2-Laboratoriya mshg’uloti Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha elektron o‘quv-metodik materiallar tayyorlash


Download 41.54 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi41.54 Kb.
#241452
Bog'liq
2-laboratoriya ishi Sayimov To'lqin


2-Laboratoriya mshg’uloti

Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha elektron o‘quv-metodik materiallar tayyorlash

Elektron ta’lim – bu tez rivojlanuvchi soha hisoblanadi,uning rivojlanishi 1980 – Yillardan keyingi yillardan (masofadan o‘qitish va televizion kurslar shaklida) boshlangan. Texnologiya shunchalik tez rivojlandiki, geografik farqini o‘zingizni auditoriya ichida his qiladigan darajada namoyon qiladigan instrumentlar yordamida ko‘rish mumkin. Elektron ta’lim video, slayd-shou, Word va PDF hujjatlari ko‘rinishidagi turli formatdagi materiallar bilan tanishish imkonini beradi. Vebinarlarni o‘tkazish va o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lish foydalanuvchilarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boorish imkoniyatlaridan biri bo‘lgan chat va forumlar orqali amalga oshiriladi. Ko’plab turli e-Learning tizimlar (bugungi kunda ma’lum bo‘lgan o‘qitishni boshqarish tizimi yoki LMS sifatida) va online kurslar yetkaza olish imkoniga ega bo‘lgan metodlari mavjud. Instrumentlar yordamida online kurslarni va avtomatik adaptiv testlarni yaratish uchun materiallar to‘plami kabi turli jarayonlar avtomatlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Elektron ta’lim o‘quvchilarga ta’limning hayot tarziga aylantirish imkonini beradigan qulay (ko‘p hollarda bepul) yechim hisoblanadi. Bunda xattoki band bo‘lganlar ham keyingi ishlash faoliyatini rivojlantirish va yangi malakalarni olish imkonini beradi. Ta’lim sohasidagi muhim hodisalardan ayrimlari internet paydo bo‘lgandan keyin sodir bo‘ldi. Bugungi kunda o‘quvchilar smartfonlardan foydalanishni, matnli xabarlarni jo‘natishni va internetdan foydalanishni yaxshi bilishadi, shuning uchun on line kurslar bilan ishtirok etish va ishlash oddiy ish hisoblanadi. E’lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoq va kommunikatsiya internetining boshqa turli vositalari o‘kuvchilarga online kurslarda bo‘lishi va o‘rganilayotgan kursga bog‘liq bo‘lgan masalalarni umumiylik hissini ta’minlagan holda, muhokama qilish imkonini beradi. Elektron ta’limning tez o‘zgaruvchan dunyoda, bungungi kunda o‘rganilayotgan kursni yangi va qiziqarli qilish, kurs mazmunini doimo o‘zgartirish, shuningdek talabalarga eng oxirgi axborotni olish imkonini berishi uchun tez yangilash imkonini beradigan texnologiyalar qulaydir. Umuman, an’anaviy o‘qitish juda qimmat bo‘ladi, ko‘p vaqt talab etadi va natijasi farqlanadi. Elektron o‘qitish tez bo‘ladi, anchagina arzon va potensial tarzda yaxshi bo‘lgan alternativani taklif etadi. Elektron ta’lim tarixi. «Elektron ta’lim» atamasi 1999 yildan beri mavjud. Ushbu atama bilan birga «onlayn-ta’lim» i «virtual ta’lim» atamalari paydo bo‘lgan. Shu bilan birga elektron ta’lim asosidagi prinsiplar butun tarix davomida yaxshi hujjatlashtirilgan va elektron ta’lim XIX asrda beri mavjudligi to‘g‘risida dalillar mavjud.



O’quv qo’llаnmаlаr - bu dаrslikni to’ldiruvchisidir. O’quv qo’llаnmаlаr fаnni to’liq qаmrаb оlmаsligi, ya’ni аynаn bir qismini (birnеchtа bo’limini) qаmrаb оlishi mumkin. Dаrslikdаn fаrqli rаvishdа o’quv qo’llаnmаlаrdа nаfаqаt аprоbаtsiyadаn o’tgаn, umumiy qаbul qilingаn bilim vа qоidаlаrni, bаlki  u yoki bu muаmmоni hаl qilishgа dоir turli fikrlаr kiritilishi mumkin. O’quv rеjаgа yangi fаn kiritilgаndа dаstlаb o’quv qo’llаnmаlаr yarаtilаdi. Dаrslik оdаtdа o’quv qo’llаnmаlаr аprоbаtsiyalаri bаzаsidа yuzаgа kеlаdi.

O’quv-mеtоdik tа’minоt o’quv dаsturlаri, dаrsliklаr, o’quv vа uslubiy qo’llаnmаlаrni o’z ichigа оlаdi. Bundа аsоsiy o’rin dаrslik vа o’quv qo’llаnmаlаrigа аjrаtilgаn. Qоlgаn o’quv-mеtоdik tа’minоt аsоsiy dаrslik bilаn yaqindаn bоg’lаngаn bo’lib, dаrslikdаgi g’оyalаrni tushuntirish vа rivоjlаntirishgа хizmаt qilishi lоzim.

Didaktik materiallarni o’quv jarayonida qo’llanilishi

Ta’limni to’g’ri tashkil etishning asosiy komponentlaridan biri bu didaktik vositalar hisoblanadi. Didaktik vositalar va tarqatma materiallar – bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko’rgazmalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’laniladigan tarqatma materiallardir. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va hakozalardir.

Didaktik vositalarni turlari:

- o’rgatuvchi didaktik vositalar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;

- test didaktik vositalar – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;

- mashq qildirgichlar -  avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

- o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi didaktik vositalar.

Fanlardan yaratiladigan didaktik vositalarga qo’yiladigan talablar:

1. Didaktik vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.

2. Didaktik vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning  hisobga olinishi.

3. Didaktik vositalarda ta’lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini  turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish  asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.









O’qitish metodi (grekcha metodos – biror narsaga yo’l so’zidan) – bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining bir-biri bilan bog’langan faoliyatining tartiblangan metodlaridir.

         O’qitish metodlari muammosini qisqacha «qanday o’qitish kerak?» degan savol yordamida ifoda qilish mumkin. Lekin shuni e’tirof etish lozimki, ushbu savolga javob olish uchun «Nima uchun o’qitish kerak? «Nimalarni o’qitish kerak?» va «Kimlarni o’qitish kerak?» kabi savollar bo’yicha yetarlicha axborotga ega bo’lish kerak. Ana shundagina o’qitish maqsadi va mazmuniga, o’quvchilarning fikrlash faoliyati darajasiga to’liq javob bera oladigan o’qitish metodlarini tanlash masalasi hal etilishi mumkin.

         O’qitishning maqsad va vazifalari o’qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan o’rganilishi mumkin. Bunda albatta har bir metod yordamida o’qitish maqsadlariga erishiladi.

         O’qitish metodlari ko’p qirralidir. SHu sababli ham ularni ko’plab tasniflari mavjud. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo’yicha jamlanadi.

An’anaviy tasnif - umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.

Amaliy metoari – tajriba, mashqlar, mustaqil ish, laboratoriya ishi va boshqalar.

Ko’rgazmali metodlar – illyustratsiya, amaliyotni kuzatish va boshqalar.

Og’zaki metodi – tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, ma’ruza va boshqalar.

Kitob bilan ishlash metodlari – o’kish, tez ko’rib chiqish, bayon etish, qayta so’zlab berish, konspekt yozish va boshqalar.



Hozirgi kunda akademik Yu. K. Babanskiy tavsiya etgan tasniflash keng tarqalgandir:

–     o’quv–bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;

–     o’quv–bilish faoliyatini nazorat va o’z–o’zini nazorat qilish metodlari;

–     o’quv–bilish faoliyatini  rag’batlantirish va motivatsiya metodlari;

-       o’quv–tarbiya jarayonida o’qitish metodlari quyidagi funktsiyalarni bajarishi ma’lum;

–     o’rgatuvchi (metod yordamida o’qitish maqsadiga erishiladi);

–     rivojlantiruvchi (metod yordamida o’quvchilar rivojlanishining u yoki bu sur’ati (tempi) va darajalariga erishiladi);

–        tarbiyaviy (metod yordamida tarbiya natijalari oldindan belgilanadi);

–        istak tug’diruvchi yoki motivatsiya (o’qituvchi uchun metod o’quvchida o’qish uchun istak tug’diruvchi va bilish faoliyatini rag’batlantiruvchi vosita bo’lib hizmat qiladi);

–        nazorat–korrektsion (metod yordamida o’qituvchi o’quv jarayonining borishi va natijalarini taxlil qiladi).

 

o’qitishning qiziqtiruvchi metodlari

        Ma’lumki, informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy «Informatika» fanining ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim.

Masalan, ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini bolalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga o’quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina kuchli o’quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni ham qamrab oladi.

Boshqa o’quv predmetlaridan past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ko’pincha informatika darsida yaxshi va tirishqoq o’quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo’lish bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.

O’yinli vaziyat, krossvord va rebuslarni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o’tish o’quvchilarni shunday o’ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohasidagi bilimlarini to’ldirishga undaydi.
Download 41.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling