2- LABORATORIYA ISHI (2 soat)
MAVZU: Gipsli bog’lovchilarning hajmiy massasini aniqlash
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar:
1. Quritilgan gips kukuni.
2. Hajmiy og‘irlikni aniqlash voronkasi.
3. Bir litrli idish.
4. Temir chizg‘ich.
5. Tarozi.
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: Varonka stolga surilma qopqog‘i (zadvijka) yopiq xolatda o‘rnatilib namuna gipsdan deyarli 2 kg solinidi. Varonka tagiga esa rasmda ko‘rsatilganidek 1 l xamdagi metall silindr idish qo‘yiladi. Qopqoq ochilib, gips erkin xolatda tushib idish to‘lguncha kutiladi.
Gipsning hajm og‘irligi(uyma zichligi) bu xaqiqiy xolatda birlik xajmdagi massadir. Gipsning zichligini bilish buyumlar tarkibini xisoblashda kerak bo‘ladi. Bundan tashqari zichligini bilgan xolatda ombordagi yoki qandaydir xajmdagi gipsning miqdorini bilish uchun kerak bo‘ladi.
Varonka qopqog‘i yopilib, ortiqchasi lineyka bilan olib tashlanadi va idish gips bilan tortiladi. Xajmiy og‘irligi sochiluvchan xolatda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
V0=(P1-P)/V, g/sm3 .
V 0-hajm og‘irligi, R-bo‘sh idishning og‘irligi gr, R1-mahsulotli idishning og‘irligi gr, V-idishning hajmi sm3.
1-rasm. Hajmiy og‘irlikni aniqlash voronkasi.
Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari: ko’rgazmalai qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari(bog’lovchi), virtual namunadagi o’quv-laboratoriya jihozlari, xisoblash jadvallari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Qosimov I.K. Qurilish materiallari. Darslik. T., Mexnat. 2004.
Maxmudova N.A.Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012.
Nuritdinov X.N., Qodirova D.SH. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi., 2012.
N.A.Maxmudova Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. (lotin imlosida). T. Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2015.
N.J.Parsaeva, I.Bozozrov “Bog’lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma(Praktikum)”.
Do'stlaringiz bilan baham: |