1Nashr jarayoni va muharrir


Download 16.04 Kb.
Sana03.10.2020
Hajmi16.04 Kb.
#132292
Bog'liq
matn tahriri fanidan 1-topshiriq..


1Nashr jarayoni va muharrir.

Nashr jarayoni deganda, awalo, bosma asarlar chiqarish bilan bogTiq birin-ketin amalga oshiriladigan, o‘zaro aloqador, biri ikkinchisining tadrijiy davomi boTgan, maTum qonuni- yatga bo‘ysundirilgan ishlar majmui tushuniladi. Demak, ma- vzuli reja tuzish jarayonning boshlanishi boTsa, kitob tarqatish va kitobga jamoatchilikning baho berishi yakun hisoblanadi.

Umuman, nashr jarayonini, xususan, har bir asami nashrdan chiqarish jarayonini, shartli tarzda to‘rt bosqichga ajratish mumkin.

Birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi boTib, bu jarayon mavzuni belgilash yoki mavzuli reja tuzishdan to muallifning asarni nashriyotga topshirishigacha boTgan ishlarni o‘z ichiga oladi.

Muharrir mazkur bosqichda mavzuli reja tuzish va uning muhokamasida qatnashadi, muayyan mavzular bo‘yicha mualliflar bilan muzokara olib boradi, nashr etilajak kitob rejasi ustida ishlaydi, muallif iltimosiga ko‘ra ishning tayyor qismlarini ko‘zdan kechirib chiqadi, muallifga u duch kelgan muammolar va qiyinchiliklami hal etishda ko‘maklashadi.

2. Muharrir va muallif.

Ikkinchi bosqich - tahrirdan chiqarish. Bu bosqich muallif qo‘lyozmani nashriyotda topshirishidan boshlab, to qo‘lyozmani terishga topshirishgacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Bu davrda qo‘lyozmani nashrga tavsiya etish masalasi hal etiladi, ichki va tashqi taqrizdan o‘tkazilganligi aniqlanadi, nashriyot ichki taqrizi (ayrim hollarda muharrir xulosasi) tayyorlanadi.

Bu vaqt mobaynida muharrir qo‘lyozmani tahrirdan chiqaradi. Tahrir jarayonida amalga oshirilgan tuzatishlar kiritiladi. Tahrirdan chiqqan nusxa musahhihlar tomonidan o‘qiladi, uchragan imloviy va tinish belgilar bo‘yicha xatolar tuzatiladi.

Nihoyat, qo‘lyozmani nashrgatayyorlash ishlari (grafika, texnik muharrirlik, badiiy muharrirlik va h.) bajariladi.

Uchinchi bosqich - ishlab chiqarish bosqichi. Bu bosqichda, asosan, ishlab chiqarish bilan bogTiq ishlar amalga oshiriladi. Awalo, qoTyozmaning korrektura (gran- ka)si tayyorlanadi. Korrekturaning ham musahhihlik, ham muharrirlik o‘quvi amalga oshiriladi. Bosmaxona ishlari bajariladi. Barcha ishlar muharriming kuzatuvi, qat’iy nazorati ostida amalga oshiriladi. Chunki muharrir nashrdan chiqarilayotgan asar uchun bosh javobgar - mas’ul xodimdir.

To‘rtinchi bosqich - yakuniy bosqich. Bu bosqich tayyor mahsulotni qabul qilish, tarqatish, reklama va auditoriya baho chiqarishi jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Noshirlik va matbaa ishi amalda birlashtirilgan, yaxlit tizimni tashkil etadi. Bunday tizim nashrlarni iste’molchilarga etkazishni qisqa muddatlarda amalga oshirish imkonini beradi. Noshirlik ishida etakchi kasb muharrirlik sanaladi. Muharrir muallifiiing birinchi yordamchisi, asarni birinchi bo‘lib o'quvchi, taqrizchi, tanqidchi. Muharrir asaming nashr yo‘lini belgilaydi, nashrni yo‘naltiradi, ko‘p jihatdan uning taqdirini hal etadi. Nashr jarayonida ishtirok etuvchi boshqa bo‘linmalarning mutaxassislari - texnik muharrir, musahhih, badiiy muharrir, bugungi kundagi dizayner - qaysidir darajada uning mo‘ljallaganlarini amalga oshiradilar.

Nashrdan chiqqan asar g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy, ma’rifiy mazmuniga ko‘ra auditoriyani toiiq qanoatlantirishida muharrir mas’uliyati yuksakdir, bu boradagi barchamas’uliyat uning zimmasiga tushadi. 0‘z faoliyati mobaynida muharrir milliy mafkura tamoyillariga amal qilishi lozim, adabiy asar turlaridan qay birining nashri uchun mas’ul bo‘lsa, shu asar umumxalq manfaatlar aks ettirishi, milliy mustaqillik g‘oyalari, kuchli qonunchilik davlatidan fiiqarolik jamiyatiga o‘tish tamoyillari, davlat yuritayotgan oqilona xalqparvar siyosatga muvofiq bo‘lishligini ta’minlashi talab etiladi.

3. Matnda sinonim va antonim so’zlarni toppish.



Shaxsan men hali mutloq yomon insonni uchratmadim. Har bir insonda qandaydir yaxshi jihat bor, faqat unga shu yaxshilikni yuzaga chiqarish imkonini berish lozim.Ishga olayotganda insonning o’tmishi bilan qiziqmasligimiz boisi shunda :axir,biz insonni ishga olamiz, uning o’tmishini emas.
Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling