2 – laboratoriya ishi Mavzu: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish. Ishni bajarishdan maqsad


Download 69.83 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi69.83 Kb.
#255526

2 – laboratoriya ishi

Mavzu: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish.

Ishni bajarishdan maqsad: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish usullarini o’rganish

Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema 2.1-rasmda keltirilgan. Tranzistorning kirish xarakteristikasi kolektor-emitter kuchlanishining ma’lum qiymatlarida baza-emitter kuchlanishi va baza toki orasidagi bog‘lanish sifatida olinadi, ya’ni



IB= f(UBE), UKE=const.


2.1-rasm. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema

1.Sxemada funksional generator GEN, qarshiligi 10 kOm bo‘lgan rezistor, ampermetr, voltmetr,tranzistor, probel klavishasi bilan boshqariluvchi kalit SS va ikkita o‘zgarmas kuchlanish manbasi mavjud.

SS kalit yordamida tranzistorning kolektor-emitter kuchlanishi 0V dan 12V ga yoki aksincha o‘zgartiriladi. Tranzistorning bazasiga rezistor orqali beriladigan kuchlanish GEN generatorning Offset parametrini o‘zgartirish yo‘li bilan 0V dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartiriladi. Ampermetr baza tokini, voltmetr esa baza-emitter kuchlanishini o‘lchash uchun xizmat qiladi.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:

1. Tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha olish uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ing.

2. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial nol bo‘ladigan (UKE=0) holatga o‘tkazing.

3. Ekranning o‘ng yuqori burchagidagi tugmani bosib sxemani ishga tushiring.

4. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling. Olingan natijalarni 1-jadvalga yozing.
5. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial 12V bo‘ladigan (UKE=12V) holatga o‘tkazing.

6. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling va ularni 1-jadvalda keltiring.

7. Olingan natijalarga asosan umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning statik volt-amper xarakteristikalarini UKE=0V va UKE=12V uchun quring.
Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot

Hisobotda quyidagilar keltiriladi.

1. Ishni bajarishdan maqsad.

2. Tajribalarni o‘tkazishda foydalanilgan sxemalar.

3. Olingan natijalar jadval va grafiklar ko‘rinishida.

4. Olingan natijalarning tahlili.

5. Bajarilgan ish bo‘yicha xulosalar.

Xulosa


Men bu sxemani yig’ishimdan maqsadim umumiy kollektorli, umumiy emittrli va umumiy bazaviy ulanishdagi farqlarni o’rganish bo’ldi.

Men ushbu sxemada 2ta resistor, 2ta manba, 2ta voltmeter, 2ta ampermetr, 1ta transistor va 2ta kalitdan foydalandim.



Men o’z sxemamda umumiy emittrli ulaganimdagi natijalar:

Baza

Kollektor

Tok kuchi

11,13mA

Tok kuchi

-11,97mA

Kuchlanish

870,0mV

Kuchlanish

31.24mV

Men ushbu yig’gan sxema orqali umumiy kollektorli, umumiy emittrli va umumiy bazaviy ulanishlarni o’rgandim. Umumiy kollektorli ulaganimda tok kuchini oshirish mumkinligini ko’rdim va o’rgandim. Umumiy emittrli ulaganimga esa tok kuchi va kuchlanishni ikkalasini ham oshirish mumkinligini o’rgandim. Umumiy bazaviy ulaganimda esa faqat kuchlanishni oshirish mumkinligini o’rgandim.
Download 69.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling