1XK markali chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi
Hozirgi kunda paxta tozalash sanoati korxonalarida chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalashda asosan 8 ta qoziqchali barabanli SCh-02, 1XK markali tozalagichlar va EN178 qoziqchali bloklar ishlatilmoqda. 1-rasmda 1XK markali mayda iflosliklardan tozalash uskunasining konstruktsion sxemasi berilgan.
1-rasm 1XK markali chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining texnologik sxemasi.
1-ta’minlash valigi. 2-qoziqchali baraban. 3-to’rli sirt (yuza).
4-ifloslik bunkeri. 5-tarnov.
Ishlash jarayoni quyidagicha. Chigitli paxta ta’minlash valiklari 1 ustiga o’rnatilgan shaxtaga tushiriladi. Bir-biriga qarama-qarshi aylanuvchi ta’minlash valiklari chigitli paxtani qoziqchali barabanga uzatadi. Qoziqchali baraban o’z navbatida chigitli paxtani titkilab to’rli sirt ustidan sudrab o’tadi va ikkinchi barbanga uzatadi. Shu tartibda chigitli paxta hamma barabanlarda tozalanib mayda iflosliklardan ajratiladi. Ajratilgan iflosliklar barabanlar tagidagi to’rli sirt teshiklari orqali iflosliklar bunkerlarining qiya devorlari bo’ylab pastga tushadi va pnevmatransport bilan so’rib olinadi. Tozalangan chigitli paxta esa keyingi texnologik jarayoniga uzatiladi.
Uskunaning haqiqiy ish unumdorligini quyidagi formula orqali hisoblanadi:
bunda: L-chigitli paxtaning tozalagich ichida ishlanish yo’lining uzunligi, mm;
=0,250,30 - to’rli sirtdan foydalanish koeffitsienti;
- tozalagichdan foydalanish koeffitsienti, =0,30,35;
x- chigitli paxtaning zichligi, kg/m3;
T- chigitli paxtaning tozalagich ichida turish (bo’lish) vaqti, s
1XK tozalagich uskunasining asosiy texnik ko’rsatkichlari.
Ish unumdorligi....................................................................5,07,0 t/soat
Aylanish tezligi
a) ta’minlovchi valik........................................................014 ayl/min
b) qoziqchali baraban.......................................................480 ayl/min
Texnologik masofa (to’rli sirt
bilan qoziqchali baraban oralig’i)........................................1420 mm
Tozalash samaradorligi........................................................4550 %
Do'stlaringiz bilan baham: |