2 bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar 1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring


Download 61.19 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi61.19 Kb.
#117010
Bog'liq
032-19 Karimov Azamat Falsafadan 2-Topshiriq


2 - bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar

1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.

Bilish bosqichlari va darajalari

Falsafiy qonun va kategoriyalarning izohi

Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va o`ziga xos bo`lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushquldir. Hozirgi zamon Karb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim xosil qilish usullarini o`rganuvchi maxsus soxa — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muxim.

Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib, xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.

Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.

Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.


Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan. Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etganmiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan aloqadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqiqada bu holatning sodir bo‘lib turishini isbotlaydi.

Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma'lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k.) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib berishdan iborat. Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s'ezd, plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot — kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‘lishganini va bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma'lum. Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e'tiborga olingan.



Kategoriya o‘zi nima. Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma'nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilmaxillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta'riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob'ektiv voqyelikning umumlashgan in'kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e'tirof qilinadi. Ma'lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika 11 (notiqlik san'ati) fanlari sistemalashgan, ya'ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta'riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob'ektiv voqyelikning in'ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqyealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma'noda borliq, voqyelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta'minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.



2-topshiriq. Berilgan savol bo‘yicha qiyosiy tahlil qiling


Qadriyat va madaniyat tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi va farqi



Madaniyat inson faoliyatining ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir.



Qadriyat-voqealikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy,ijtimoiy, axloqiy, madaniy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.



Madaniyat, musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, me’morchilik, teatr, kinomatografiya turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin



Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsalar, masalan:



Madaniyat-jamiyat, inson ijodiy kuch va qobilyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi



Erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go’zallik, an’ana, urf-odat Qadriyat hisoblanadi


3-topshiriq. Кlaster asosida berilgan savolga javob bering


Ilm-fandan xavfli kasalliklarni davolash maqsadida foydalanish zarur



Dunyo okeanidan unumli foydalanish kerak, flora va faunani asrash

Iqtisodiy qoloq mamlakatlarda qashshoqlikni tugatish



Global muammolarning falsafiy tahlili va yechimlari



O’rmon boyliklarini avaylash, o’rmon kesilgan hududda qayta tiklash kerak

Yadro urushini oldini olish,yadro qurolisiz dunyoni barpo etish;

Qoloq mamlakatlardagi aholini bor resurslaridan foydalanish bilan iqtisodiy ahvolni yaxshilash



Download 61.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling