2. 20, 202, 2020, sonlar ketma-ketligi qanday qonuni-yat asosida yozilgan. Uning keyingi hadini yozing


Download 23.02 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi23.02 Kb.
#1411452
Bog'liq
TEST



TEST
1. Nurali cho‘ponda 123 ta, Sherali cho‘ponda esa undan 45 ta ko‘p qo‘y bor. Ikkala cho‘ponda jami nechta qo‘y bor? A) 292 B)291 C)293 D)168
2. 20, 202, 2020, ... sonlar ketma-ketligi qanday qonuni-yat asosida yozilgan. Uning keyingi hadini yozing
A)20202 B)2020 C)202020 D)2022
3. AB kesmani C nuqta AC va CB qismlarga ajratadi. Agar AC= 56 cm bo‘lib, u CB kesmadan 23 cm qisqa bo‘lsa, AB kesmaning uzunligini toping. A)89 B)90 C)33 D)79
4. ABC uchburchakda AB = 43 mm,BC = 5 cm,AC = 38mm bo‘lsa, uning perimetrini toping. A)85 B)87 C)86 D)88
5. AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga ajratadi. Agar AC kesmaning uzunligi 21 mm, CD kesma AC kesmadan 6 mm uzun, DB kesma esa CD dan 7 mm qisqa bo‘lsa, AB kesmaning uzunligini toping. A)62 B)72 C)44 D)34
6. . Quyidagi sonli tenglik va tengsizliklarning qaysilari to‘g‘ri?
A) 322 + 128 = 450 B) 24 • 28 < 625
C) 132 : 11 = 18 - 6 D) 58 • 65 = 15625 : 25
7. Sonlarni taqqoslang 77 417 * 8432
A) < B)> C) = D)TJY
8. Alisher 10 km/h tezlik bilan 6 soat yo‘l yurdi. Sherali-ning tezligi Alishernikidan 2 km/h katta. Sherali bu yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tadi?
A)5soat B) 5 minut C) 5 sekund D) 60 minut
9. Qo‘shtengsizlik ko‘rinishida ifodalang: 10 soni 8 soni-dan katta, lekin 23 sonidan kichik?
A)8>10<23 B)8<10<23 C)8>10>23 D)8=10<23
10. Asqar Samarqanddan Toshkentga tezligi 100 km/h bo‘lgan yengil avtomashinada 3 soatda yetib keldi. Tosh-kentdan Samarqandga tezligi 75 km/h bo‘lgan avtobus-da qaytdi. Asqar necha soatda Toshkentdan Samarqand-ga yetib kelgan? A)4 soat B)5 soat C) 6soat D)7 soat
11. Sonlar nurida M (6) nuqtani va undan 8 birlik o‘ngda joylashgan N nuqtani belgilang. Sonlar nurida N nuqta-ning koordinatasi nechaga teng bo‘ladi?
A)14 B)2 C)48 D)6
12. Asilbek va Shohruh pomidor terishdi. Asilbek 12 kg 750 g, Shohruh esa Asilbekdan 8 kg 500 g ko‘proq pomi-dor terdi. Ular jami qancha pomidor terishdi?
A)34 kg B)33 kg C)32kg D)35 kg
13. Fermer xo‘jaligida birinchi kuni 125 t, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 42 t ko‘p kartoshka terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 28 t ko‘p kartosh-ka terib olindi. Uch kunda jami necha tonna kartoshka terib olindi? A) 974 kg B)964 kg C)954 kg D)960 kg
14. Qulay usulda qo‘shishning guruhlash qonunini qo- llab yig‘indini hisoblang: (6347 + 3747) + 6253=?
A) 69 999 B) 16347 C) 18 856 D) 6253
15. Yig‘indini toping
1 000 000 + 500 000 + 60 000 + 3 000 + 200 + 90 + 5
A)1563265 B)1563295 C)16632995 D)1659585
16. Yig indini qulay usulda hisoblang:
122 + 124 + 126 + 128 + 130 + 132 + 134 + 136 + 138.
A)770 B)7760 C)7750 D)780
17. Sonlar nurida C(18) nuqtani belgilang va undan 9 bir-lik chapda D va 5 birlik o‘ngda joylashgan E nuqtani bel-gilang. D va E nuqtalarning sonlar nuridagi koordinatasi-ni toping. A)27,13 B)9,23 C)23,27 D)9,13
18. Bir soat davomida birinchi robot (avtomatlashtirilgan dastgoh) 1745 ta, ikkinchi robot esa 2100 ta detalga ish-lov berdi. Ikkinchi robot birinchisiga qaraganda nechta ko‘p detalga ishlov bergan? A)3566 B)355 C)356 D)366
19. ABCD to‘rtburchakning perimetri 100 cm. AB tomon 44 cm, BC tomon AB tomondan 15 cm qisqa, lekin CD tomondan 8 cm uzun. A D tomon uzunligini toping.
A)6 B)7 C)9 D)8
20. 1 litr suvning massasi 1 kg ga teng. 1 litr benzinning massasi esa undan 270 g kam. 1 litr benzinning massasi qancha? A)750 gr B)850 gr C)560 gr D)860 gr
21. Jirafaning bo‘yi 430 cm. Zebraning bo‘yi esa undan 274 cm qisqa. Zebraning bo‘yini toping?
A)155 B)156 C)704 D)714
22. Harfli ifodaning qiymatini toping:
(128 - 12b) + (14b - 18), bunda b = 3;
A)116 B)117 C)109 D)105
23. Azizada n ta CD-disk bor edi. Unga o‘rtoqlari yana 5 ta disk sovg‘a qilishdi. Azizada jami qancha disk bo‘ldi?
A)n-2 B)n+5 C)n*5 D)n/5
24. Shohjahonda a ta kitob bor edi. U o‘rtog‘iga 3 ta kitobini o‘qishga berdi. Shohjahon kutubxonasida qan-cha kitob qoldi? A)a+3 B)a*3 C)a-3 D)a/3
25. 23, 45, 12 sonlardan qaysi biri x + 45 = 57 tengla-maning ildizi bo‘ladi? A)23 B)12 C)45 D)TJY
26. Botir bir son o yladi. Agar unga 74 ni qo‘shib, hosil bo‘lgan yig‘indiga yana 21 qo‘shilsa, 142 hosil bo'ladi. Botir qaysi sonni o'ylagan? A)34 B)44 C)54 D)64
27. Hamdam bir son o yladi. Agar unga 45 ni qo‘shib, hosil bo‘lgan yig‘indiga yana 32 qo‘shilsa, 84 hosil bo'la-di. Hamdam qaysi sonni o'ylagan? A)7 B)17 C)6 D)16
28. Bochkadan 214 litr suv olingandan so'ng, unda 391 litr suv qoldi. Bochkada qancha suv bo'lgan?
A)606 B)605 C)607 D)505
29. G‘altakda jami 2495 m sim bor edi. Undan 897 m sim kesib olindi. G‘altakda qancha sim qoldi?
A)1588 B)1568 C)1598 D)1578
30. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi xona polining bo‘yi 516 cm, eni esa bo‘yidan 145 cm qisqa. Xona polining perimetrini hisoblang. A)54 B)64 C)44 D)34


Download 23.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling