2-Ma’ruza: Ishlab chiqarishda xavfli zararli xolatlar va baxtsiz xodisalar


Download 291.3 Kb.
bet1/9
Sana07.04.2022
Hajmi291.3 Kb.
#628316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 Mavzu Ishlab chiqarishda xavfli zararli xolatlar va baxtsiz xodisalar
1 -илова Ариза, Konsp Lekz ZM-конвертирован, Toshkent xazinasi, Rasm, Musiqa tarixi, Referat, 8-sinf-jahon-tarixi, Lecture 1, algebra 7, aylana 2, Kimyo 9 uz 30ta, Tezis Andijon, Akramov R Yosh fudbolchilarni tanlab olish va tayorlash, MAVZU, Полиз экинлари биологияси ва етиштириш технологияси 0

2-Ma’ruza: Ishlab chiqarishda xavfli zararli xolatlar va baxtsiz xodisalar


REJA

  1. Shikastlanish va baxtsiz xodisa, kasallik, zararlanish haqida tushuncha.

  2. Xodisalarni tekshirish, xisobga olish. Xodisa sabablarini tekshirish turlari, korxona faoliyatini xavfsizligini baholash.

  3. Ergonomika va psixologiyaning ahamiyati.

  4. Mexnat sharoitining talabga mos tashkil etish usullari, xavfsizlik, ta’minot.



  1. Shikastlanish va baxtsiz xodisa, kasallik, zararlanish haqida tushuncha.

Mehnatni muhofaza qilishning asosiy tushunchalari bo‘yicha iboralar va ta’riflari mavjud bo‘lib, bular mehnat muhofazasining mazmun va mohiyatini bilishga yordam beradi.
Mehnat muhofazasi – qonuniy tizimlar va unga mos keluvchi ijtimiy-iqtisodiy, texnikaviy, gigienik va tashkiliy chora-tadbirlardan iborat bo‘lib, bular ish jarayonlarida insonning xavfsizligini, sog‘lig‘ini ta’minlash va mehnat qobiliyatini saqlashga qaratilgandir.
Me’yoriy ish rejimlaridan chetlashish va xavfsizlik texnikasi talablarining buzilishi ishchilar sog‘lig‘ining yomonlashshuviga olib keladi.
Mehnat muhofazasining vazifasi – ishchilarga jarohatlanishlar yoki kasalliklar olib keluvchi ishlarning ehtimoliligini kamaytirib, yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga erishish uchun qulay ish sharoitini yaratishdan iborat.
Ish jarayonini bajarish paytida ishchi ishtirokida sodir bo‘lgan, xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirida ro‘y bergan hodisaishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa deyiladi. Baxtsiz hodisa tufayli ishchi sog‘lig‘ining yo‘qotilishi yoki yomonlashuvi odatda jarohatlanish deb aytiladi.
Kasbiy kasalliklar – ishchiga zararli ish sharoitlarining ta’sirida paydo bo‘lgan kasallikdir. Ko‘plab kasbiy kasalliklarning birgalikdagi ko‘rinishi kasbiy kasallanish deb aytiladi.
Xavfsizlik texnikasi deb, ishchilarga ta’sir qiluvchi xavfli ishlab chiqarish omillarini oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar va vositalar tizimiga aytiladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - tashkiliy, gigienik va sanitar-texnikaviy chora tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lib, ishchilarga ta’sir qiluvchi zararli ishlab chiqarish omillarini oldini olishga qaratilgan.

Korxonalarda ko’pincha aralash jarohat turlari uchraydi. Jarohatlanish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o’tkir zaharlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. O’lim bilan tugagan jarohatlanishga baxtsiz hodisa deyiladi


Jarohatlar turi ishlab chiqarish jarohatlari mexanik (urib olish,kesilib ketishi, ezilish va x.k.) kimyoviy (kimyoviy kuyishlar)issiqlik (kuyish va muzlatib olish)elektrik (elektr zarbalar)aralash jarohatlar maishiy jarohatlarInson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlanganini jarohatlanish deb ataladi.
Ish joyidagi jarohatlanish- xodimning ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog’ida olgan jarohatlanishi tushuniladi. Ish bilan bog’liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan jarohatlanishlar- ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, xizmat safari vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig’iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni
bajarganda olingan jarohatlanishlar tushuniladi. Ish bilan bog’liq bo’lmagan jarohatlanish- bunga mastlik oqibatida olingan jarohatlar, davlat mulkini o’g’irlash va boshqa shunga o’xshash holatlarda olingan jarohatlanishlar kiradi.
Birinchi va ikki turdagi jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog’langan taqdirda ma’muriyat javobgar hisoblanadi va uning jarohatlanish natijasida yo’qotilgan kunlari uchun to’lik haq to’laydi. Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo’l qo’yilgan xatotufayli bo’lmay, balki xodimning mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo’lsa, unda xodim ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to’lov miqdori ma’muriyat xodimi va xodimning aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jarohatlanishdan yo’qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to’lanishi belgilab qo’yilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa o’rnatilgan qat’iy tartib asosida har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. O’lim bilan tugagan og’ir jarohatlanish va barcha guruh Jarohatlanish Ish joyida Ish bilan bog’liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan Ish bilan bog’liq bo’lmagan xodimlarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollaridan tashqari, hamma
baxtsiz hodisalar bo’lim boshlig’i, xavfsizlik texnikasi muhandisi va jamoat nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ish vaqtidan keyin ish joyida, korxona xududida va ma’muriyatning topshirig’iga asosan, korxona xududidan chetda yuz bergan bo’lishidan qat’iy nazar tekshiriladi. Issiq urishi va tana ba’zi qismlarining muzlashi ham baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi. Kamida bir ish kuni yo’qotilgan baxtsiz hodisalar 24 soat davomida tekshiriladi va maxsus shakl bo’yicha (N-1) 4 nusxadan iborat akt tuziladi. Mazkur aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari, aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday choratadbirlar ko’rilganligi haqida axborot beriladi. Aktni korxonaning bosh muhandisi tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi bo’lim boshlig’iga
yuboriladi va u bosh muhandis belgilagan muddat davomida aktda ko’rsatilgan masalalarni amalga oshirishi kerak. Ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo’mitasiga, uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining texnik nazoratchisiga va to’rtinchisi mehnatni muhofaza qilish bo’limiga nazorat o’rnatish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Aktda bunday hodisalarning qaytarilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladiva uning bitta nusxasi respublika Sog’liqni saqlash vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib,aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak. Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin korxona ma’muriyati yo’l qo’yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruq e’lon qiladi. Bu buyruqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning sodir bo’lishida aybdor bo’lgan kishilarning javobgarligi aniqlanib, ta’kidlanadi. Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma’lum davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bo’lsa, kasb kasalligiga uchragan kishi mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (TMEK)ga yuboriladi va unda xodimning kasb kasalligining oqibati natijasida olgan nogironlik guruhi aniqlanib va shunga yarasha ma’lum moddiy ta’minlanish miqdori belgilanadi.
Jarohatlar, kasbiy kasalliklar va zararlanishning asosiy sabablari. Korxonalarda uchraydigan jarohatlar, kasbiy kasalliklar va zaharlanishlarning sabablari juda xilma-xildir

Download 291.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling