2-Ma’ruza Tizimni o‘rnatish va yangilash. Reja


Download 0.89 Mb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#202618
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Ma’ruza


2-Ma’ruza Tizimni o‘rnatish va yangilash.

Reja:

  1. Linux operatsion tiziminig o’rnatish

  2. Debian, Ubuntu 16.04 ni o‘rnatish


Kalit so’zlar: Consol, Ubuntu 16.04, install


  1. Linux operatsion tiziminig o’rnatish

Linux operatsion tiziminig o’rnatish usullari ikki xil bo’lib ular quydagilardir.

  • Consolda o’rnatish

  • Grafik usulda o’rnatish

Linux Debian distributivini konsolda o’rnatish. Distributiv yozilgan diskni diskavodga qo’ygandan so’ng boot BIOS parametrlaridan boot faylni birinchi bo’lib CD/DVD ROM dan o’qishga qo’yganimizdan so’ng ekranda yuqoridagi menyu darjasi paydo bo’ladi.Undagi birinchi buyuruq consolda dasturni o’rnatish bo’lsa ikkinchi buyuruq esa grafik muhitda OTni yuklashdir. Bizga consolda yuklash kerakligi uchun birinchi buyuruq tanlanadi. Shundan so’ng quydagi darcha hosil bo’ladi.

Ushbu yerda biz OT ni o’rnatishda foydalanadigan tilimizni tanlashimiz kerak. Bizga kerakli tilni tanlaganimizdan keyin yashash mintaqamizni ko’rsatishimiz kerak bo’ladi.

Kerakli mintaqani kiritganimizdan so’ng klaviaturadan foydalanishimiz mumkin bo’lgan yozuv turini tanlashimizni so’raydi.

Yozuv turini tanlagandan so’ng OT ni o’rnatishdan oldin tarmoqqa ulanishga harakat qiladi tarmoq ulanmagani uchun bu punktni o’tqazib yuboramiz.


OT ni o’rnatishning muhim punkti keladi. ya’ni qattiq diskni bo’limlarga ajratish kerakdir.

Diskni bo’limlarga bo’lishda avtomat bo’limlarga bo’lishni tanlamagan ma’quldir. Shuning uchun ushbu holatda hamma ishni o’zimiz qilganimiz ma’quldir.

Ekranda to’liq disk hajmi haqida axborot beruvchi oyna hosil bo’ladi.

Enter tugmasini bosganimizdan so’ng bo’sh diskni ko’rsatadi undan OT ni o’rnatish uchun bo’limlar hosil qilamiz

Enter tugmasini bosganimizdan so’ng ilk bo’limni hosil qilamiz ilk bo’lim



swap(almashish) deb atalib Linux OT dagi o’ziga hoslikdan biri bo’lib RAM ga yuklanish tushganda swap xotiradan tezkor xotira sifatida foydalaniladi. Swap xotira uchun 300-400 MB joy ajratish kifoyadir.


Ushbu holatda diskdagi bor joy ko’rsatiladi bunda biz o’zimizga kerakli o’lchamni kiritishimiz kerak bo’ladi. Yuqorida aytganimizday swap xotira uchun 300-400 MB yetarlidir shuning uchun 0.6 GB joy ajratdik.

Hosil qilinayotgan bo’lim birlamchi bo’lishi shart.



Fayl sistemasi swap bo’ldi.



Birinchi bo’lim tugagandan so’ng yana xotiraning foydalanilmagan qismiga qaytish uchun kerakli buyuruq tanlanadi.


Ikkinchi bo’lim asosiy bo’lim bo’lib OT shu bo’limga o’rnaliladi shuning uchu bu bo’lim xotiraning qolgan qismining 90% ni egallaydi u ham huddi swap kabi birlamchi bo’lib hosil qilish o’rni boshida bo’ladi.

Qattiq diskning uchinchi bo’limi qolgan hamma xotira hajmini o’z ichiga olib home katalogi uchun, u ham huddi yuqoridagi ikki bo’lim kabi birlamchi bo’lib faqat fayl sistemasi ReiserFS, montirovka nuqtasi /home katologi bo’ladi.

Fayl sistemasi swapdan farqli ravishda ReiserFS bo’ladi.

Belgilangan buyuruq bosilgandan so’ng bo’limlar formatlash va o’zgartirishlarni yozish uchun ruhsat so’raladi.

Shundan so’ng OT yuklanadi.


Yuklanish davomida kompyuter superfoydalanuvchi(Administrator) uchun parol so’raydi va uni yana qaytarishni so’raydi



Shundan so’ng foydalanuvchi nomi va parolini kiritish va yana qatarish so’raladi.

Yuklash davomida ikkinchi diskni skanirovat qilishni so’raydi. Ushbu holat qo’shimcha dasturiy ta’minot bo’lsa kerak aks holda inkor qilish kerak.




Tarmoqdagi arxiv paketlaridan foydalanishga ruxsat so’raydi ushbu holat shart emas.

Keyingi etapda kerakli dasturiy ta’minotlarni belgilashimiz kerak bo’ladi.

Dasturiy ta’minotni yuklagandan so’ng klaviaturadagi yozuvlarni almashtirish uchun kerakli tugmalarni belgilashni so’raydi bunda biz Windowsdagi tugmalarni tanlasak ham bo’ladi chunki Linuxda ular ishlatilmaydi.

Shundan so’ng GRUB ni yuklashga o’tiladi. GRUB boshqa OT lar bo’lmagan taqdirda bemalol yuklash mumkin aks holda OTni ishga tushirishda turli muomolarni keltirib chiqaradi(Ya’ni OT ishga tushmaydi).




Milliy va lotin klaviturasiga o’qazish tugmalari qayta so’raladi.

Yuklash tugagandan so’ng bu haqda ogohlantiruvchi oyna paydo bo’lib davom ettirishga ruxsat so’raladi.





Qayta yuklangandan so’ng debian oynasi paydo bo’ladi va login parol terilib ishchi stolga o’tiladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling