2 Laboratoriya ishi Aktiv va sig‘im elementli o‘zgaruvchan tok zanjirida istemolchilarni ulash. Kirish


Download 94.31 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi94.31 Kb.
#1008402
  1   2   3
Bog'liq
2.1-LAB E


2 Laboratoriya ishi




Aktiv va sig‘im elementli o‘zgaruvchan tok zanjirida istemolchilarni ulash.
Kirish
Biz kundalik turmushimizda birlamchi tok manbai sifatida asosan o‘zgaruvchan elektr tokidan foydalanamiz. Vaqt davomida yo‘nalishi va son qiymati davriy ravishda o‘zgaruvchi elektr toki o‘zgaruvchan elektr toki deb ataladi. O‘zgaruvchan elektr toki sinusoidal qonun asosida o‘zgaradi, uning tebranish chastotasi 50 Gs.
Yer yuzining deyarli barcha davlatlarida 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok ishlab chiqariladi. O‘zgaruvchan elektr toki ishlab chiqaruvchi elektrostansiyalarning, gidroelektr stansiyalar , (suv elektrostansiyalari) issiqlik elektrostansiyalari, atom elektrostansiyalari kabi turlari mavjud. Bulardan tashqari o‘zgaruvchan tok aloxida kichik quvvatli generatorlar yordamida ham ishlab chiqariladi, bunda generator ichki yonish dvigateli asosida harakatga keltiriladi. Bunday generatorlarga masalan elektrsvarka generatorlarini kiritish mumkin.
Elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molchilarga elektr liniyalari orqali etkazib beriladi. Elektr uzatish liniyalari elektr simlari va transformator stansiyalaridan iborat. Elektrostansiyalar, elektr uzatish liniyalari va iste’molchilar birgalikda murakkab elektr zanjirlarini tashkil qiladi. Bu zanjirlardagi fizikaviy jarayonlarni o‘rganuvchi elektrotexnikaning aloxida bo‘limlari mavjud.
Umumiy xolda o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarida istemolchilar aktiv va reaktiv turlarga (qarshiliklarga) bo‘lib o‘rganiladi. Aktiv qarshilikda elektr energiyasi bevosita issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Reaktiv qarshiliklarda esa elektr energiyasi elektr va magnit maydonlari ko‘rinishida bo‘ladi. Reaktiv qarshilik ikki xil turga bo‘linadi, sig‘im qarshilik va induktiv qarshilik. Ko‘pchilik elektr zanjirlarida sig‘im elementlari ya’ni kondensatorlar ishlatiladi. Bunday xolda zanjirda reaktiv quvvat paydo bo‘ladi. Quyida sig‘im elementli zanjirning asosiy xusuiyatlari o‘rganiladi.
Tajriba ishiga tegishli nazariy tushunchalar va ma’lumotlar №3 ma’ruzada keltirilgan.



Download 94.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling