1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


Download 0.54 Mb.
bet1/33
Sana05.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1749010
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha.Rudalar.
Reja:



  1. Metallar haqida ma’lumot

  2. Rudalarni boyitish usullari.

Metallar haqida ma'lumot

Kimyo fanidan ma'lumki, D.I.Mendeleevni davriy jadvalidagi kimyoviy elementlarning ¾ qismi metallardir.


M.V. Lomonosov ta'rifiga ko‘ra, «Metallar bolg‘alanishi mumkin bo‘lgan yaltiroq jismlardir». Keyingi yillarda metallarni ichki tuzilishini rentgen nuri yordamida o‘rganishlar ko‘rsatdiki, ularning atomlari fazoda ma'lum tartibda joylangan bo‘lib, aniq fazoviy kristallik panjaraga ega. Shu boisdan xossalari ham turlicha bo‘ladi. Ko‘pchilik metallarning atomlaridagi sirtqi (valent) elektronlar soni bitta yoki ikkita bo‘lib, ular yadroga zaifroq tortilib turadi. Shu sababli ma'lum sharoitda elektronlarining birini yoki ikkalasini nometallarga berib,musbat zaryadli ionlarga aylanadi.
Sof (tarkibida qo‘shimchalar judayam oz bo‘lgan) metallarni o‘ziga xos xossalari tufayli texnikani turli sohalarida (masalan, Fe, Cu va Al lardan elektroradio texnikada,Ta,Nb, Si va boshqa lardan pribor sozlikda,atom texnikada va boshqa joylarda) qo‘llanilsa, mashinasozlikda va boshqa sohalarda qora va rangli metallar qotishmalari(cho‘yan, po‘lat, latun, bronza va boshqalardan) asosiy konstruksion material sifatida keng foydalaniladi.
Ma'lumki, rangli metall va ularning qotishmalari qora metall qotishmalaridan ancha qimmat bo‘lsada, korroziyaga bardoshligi, elektr va issiqlikni yaxshi o‘tkazishi,plastikligi,puxtaligining qoniqarligi,temperatura pasaygan sari elektr o‘tkazuvchanligining ortishi, termik ishlanishi va boshqa xossalari tufayli zarur joylarda keng qo‘llaniladi. Lekin imkon bo‘lsa, qimmatbaho rangli metall va ularning qotishmalari o‘rniga qora metall qotishmalari va nometall materiallardan foydalanish katta iqtisodiy tejamlik beradi.Buholni unutmaslik kerak.


Rudalarni boyitishning asosiy usullari



Maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan tozalab, saralash uchun ularni karerlarning o‘zida yoq turli konstruksiyali(jag‘li,konusli)maydalash mashinalarida maydalab,mexanik g‘alvirlarda elanib, 30-80mm.li bo‘laklarga
ajratiladi.
Yuvish. Rudalarni qum va gillardan tozalash uchun ularni suv bilan yuviladi. Buning uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib,tagidan suv haydaladi, shunda begona jinslar suv bilan yuqoriga ko‘tarilib, tashqariga chiqib ketadi,boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig‘iladi va keyinu yerdan olinib quritiladi.
Magnit separatorli mashinada boyitish. Bunda maydalangan magnit temirtoshlarni magnit separatorning uzluksiz harakatlanuvchi lentasiga yuklab turiladi. Ruda elektromagnitning ta'sir zonasiga kirganda, uning Fe3O4 oksidli qismi elektromagnitga tortilib,begona jinslardan tozalana boradi.Boyigan temir ruda elektromagnitning ta'sir zonasidan chiqqach tashqaridagi yashikka ortila boradi.
Mayda rudalarni yiriklashtirish.Ma'lumki,rudalarni qazib olishda,maydalab elashda ko‘ plab mayda rudalar yig‘iladi.Bulardan ma'lum o‘lchamli(10-40mm)konsentratlar olish uchun maxsus tarkibli maydalangan shixta (40-50% temir ruda, 15-20% ohaktosh ,20-30%konsentrat,4-6%koks)suv bilan qorish tirilib mashina qoliplariga kiritilib, 1300-1500oC ragacha qizdirib yiriklanadi. Bunda rudadagi begona jinslarning bir qismi,karbonatlarga parchalanishi natijasida suyuq faza hosil bo‘ladi.Bu suyuq faza ruda zarrachalarni o‘zaro bog‘lab, flyusli g‘ovak konsentrat (aglomerat)olinadi. (Ba'zi hollarda mayda rudalarga bog‘lovchi material sifatida gil, smola qo‘shib,ularni pressfonnada presslab briketlar ham olinadi.)
Keyingi yillarda mayda temir ruda va konsentrat-larga ma'lum miqdorda ohaktosh vakoks maydalari, biroz bentonit gil qo‘shib suv bilan qorishtirilgan massa olib, uni sayozidish (granulator)da yoki aylanuvchi havoli barabanlarda ishlab, diametri 25-30 mm.lig‘ovaksharsimonbo‘lak(okatish)larolinadi.Keyinularnipechda1300-1400oCtemperaturagacha qizdirish bilan puxtalab, so‘ng saralanadi. Okatishlar aglomeratlardan puxtaroq bo‘ladi. Okatishlardan domnada foydalanish ham agromeratlar kabi koksni tejab ish unumdorligi ortadi.
O‘rtachalashtirish. Metallurgiya korxonalariga rudalar doim bitta shaxtadan keltirilmaganligi uchun ularning kimyoviy tarkibi turlicha bo‘ladi.Shuning uchun ularning tarkibini o‘rtachalashtirish talab etiladi, chunki shixta materiallari kimyoviy tarkibining bir xil bo‘lishi pechning ish unumini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Shu boisdan kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan rudalarni o‘rtacha kimyo-viy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan rudalar o‘zaro aralashtiriladi.

Nazorat savollar





  1. Metallar haqidama’lumot bering

  2. Rudalarga ta’rif bering

  3. Rudalarni boyitishning qanaqa usullari mavjud



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling