2-ma`ruza: umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari reja


Download 26.45 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2022
Hajmi26.45 Kb.
#627810
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma`ruza (2)
statistik malumotlar
UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNI
QO`LLANISH METODIKASI
Gimnastika mashg’ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlar seriyalab va shuningdek, maxsus tuzilgan komplekslar shaklida bajariladi. Alohida mashqlar yoki ularning seriyalari jismoniy xislatlarni rivojlantirish uchun bajariladi. Umurivojlantiruvchi mashqlar kompleksi jismoniy tarbiyaning turli xil vazifalariga mos qilib tuziladi. Bu mashqlar gigiyenik gimnastika mashg’ulotlarida sog’lashtirish maqsadida qo`llaniladi, gimnastika darslarida esa ular shug’ullanuvchilarni kelgusidagi ishlarga va murakkabroq mashqlarni o`zlashtirishga tayyorlaydi.
Komplekslarni tuzishda mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy, vaqt va shuningdek, shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligini hisobga olish kerak.
Dastavval kompleksga kiritiladigan mashqlarning (maqsadiga qarab) hajmi va mazmunini, ya’ni zarur bo’lgan mashqlarni tanlab, ularning sonini belgilash zarur (kompleksda ularning soni 8 tadan 15 tagacha bo`lishi mumkin).
Mashqlarni tanlaganda quyidagilarni nazarda tutish kerak:

  1. Tanlangan mashqlar kompleksining vazifasiga mos kelishi kerak.

  2. Mashqlarni shunday tanlash kerakki, avvalo ular shug’ullanuvchilarga har tomonlama ta’sir ko’rsatsin va ularning asosiy jismoniy sifatlarining rivojlanishini ta’minlasin. Mashqlar qomatning shakllanishini va o’z harakatlarini idora qila olishini o’zlashtirishni ta’minlashi kerak.

  3. Mashqlar yetarli darajada oson bo’lishi, ya’ni shug’ullanuvchilarning yoshi va jismoniy tayyorgarligiga mos kelishi lozim.

Shuni yodda saqlash kerakki, umurivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatishda “oddiydan murakkabga” va “osondan qiyinga” prinsiplariga qat’iy rioya qilish lozim.
Kompleks mashqlar bajarish navbatini belgilayotganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi tavsiya qilinadi:

  1. Kompleksda birinchi to`g’ri qomatni his qilish mashqi (bu ayniqsa bolalar va o’spirinlar uchun muhimdir) bo`lishi kerak.

  2. Ikkinchi va uchinchi mashqlar asosiy muskul guruhlari ishtirok etadigan (oyoqlarni baland ko`tarib turgan joyida yurish, oldinga engashib va qo`l harakatlari bilan cho`qqayib o`tirishlar, engashib bir oyoqni bukkancha qadamlash va boshqalar) oddiy mashqlar bo`lishi kerak. Bu umumiy ta’sir ko`rsatuvchi mashqlar organizmning barcha organ va tizimlari faoliyatini aktivlashtiradi.

  3. Kompleksdagi navbatdagi mashqlar ko`proq turli muskul guruhlarini harakatga keltiradigan (qo`l va yelka kamari uchun, bel, qorin press, oyoq) mashqlardan iborat bo`lishi kerak. Bunda gavdaning turli qismlari navbatma-navbat ishga kirishishi kerak. Bu mashqlarning birinchi seriyasi quyidagi tartibda bajariladi: qo`l va yelka kamari, bel, qorin pressi va oyoq mashqlari. Ikkinchi va uchinchi seriyalari ham xuddi shu navbatda, lekin murakkabroq va jadalroq bajariladi.

Mashqlarning bunday navbatlanishi nagruzkani asta-sekin oshirish va gavdaning har xil qismlari ishini navbatlantirish imkonini beradi, bu esa muskul zo`r berishi samarasini oshiradi va faoliyat ko’rsatayotgan muskullarning aktiv dam olishi uchun sharoit yaratadi.

  1. Keyinchalik kompleksga gavdaning barcha qismlari uchun mo’ljallangan 2-3 murakkabroq mashqlar qo`shiladi.

  2. Odatda, kuch mashqlari cho’zilish mashqlaridan oldin bajarilishi kerak, chunki muskullar dastavval qizdirilmasa, muskul tola va bo`g’inlarni ortiqcha cho’zib yuborib jarohatlash mumkin. Qattiq ishlashdan keyin bo’shashtirish mashqlarini bajarish maqsadga muvofiqdir.

  3. Kompleks oxirida nafas olishga o`rgatiladigan o`rtacha jadallikdagi mashqlar bajariladi. Kompleks to`g’ri qomatni his qildiradigan mashqlar bilan yakunlanishi kerak.

Kompleksda mashqni 4-8marta takrorlash, kuchini rivojlantiruvchi mashqlarni asosiy ish bajaruvchi muskul guruhlarida charchash sezulga qadar, qayishqoqlikni rivojlantiruvchi mashqlarni esa yengil og’riq sezgunga qadar bajarish mumkin.

Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling