2-amaliy mashg’ulot dopusklar maydonlarini o’zaro joylashuvini sxemalarini qurish
Download 92.35 Kb.
|
2-amaliy mashg ulot.docx filename=utf-8 2-amaliy mashg ulot
2-AMALIY MASHG’ULOTDOPUSKLAR MAYDONLARINI O’ZARO JOYLASHUVINI SXEMALARINI QURISHIshdan maqsad: Ma’lumotlardan foydalanish chegaraviy chetlanishlar hamda vallar va teshiklar qo’yimlar maydonlarini aniqlashni o’rganish. Kerakli asbob va anjomlar: Qo’yimlar va o’tkazishlar bo’yicha ma’lumotlar. Nazariy ma’lumotlar: Metrologiya va texnik o’lchash-ishlab chiqarish aniqligini ta’minlash va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo’lib, metrologik xizmatni to’g’ri yo’lga qo’yish, xalq xo’jaligi tarmoqlarini tizimli rivojlantirishning asosiy shartlaridan biridir. Metrologiya-fizik kattaliklarni o’lchash, bu kattaliklarning birligini ta’minlash usullari va vositalari, hamda talab qilingan o’lchash aniqligini olish usullari to’g’risidagi fandir. Metrologiyaning asosiy vazifasi fizik kattaliklar, davlat etalonlari, namunali o’lchash asboblarini belgilash, o’lchash nazariyasini, metodlarini, vositalarini, nazorat va o’lcham birliklarini baholash usullarini ishlab chiqish, o’lchash asboblarining holatini baholash va o’lcham birliklarini etalonlardan ishchi o’lchov asboblariga uzatishlardan iboratdir. Fizik kattaliklar amaliy yo’l bilan aniqlanadi. Aniqlashda texnik vositalardan foydalaniladi. O’lchash natijasida fizik kattalikning miqdori aniqlanadi. O’lchash natijasida aniqlangan kattalik haqiqiy o’lcham deb ataladi. ES=Dmax-D, mm (mkm) Vallar uchun: es=dmax-d, mm (mkm) Teshiklar uchun: EJ=Dmin-D, mm (mkm) Vallar uchun: ej=dmin-d, mm (mkm) 2.1. rasm. CHetlanishlar maydoni. Quyim T deb: ………. CHegarani chetlanishlarning farqiga aytiladi. TD=ES-EJ; Td=es-ej; Detallarni o’tkazish deb ularni biriktirish natijasida hosil bo’ladigan oraliq (zazor) va tarangliklar qiymati bilan bilan harakatlanuvchi birikma turiga aytiladi. Detallarning chegaraviy o’lchamlariga qarab o’tkazishlar oraliq, tarang va o’tuvchi bo’lishi mumkin. Oraliqli o’tkazish-bu o’tkazishda birikma hosil qilgan ikki detal o’rtasida ma’lum miqdori oraliq qoladi. Bu o’z navbatida detallarni bir-biriga nisbatan o’tkazuvchanligini ta’minlaydi: Smax=Dmax-dmin; Smin=Dmin-dmax; Tarang o’tkazish-bu holda detallar bir-biri bilan jips (qo’zg’almas) birikadi. Nmax=dmax-Dmin; Nmin=dmin-Dmax ; O’tkazish quyim-ruxsat etilga yuqorim orliq yoki tarangli ko’rsatkichlari o’rtasidagi farq: TS=Smax-Smin; TN=Nmax-Nmin; O’tuvchi o’tkazishmalarda o’tkazish quyimi yuqori oraliq Smax va yuqori taranglik Nmax ko’rsatkichlarni yig’indisi sifatida aniqlanadi. TY=Nmax+Smax; Hamma turdagi o’tkazishlar uchun o’tkazish quyi birikmadagi detallar quyimlarning yig’indisiga teng bo’ladi: TY=TD+Td 2.2. rasm. CHetlanishlar maydoni. Ish bajarish tartibi: 1,1. Berilgan o’tkazish uchun ma’lumotnomalardagi jadvallardan teshik va val uchun chetlanishlarni aniqlash. 1,2. Quyimlar maydoni sxemasini tuzish. 1,3. Berilgan teshik va val uchun chegaraviy o’lchamlar va quyimlarni aniqlash. 1,4. Birikmani o’tkazish ko’rsatkichlarini aniqlash. 1,5. Birikma va uning detallari eskizlarida o’tkazish turlarini ko’rsatish. Quyidagi maydonning sxemasini chizamiz: 1-rasm.O’zaro chetlanishlarning joylashishi CHegaraviy o’lchamlarni teshik va valni quyimlar miqtorini aniqlaymiz. Dmax=D n+ ES=40+0.025=40.025mm Dmin=Dn+EJ=40+0=40mm TD=Dmax-Dmin=40.025-40=0.025mm dmax=dn+es=40+(-0.025)=39.975mm dmin=dn+ ej=40+(-0.050)=39.950mm Td=dmax-dmin=39.975-39.950=0.025mm Oraliqli o’tkazish uchun oraliqni yuqori va quyi qiymatlarini va oraliqni quyimini aniqlaymiz. Smax=Dmax-Dmin=40.025-39.950=0.075mm; Smin=Dmin-dmax=40-39.950=0.025mm; TS=Smax-Smin=0.075-0.025=0.050mm; Birikma eskizida chegaraviy o’lchamlarni (qurish chegaralari bilan) o’tkazish turini ko’rsating 2-rasm. Val bilan vtulkaning joylashishi. Download 92.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling