2 laboratoriya ishi yorug‘lik diodi. Arduino yordamida yorug‘lik diodini o‘chirib yoqish Ishning maqsadi


Download 1.58 Mb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#249503
  1   2   3   4
Bog'liq
Labaratoriya 2


2 - LABORATORIYA ISHI

Yorug‘lik diodi. Arduino yordamida yorug‘lik diodini o‘chirib

yoqish

Ishning maqsadi: Proteus muhiti bilan tanishish, Arduino va Breadboard yordamida LEDlarni yoqish shuningdek Arduino IDE bilan dastur kodini yozish va ishga tushirish. Darsda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun har bir talaba mustaqil ravishda Arduino IDE asosida berilgan variant bo’yicha dastur kodini yaratish ko’nikmasiga ega bo’lishi.

PROTEUS - bu elektronikani rivojlantirishning barcha yo’nalishlari bo’yicha radioelektron qurilmalarning sxemalarini yaratish, elektron qurilmalarni simulyatsiya qilish uchun analog va raqamli elektronika simulyatori sifatidagi eng qulay dasturiy muhit hisoblanadi. Proteus Arduinoni real tarzda modellashtirishga imkon beradi.



Biz dastur ishga tushirilganda va yuklangandan so'ng quyidagi ish maydoni, asboblar paneli va xususiyatlar panelini ko’rishimiz mumkin.

1-rasm. Proteus muhitining dastlabki interfeysi

Muhitdan foydalanishda quyida keltirilgan bir qator komandalar va boshqaruv tugmalaridan foydalaniladi. Jumladan:

New Project - Yangi proyekt (loyiha)yaratish;

Open Project (Ctrl+O) - mavjud loyihalardan birini ochish;

Open Sample Project - loyihaning mavjud shablonlaridan birini ochish;

Import Legacy Project - oldingi loyihani ochish;

Save Project (Ctrl+S) - joriy loyihadagi o’zgarishlarni saqlash;

Save Project As... - loyihani saqlash, versiya yoki turkum bo’yicha saqlash;

Close Project - loyihani yopish;

Explore Project Folder - loyiha saqlangan katalogni ochish;

Edit Project Description - loyiha tavsifini o'zgartirish;



Exit Application – ilovadan chiqish.

2-rasm. Proteus muhitining ishchi maydoni

Rasmdan ko’rinib turibtiki elektr sxema yig'iladigan maydon ekranning asosiy qismini egallaydi. Bundan tashqari, u simulyatsiya paytida kerakli ma'lumotlarni aks ettiruvchi maydonlar ham mavjud.

Elementlarni ishchi maydonga yoki loyihaga qo'shishda ular avtomatik ravishda elementlar ro'yxatiga yoziladi va agar siz bir xil turdagi bir nechta qismlarni loyihaga kiritishingiz kerak bo'lsa, kutubxonani har safar ochishingiz shart emas, shuningdek, ulardan foydalanish uchun kerakli elementni tanlash va ish maydonidagi bo'sh joyni bosish kifoya. Ro'yxat tahrirlash imkoniyati mavjud bo’lib, zarur elementlarni qo'shish va olib tashlash mumkin.




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling