2- amaliy ish Mavzu: Loyihalarning boshqarish tizimi. (Gant Chart pert/cpm) Ishdan maqsad


Download 196.47 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi196.47 Kb.
#158261
Bog'liq
2 amaliy ish BTTL......


2- Amaliy ish

Mavzu: Loyihalarning boshqarish tizimi. (Gant Chart PERT/CPM)

Ishdan maqsad: Loyihalarni boshqarish tizimi (Gant Chart PERT/CPM) usullari yordamida loyihalarni boshqarish hamda ularni amaliy qo’llash ko’nikmasini hosil qilish.

Nazariy ma’lumotlar

Gant diagrammasi ma‘lum bir loyiha jadval ko’rinishida ishlarni bajarish ketma-ketliglarini hamda ularni bajarilishi uchun ajratilgan vaqtni ko’rsatadi. U 1910 - yillarda Genri Gantt tomonidan ishlab chiqilgan va biznes tizimidagi ishlarni nazorat qilish diagrammasining bir turi hisoblanadi. Gant diagrammasinig asosiy maqsadi loyihani boshqarishdan iborat. Ushbu interaktiv grafik ko’plab loyihalarda ishlatiladi.

Vazifalar ruyxati:

1. Tahlil (4)

2. Loyiha (7)

3. Amaliy ish (11)

4. Testlash (5)

5. Ishga tushirish (4)

1 hafta 2 hafta 3 hafta 4 hafta 5 hafta 6 hafta

1-rasm. Gant chart diagrammasi

Yuqoridagi rasmda vazifalarning bajarilish muddati ko’rsatilgan. Tahlil uchun 4 kun, loyiha uchun 7 kun, amaliy ish uchun 11 kun, testlash uchun 5 kun, ishga tushurish uchun 4 kun vaqt sarflanadi. Bunda har bir oraliq vaqt bir haftaga bo’linib chiqqan.

PERT (Program (Project) Evalution and Review Technique) loyihalarni boshqarishda proektlarni baholash texnikasi.



2-rasm. PERT diagrammasi

Odatda PERT usuli “Critical Path Metod” (CPM) bilan birgalikda ishlatiladi. Bu ikkala usul bir biridan farq qiladi. Critical Path metodi butun bir loyihaning tugash vaqtini hisoblash uchun ishlatiladi. PERT metodi bo’lsa loyihaning alohida bir qismini tugash vaqtini hisoblab beradi. PERT formulasi quyidagicha

E = (O + 4M + P) / 6

Bu yerda O-bu loyiha qismining tugashini optimistik baholash, M-haqiqatga yaqin bo'lgan baholash, P-loyiha qismining tugashini pessimistik baholash.

PERT usulini yaxshiroq tushunish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Masalan loyiha menejeri avvalgi tajribalariga asoslangan holda vazifaning bajarilish mudatini 17 kun deb belgiladi. Bunda 17 kun M hisoblanadi. Optimistik (O) baholaganda 6 kun kelib chiqdi. Barcha kechikishlar, xatarlarni hisobga olgan holda pessimistic baholash 26 kunni tashkil etadi. Bunda formulaga asosan quyidagicha hisoblanadi.

(6 + 4 (17) + 26) / 6 = 16,666

PERT metodi bo’yicha hisoblaganimda yuqoridagi vazifaning bajarilish mudati 16,666 kun ekanligini hisoblab chiqdim.



Xulosa

2 amaliy ishda men loyihalarni boshqarish tizimi (Gant Chart PERT/CPM) usullari yordamida loyihalarni boshqarish hamda ularni amaliy qo’llash ko’nikmasini hosil qildim.
Download 196.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling