2-ma`ruza: umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari reja


Download 26.45 Kb.
bet1/6
Sana07.04.2022
Hajmi26.45 Kb.
#627810
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma`ruza (2)
statistik malumotlar

2-MA`RUZA: UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR VA ULARNING GURUHLARI
REJA:

  1. Umumrivojlantiruvchi mashqlar jismoniy fazilatlarni tarbiyalash vositasi sifatida.

  2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar to`g’ri qomatni shakllantirish vositasi sifatida.

  3. Umumrivojlantiruvchi mashqlar to`g’ri nafas olishga o`rgatish vositasi sifatida.

  4. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni qo`llanish metodikasi.

Umumrivojlantiruvchi mashqlarga xos xususiyatlarni va ularning klassifikatsiyasini o`rganib, bu mashqlarning ta’sirini va umumrivojlantiruvchi mashqlar orqali jismoniy tarbiyaning qanday vazifalari hal qilinishini aniqlab olmoq zarur. Umumrivojlantiruvchi mashqlar jismoniy fazilatlarni tarbiyalash vositasi sifatida. Kuchni umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida tarbiyalash har xil metodlar orqali amalga oshiriladi:


1. Ko`plab takrorlash metodi: Mashqlar odatdagi tezlikda yuklarsiz yoki gantellar (1-3kg), to`ldirma to`plar (2-3kg) yoki sherikning (rezinka amortizatorining) qarshiligini yengish bilan asosiy ish bajaruvchi muskullarning yaqqol charchagan holatigacha takrorlanadi. Ana shunday charchagan holatda mashqni yana 1-2 marta bajarish juda muhimdir. Chunki, ayni shu oxirgi takrorlashlar kuchni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi (V.M.Zatsiorskiy, 1966). Mashqlardan 8-10 martadan ortiq takrorlanmaslik zarur. Agar mashqni ko`proq bajarish mumkin bo`lsa, uni murakkablashtirmoq zarur. O`n martadan ortiq bajariladigan mashqlar kuchini emas, balki kuch chidamligini rivojlantiradi.
Bir mashqning o`zini ko`plab takrorlash metodi boshlovchilar mashg`ulotida qo`llaniladi, chunki unda muskullarning ko`p zo`r berishi talab qilinmaydi, bundan tashqari mashqning to`g`ri bajarilishini kuzatish uchun imkon bo`ladi.
2. O`ta zo`r berish metodi: O`ta zo`r berish bilan 3-4 martadan, ayrim vaqtlarda esa faqat bir martadan ortiq takrorlab bo`lmaydigan murakkab mashqlarbajariladi. Muskullarning o`ta zo`riqishi natijasida periferiyadan bosh miya katta yarim sharlariga boradigan impulslar oqimi hosil bo`ladi. Qo`zg’atuvchining kuchi qanchalik katta bo`lsa, javob reaktsiyasi ham shunchalik kuchli bo`ladi, shunga ko`ra muskul to`qimasining funksional darajasi ham yuqori bo`ladi. Bu metodika dastlab maxsus tayyorgarlikdan o`tgan shug`ullanuvchilarda qo`llaniladi.

Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling