2-Amaliy ish Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo liniyalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va xavfsizlik


Download 19.81 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi19.81 Kb.
#711955
Bog'liq
22-ma’ruza (7), Annaqul shayir, Antimutagenlar, Algoritm 1-tema, Buxgalteriya balans du\'ziw ta\'rtibi, 3462100092 (2), 24 Аникмас интеграл-12, 2 5303350669921490948, cff317d930fbb0a797a335e6f20f90d7, MF#online(1), Yer usti suvlarini tuzish, Drawing1-Model, laboratoriya 1, foti

2-Amaliy ish
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo liniyalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va xavfsizlik

1. XL trassasi davriy ravishda novdalar va daraxtlardan tozalanib turishi va yonginga nisbatan xavfsiz holatda saqlanishi kerak.


Simlarga bevosita yaqin usayotgan daraxtlarlarning kesilishini XL ni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot amalga oshiradi.
Daraxt shoxlarini XL simlariga 1 m dan yaqin masofaga yaqinlashishiga yo’l qo’yilmaydi.
2. XL ni ekspluatatsiya qilish, uning ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashlarni (kapital va joriy) ko‘zda tutadi. Texnik xizmat ko‘rsatishda, XL ni ko‘rikdan o‘tkazishlar, profilaktik tekshiruvlar va o»lchovlar o‘tkazilishi, kichik shikastlanishlar va nosozliklar bartaraf qilinishi va boshqalar kerak.
3. XL ni ekspluatatsiya qilishda ularni davriy va navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazishlar amalga oshiriladi. Davriy ko‘riklar ish jadvalini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Ko‘riklar kamida 6 oyda 1 marta, odatda bahor va kuz oylarida o‘tkazilishi kerak.
Yuqorida ko‘rikdan o‘tkazish zarurat bo’yicha o‘tkaziladi.
XL ni navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazshpni, daryolarda muz ko‘chish va suv toshish davrida, trassa zonasida yongin bo‘lganda, kuchli bo‘ronlar, dovullar, sovuqlar va boshqa tabiiy ofatlar yuz berganda o‘tkaziladi.
4. Liniyalar va kirishlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
izolyatorlarning kuygan, darz ketgan va singanligiga, simlar tolalarini uzilganligiga va eriganligiga, boglamlarning butunligiga, simlarning rostlanishiga;
tayanchlarning holatiga va ularning liniya bo’ylab yoki ko’ndalangiga ogishiga, bandajlarning va yerga ulash qurilmalari- ning butunligiga;
birkmalarinig XL holatiga, unda yerdan turib irgitib taShlangan simlar mavjudligiga va simlarni daraxt shoxlariga tegishiga; kirish shoxobchalarining va saqlagichlarning holatiga; tugallovchi kabel muftalari va tushishlarning holatiga; trassaning holatiga.
Ko‘rikdan o‘tkazishda bandajlarni tortish, tayanchlarga chiqmasdan gaykalarni, bandajlarning boltli birikmalarini burash, tayanchlarning raqamlanishini tiklash va boshqalarni o‘tkazish zarur.
Avariya harakteridagi shikastlanishlarni va nosozliklarni darhol bartaraf qilish shart.
5. XL ga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashini nazorat qilish maqsadida, muxandis-texnik xodimlar (bundan keyin - MTX,) XL trassasi elementlari holatini, avariyaga qarshi tekshirishlar va boshqa tadbirlarni baholash uchun yilda 1 marta, tanlab, nazorat ko‘riklarini o‘tkazishlari shart.
6. XL da elektr uskunalarini SKraM da ko‘zda tutilgan hajmlarda va mudsatlarda profilaktik tekshiruvlar, o»lchovlar va sinovlar o‘tkazilishi shart.
7. Tayanch bandajlari diametri 4 mm va undan ortiq bo‘lgan ruxlangan yumshoq simlardan qilinishi lozim.
Diametri 5-6 mm bo‘lgan ruxlanmagan simlarni qo‘llashga, agar ular asfalt laki bilan qoplangan bo‘lsa, ruxsat etiladi. Loyihada maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmaganda bandaj o‘ramlarining soni quyidagicha qabul qilinadi: sim diametri 4 mm bo‘lganda -12; sim diametri 5 mm bo‘lganda - 10; sim diametri 6 mm bo‘lganda - 8.
8. XL ni ko‘rikdan o‘tkazishda, profilaktik tekshirishlarda va o‘lchashlarda aniqlangan nuqsonlar maxsus nuqsonlar jurnalida (kartotekasida) qayd qilinadi va harakteriga qarab, zudlik bilan yoki rejali (rejadan tashqari) texnik xizmat ko‘rsatishda yoki XL ni kapital ta’mirlashda bartaraf etiladi.
9. XL ni kapital ta’mirlash, uning konstruktsiyasiga, elementlarining texnik holatiga va ekspluatatsiya qilish sharoitlariga (tabiiy sharoitlar, atmosferaning va tuproq suvlarining emiruvchanligi, tuproqning holati va boshqalar) qarab, lekin 6 yilda kamida 1 marta o‘tkaziladi. I va P shamol va muzlash xududlarida 0,4 kV kuchlanishli XL tayanchlarining ta’mirlash davriyligini 9 yilgacha uzaytirishga ruxsat beriladi.
10. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, odatda barcha zarur ishlarini bir vaqtning o‘zida bajarish bilan, XL uchirish muddatini iloji boricha qisqartirib, kompleks usulda amalga oshiriladi.
11. Avariyaviy shikastlanishni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida XL ni ekspluatatsiya qiluvchi korxona, belgilangan me’yorlarga ko‘ra materiallar va detallarning avariyaviy zahirasiga ega bo‘lishi shart.
Download 19.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling