2-dars. Chet til o‘qitishning umumta’limiy maqsadi


Download 23.6 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi23.6 Kb.
#1715010
Bog'liq
2-dars. metodika .


2-dars. Chet til o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
Chet til — bu xorijiy mamlakat tili. Respublikamizda G ‘arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, fransuz) tillari va Sharq (arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind) tillari o‘qitilmoqda. Ular ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan o‘rin olgan. Uchala tilni o‘qitish jarayoni turlicha kechadi: birinchidan, ona tilida tafakkur shakllanadi, o‘zga tillami o‘rganish ulardagi fonetika, leksika va grammatikaga xos xususiyatlami his etish bilan bog‘liqdir; ikkinchidan, o ‘rganish tartibi ona tilidan boshlanib, undan keyin ikkinchi til va, nihoyat, chet tilga o‘tiladi; uchinchidan, ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o ‘rganiladi.
Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Qayd etilgan muhokamadan ayon bo’ladiki, uchala til orasida chet tilni o‘rgatish-o‘rganish muayyan jihatlari bilan keskin farqlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchining to'plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi. Til tajribasi termini Yevropa tillarida chop etilgan metodik adabiyotlarda deyarli uchramaydi, chunki rus (Rossiya Federatsiyasi nazarda tutiladi), ingliz, nemis, fransuz maktablarida yagona ona tili chet til o‘rganishda hisobga olinadi.
O ‘zbekiston maktablarida esa ona tili va ikkinchi tildan hamda o‘rganilayotgan chet tilning o‘zidan to‘plangan yaxlit til tajribasi xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarga chet til uchinchi til sifatida o‘rgatiladi. Majburiy o‘quv predmetlaridan bo‘lmish chet til, boshqa fanlar qatorida umumiy ta’lim berishda o‘z ulushini qo‘shadi. Chet til o‘rganish natijasi ham, jarayoni ham umum ta’limiy ahamiyatga molikdir. Chunki chet til vositasida olinadigan axborotdan tashqari, uni o‘rganish jarayonida qo'llanadigan til birliklari tafakkumi rivojlantiradi, nutqning ifoda planidagi yangi hodisalar o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ularning til tajribasini boyitadi. Til materialida o‘quvchilar ona tiliga mos kelmaydigan hodisalarga duch kelishadi. Mas. grammatikada fe’l zamonining murakkab shakli, leksikada polisemiya (ko‘p m a’nolilik)ning ushbu tilga xos ko‘rinishlari, talaffuzda ona tili yoki ikkinchi tilda uchramaydigan fonetik birliklar shular jumlasidandir.
Juda ko‘p lisoniy hodisalar turli tillarda o‘xshash bo‘ladi. Tillardagi mushtaraklik va tafovutlami bilib olish o‘quvchi bilim saviyasining oshishiga yordam beradi. O‘quvchilar tili o‘rganilayotgan mamlakat(lar) madaniyati, san’ati, tarixi, adabiyoti, urf-odatlari, an’analaridan voqif bo‘- lishadi. Xalq madaniyati xazinasi sifatida tilning kumulativ vazifasidan bahramand bo‘lishadi. O‘rganilayotgan chet tilning kom m unikativ vazifasini 43 egallashda o‘quvchilar mazkur til ko‘zgusida o‘z ona tili (va ikkinchi til)ni ,,tomosha“ qilish baxtiga muyassar bo‘ladilar.
Til o‘rganishning ilk bosqichida leksik, grammatik va talaffuz birliklarini og‘zaki nutq jarayonida o‘zlashtirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Yuqori bosqichda chet tildagi grafik va audiomatndan axborot yig‘ish o‘quvchilarda hayotiy yangiliklarni bilish ishtiyoqini kuchaytiradi. Xullas, maktab o‘quvchisi chet tilni umumta’limiy maqsadda o‘rganar ekan, u ikki xil mazmundagi ta’limiy ma’lumot olishga erishadi. Birinchi turdagi axborot o‘rganilayotgan chet til (leksik, grammatik va talaffuz) materialini izohlab beruvchi qoidalar, tushunchalar va tilning o‘ziga xos hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topadi.
Til haqida o ‘zlashtiriladigan oddiy bilim chuqur nazariy sistem adan butunlay farq qiladi. Chet til o‘qitishni nazariylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Sodda nazariya nutq ko‘nikm alarini shakllaritirish uchungina yetarli bo‘lishi metodik qonuniyat hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda e’tirof etilgan va muallimlar tan olgan „chet tilda nutqni o‘rgatamiz“ (chet til haqidagi bilim lar yig‘indisini emas), degan metodik shiorni esdan chiqarmaslik kerak. Chet tildan ko‘ra ona tili va ikkinchi til o‘qitilishida ularga oid umum ta’limiy axborotlar kengroq hajmda o‘zlashtiriladi. Zero, birinchi va ikkinchi navbatda o‘rganiladigan tillarni o‘qitish tabiiy sharoitda o‘tadi va ularga ajratilgan o‘quv rejasidagi dars soatlari miqdori ancha ko‘p. Shunga muvofiq umumta’lim ahamiyatiga molik nazariy, lingvistik ma’lumotlar ona tili va ikkinchi tilda bemalol o‘rganila beradi. Tillarni o ‘qitishda tilshunoslikka doir bilim lar nisbatini quyidagi hayotiy lavha bilan qiyoslab o‘tish o‘rinlidir. Shahar qancha katta bo‘lsa, transport haydovchilar ko‘cha harakati qoidalarini shunchalik mukammalroq bilishi talab etiladi. Mas. Nyu-York, Tokio, Seul, Moskva, London kabi shaharlarda aholi soni haddan tashqari ko‘p va zich, ko‘chalardagi avtomobil va piyodalar miqdori ham shunga yarasha. Demak, transport boshqaruvchi ham da piyodalar nihoyat ko‘p sonli ko‘cha harakati haqidagi va boshqa axborotni xotirada saqlashi zarur. Yoki Toshkent, Kobul, Tbilisi shaharlarida yuqoridagilarga nisbatan kamroq bilimga ega haydovchi transportni boshqara oladi. Qishloq yoki kichik shaharlarda transport boshqaruvchi yanada ozroq axborot sohibi bo‘lishi mumkin.
Tilni ,,boshqarish“ qoidalarida ham mazkur misolga monandlik seziladi, ya’ni ona tilida nazariy bilim maksimal miqdorda, o‘rtacha m uhitda — ikkinchi tilda tilshunoslik asoslari qisqartirilib, chet tilda — chegaralangan sharoitda minimal hajmda sodda nazariya, ya’ni oddiy o‘quv qoidalarini bilish tavsiya qilinadi. Chet tilga oid ta ’limiy material hajmi torligiga qaramay, yaratilgan sharoitga yarasha ish yuritiladi. Ta’limiy maqsadda chet til o‘rganishning o‘quvchi mantiqiy tafakkurini baholi qudrat rivojlantirishga va xotirasini yaxshilashga hamda ularning bilim saviyasi va umumiy madaniyatini ko‘tarishga nafi tegadi. Chet til o‘rganish tufayli o ‘quvchilar til hodisalarini nutqdagi real faktlar sifatida o‘zlashtiradilar. Chet tilni nutq muloqoti darajasida o‘rgana borib, o‘quvchi til vositalari (ifoda plani) zaminida uning m azm un planini fahm lab oladilar.
Demak, umum ta’lim obyekti uchta: til hodisasi, tushuncha va qoidalar va nutq (matn) mazmuni. Ulaming muayyan hajmi va o ‘lchovlari bor. Nutq faoliyati yuritish, natijada axborot almashish, chet til o ‘quv predm etini o‘qitish oldida turadigan ko‘p qirrali yagona maqsaddir. Lekin nutqda qo‘llanadigan materialning o‘zi ko‘nikmaga aylanuvchi bilim, undan hosil bo‘ladigan mavhumot shaklidagi bilim esa sodda-sodda qoidalar (mavhumotlar) tizmasidir. Bir so‘z bilan, qoidalar, til birliklari va matnlar mazmunini bilish chet tilda umumta’lim olish hisoblanadi.
Umumta’lim chet tilni amaliy bilish chog‘ida ro‘yobga chiqadi. Amaliy bilish tarbiya berish uchun ham asosiy yo‘l sanaladi. Chet til o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. Ta’lim va tarbiya hamjihatligi qadim zam onlardan kishilarga m a’lum. Ta’lim o‘choqlari, so‘zsiz, tarbiyaga ham e’tiborni qaratadi, tarbiyalash yoki tarbiyalanish tushunchasini ta’limsiz tasaw ur etib bolmaydi. Inglizcha yagona education so‘zining m a’nosi ta’lim va tarbiyani o‘z ichiga olishi ramziy misoldir. O‘quvchilarni tarbiyalash borasida maktab o‘quv predmetlarining o‘z o‘rinlari bor. Chet til o'qitishda to‘rt maqsaddan biri tarbiya berishdir. Chet til muallimlari va metodist-olimlari bu masalaga hamisha birdek katta e’tibor berib keladilar. „Иностранные языки в ш коле" („Maktabda chet tillar“) jurnalida chet tilning tarbiyaviy ahamiyatini yorituvchi materiallar ko‘plab chop etilgan.
Ayniqsa, ko‘zga ko‘ringan metodist prof. Inessa Lvovna Bim yozgan ushbu sohadagi maqolalar (1976, № 4, 1984, № 3 kabilar) diqqatga sazovordir. Har bir metodika qo‘llanmasida chet tilning tarbiyaviy tomoni alohida yoritiladi. Metodika fanida chet til o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi qisqacha shunday ta’riflanadi:
O‘quvchilarga g‘oyaviy-siyosiy tarbiya berish, ularda aqliy mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, o ‘quvchilarning bilish faolligini oshirish. Tarbiyaviy maqsad asosan ikki yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi.
Birinchisi, o‘quvchilaming bevosita chet til o‘rganish jarayonida tarbiyalanishi kuzatiladi. Mas. chet til darslari boshlangan sentabr oyining dastlabki kunlarida o‘quvchilarning aksariyati o‘rganilayotgan tilni tinglab tushunishadi va o ‘zlari gapirishga zo‘r ishtiyoq bilan kirishadilar. Ilk darslardayoq chet tilcha salomlashish, xayrlashish, tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar nomlarini bilish, she’r va ashula aytish, o‘yinlar bajarish, tili o‘rganilayotgan xalq va mamlakatga oid m a’lumotlami olish kabilarga juda qiziqishadi. Yangi o ‘quv predmetini o‘rganishga faol safarbarlik ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Shulaming o‘zi ham o‘quvchilarning bilim marralarini egallashga qiziqishlari va aqliy mehnatga intilishlaridan dalolat beradi. Chet til o‘qitishda tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishning ikkinchi metodik usuli ushbu til materialida tarbiyaviy jihatlardan foydalanish hisoblanadi. Mas. o‘zaro chet tilda og‘zaki muloqot chog‘ida suhbatdoshiga hurmat bilan qarash, odob doirasiga kiradigan so‘z va iboralami qo‘llash (rahmat, marhamat qiling kabilar), birgalashib she’rlar, dialoglar aytish, o‘zi va sheriklari xatti-harakatini odob bilan chet tilda sharhlay olish singari yumushlar o‘quvchini madaniyat sari yetaklaydi.
Download 23.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling