2 ma’ruza mashg’uloti savollari


Download 54.5 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi54.5 Kb.

2 MA’RUZA MASHG’ULOTI SAVOLLARI

  1. Pedagogika fanlarining o’qitishda ko’rgazmalilik metodining mazmun mohiyati.

  2. Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish tamoyillari haqida ma’lumot bering?

  3. Ko‘rgazmalilik metodida ko‘rgazmali qurollarning turlari?

Javoblar:

1. Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida «Oltin qoida» ni ifodalagan. «O‘quvchilar-deb yozadi u, - sezib idrok etishi mumkin bo`lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasida, xususan: ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni ko‘z bilan ko‘rib, hidi bor narsalarni hidlab ko‘rib, ta’mini sezish mumkin bo`lgan narsalarni-tatib ko‘rib, ushlab sezish mumkin bo‘lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak».

Yana bir qator sharq pedagoglari Xorazmiy, Beruniy, Farobiylar IX-XI asrlarda – o‘qitishda ko‘rgazmalilik metodining ahamiyatini yuqori baholagan edilar. XVII asrga kelib ularning ko`rgazmali o‘qitish haqidagi fikrlarini Ya.A.Komenskiy, rus pedagogikasi otasi hisoblangan K.D.

Ushinskiylar yanada rivojlantirishgan. Ushinskiyning fikricha, bolalar tashqi ko`rinish, rang, ovoz, sezish bilan fikrlaydigan bo`lgani uchun ta`limda ko`rgazmalilik ularning psixologik xususiyatlariga mos keladi deb yozadi.

Rus psixologi L,V.Zankov ko`rgazmali qurollarni o`qitishning jonli, ta`sirli so`zi bilan har xil usulda birlashtirib dars berishning alohidaligini ilmiy dalillab berdi. Bunda olim kishining oliy nerv xizmatining ikkinchi signal sistemasining birligi ta`limotiga suyanadi.

Ushinskiy ta’lim jarayonidagi ko`rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq obrazlar asosida bo`linishi ta`kidlanadi. Ushinskiy ko`rgazmalilik tushunchasiga suratlar, kollektsiyalar, modellar, jadvallar va boshqa ko`rgazmali qurollarini, biz ko`rib turgan olamdagi buyumlar va hodisalarni, shuningdek, bolaning turmush tajribasini va badiiy asarlardan aniq obrazlar orqali ifodalangan hayotiy voqealarni ham kiritgan.

Ushinskiy ko‘rgazmali ta’lim usulini mukammalashtiradi, suratlardan foydalanib, bolalarga hikoya qilib berish va bolalarning suratlarga qarab so`zlab berishlari usullarini asoslab bu usulning bir qancha aniq qoidalarini yaratadi. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi g’oyasini maktabgacha tarbiya nazariyasiga asos qilib oldi, boshlang’ich ta’lim asoslarini va metodikasi ishlab chiqdi. Bu uning pedagogikani rivojlantirishdagi ulkan xizmatlardan biri bo`ldi. Ushinskiy boshlang`ich ta`lim ko‘rgazmalilik rejasiga yozuv, o‘qitish, rasm, qo‘l ishlari, sanoq, hikoya, ashula gimnastika mashg`ulotlarini kiritadi. Ushinskiy didaktik o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini o`sha vaqtdagi ilmiy muvaffaqiyatlarga muvofiq ravishda bayon qilib berdi. Uning ta`limotida diqqat, iroda, xotira va hissiyotlarni tarbiyalash to`g`risida va bu psixik hodisalar to`g`risida qimmatli ko`rsatmalar borligini ko`ramiz. Chunonchi, u har qanday ta`lim jarayonida shakllar yo`li bilan bolalarning faol diqqatini rivojlantirish, qanday qilib ongli xotirani tarbiyalash, takrorlash yo`li bilan o`quv materiallarini o`kuvchilar ongida mustahkamlashni tavsiya qiladi. Takrorlash, deb hisoblaydi Ushinskiy «unutilgan narsalarni qayta fikrlash uchungina kerak emas, balki unutib qo`yish mumkinligining oldini olish uchun» zarurdir; yo o`qish ishida olga qo`yilgan har bir qadamda o`tilgan olimlarga tayanish kerak.

Ushinskiy «Bilim olaman desang, takror qil» degan, qadimdan qolgan maqolni ta`limning o`zgarmas qonuni deb hisoblaydi. «Takrorlash odatlarini mustaxkamlash uchun xam har bir inson xotirasida qoldirishning umumiy qonunidir» deydi olim.

Ya.A.Komenskiy ko`rgazmalilikni faqat buyum va qoidalarni ko`rib idrok emas, balki ularning inson sezgi a`zolariga ta`sir etadigan, inson idroq qiladigan bo`lishini talab etadi. U har bir narsani didaktika qonun-qoidalariga asosan, bolaga sezgilar orqali idrok qildirish, ya`ni ko`rib bo`ladigan narsalarni ko`rsatish bilan; eshitib bo`ladigan narsalarni eshittirish bilan, hidlarni-hidlatish, ta`mini tatib ko`rish, ushlab ko`rish mumkin bo`lgan vositasi bilan idrok qildirishni tavsiya etadi. Agar biron-bir narsani bir necha sezgi a`zolari orqali idrok qilish uchun bir necha sezgi a`zolarining ishga solish lozim. Ko`rgazmalilikni bolalarni buyumlar bir bevosita tanishtirish yo`li orqali amalga oshirish kerak.

Ya.A.Komenskiy o`quvchilardagi o`qishga qiziqishini ularning bilimini o`zlashtirishlari uchun zaruriy shart deb hisoblaydi. U barcha vositalar bilan o`quvchilarda bilim olish ishtiyoqini uyg`otishni taklif etadi va shu masala yuzasidan aniq ko`rsatmalar beradi; o`quvchilarga o`rganilayotgan narsalarning ahamiyatini, egallagan bilimlarining mohiyatini tushuntirish lozim, ularni rag`batlantirish, mashg`ulotning qiziqarli bo`lishiga harakat qilish lozim. Komenskiy fikricha, mashg`ulotlavr shunday tashkil etilishi kerakki, oldin o`tilgan mavzu keyingi mavzuni o`rganishga yo`l ochib bersin, ya`ni oldin berilgan bilim uzviylikda, uning uzviy davomi bo`lishi kerak. Komenskiyning fikricha, har bir sinf o`quvchilari uchun maxsus darsliklar tuzilib, ularda fan asoslari muayyan tartibda bayon qilinishi lozim. Darsliklar aniq, tushunarli tilda yozilishi, tashqi ko`rinishi bolalarni qiziqtiradigan bo`lishi kerak.

Komenskiy otalarni, xususan, onalarni o`z farzandlarining to`qligi to`g`risida tinimsiz g`amxo`rlik qilishga da`vat etadi va bolalarni parvarish qilish, ovqatlantirish, kiyintirish masalalari haqida ko`rsatmalar beradi



2. Bugungi kunda pedagogikada o‘quvchi-talabalarning ta’lim jarayonidagi
faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan:

muammoli o‘qitish,

ish faoliyatini ifodalovchi o‘yinlar,

rolli o‘yinlar, mavzu bo‘yicha o‘qitish va h.k.

Ularni oliy ta’lim tizimida keng qo‘llaniladi, deb bo‘lmaydi. Bizningcha, buning sababi har bir mashg‘ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko‘zda tutishi, yuksak kasbiy bilim va mahoratni, ishda ijodiy yondashuv va ko‘p vaqtni sarflashni talab qilishida bo‘lsa kerak. Chunki har bir o‘tiladigan mashg‘ulot ishlanmasi o‘ziga xos xususiyatga ega. An’anaviy o‘qitish usuli respublikamizda keng tarqalgan, biroq ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an’anaviy ta’limning imkoniyatlari cheklanayotganligi, muhim ta’limiy muammolar o‘z yechimini topmayotganligi, qator ilg‘or pedagogik tajribalarning ommalashmayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Yangi munosabatlarning o‘ziga xos jihati an’anaviy ta’limdagidan farq


qilib, o‘quvchi-talabalarning mustaqilligi va o‘quv faoliyatini taqiqlamasdan,
balki belgilangan maqsadga yo‘naltirish, o‘quv faoliyatini hamkorlikda tashkil
etish, ularni faoliyatga ongli ravishda yo‘llash, biror- bir faoliyatni buyruq orqali
amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o‘quvchi-talabalarda fan
asoslarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, shaxsning ehtiyoji,
qiziqishi va imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish
sanaladi.

Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik


yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshash)
olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar
to‘plami tushunilib, qo‘yilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni
kafolatlaydigan usul metodlari majmuasi tushuniladi. Agar metod bilish yo‘li,
tadqiqot yo‘li yoki biror faoliyatdagi ma’lum amaliyot va nazariy bilimlar
sohasini egallashni harakatlar, operatsiyalar, usullar majmuasi deb tushunsak,
pedagogik texnologiyaning ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya
jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi.
Pedagogik texnologiyani an’anaviy o‘qitish metodikasidan farqlovchi
belgilari ko‘p. Pedagogik texnologiya an’anaviy metodikadan, avvalo
maqsadlarning qo‘yilishi va unga erishishi bilan farqlanadi. Pedagogik
texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta’limning umumiy maqsadlari (o‘qituvchi va
talabaning maqsadlari)ni ishlab chiqish, ta’lim maqsadlarini nazorat (test)
topshiriqlariga o‘tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi.

3. Ko`rgazmalilik aniq bilan abstrakt orasidagi bog`liqni ta`minlaydi,
asbtrakt xayolning rivojlanishiga kuchli ta`sir qiladi, uning yutug`i bo`lib xizmat
qiladi.

Ko`rgazmali qurollarning sifati bilan ularni qo`llash darajasi o`qitish


bosqichlarida har xil bo`ladi. Boshlang`ich sinflarda ko`rgazmali qurollar
ko`pincha, to`liqroq, yuqori sinflarda akademik litsey va kasb-hunar kollejldarda
unga qaraganda kamroq, zaruriy joyida qo`llaniladi.

Tadqiqotlar, ta`lim tajribalari ko`rgazmali qurollarning, ulardan


foydalanishning foydasi ham zarari ham bor ekanligini ko`rsatadi.
Ko`rgazmalilik metodidan foydalanishda haddan tashqari o`zingiz va
noto`g`ri qo`llash, bilimlarni egallashda qiyinchilikka keltirib chiqaradi, hamda
o`quvchilarning diqqatini ahamiyatsiz masalalarga ag`daradi. Shu sababli
o`qituvchining barcha vaqtda, hamma mavzuda, har bir darsda ko`rgazmali
qurollarni qo`llash shart emas.

Ko`rgazmali qurollardan foydalanish, texnik qurollardan foydalanish,


o`qitishning sifatini yaxshilash, natijali o`qitish quroli, vositasi ekanligini
yoddan chiqarmaslik lozim.

Ko`rgazmali qurollar va vositalarning turlari quyidagicha:



  1. Tarbiyaviy ko`rgazmali qurollar-ob`ektlar, narsalar, jarayonlar,
    o`simlikler, xayvonlar va boshqalar;

  2. Ta`sirli ko`rgazmali qurollar-chizmalar, suratlar, jadvallar, kino,
    diafil`m, diagramma va boshqalar;

  3. Hajmli ko`rgazmali qurollar-geometrik shakllar, figuralar va
    boshqalar;

  4. Shartli va timsolli ko`rgazmali qurollar-karta, globus va boshqalar;

  5. Har xil modellar, maxsus priborlar, asboblar va boshqalardan, shu
    kabi turlarga bo`linadi.

Bu kabi ko`rgazmali qurollarning turlaridan har bir fanga o`ziga xos
tarzda, fan va mavzuga moslab ularni tanlash, ulardan bilim berish jarayonida
foydalanish bolalarning bilimini boyitishda katta foyda beradi.
Bu usullardan to`g`ri foydalanish ta`lim samaradorliginining oshishida,
bolalarda bilim, malaka va ko`nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
Ko`rgazmali qurollar bilim berish jarayonining barcha bosqichlarida: uy
vazifasini so`raganda, ya`ni mavzu tushuntirganda, o`quvchilarning mustaqil
ishlarni tashkillashtirganda, malaka va ko`nikmalarni shakllantirganda, uy
vazifani bajarishda, bilimlarni amaliyotga tadbiq qilganda, o`quvchilar bilimini
reyting baholash va tekshirilganda qo`llaniladi.

Ko`rgazmali o`qitish metodidan foydalanishda to`liq boshchilikka olish


o`kuvchilarning bilimni mazmunli o`zlashtirishda, mustahkam xotirada
saqlashni bilish kuchlari bilan bilash jadalligini rivojlantirishga, nazariyot bila
nam aliyotni bog`lashga xamda tushunarli o`qitishga katta yordam beradi.
Ko`rgazmalilik metodi idrok qilishni osonlashtirishi va nazariy
bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog`lash imkonini beradi. Bu metoddan ta`lim
jarayonida foydalanish o`rganilayotgan materialga, hodisa va mavzuga
o`quvchilarning diqqatini qaratib, qiziqishini oshiradi, bilimlarni mukammalroq
egallashga yordam beradi.

Buyuk sharq mutafakkiri Abu Ali Ibn Sinoning qa’yd qilishicha, inson


o`zining o`quv mashg`ulotlari boshlanishida, narsaning tashqi xossalalarini
o`rganishda, uning aslini va tavsirini ko`rib, o`zicha bevosita bilimlarni hosil
qilishi mumkin.

Har qanday fanda avvalo, narsalarning ta`rif zarur. Ularning


mavjudligini esa, pirovard natijada isbotlash vositasida bilinadi. Chunki ular
mazkur fan aniqlaydigan hodisalardan iborat bo`ladi. Ibn Sinoning ana shu
xulosasi o`qitishdagi ko`rgazmazilikning faqat bir jihatini yoritadi xolos.
Xulosada inson avvalo mavjud narsalarni yoki ularning tasvirlarini idroe etishi
tufayli unda ob`ektiv voqelik to`g`risida tasavvur hosil bo`lishi va inson ularni
to`g`ri aks ettirishi ta`kidlanadi.

Olimning ta`limotida ko`rgazmalilik tushunchasi idrok etishning har xil


turlari-ko`rish, eshitish, sezish va hokazolar bilan bog`langan. Idrok etish va
ishlab ko`rish bilan ham ro`y beradi.

Ishlab ko`rish sezilgan narsaning issiqligi, sovuqligi, nomligi, quruqligi,


kattiqligi, yumshoqligi, og`irligi, engilligi, shakli va hokazolarni bilish imkonini
beroadi. Teri va muskullar-sezgining qurolidir. Nervlar ana shu kuchli
mushaklar va teriga etkazadi.

Ko`rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars o`tishning barcha


shakllari, uslublarida qo`llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman
namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko`rgazmali qurollarsiz o`tib bo`lmaydi.
Darsni tashkil etishda ko`rgazmali qurollar muhim o`rin tutadi. Didaktikaning
asosiy printsiplaridan biri darsning ko`rgazmaliligini ta`minlash.
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling