2. Birinchi shina. Yangi avlod grafik chiplari


Download 423.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.09.2020
Hajmi423.44 Kb.
#131935
Bog'liq
Маъруза№12 vidio adapter


12-Ma`ruza: Videosistemaning tuzilishi va ishlash printsiplari. 

Reja 

1.  Oxirgi avlod videokartalari - nVidia GeForce 6 va ATI Radeon X yangi 

mahsulotlari bilan yaqinroq tanishtiramiz   

2.  Birinchi shina. 

3.  Yangi avlod grafik chiplari. 

Ba'zan  bo'lsa  ham  zamonaviy  kompyuter  o'yinlarini  o'ynaydigan  har  qanday 

foydalanuvchi  o'yinli  qo'shimchalarning  qulayliklari  to'laligicha  grafik  adapterlar 

mahsuldorligiga  bog'liq  bo'lishini  biladi.  Shu  bilan  birga  shaxsiy  kompyuter  sotib 

olayotganda  videokarta  masalasiga  kelganda  ko'pincha  foydalanuvchilarda 

ikkilanish paydo bo'ladi, qarama-qarshi fikrlar mahsuldor grafik adapter sotib olish 

istagidan  aynitadi?  "Mana  qo'shnim  GeForce  FX5200  videokarta  bilan  o'zining 

kompyuterida  "Need  For  Speed  Underground"  o'yinini  o'ynaydiku,  lekin  hech 

qanday noroziligi yo'q .....- deb o'ylaydi xaridor, - demak u yaxshi, shuning uchun 

men  ham  ortiqcha  ellik  mingni  sarflamayman".  Shunday  qilib.  Avvaldan  o'yinlar 

uchun  mo'ljallangan  shaxsiy  kompyuer  ofisga  mo'ljallangan  mashinaga  o'xshab 

qoladi. 


Eslatib o'taman, har doim ushbu kompyuterda qanday ishlar bajarilishini aniq esda 

tutish kerak va shundan kelib chiqib kompyuterni tuzilishini belgilash kerak - faqat 

shu yo'l bilan kerakli narxi/mahsuldorligi eng yaxshi nisbatlarga erishish mumkin. 

Bu  maqolamizda  biz  zamonaviy  grafik  tezlatgichlarni  o'rganib  chiqishga  va  ular 

nimalarga  qodir  ekanliklarini  tushunib  olishga  harakat  qilamiz.  Biz  nVidia 

kompaniyasi  GeForce  6  series  va  ATI  kompaniyasining  Radeon  X  series 

tezlatgichlari  haqida gapiramiz.2004  yil  yozida  grafik tezlatgichlar bozorida  mana 

shu sohada ikkita asosiy raqobatchilar hisoblangan kompaniyalar deyarli bir vaqtda 

yangi  avlod  chiplarini  chiqardilar.  Kaliforniyadagi  nVidia  kompaniyasi  NV40 

kodli  nomi  bilan,  Kanadaning  ATI  firmasi  esa  R420  kodli  nomi  bilan  grafik 

chiplarni 

taqdimetdilar.  

Xalq orasida bu chiplar nVidia GeForce 6800 va ATI Radeon X800 nomlari bilan 

ma'lumdir.  Avvalgi  avlodlarining  mahsuldorligi  ancha  sekin  o'sib  kelishi 

mazmunida  bu  yangi  grafik  prosessorlarning  chiqishi  haqiqiy  keskin  o'sish  bo'ldi. 

Mahsuldorligi  avvalgi  avlodga  nisbatan  deyarli  ikki  barobarga  ortdi  va  3DMark 

2003 natijalari bo'yicha birinchi bor 10000 "qushchalar" mahsuldorligiga erishildi. 

Bu  yangi  qurilmalarning  imkoniyatlari  eng  zamonaviy  3D-o'yinlar  uchun  hatto 

tasvir sifatini maksimal darajada sozlaganda ham yetib ortadi. 


          

 

 



 

Bu  ikki  kompaniyalar  ichida  ilg'orini  ko'rsatishning  (nVidia  yoki  ATI)  hech  ham 

iloji  yo'q,  bu  ikki  stakandagi  suvlarni  taqqoslash  bilan  barobardir.  U  yoki  bu 

videokartalarga  baho  berishdan  avval  ularning  umuman  qandayligini  bilish  olish 

kerak.  Umuman  olganda  videokarta  -  bu  plata,  prosessor,  xotira  va  sovutish 

tizimidan tashkil topgan shaxsiy kompyuterning  yaxlit bir  grafik tizimidir.  Aytish 

mumkinki,  videokarta  -  bu  shaxsiy  kompyuterning  platformasi  bilan  o'xshash 

tuzilishdagi alohida tizim, lekin u faqat grafik ma'lumotlarni ishlab chiqadi. Ushbu 

holatda  GPU  (Graphic  Processor  Unit)  prosessor  hisoblanadi.  Grafik  prosessorlar 

biz  uchun  odatiy  bo'lgan  markaziy  mikroprosessorlardan  farqli  ravishda  ancha 

oddiyroq  yarim  o'tkazgichli qurilma  hisoblanadi.  Zamonaviy GPU  unchalik  nozik 

bo'lmagan  110/130  nm  texnologik  jarayon  bilan  ishlab  chiqarilmasa  ham  (GPU 

ishlab chiqaruvchi ulkan Intel va AMD kompaniyalari va boshqalar anchadan beri 

90  nm  ishlab  chiqarish  texnologiyasidan  foydalanadilar  va  yaqin  orada  65  nm 

texnologik  jarayonga  o'tishlari  kutilmoqda),  kristallda  tranzistorlar  soni  bo'yicha 

markaziy 

prosessorlardan 

hech 


ham 

qolishmaydilar.  

 

Hamma videokartalar grafik chiplar uchun hech qanday raz'yomlar va slotlarga ega 



emaslar,  GPU  shundoq  pechatli  plataga  to'g'ri  yig'iladi.  Albatta  hozirgi  kunda 

videokartalar sovutish sistemalari bilan ishlab chiqariladi. Eng ko'p issiqlikni GPU 

chiqaradi, lekin ba'zan yuqori mahsuldorxotiralar ham qo'shimcha sovutishni talab 

etadi.  Xotira  chiplariga  passiv  sovutish  yetarli  bo'ladi  (issiqlikni  radiator 

yordamida  yo'qotish),  lekin  topologik  grafik  prosessorlar  sifatli  sovutishni  talab 

etadi,  chunki  ularqittiq  qizib  ketadi.  Odatda  ana'naviy  kullerdan  foydalaniladi, 

lekin  oxirgi  paytlarda  issiqlik  trubkasi  bilan  radiatorlardan  va  hatto  suyuqlikli 

sistemalardan  ham  foydalanilmoqda.  Ish  joyi  kompyuterlari  uchun  sovutish 

sistemalari  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  ko'plab  kompaniyalar  videokartalar 

uchun  sovutish  sistemalari  hisobiga  taklif  etiladigan  yechimlar  sonini  ancha 

kengaytirdilar. 

Ona  plata  kabi  videokarta  platasi  ham  BIOS  lardan  iborat  (Base  Input  Output 

System)  o'zining  doimiy  xotirasiga  ega.ona  platada  bo'lgani  kabi  uni  ham 

proshiva? mumkin, ya'ni videokarta PZU sida BIOS bir versiyasini ikkinchisi bilan 

almashtirish  mumkin.  Platani  quvvat  manbaiga  ulash  ikki  usul  bilan  amalga 

oshirilishi  mumkin:  interfeys  shinasi  orqali  yoki  qo'shimcha  raz'yom  orqali 

to'g'ridan-to'g'ri 

sistema 


quvvat 

blokidan. 

Ikkinchi  usulida  karta  katta  quvvat  sarflashi  va  interfeys  shinasi  orqali  ulanish 


yetarli  emsligi  sababli  foydalaniladi.  Hayotda  bunday  vaziyat  topologik  grafik 

adapterlarning  "muammosi"  bo'lib  qoldi,  chunki  qimmat  va  mahsuldor 

videokartani  sotib  olganda  foydalanuvchi  quvvat  blokini  yanada  kuchlirog'iga 

almashtirishga  majbur  bo'ladi.Videokartani  ona  plataga  ulash  uchun  va  grafik 

adapter  hamda  sistemali  plata  o'rtasida  ma'lumotlar  uzatish  uchun  hozirgi  paytda 

shinalar ikki protokolidan foydalanilmoqda.  

 

 

2. Birinchi shina - AGP boshlang'ich 66 MGs taktli chastotada ishlaydi, o'tkazish 



qobiliyatini  oshirish  uchun  uni  koeffisientlarga  ko'paytiriladi.  AGP  shinasini 

maksimalko'paytmasi 8X, ya'ni natija beruvchi chastotasi 533 MGsni tashkil etadi. 

Maksimal  o'tkazish  qobiliyati  2133  Mb/s  tezlikka  yetadi.  AGP  interfeysi 

(Accelerated  Graphic  Port)  PCI  interfeysi  asosida  ishlab  chiqilgan.  U  deyarli  o'n 

yillar  davomida  o'z  o'rnini  ushlab  turibdi.  Grafik  akseleratorlarda  yangi 

texnologiyani  tadbiq  etish  bo'yicha  ishlab  chiqaruvchilar  o'rtasidagi  raqobatchilik 

kurashi avval AGP davrida bo'lganidek keskin bo'lmagan. Lekin hech narsa abadiy 

emas,  mana  AGP  shinasi  ham  eskirib  qolib  unga  talab  juda  kam.  AGP4x  ona 

platalari va videokartalari endi deyarli ishlab chiqarilmayapti, chunki AGP4x porti 

o'tkazish  qobiliyati  adapterlar  zamonaviy  avlodi  uchun  yetarli  emas.  AGP8x 

shinasi  ishlab  chiqarilayotgan  videoadapterlar  orasida  hali  birinchi  o'rinni  egallab 

turgan  bo'lsa  ham  uning  hajmi  keskin  kamayib  bormoqda.Hozirgi  kunda 

dunyodagi  ish  joyi  sistemalarining  ko'pi  aynan  AGP  interfeysiga  ega,  lekin  uning 

rivojlanish  imkoniyatlari  nihoyasiga  yetdi  va  uning  o'rnini  yangi  PCI  Express 

(PCI-E) shina egallamoqda, uning o'tkazish qobiliyati kanallar sonini oshirish yo'li 

bilan kengaytiriladi. PCI-E 16x  interfeysi  orqali  ma'lumotlar  uzatish tezligi 4Gb/s 

ni  tashkil  etadi.  PCI  Express  shina  orqali  iste'mol  qiladigan  maksimal  quvvati  75 

Vt  gacha  oshirildi.  Umuman  PCI-E  shinasi  juda  moslashuvchan,  uning  hamma 

kanallarini o'yin kartalari kabi aralashtirish mumkin.   Misol uchun videokartalarga 

ikki  slot  uchun  8  kanallar  bo'yicha  ikki  taram  bilan  ajratish  mumkin.  Shunday 

qilib,  PCI-E  interfeysi  bilan  plataga  ikkita  videokartani  o'rnatish  mumkin. 

Umuman  olganda  hatto  ikkita  PCI-E  videokartasidan  parallel  foydalanish 

texnologiyasini  nVidia  taqdim  etdi  ham  va  biz  keyinchalik  bu  texnologiyaga 

qaytamiz,  nihoyat  videokarta  o'zining  operativ  xotira  sistemasiga  ega.  Xotira 

chiplari  to'g'ridan-to'g'ri  videoplataga  o'rnatilgan,  ular  ham  DIMM  operativ  xotira 

oddiy  modullaridagi chiplarga o'xshash ko'rinishga ega.  Grafik tezlatgichlar  yangi 

avlodi  GDDR3  standarti  yuqori  samarali  xotira  bilan  ishlashni  ta'minlaydi,  top-

modellar  uchun  tanlash  vaqti  esa  atigi  2  nanosekundni  tashkil  etadi. 

Videokartalarda  xotiralar  umuman  olganda  ona  platada  bo'lgani  kabi  maqsadlar 

uchun  foydalaniladi  -  prosessor  bevosita  ishlayotgan  ushbu  holatda  grafik 



prosessor, 

ma'lumotlarni 

keshlash 

va 


saqlash 

uchun 


foydalaniladi.  

Biz  videoxotiralar  haqida  gap  boshladikmi,  men  biz  o'ylagandek  "xotira  qancha 

katta bo'lsa, shunchalik yaxshi" deb hisoblash har doim ham to'g'ri emasligini aytib 

o'tishim kerak. Tajribasiz  foydalanuvchini  qiziqtirgan narsaning boqa tomoni  ham 

bor, xotira hajmidan tashqari grafik tezlatgich uchun xotira shinasining kengligi va 

albatta takt chastotasi katta ahamiyatga ega.  Gap shundak xotirani mahsuldorligini 

ob'ektiv  aks  ettiradigan  ko'rsatkichlardan  biri  o'tkazish  qobiliyati  hisoblanadi,  u 

"shina  kengligi  x  xotira  takt  chastotasi"  formulasi  bo'yicha  hisoblanadi.  

Buning  natijasida  ancha  kuchli  chipi  va  tezligi  katta  xotirali  videokarta  ko'pincha 

ancha  kuchsiz  chipli  va  sekin  xotirali  katta  hajmli  kartadan  mahsuldor  bo'lib 

chiqishi  mumkin.  Ko'rib  turganingizdek  videokarta  turli  xildagi  funksional 

bloklardan  tashkil  topgan  sistema    hisoblanadi,  bundan  esa  u  hammasi  birgalikda 

mahsuldorlikka  ta'sir  ko'rsatadigan  turli  parametrlarga  ega  ekanligi  kelib  chiqadi. 

Lekin  shunga  qaramasdan  grafik  sistemaning  eng  muhim  elementi,  "yuragi" 

yanada  aniqroq  qilib  aytsak  "miyasi"  GPU  hisoblanadi.Bugungi  kunda  biz  grafik 

tezlatgichlar  ikki  turkumlariga  egamiz:  nVidia  GeForce  6  va  ATI  Radeon  X.  Bu 

yangi  mahsulotlar  texnik  ko'rsatkichlarini  uzoq  gapirib  o'tirmasdan  ularni 

hammasini jadvalda ko'rsatib o'tamiz.  

 

 

Endi biz "devayslarini"........ ko'rib chiqamiz. Biz hi-end sektori qimmatli topovoy 



tezlatgichlar  haqida  gapiramiz,  chunki  aynan  ular  videoadapterlar  sohasida 

taraqqiyot  namunasi  hisoblanadilar,  ularning  o'rta  va  boshlang'ich  darajasidagi 

kichik  turlari  yetakchilarning  qisqartirilgan  namunalaridan  boshqa  narsa  emas. 

Umuman  olganda  "qisqartirilgan"  degani  koveerlari  soni  kamaytirilgani,  yadro  va 

xotirasi  past  chastotalarini,  xotira  shinasi  "torligi"  va  nihoyat  ancha  sekin  grafik 

xotiradan  foydalanilganidan  iborat.    Kaliforniyaning  nVidia  kompaniyasining 

yangi  avlod  GeForce  6800  Ultra  grafik  tezlatgichlaridan  boshlaymiz.nVidia 

GeForce  6800  Ultrani  ko'rib  chiqishda  birinchi  bo'lib  grafik  chipi  ichidagi 

tranzistorlar soni ko'zga tashlanadi.  220  million tranzistorlar juda katta sondir. Bu 

GeForce  6  dan  avvalgisi  GeForce  FX  dagidan  deyarli  ikki  barobar  ko'pdir.  Shu 

mazmunda  Intelning  yuksak  mahsuldorlikka  ega  Pentium  4  Extrim  Edition 

prosessorlar  modeli  kristalida  170  million  tranzistori  bilan  unchalik  kuchli 

ko'rinmaydi.  Mana  shundan  katta  110  Vt  energiya  sarflash  muammosi  kelib 

chiqadi.  

Chipning  chastotasi  atigi  2,25  MGsni  tashkil  etadi,  bu  texnologik  jarayonda 


muammolar  mavjudligini  ko'rsatadi.  Boshqa  tomondan  nisbatan  kichik  takt 

chastotasi keyingi modellarda chastotasini oshirish imkoniyati borligini ko'rsatadi. 

Lekin  nVidia  grafik  tezlatgichlar  ishlab  chiqaruvchisida  110  nm  ishlab  chiqarish 

texnologiyasi  mukammallashtirilmasa  takt  chastotasi  sezilarli  oshirish  haqida 

o'ylamasa ham bo'ladi, chunki issiqlik chiqarish har qanday oqilona chegaralardan 

chiqib  ketadi.  Aytgandek,  nVidia  chiplarining  issiqlik  chiqarishi  va  energiya 

sarflashi  haqida.  NV40  chipi  asosidagi  videokartalar  birinchi  sempllari  AGP 

interfeys  porti  orqali  sistemali  platadan  quvvat  olishidan  tashqari  hatto  ikkita 

ajratilgan kanallar bo'yicha qo'shimcha quvvat olishni talab etadi va shunga binoan 

qo'shimcha  ikkita  quvvat  olish  raz'yomiga  ega  edi.  Bunday  videokarta  bilan 

sistemaning  barqaror  ishlashi  uchun  esa  kamida  480  Vt  kuchga  ega  quvvat  bloki 

talab etiladi, u ham qimmat turadi, ham barcha yerda sotilavermaydi. PCI-Express 

interfeysi  bilan  GeForce  6800  Ultra  versiyasi  yangi  shina  75  Vt  quvvat  iste'mol 

qiluvchi  qurilmani  ishlashini  ta'minlashi  sababli  qo'shimcha  bitta  quvvat 

raz'yomiga ega.  

 

 



 

Har  qanday  holda  ham  nVidia  chiplari  asosidagi  yetakchi  videokartalari  ona 

platada  ikkita  slotlar  o'rnini  egallaydigan  katta  va  kuchli  sovutish  sistemasiga  ega 

qurilmadan  iboratdir.GPU  da  konveerlar  sonini  oshirish  holati  juda  ham 

qiziqarlidir.  Yangi  chiplar  16  pikselli  va  6  cho'qqili  konveerlarga  ega,  bu  avvalgi 

avlodda  bo'lganidan  ikki  barobar  ko'pdir.  Grafik  prosessor  tomonidan  deyarli  bir 

xil  ma'lumotlar  to'plami  ishlab  chiqiladi.    Bundan  tashqari  ko'pchilik  ma'lumotlar 

bir  vaqtning  o'zida  ishlab  chiqilishi  mumkin,  chunki  bir-biriga  bog'liq  bo'lmagan 

bir nechta tuzilishi bo'yicha umuman bir xil, o'xshash oqimlarda boradilar. Shuning 

uchun  grafik  prosessorlarni  mahsuldorligini  chiplarning  takt  chastotalari  hisobiga 

emas,  balki  konveerlar  sonini  oshirish  hisobiga  kuchaytirish  mumkin.  Bu  to'g'ri 

yo'l,  chunki  3D-akseleratori  bilan  tasvirni  ishlab  chiqish  har  bir  bosqichida  GPU 

bir-biriga  o'xshash  harakatlarni  bajaradi,  ularni  osongina  oldindan  bilish  mumkin. 

Misol  uchun,  uchburchaklar  cho'qqilarini  ishlab  chiqish  uchun  uchta  mustaqil 

konveerlar  talab  etiladi.  cho'qqilari  bir-biriga  bog'liq  bo'lmagan  holda  hisoblanar 

ekan, unda ular parallel hisoblanashi mumkin, konveerlar ustidan nazorat bloki esa 

bajarilayotgan  cho'qqi  sheyderi  dasturiga  qarab  ular  o'rtasidagi  vazifalarni 

taqsimlaydi.Pikseli operasiyalar bilan ham xuddi shunday holat sodir bo'ladi, faqat 

cho'qqili  konveerlardan  farqli  ravishda  tasvirni  tayyorlash  jarayoni  pikselli  qismi 

katta resurslar talab etadi, xususan ancha keng qo'llanilishi sababli, shuning uchun 

grafik  chipda  pikselli  konveerlarning  soni  ancha  ko'pdir.  Aynan  pikselli  va 


cho'qqili 

konveerlar 

sonini 

ikki 


barobarga 

oshirish 

hisobiga 

grafik 


akseleratorlarning mahsuldorligi avvalgi avlodlariga qaraganda shunchalik sezilarli 

ortdi.nVidia  yangi  chipi  GDDR3  SDRAM  to'rt  kanalli  xotira  kontrolleri 

ko'rinishida  xotirani  ta'minlay  oladigan  va  256-bitli  xotira  shinasiga  (64  bit  x  4) 

ega  bo'ldi.  GDDR3  standarti  -  bu  JEDEC  (Joint  Electronic  Devices  Engineering 

Council  -  Elektron  komponentlarni  hamkorlikda  ishlab  chiqish  kengashi) 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan  grafik  xotira  chiplari  umuman  yangi 

arxitekturasi. ATI kompaniyasi grafik xotira yangi standartining asosiy loyihachisi 

bo'ldi.  GDDR3  standartining  asosiy  ustunliklari  uning  ancha  oddiy  arxitekturasi, 

iste'mol  qiladigan  quvvati  ancha  pasaytirilishi  va  mukammallashtirilgan 

sinxronizasiyasi  va  demak  issiqlik  ajratishi.  GDDR  va  GDDR2  standartlari  bilan 

to'la mos kelishi hisoblanadi. 

Yangi  avlod  grafik  chiplari  BGA  turidagi  qoplamada  ishlab  chiqariladi,  shu 

sababli  hozircha  nisbatan  qimmat  narxga  ega.  GeForce  6800  Ultra  grafik 

prosessorlari  bilan  videokartalar  256  Mb  hajmdagi  shunday  xotira  bilan 

ta'minlangan.  Takt  chastotasi  550  MGsni  tashkil  etadi  (samaralisi  DDR  prinsipi 

bo'yicha 110 MGsni). Xotira masalasiga yana qaytib yurmaslik uchun ATI Radeon 

X850XT  asosidagi  grafik  adapterlar  GDDR3  xotirasi  xudi  shunday  hajmiga  ega, 

kontrolleri esa xuddi shunday 256 bit razryadli shina ishini ta'minlaydi.NV40 ning 

ustunligi unda paydo bo'lgan DirectX 9.0c to'la apparatli ta'minlashi hamda Shader 

Model  3.0  dasturlashtiriluvchi  sheyderlar  yangi  modeli  bilan  ishlashni  ta'minlashi 

hisoblanadi,  bu  o'yinlar  yaratuvchilarga  ko'plab  yangi  funksiyalarni  amalga 

oshirishga imkon beradi. Funksionalligi ushbu darajasi zamonaviy API (Aplication 

Programming Interface  - qo'shimcha dasturli  interfeysi)  imkoniyatlari chegarasida 

amalga  oshiriladi.  Bundan  muhim  yangiliklar  kiritilishi  bilan  birga  grafik 

tezlatgich  nVidianing  IntelliSample  texnologiyasi  asosida  16-karralik  anizotrop 

filtrasiyaga  ham  ega  bo'ldi.  Bu  esa  ilgari  ATI  grafik  prosessorlari  asosidagi 

videokartalarda  bo'lgan,  bundan  tashqari  o'rnini  bosish  deb  ataluvchi 

(Displacement  Mapping)  kartalar  bilan  ishlash  imkoniyatiga  ega  bo'ldi.  Ultra 

Shadow  II  soyalari  yaxshiroq  ishlash  bo'yicha  funksiyasi  paydo  bo'ldi.  Ammo 

nVidia shu bilan cheklanib qolmadi va yanada qiziqarli yangi SLI texnologiyasini 

taqdim etdi. SLI (Scalable  Link Interface)  nVidia  grafik  yadrosi bilan  ikkita  PCI-

Express videokartasidan bir sistemada, ya'ni bita ona platada foydalanish imkonini 

beradi. Kartalar maxsus konnektorlar bian ulanadi va bitta sifatida ishlaydi. Oddiy 

qilib aytganda hisoblashda sahna ikki qismga ajraladi, birinchisi sahnaning yuqori 

qismi,  ikkinchisi  esa  albatta  uning  pastki  qismi  bo'ladi,  tezlatgichlar  bo'yicha  ish 

ikkala kartadan ham samarali foydalanish mumkin bo'ladigan qilib taqsimlanadi va 

hisoblanayotgan  sahnaning  o'zgarishiga  qarab  dinamik  boshqarilib  boriladi. 

Samaradorligi  ikki  barobarga  oshmaydi,  lekin  baribir  sezilarli,  o'sish  30-90  %  ni 

tashkil  etadi.  Bu  ko'p  jihatdan  o'yin  qo'shimchasi  SLI  parallellashtirilishiga 

qanchalik  moslashtirilganligiga  bog'liq  bo'ladi.  Aslida  SLI  yangi  texnologiya 

hisoblanmaydi.  Esingizda  bo'lsa  1998  yilda  3Dfx  kompaniyasi  Voodoo  2 

videokartasi  samaradorligini  oshirish  uchun  taklif  etilgan  edi.  SLI  ni  amalga 

oshirish  uchun  mablag'  jamlash  kerak  -  juda  qimmat  turadi.  GeForce  6800  yoki 



6600  asosidagi  ikkita  topologik  videokartadan  tashqari  200  dollardan  qimmat 

turadigan SLI texnologiyasida ishlaydigan ona platani va qimmat turadigan quvvat 

blokini  sotib  olish  kerak.  Albatta,  SLI  texnologiyasi  keng  tarqalmadi,  umuman 

shunday  bo'ladimi  xali  noma'lum,  ammo  samaradorligi  bo'yicha  u  nVidiani 

raqobatchilari  yeta  olmaydigan  darajada  oldinga  olib  chiqadi.  Bunday 

raqobatchilik  keskin  kurashlarida  biz  oldindamiz  deb  ayta  olish  juda  ham 

muhimdir. Endi  ATI kompaniyasining  grafik tezlatgichi bilan  tanishamiz. Radeon 

X850XT grafik prosessori kristalida ancha kam tranzistorlardan tashkil topgan 160 

million,  bu  uning  yuqori  samaradorlik  ko'rsatishiga  to'sqinlik  qilmaydi,  chiplar 

kattaligidagi bunday farq ATI va nVidia arxitekturalaridagi farq sabablidir. Grafik 

tezlatgichning  takt  chastotasi  520  MGsni  tashkil  etadi.  Shu  bilan  birga  kristalida 

tranzistorlar  soni  kam  bo'lgani  Low-K  dielektrikidan  foydalanilgan  texnologik 

jarayoni  sababli  sarflaydigan  quvvati  va  issiqlik  ajralishi  unchalik  katta 

emas.Bundan  tashqari  mobil  yechimlar  uchun  hamma  quvvat  tejash  ATI 

texnologiyalari  odatiy  ATI  grafik  prosessorlarida  ham  tadbiq  etilgan  -  konveerlar 

hech  qanday  vazifani  bajarmay  turganida  ular  ishlamaydilar.  Buning  natijasida 

sovutish  sistemasi  umuman  kartaning  o'zi  ham  ancha  katta  ko'rinsa  ham,  lekin 

nVidia chiplari asosidagi mahsulotlardan ixchamroqdir. Shunga qaramay, ular ham 

qo'shimcha  quvvat  manbai  va  kuchli  quvvat  blokiga  ega.  Radeon  X850XT  grafik 

adapterlari  xotirasi  1080  MGs  chastotada  ishlaydi.  Radeon  X850XT  prosessorlari 

piksellar va konveerlar cho'qqilari soni GeForce 6800 Ultra konveerlari soni bilan 

teng - 16 va 6. cho'qqilar dasturlari oltita bloklari (avvalgi to'rtta o'rniga) sekundiga 

750  million  poligonlar  tayyorlaydi,  solishtirish  uchun  -  NV40  chipi  ishlash 

chastotasi kichikligi hisobiga sekundiga 600 million poligonlar namoyish etadi. 

 

6 pikselli konveerlar esa (eski sakkizta o'rniga) 192 GigaFLOP mahsuldorlik bilan 



bir taktda 80 tagacha sheyderli instruksiyalarni parallel ishlab chiqishga va nazariy 

filreyti  bilan  (to'ldirish  tezligi)  sekundiga  8,8  dan  ko'p  gigapiksellarni  ishlab 

chiqishga qodir.Pikseli sheyder konveeri  ikkita  vektorli  va ikkita skalyar  ALUdan 

tashkil topgan. Yana  bitta  manzilli  ALU  va F-Buffer  maxsus bloki  OpenGL  uzun 

sheyderlari  bilan  ishlaydi.  To'la  ekranli  silliqlash  uchun  javob  beradigan  Smooth 

Vision  moduli  qayta  ishlab  chiqilgan  -  temporal  antialiasingni  amalga  oshirish 

imkoniyati  paydo  bo'ldi.  Bu  texnologiya  juft  va  toq  kadrlarning  har  biri  uchun 

antialiasing  turli  maskalarini  (niqoblarini)  qoplash  bilan  ularni  tez  almashtirishga 

asoslangan.  Ya'ni  temporal  antialiasing  sistemasi  xaqli  ravishda  samaradorligi 

pasaytirilmasdan turib silliqlash sifatini  bepul  ikki barobarga oshirish  hisoblanadi. 

Umuman  olganda  R360  davridan  beri  R420  yangi  chipida  boshqa  muhim 

arxitektur  o'zgarishlar  amalga  oshirilmadi.  Yangi  texnologiyalar  bilan  ishlash 

masalasida Radeon X850XT prosessori GeForce 6800 kabi ma'qul ko'rinishga ega 


emas  -  ATI  kompaniyasi  yangi  avlod  chipi  3.0  versiyali  sheyderlari  bilan  ishlash 

imkoniyatiga va DirectX 9.0c va Open GL 1.5 da ulardan foydalanish imkoniyatini 

beradigan API yangi versiyalariga ega bo'lmadi.  

 

Boshqa  tomondan  bugungi  kunda  Shader  Model  3.0  dan  foydalanishga  o'tish 



to'g'rimi, buni aytish qiyin.Vaziyat yana shunisi bilan murakkablashadiki o'yinlarni 

yaratuvchilarning 

hammasi 

ham 


sheyderlar 

ikkinchi 

versiyasiga 

o'tib 


bo'lmaslaridan  uchinchisi  paydo  bo'ldi.  Bu  amalda  o'zlarining  mahsulotlarining 

to'la  funksionalligini  ta'minlashlari  uchun  dasturchilarga  o'yinlar  uchta  versiyasini 

yozishlariga  to'g'ri  kelishini  angatadi.  Asta-sekin  sheyderlar  3-versiyasi  tarqalib 

bormoqda.  

 

 

Bu jarayon qanday davom etadi. Lekin shina bo'lsa ham Radeon X series ular bilan 



ishlashni  ta'minlamaydi.  ATI  kompaniyasining  3Dc  normalarini  siqish  yangi 

texnologiyasi  alohida  e'tiborga  loyiq,  uning  yordamida  tasvirning  ancha  katta 

aniqligiga erishish mumkin.Demak, oxirgi avlod grafik tezlatgichlari ishtiroki bilan 

umumiy  ko'rinish  asosiy  belgilari  tasvirlab  berildi.  Ikala  holatda  ham 

mahsuldorlikning keskin o'sishi juda katta.  

Aytgandek,  bu  o'rta  va  quyi  narxli  diapazonlar  uchun  ham  tegishlidir.  Avvalgi 

avlod  topologik  grafik  akseleratorlari  ancha  ortda  qoldi  va  o'rtacha  qimmatga  ega 

mahsulotlar  qatoriga  kirdi.  Yangi  texnologiyalarni  hisobga  olsak,  undan  ham  past 

qatorga  tushadi.  nVidia  GeForce  6800  Ultra  va  ATI  Radeon  X850XT 

mahsuldorligi bo'yicha deyarli bir xil. Radeon X850XT foydasiga bir necha ballar 



(mingdan)  va  fps bir  necha o'ndan bir qismi (frames per second  - sekund kadrlar) 

ustunligini  hisobga  olish  ahamiyatga  ega  emas.  Stakandagi  suv  esingizdami? 

Tasavvur  qiling  birinchisida  250  gramm  suv,  ikkinchisida  esa  249  gramm.  Bu 

qaysi stakandagi suv bilan chanqoqni to'la qondirish mumkinligini anglatmaydiku. 

Ancha kam quvvat sarflashi, yuqori mahsuldorligi bilan Radeon X800 nVidia chipi 

ega bo'lgan hamma texnologiyalar oldida maqtana olmaydi  - Radeon X sheyderlar 

3-versiyasi  bilan  ishlash  imkoniyatiga  ega  emasku.  Shu  bilan  bir  vaqtda  nVidia 

ham  ATI  kabi  yuqori  energetik  va  issiqlik  chiqarish  xarakteristikalari  bilan 

maqtana olmaydi, lekin nVidianing texnologik yetakchiligi o'zgarmay qoldi, hi-end 

sektorida  tanlash  juda  qiyin.  Bu  yerda  narxlar  va  shaxsiy  afzal  bilish  asosiy 

mezonlari  bo'lib  qoladi.  Har  qanday  bo'lganda  ham  Ati  Radeon  9xxx  seriyali  va 

nVidia  GeForce  FX  seriyali  prosessorlari  asosidagi  videokartalar  o'zlarining 

afzaliklarini  yo'qotmaydilar  va  eng  zamonaviy  3D-o'yinlar  talablarini  qondirishga 

qodir  emaslar.  Bu  seriyalarning  ko'plab  modellari  sotuvda  mavjud,  lekin  ularning 

narxlari  qulayligiga  qaramay  sotib  olishdan  ma'no  yo'q,  ATI  RadeonX  va  nVidia 

GeForce  6  chiplari  bilan  videokartalari  kelajak  uchun  katta  imkoniyatlarga  ega 

mos tanlov bo'lib qoladi. 

 

 



Asоsiy adabiyotlar  

1

. Безуглов  Д.А.,  Калиенко  И.В.  Цифровые  устройства  и   микропроцес-



соры. -Ростовн/Д.: Феникс,2006. 

2. Aripov M., Xaydarov A., "Informatika", T., O`zMU, 2002 yil , 600 bet 

3. G`aniev  S.K.,  Karimov  M.M.,  Mambetov  N.M.  Hisoblash sistemalarining 

informatsion asoslari. Oliy o`quv yurt.stud. uchun  darslik.  -Toshkent.: TDTU, 

2002. 

4. M.Aripov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. o’quv qo’llanma. – T.: 2009. 



 

Qo’shimcha adabiyotlar 

5.Савелев А.Я. Основы информатики. Учеб. Для вузов.-М Изд - во МГТУим. 

Н.Э Баумана, 2001. 

6.Aripov  M.  va  boshqalar  Informatika  va  informasion  texnologiyalar.  Oliy  o’quv 



yurti talabalari uchun darslik T. 2005 y. 

Download 423.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling