 - sariqdon; 3 - bachadon; 4 - tuxumdon; 5 – urug’ qabul qiluvchi pufakcha; 6 - urug‘don; 7 – siydik ajratish kanali; V – rivojlanish sikli



Asosiy xo‘jayin oftobda yaxshi quritilmagan, muzlagan yoki chalapishirilgan baliqni yeyishi bilan o‘ziga parazitni yuqtiradi. Bunday baliqni yeganda asosiy xo‘jayin ichagidagi metaserkariyalar jigarga, oshqozonosti beziga o‘tib, ikki haftalardan so‘ng voyaga yetadi, bir oydan keyin tuxum qo‘ya boshlaydi. Parazitologik tashxisi bemorning axlatida parazitning tuxumlarini aniqlashdir.
pka qurti yoki o‘pka so‘rg‘ichi (Paragonimusringeri) Xitoyda, Koreya yarim orolida va Janubiy Osiyoda o‘pka qurti qo‘zg‘atadigan kasallik–paragonimoz tarqalgan. O‘pka qurti yoki o‘pka so‘rg‘ichi asosan o‘pkada parazitlik qiladi, lekin boshqa organlarda ham yashashi mumkin, ya’ni jigar, mushaklar, miya, oshqozonosti bezi va hokazo.
Morfologik tuzilishi. Tanasi oval, tuxumsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 10 -16 mm, kengligi 4 - 8 mm va qalinligi 3 - 4 mm larga boradi. Butun tanasi tikanlar bilan qoplangan, tirik chuvalchanglarni rangi jigarrang yoki qizil bo‘ladi. O‘ziga xos belgilaridan biri tanasining o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, uning atrofida esa bachadon va tuxumdonlar joylashganligidir. Ulardan pastroq qismida ikkita bo‘lakchali urug‘donlar yotadi. Tanasining oldingi qismida og‘iz so‘rg‘ichi bilan o‘ralgan og‘zi joylashgan bo‘ladi. Og‘zidan halqum so‘ng qisqa qizilo‘ngach davom etadi. Ichaklari ikkis hoxli bo‘lib, tanasining orqa qismiga boradi va berk holda tugaydi (255-A-rasm).
Odatda parazitlar xo‘jayin organizmida himoya reaksiyasini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, natijada ular qalin parda bilan o‘ralib, no‘xat kattaligidagi kistalar (o‘sma) hosil qiladi. Kista bo‘shlig‘ida har doim juft bo‘lgan qurtlar yotadi. Ko‘pincha o‘pka paragonimozida bronxlarda joylashgan bo‘ladi.
Rivojlanish sikli xo‘jayinlarni almashinishi bilan boradi. Asosiy xo‘jayini odam, it, mushuk, cho‘chqa, yo‘lbars bo‘lishi mumkin (255-V-rasm). Parazit tuxumlari asosiy xo‘jayining balg‘ami (o‘pkada yashaganda), axlati bilan (ichak paragonimozi) tashqariga chiqadi. Tuxumlar taraqqiyoti suvda o‘tadi. O‘pka so‘rg‘ichining oraliq xo‘jayini ikkita: birinchisi Semusulcospira Melania avlodlariga kiradigan molllyuskalar, ikkinchisi Potamon Etiocheir avlodlariga kiradigan chuchuk suv krablari va Cambaroides avlodiga kiruvchi qisqichbaqalardir. Suv muhitida 3-6 xafta davomida (tashqi muhit haroratiga bog‘liq) tuxumdan lichinka-miratsidiy chiqadi. Miratsidiyalar faol ravishda birinchi oraliq xo‘jayinga–mollyuskalarga kiradi va uning tanasida sporotsistaga aylanadi. Sporotsistalardan rediyalar rivojlanadi, rediyalardan serkariyalar taraqqiy etadi. Serkariyalarda rudiment holdagi dumi va tesha oladigan kutikulyar stileti bo‘ladi.
Molyuskalardan chiqqan serkariyalar suvda suzmasdan, balki suv havzalari tubida o‘rmalab harakatlanadi va faol ravishda parazitlarni ikkinchi oraliq xo‘jayini bo‘lmish chuchuk suv krablari va qisqichbaqalari organizmiga kiradi. Serkariyalar mushaklarda, jigarda, hatto jabralarda yashab, o‘rta hisobda 6 hafta ichida invaziya qobilyatiga ega bo‘lgan bosqichga–metaserkariyalarga aylanadi. Asosiy xo‘jayin, ya’ni odam metaserkariyalari bo‘lgan krablarni yoki qisqichbaqalarni xomligicha yeganda parazitlarni o‘ziga yuqtiradi. Metaserkariyalar o‘n ikki barmoq ichak devorini teshib, tana bo‘shlig‘iga o‘tadi, so‘ng diafragma, plevra orqali o‘pkaga boradi. Asosiy xo‘jayin zararlanishidan to parazitlarning tuxumi chiqquncha taxminan 3 oy o‘tadi. Paragonimoz kasalligiga tashxis qo‘yish uchun bemor balg‘ami, axlati tekshirilib, parazit tuxumlari aniqlanadi.
Qon qurtlari (qon so‘rg‘ichi ) ( Schistosoma) avlodi. Qon qurtlari so‘rg‘ichlar sinfining Schistosoma avlodiga mansub bo‘lgan chuvalchanglar bo‘lib, asosiy xo‘jayinining qon tizimida parazitlik qiladi. Tibbiyotda ahamiyatga ega bo‘lganlariga quyidagi uchta tur kiradi: (256-rasm). Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobiun (bular faqat odamda parazitlik qiladi) va Schistosoma japonicum uy hayvonlarida ot, it, cho‘chqa ham uchraydi. Shistozomalar chaqirgan kasallik shistozomatoz lar deyiladi. Shistozomatozlar Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada asosiy gelmintozlardan biri hisoblanadi. Sch. haematobium - siydik, tanosil tizimida, Sch. mansoni, Sch. Japonicum esa ichak qon tomirlarida parazitlik qiladi. Osiyoda siydik-tanosil shistozomatozi, Janubiy Amerikada esa ichak shistozomatozlar ko‘prok uchraydi. So’rg‘ichlilar sinfining boshqa turlaridan farq qilib, shistozomalar jinsiy jihatdan ayrim jinsli bo’lib, ularda jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Shistozomalarning yosh erkak va urg‘ochilari avval alohida yashaydi, jinsiy balog‘atga yetgandan so’ng (taxminan 6 oyligida), juftlashib, birga yashay boshlaydi. Erkagining tanasi yirikroq bo‘lib, maxsus kanal – ginekoforni hosil qiladi. Shu ginekofor kanalida uzun ingichka urg‘ochisi joylashadi. Shistozomalar o‘ziga xos ichak tuzilishiga ega: ichakning ikkala shoxi tananing o‘rta qismida qo‘shilib bitta kanal hosil qiladi. Erkaklarida urug‘donlar urg‘ochilarida toqtuxumdon va juda ko‘p shoxlangan sarig‘donlar rivojlangan, qisqa bachadonda tuxumlar yetiladi.
Rivojlanish sikli xo‘jayinlarni almashish bilan boradi (257-rasm). Yetilgan shistozomalar ichakning mezenterial venalarida va siydik-tanosil tizimining vena, qontomirlarida yashaydi. Tuxumlarini ingichka qontomirlariga qo‘yadi, har 7 - 8 daqiqada bittadan tuxum qo‘yib, bir kunda ularning soni 160 - 190 taga yetadi. Qontomirlardagi tuxumlari ichida bir hafta mobaynida miratsidiya rivojlanadi. Ichida lichinkalari rivojlangan tuxumlar ichak va siydik pufagining kapillyarlariga tiqilib qoladi va devorlarning yorilishi natijasida atrofdagi to‘qimaga tushadi. Tuxumlar to‘qimalardan asta-sekin ichak bo‘shlig‘iga yoki siydik pufagiga yig‘iladi va siydik, axlat bilan birga tashqariga chiqadi. Taraqqiyot siklini davom etishi uchun tuxumlar albatta suvga tushishi lozim. Tuxumdan chiqqan miratsidiyalar 24 soat yashab, oraliq xo‘jayini tanasiga o‘tadi.(257-rasm). Shunday qilib oraliq hujayin uchun invazion bo’lib, miratsidiy hisoblanadi.
Sch. Mansoni uchun oraliq xo‘jayin bo‘lib Ausiralorbisglobratus, Sch. Haematobium uchun esa Bulinusconfortus degan Oncomelania avlodiga kiruvchi mollyuskalar xizmat qiladi. Mollyuskalar tanasida miratsidiyalar sporosistaga aylanadi. Sporotsistalar ichida partenogenez yo‘li bilan rediyalar, ularning ichida serkariyalar rivojlanadi. Bitta miratsidiydan hammasi bir jinsli bo‘lgan 200000 dan ortiq serkariyalar rivojlanishi mumkin. Serkariyalar musbat fototaksisga ega bo‘lganligi uchun hovuz suvlarining yuzasiga yig‘iladi. Ular odamga tegishi bilan faol ravishda uning tanasiga kirib oladi. Shu sababdan u odamga ko‘pincha cho‘milganda, sholipoyalarda ishlaganda, hovuz suvlarini ichganda yuqadi.
Asosiy xo‘jayinga o‘tgan serkariyalar qon orqali tarqalib 20 - 30 kun davomida o‘pka, jigar venalarida o‘sadi va rivojlanaAyirish sistemasi onto-filogenezi.
Xordalilarning ayirish sistemasi mezodermadan rivojlanadi va lansetnikda shaklan o‘zgargan metanefridial tipda tuzilgan bo‘lsa, umurtqalilarda buyraklardan iborat bo‘ladi. Bu sistema organizmdan dissimilatsiyaning yaroqsiz mahsulotlarini chiqarib tashlaydi. Umurtqali hayvonlarda va odamda dissimilyatsiya mahsulotlari tanadan, ayirish sistemasini tarkibiga kiruvchi, siydik ajratuvchi buyraklardan tashqari, ter bezlari va o‘pkalar orqali ham ajratiladi.
Umurtqalilarning ayirish a’zolari juft buyraklardan iborat. Buyraklarni asosiy funksiyasi ayirish (avval birlamchi so‘ng ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi). Buyraklar, bu asosiy funksiyasidan tashqari yana quyidagi funksiyalarning amalga oshirishda ishtirok etadi: - ichki muhit doimiyligini saqlash (gomeostazni ta’minlash); - qon hajmini boshqarish; kislota-asosli muvzonatni saqlash; - qon bosimini bir me’yorda ushlab turish; - yog‘, oqsil, karbon suv va vitaminlar almashinuvida ishtirok etish; - biologik faol maddalarning ishlab chiqarish (renin, antiotenzin, eritropoetin, prostaglandin lar va h.q.).
Ayiruv va jinsiy sitema embriogenez davrida bitta ko‘rtakdan - nefrotomdan o‘z rivojlanishini boshlaydi, somitlarni oyoq sohasida shakllana boshlaydi va ikkilamchi tana bo‘shlig‘i - selom bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Buyraklar asosiy ayiruv a’zolari bo‘lib, ular filogenezda uchta bosqichni o‘tadilar.
1) old buyrak yoki bosh buyrak - pronefros;
2) birlamchi buyrak yoki, tana buyrak - mezonefros;
3) ikkilamchi buyrak yoki chanoq buyrak - metanefros.
Old buyrak faqat baliqlar va amfibiyalar lichinkalarida, tana buyrak – voyaga yetgan baliq va amfibiyalarda bo‘ladi, reptiliy va sut emizuvchilarda esa - chanoq buyrak bo‘ladi (213 – rasm).
Lansetnikda 100-150 juft nefridiy-kalta naychalar bo‘lib, uning bir uchi tana bo‘shlig‘i-selomga ochiladi, ikkinchi uchi jabra oldi bo‘shlig‘i (atrial bo‘shliq)ga ochiladi. Atrial bo‘shliqdagi suyuqlik maxsus teshik- atriapor orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
To’garak og‘izlilarda faqat pronefros faol bo‘ladi. Pronefros 6-12 ta metamer joylashgan kanalchalardan iborat. Ularning og‘zi tana bo‘shlig‘iga ochilib, pronefrotik kanaldan va nefrostomga yaqinroq joylashgan tomir tugunlaridan iborat. Yuqori tuzilgan umurtqalilarda u faqat homila davridagina faol bo‘ladi.
Baliqlarning ayiruv sistemasi bir juft buyraklardan iborat bo‘lib, ular umurtqa pog‘anasining ikki yon tomoniga joylashgan. Mazkur buyraklarning oldingi qismi old buyrak yoki bosh buyrak - pronefros faqat embrional va lichinkali davrida funksional ahamiyatga ega bo‘lib, yetuk baliqlarda rudiment (qoldiq) hisoblanadi. Voyaga yetgan baliqlarda ayiruv funksiyasini birlamchi buyrak ya’ni tana buyrak - mezonefros bajaradi. Buyraklardan boshlangan siydik yo‘llari Volf kanali qovuqqa kelib tutashadi
Amfibiyalarniig ayiruv sistemasi anatomik va funksional jihatdan jinsiy sistema bilan bog‘liqdir. Baqada ham, umurtqalilardagi kabi, ikki yon tomonda joylashgan buy raklar bosh buyrak («pronefros») va tana buyrak (mezanefros) dan iborat. Buyraklardan boshlangan siydik nayi - Volf kanali umumiy chiqaruv teshigi - kloakaga ochiladi. Urg‘ochi baqalar da Volf kanali siydik ajratadi xolos, erkaklarida esa urug‘ hujayralari ham shu kanal orqali ajraladi. Urg‘ochi baqalarda yetilgan tuxum maxsus yo‘l Myuller kanali orqali kloakaga tushadi.
Sudralib yuruvchilarning chanoq sohasida ikkilamchi juft buyrak metanefros joylashgan. Birlamchi buyrak reptiliyalarning embrional davridagina ayiruv funksiyasini bajaradi, keyin reduksiyaga uchraydi. qushlarning va sutemizuvchilarning buyragi sudralib yuruvchilarniki singari - metanefros tipida tuzilgan.
Sutemizuvchilarni embrional davrida navbatma-navbat uch xil buyraklar shakllanadi: 1) pusht davrning ilk bosqichlarida embrnonda boshlang‘ich buyrak paydo bo‘ladi. 2) keyinchalik uning o‘rnida birlamchi buyrak va nihoyat 3) ikkilamchi, doimiy buyrak paydo bo‘ladi. Har bir buyrakning tuzilishi, takomillashuviga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Boshlang‘ich buyrak - pronefros - eng sodda tuzilgan ayiruv a’zosi bo‘lib, barcha umurtqali hayvonlarning pushtida paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich buyrak mezaderma o‘rta varag‘iniig tashqi plastinkasidan embrion rivoj- lanishining uchinchi haftasining oxirlarida shakllanadi. Pronefros - metamer ketma-ket joylashgan 6 - 12 kalta kanalchalardan iborat. Kanalchaning voronkasimon kengaygan uchi selomga ochiladi. Ikkinchi uchi esa umumiy siydik yuliga ulanadi. Tananing dorsal tomonida selomning ichki devori yaqinida har qaysi kanalcha qarshisida kapillyarlar chigali bo‘lib, ana shu chigaldan dissimilyatsiya mahsulotlari ikkilamchi bo‘shliqqa quyiladi. Nefrostom, ayiruv kanalchali bosh buyrakning struktura - funksional birligi - nefronni tashkil qiladi.
Boshlang‘ich buyrakning bevosita qon aylanish sistemasi bilan aloqasi bo‘lmaganligi sababli dissimilyatsiya mahsulotlari avvalo selomga, so‘ngra selom orqali tanadan chiqariladi. Demak, selomda doimo ma’lum miqdorda dissimilyatsiya mahsuloti bo‘lib, tanani zaharlab turadi. Shu boisdan boshlang‘ich buyrak faqatgina embrional davrning ilk bosqichlarida, qisqa muddat, ayiruv funksiyasini bajaradi. Ba’zi to‘garak og‘izlilardagina ular umr bo‘yi saqlanib qoladi. Odam embrionida esa bu buyrak ayiruv funksiyasini o‘tamaydi va reduksiyaga uchrab tez fursat ichida mezonefros bilan almashadi.
Birlamchn buyrak (mezonefros) ham pusht o‘rta varag‘ining ko‘p sonli segment oyoqchalaridan hosil bo‘ladi. Birlamchi buyrak nefroni tuzilishida bir qator progressiv belgilar paydo bo‘lgan. Birinchidan nefron siydik nayining orqa yuzasida Malpigiy tanachasi hosil buladi. Malpigiy koptokchasi kapillyarlar chigali, Shumlyanskiy -Bauman kapsulasidan iborat. Shu tariqa ayiruv a’zolari bilan qon aylanish sistemasi o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatiladi.
Endilikda siydik qondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyrakka o‘tadi.
Shunday qilib, birlamchi buyrak nefroni bilan selom o‘rtasida bo‘lgan bog‘lanish qisman yo‘qoladi. Ikkinchidan birlamchi buyrak nefronining siydik naylari ancha uzayib egri-bugri kanalchalarning hosil qiladi. Bu naylardan birlamchi siydik tarkibidagi suv, oqsil, glyukoza, mineral tuzlar qayta qonga so‘riladi, Buning natijasida siydik qon sentratsiyasi ortadi. Uchinchidan birlamchi buyrakda nefronlar boshlang‘ich buyrakka iisbatan ancha ko‘payadi. Birlamchi buyrak nefron kanalchalari dastavval boshlang‘ich buyrak siydik nayiga ochiladi. Keyinchalik buyrakdan boshlangan siydik nayi uzunasiga ikkiga ajraladi. Shulardan biri (Myuller kanali) boshlang‘ich buyrak bilan bog‘langan holda qoladi, ikkinchisi esa (Volf kanali) birlamchi buyrakning siydik yo‘liga aylanadi.
Ikkilamchi buyrak (metanefros). Yuqori darajada rivojlangan umurtqali hayvonlar embrionida boshlang‘ich, birlamchi buyrakdan tashqari, ikkilamchi buyrak ham hosil buladi. Ikkilamchi buyrakning selomik bo‘shliq bilan aloqasi butunlay uziladi. Ikkilamchi buyrak qon aylanish sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib koladi. Bundan tashkari, ikkilamchi buyrakning ayirish maydoni boshqa buyraklardagiga nisbatan anchagina keng bo‘ladi. Masalan, tritondagi birlamchi buyrak 400 nefron, baqada 2000 nefron tutsa, quyonning ikkilamchi buyragida 180000 ta nefron, odam buyragidagi nefronlar soni esa 2 mln. yetadi.
Odamlarda ayiruv sistemasini taraqqiyoti
Odam embriogenezini dastlabki bosqichida avval old buyrak- pronefros paydo bo‘ladi, so‘ng u butunlay yo‘qoladi. Birlamchi buyrak – mezonefros rivojlanishning ma’lum bosqichida o‘z funksiyasini to‘xtatadi va qisman reduksiyalanadi. Birlamchi buyrakning saqlanib qolgan qismlari, ayrim jinsiy a’zolarning rivojlanishi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlanish jarayonida ayirish sistemasi va jinsiy sistema yaqin anotomik munosabatka kirishadi va bir biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Odamlarda buyrak mezodermadan rivojlanib ketma ket keladigan uchta bir birini almashtiradigan buyraklar bosqichini boshidan kechiradi: old buyrak - birlamchi buyrak - ikkilamchi buyrak.
Oldbuyrak homilaning embrional rivojlanishini 3-haftasida nefrostomni pastki bo‘yin va yuqorigi ko‘krak segmentlaridan ko‘rtaklana boshlaydi va 5-8 ta kanalchalardan iborat bo‘ladi. Old buyrakni kanalchalar qisqa rivojlanish davrinii o‘tib (40-50 soat) so‘ng butunlay reduksiyaga o‘chraydi. Oldbuyrakni chiqaruv yo‘li saqlanib qoladi va birlamchi buyrak ni chiqaruv yuliga aylanadi.
Birlamchi buyrak homila rivojini 3-haftasini oxirida nefrotomning ko‘krak va bel segmentlaridan rivojlanishini boshlaydi va 25-30 ta segmentar egri bugri kanalchalardan iborat bo‘ladi. Har bir kanalchaning berk bo‘lgan oxirgi tomoni kengaya boshlaydi va kapsula hosil qiladi, uni ichiga koptokcha shakldagi tomirli to‘r kirib boradi. Natijada buyrak tanachasi hosil bo‘ladi. Kanalcha boshqa ikkinchi tomoni bilan old buyrakni chiqaruv yo‘liga ochiladi va birlamchi buyrakni yo‘li (Volf kanali)ga aylanadi. Birlamchi buyrak tana bushlig‘ini orqa devori sohasida rivojlana boshlaydi. Birlamchi buyrak, odamning embrional rivojlanishini 1-va 2–oylarida, sekresiya mahsuloti ishlab chiqaradigan dastlabki a’zo sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Rivojlanishning 2- oyining oxiriga borib, birlamchi buyrakning kanalchalari qisman reduksiyaga o‘chray boshlaydi va o‘z funksiyasini tugatadi. Ikkilamchi (doimiy, chanoq) buyrak, homilani embrional rivojlanishining 2-oyida paydo bo‘ladi, to‘liq shakllanishi bola to‘g‘ilgandan keyin tugaydi
Buyrak rivojlanishining murakkab bo‘lishi bu a’zolarda ayrim anomaliyalarni keltirib chiqaradi. Chanoq buyrak ba’zan bel soxasiga joylashib qolishi kuzatiladi. Buyraklarning ba’zan juda past joylashishi, ularning pastki qismlarining qo‘shilib o‘sishi va takasimon shaklga ega bo‘lib qolishi kuzatiladi.
Trixomonadalar avlodi (Trichomonas) trixomonodoz degan kasalliklarning chaqiruvchilari bo‘lib, uch turni o‘z ichiga oladi: ichak trixomonadasi - Trichomonas intestinalis qin trixomonadasi - Trichomonos vaginalis va og‘iz trixomonadasi - Trichomonas tenax. Ichak trixomonadasi yo‘g‘on ichakda parazitlik qiladi, qin trixomonadasi esa ayol va erkaklarning siydik hamda jinsiy yo‘llarida hayot kechiradi.
Morfologik tuzilishi. Trixomonodalarning tanasi oval shaklda bo‘lib, orqa qismi ingichkalashib ketgan. Tana o‘lchami 5 -15 mkm (ichak trixomonadasi) va 15 - 30 mkm (qin trixomonadasi) gacha bo‘ladi. Oldingi qismida ko‘piksimon yadrosi joylashgan bo‘lib, yadro oldida blefaroplast yotadi. Barcha xivchinlilar sinfi vakillari singarn trixomonadalarning harakat organoidlariga xivchinlari kiradi. Ularning uchta yoki to‘rtta erkin xivchinlari tanasining old tomonida joylashgan bo‘ladi. Trixomonadaning tanasi bo‘ylab uzunasiga ketgan tayanch, o‘zak-aksostil joylashgan, cheti bo‘ylab to‘lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi. Qin trixomonadasi va og‘iz trixomonadasining to‘lkinlanuvchi membranasi qisqa bo‘lib, tananiig to‘rtdan yoki beshdan bir qismini tashkil qiladi (239 – rasm).
Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi: oziq moddalarni tananing yuzasi bilan shimadi (osmotik usuli) yoki hujayra og‘zi - sitostom orqali (qamrab olish usuli). Trixomonadalar uzunasiga mitoz yo‘li bilan bo‘linadi. sistalar hosil qilishi aniqlanmagan. Ichak trixomonadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Tashxis quyish uchun mikroskop ostida bemor axlati tekshirilib, vegetativ shakllari aniqlanadi.

239-rasm Trixomanadalarning vegetativ shakllari


Qin trixomonodozi shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va jinsiy aloqa vaqtda o‘tadi. Shuningdek, sterlizatsiya qilinmagan genekologik asboblar orqali ham yuqishi mumkin. Tashxis quyish uchun bemorning siydik va jinsiy kanallaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi. Og‘iz trixomonadasinnng patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og‘iz bo‘shlig‘i va tish kasalliklari - gingivit, paradontoz, tish kariesi bilan kasallangan bemorlar orasida ko‘proq uchrab turadi. Shuning uchun stomatologiya korxonalarida og‘iz trixomonadasini aniqlash usullariga alohida e’tibor berish kerak. Trixomonadalarni aniqlash uchun tish, milk va og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘langan, yiringlagan joylardan qirma, surtma olinib, mikroskop ostida ko‘riladi.
Lyeyshmaniyalar avlodi (Leishmania)
Leyshmaniyalarnnng ikki turi odamda parazitlik qiladi: Leishmania tropica va Leishmania donovani. Leismania tropica - teri leyshmaniozining chaqiruvchisi, rus vrachi P. F. Borovskiy tomonidan 1898 yilda kashf etilgan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan. Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi (234-rasm).

234-rasm. Terida hosil bӯlgan yaralar


Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho‘ziladigan shahar yoki – surun kali shakli (ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o‘tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Ashxobod yarasini Leishmania tropica minor, penda yarasini esa leishmania tropica tropica keltirib chiqaradi. Leyshmaniyalar teri hujayralarida parazitlik qiladi. Kasallikning yashirin (inkubasion) davri 3 - 8 oy davom etadi. Iskaptopar chaqqan joy shishib qoladi, so‘ng shu joyda yara hosil bo‘lib, ma’lum bir vaqtdan keyin bu yara chandiq hosil qilib bitadi. Leishmania donovani - Markaziy Osiyoda kalaazar deb ataladigan umumiy yoki visseral leyshmaniozning qo‘zg‘atuvchisidir. Kasallik manbalari Hindiston, Sharqiy Xitoy va O‘rta yer dengizi sohillarida mavjud bo‘ladi.
Morfologik tuzilishi. Leyshmaniyalar mayda parazitlar bo‘lib, kattaligi 2 - 4 mkm gacha boradi. Tanasi dumaloq yoki oval shaklda bo‘lib, pelikulla bilan qoplangan. Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yalganda tanasida yadro va yadro rangiga bo‘yalgan tanacha-blefaroplast aniqlanadi. Xivchin o‘sib chiqqan tanacha bazal tanacha deyiladi. Uning hazm organoidlari bo‘lmay, osmotik yo‘l bilan oziqlanadi. Hamma xivchinlarga xos holda uzunasiga bo‘linib ko‘payadi.
Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ham ikki xil shaklda: hujayra ichida–xivchinsiz, tashuvchilarning tanasida, hamda sun’iy usulda o‘stirilganda - xivchinli ko‘rinishda yashaydi. Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davr deb ataladi. Visseral leyshmanioz tez-tez yoki ma’lum bir vaqt oralab isitma chiqarish bilan davom etadigan og‘ir kasallik hisoblanadi. Morfalogik jihatdan leyshmaniyaning ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi.(235-rasm)
Visseral leyshmaniozning chaqiruvchisi odam tanasida retikulo – endotelial organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko‘mik endoteliy hujayralari sitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi, ko‘payadi. Leyshmaniyalar ko‘payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100 - 200 tagacha yetadi. Hujayra yemirilgandan keyin ular limfa orqali qonga o‘tib, yangi hujayralarga kirib oladi va ularning yemirilishiga sababchi bo‘ladi. Leyshmanioz transmissiv kasallik bo‘lib, uni qonso‘rar mayda hasharotlar Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskab - toparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odam qonini so‘rganda leyshmaniyalar hasharotning hazm yo‘liga o‘tadi. U yerda parazitlarning - oldingi uchidan uzun xivchin o‘sib chiqadi, ya’ni sodda hayvon xivchinli (leptomonad) ko‘rinishga o‘tadi. O‘ziga leyshmaniozning chaqiruvchisini yuqtirib olgan bu hasharot sog‘lom odamning qonini so‘rganda parazitlarni unga yuqtiradi.

235-rasm. Visseral leyshmaniyaning hayotiy sikli


Umumiy leyshmanioz uchun tabiiy manba daydi itlar hisoblanadi. Teri leyshmaniozining tabiiy manbai yovvoyi kemiruvchi hayvonlar (qum kalamushlari va yumronqoziqlar) hisoblanadi. Bu hayvonlarning quloqlari, burni va tanasining iskabtopar chaqa olishi mumkin bo‘lgan joylarida, yaralar hosil bӯladi. Kemiruvchilarning inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga tomon hayvonlar qonini so‘radi va ularga kasallikni yuqtiradi.(236-rasm).

236-rasm.Teri leyshmaniozining qӯzg‘ovchisini rivojlanish sikli


Visseral leyshmaniozning asosan 2 shakli ajratiladi: hind kalaazari, hamda O‘rta Yer dengizi visseral leyshmaniozi. Hind kalaazarida terining rangi qoramtir, ba’zan tim qora bo‘ladi. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi tufayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po‘st qismidagi makrofag- larida ham uchraydi.
O‘rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mo‘msimon bo‘lib qoladi. Bemorning jigar va talog‘i kattalashib, kamqonlik, hamda leykopeniya kuzatiladi.Bemor ozib ketadi. Tashxis qӯyish uchun to‘sh suyagining processus xifoideus qismini funksiya qilib, mikroskop ostida suyak ko‘migi hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo‘qligi aniqlanadi
Qarilik haqidagi ta’limot – gerontologiya (grekcha geron – qari) organizm qarishining molekular darajasidan to butun bir organizm darajasigacha ro‘y beruvchi asosiy qonuniyatlar bilan shug‘ullanadi. Keksa organizmning xususiyati va unda kasallikning yuzaga chiqishi, kechishi, kasallik davosi hamda uning oldini olishni geriatriya o‘rganadi.
Gerontologiyaning vazifalari, faqatgina, qarish jarayonining asl tub mohiyatini o‘rganish, muddatidan ilgari qarishning oldini olish va umrni ma’lum darajada uzaytirishgina bo‘lib qolmay, balki katta yoshdagi odamlarning ijtimoiy va mehnat faoliyatida faol ishtirok etishini, ya’ni hayot faoliyatida mukammal faol ishtirokini ta’minlashdan iborat tibbiy, biologik va sotsial muammolarni hal etishdir.
Qarish va qarilik. O‘lim – bu biologik holat sifatida. Qarilik individual rivojlanishning bosqichi bo‘lib, bunda organizmning tashqi ko‘rinishi, emotsional holati va jismoniy holatida o‘zgarishlar kuzatiladi.
Azaldan ma’lumki, organizmning yoshi hamma vaqt ham uning fiziologik holati bilan mos bo‘lmaydi; organizmning o‘z yoshi – kalendar yoshi (xronologik) va biologik yoshi mavjuddir. Biologik yosh organizmning biologik imkoniyatining vaqt o‘tishi bilan namoyon bo‘lish xususiyatidir. Organizm hayotida yoshga qarab o‘zgarish turlicha tezlikda kechadi. Yoshga qarab o‘zgarish – qarishning boshlanishi va shu jarayonnig tez yoki sust kechishi bilan organizmning biologik yoshi belgilanadi. Biologik yoshni aniqlashning umumiy mezonini ifodalash qiyin bir ilmiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Chunki bir organizmning turli sistemalarida qarish jarayoni bir xil kechmaydi. Masalan, ayollar menopauzasi 35–55 yoshda, suyakdagi qarishning dastlabki belgisi 25–35 yoshda, dastlabki soch oqarishi 25–50 yoshda ro‘y beradi. Biologik yosh necha yil umr ko‘rishning, ish faoliyat darajasining, organizm sog‘ligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Odam yoshi va biologik yosh (ko‘rsatkichlar) ning o‘zaro taqqoslanishi qarish jarayonining qay darajada ro‘y berganligini ko‘rsatadi. Biologik yosh kalendar yoshdan kam bo‘lsa, bu shaxs uzoq umr ko‘radi, aksincha bo‘lishi esa organizmning tez qariyotganligini bildiradi.
Odam organizmining hayot faoliyatida shunday davr borki, shu davrning qanday kechishiga qarab undan keyingi hayot bosqichidagi biologik yoshi belgilanadi. Bu organizmning qaltis davri klimaksdir. Klimaks – bu organizm reproduksiya faoliyatining susaya boshlanishidan to uning butunlay so‘nishigacha bo‘lgan davrdir. Klimaks ikkala jinsga xos bo‘lib, endokrin sistemada chuqur (o‘zgarishlar ro‘y beradi va barcha ichki sekresiya bezlariaro mutanosiblik yangidan bunyodga keladi. Organizm reproduksiya faoliyatining so‘nganligidan qarimaydi, balki qarilik jarayoni natijasida reproduksiya faoliyati so‘nadi. Klimaks jarayoni ayollarda 2–8 yil, erkaklarda 10–15 yil davom etishi mumkin. Shu davr ichida organizm har xil (diabet, xafaqon – gipertoniya va b.) xastaliklarga chalinib qoladi. Klimaks – bu qarish bo‘lmay, qarilikning bosqichlaridan biridir. Tibbiyot hozirgi kunda asosan kasalliklarni davolash bilan shug‘ullanib, sog‘lom organizmning barcha xususiyatlarini o‘rganishga to‘liq kirishganicha yo‘q. Tibbiyot fani oldida sog‘lom odam salomatligining imkoniyatini o‘rganishdek katta muammo turibdi. Shu asosdagina inson sog‘ligini saqlash, umrini uzaytirish usullarini va kasalliklarning oldini oluvchi omillarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biologik yoshni aniqlash individning umri davomiyligini o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Download 33.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling