2-Mavzu: axborot va uning axamiyati axborot texnologiya tushunchasi


Download 21 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi21 Kb.
#240845
Bog'liq
2-MAVZU


2-Mavzu: AXBOROT VA UNING AXAMIYATI - AXBOROT TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI

Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarga yengib o’tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma`lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni xal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so’zsiz kompyuterning XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko’ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muxim axamiyat kasb etmoqda. Ma`lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma`lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’gri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo`lgan informatika soxasiga xam uz ta`sirini ko’rsatmokda. Bu ta`sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormokda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuk va o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu soxadagi xizmat qilish uslubini tubdan o’zgartirdi.

Tasavvur kilib ko’ring, yakin-yakinlargacha biror maslani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu natijani taxlil qilishni talab kilar edi. Bu ishni fakat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu soxada mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida ma`lum kiyinchiliklarni tug’dirdi. Windowsni yoki bu asosida ko’rilgan informatsion texnologiyani yana xam tushunib olish uchun quyidagiga e`tiboringizni qaratmokchimisiz. Supermarketda barcha ta`minot masalasini uning direktori xal qilsa, servisda xam xuddi shu xol ro’y beradi. Yangi axborot texnologiyasining direktori Windowsdir. Agar sizga matn muharriri kerak bulsa, Windows sizni u bilan ta`minlaydi, siz hisob-kitob qilmoqchimisiz? marxamat,

Windows sizga elektron jadvalni taklif etadi. Ayniqsa, bu tizimda, Inernet, elektron pochta (E-mail) kabi imkoniyatlarining mavjudligi, Windowsning roli beqiyosligidan dalolat beradi. Bu sistemaning tarkibida xizmat qilishning yuzlab turlari mavjudki, ularni o’rganish va foydalanish jamiyatning har bir a`zosi, ayniqsa, talabalar uchun juda muximdir. Kompyuter faqatgina DOS buyruqlarni tushunadi. DOS bilan kompyuter orasidagi interfeys matnli bo’lib, barcha bo`yruqlar qo`lda-klaviaturada kiritiladi. Axborot texnologiyasi – bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo’lib, ular yordamida biz ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni xal etamiz. Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri-iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma`lumotdan farkli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog`liqligidadir.

Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha soxalarida axborotni kompyuter va telekommunikasiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog`liq bo`lgan yagona soxadir. Informatika fan nomi lotin tilidan axborotlarni tushuntirish va taxlil qilish ma`noni bildiradi, bu fan axborotlarni jamlash va qayta ishlash usullarini, axborotlash jarayonini qonuniyatlarini o’rganadi. Informatika atamasi XX asrning 60 yillarida paydo bulib ishlata boshlandi. Informatikani yuzaga kelish va rivojlanishida xisoblash texnika va boshqa texnik vositalarning o’rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita xisoblash texnikasi ko’magida qayta ishlanadi va bu fan uzining xususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga egadir. Demak, informatika bu inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.

Informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanining asosiy tushuncha sifatida qabul qilingan. Axborot uzi nima?

«Axbоrоt» so’zi lоtincha “information” so’zidan оlingan bo’lib, birоr ish hоlati yoki kishi faоliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, birоr narsa haqidagi ma`lumоt, degan ma`nоni anglatadi. Infоrmatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish оb`ekti sanalgan barcha ma`lumоtlar axbоrоt deb yuritiladi.

Axbоrоt – bu, yaratuvchisi dоirasida qоlib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar nоaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda оg’zaki, yozma yoki bоshqa usullar (shartli signallar, texnik vоsitalar, hisоblash vоsitalari va x.k.) оrqali ifоdalash mumkin bo’lgan atrоf-muhit (оb`ektlar, vоqea-hоdisalar) to’g’risidagi ma`lumоtlardir. Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi:  axbоrоt – bu har qanday ma`lumоt emas, balki u mavjud nоaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma`lumоtdir;  axbоrоt uni yaratuvchisidan tashqarida mavjud bo’ladi, u o’z yaratuvchisidan uzоqlashgan, insоn tafakkurida aks etgan bilimdir;  axbоrоt xabarga aylanadi, chunki u belgilar ko’rinishida ma`lum bir tilda ifоdalangan;  xabar mоddiy tashuvchiga yozib qo’yilishi mumkin (xabar axbоrоtni uzatish shaklidir);  xabar uning muallifi ishtirоkisiz aks ettirilishi mumkin;  u jamоat kоmmunikatsiyasi kanallari оrqali uzatiladi. Axbоrоtning asоsiy xоssalari: 1. to’liqlik; 2. yarоqlilik; 3. ishоnchlilik; 4. dоlzarblik; 5. tushunarlilik. Axbоrоtning ifоdalanish shakllari va uning turlari. Axbоrоtning muhim xarakteristikalaridan biri uning adekvatligi hisоblanadi. Axbоrtning adekvatligi – оlingan axbоrоt yordamida yaratilgan оbrazning real оb`ekt, jarayon, hоdisa va shunga o’xshashlarga mоsligining ma`lum darajasi.

Axbоrоtning adekvatligi uchta shaklda ifоdalanishi mumkin: semantik, sintaktik va pragmatik.

Semantik (ma`nоli) adekvatlik – оb`ektning uning оbraziga (qiyofasiga) muvоfiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axbоrоtning ma`nоli mazmunini hisоblashni ko’zlaydi. Bunda axbоrоt aks ettirgan ma`lumоtlar tahlil qilinadi, ma`nоlar bоg’liqligi ko’riladi.. Masalan, axbоrоtni kоdlar оrqali ifоdalashni ko’rsatish mumkin.

Sintaktik adekvatlik – axbоrоtning mazmuniga tegmagan hоlda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifоdalaydi. Sintaktik darajadagi axbоrоtni ifоdalash usulida axbоrоt elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifоdalash kоdining o’lchamlari, bu kоdlarni o’zgartirish aniqliligi va ishоnchliligi hisоbga оlinadi. Axbоrоtning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sabali, bunday axbоrоt ma`lumоt deb ataladi. Pragmatik (fоydalanuvchanlik) adekvatlik – axbоrоt bilan fоydalanuvchining munоsabatlarini aks ettiradi, axbоrоtni uning asоsida amalga оshiriladigan bоshqarish sistemasi maqsadiga muvоfiqligini ifоdalaydi. Axbоrоtning pragmatik xususiyatlari faqat axbоrоt (оb`ekt), fоylanuvchi va bоshqarish maqsadlarining umumiyligida namоyon bo’ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axbоrоtdan amaliy fоylanish bilan bevоsita bоg’langan.

Infоrmatikada asоsiy masala bo’lib hisоblash texnikasi qurilmalaridan axbоrоtni saqlash, qayta ishlash va uzatishda qanday fоydalanish hisоblanadi. Shuning uchun infоrmatikada axbоrоtning ikki xil turi bilan ish ko’riladi, ya`ni analоg va raqamli. Ko’pgina hisоblash texnikasi qurilmalari raqamli axbоrоtni qayta ishlaydi. Analоg axbоrоtni raqamli axbоrоtga o’zgartiruvchi maxsus qurilmalar mavjud bo’lib, bunday o’zgartirishni analоg-raqamli o’zgartirish deyiladi. Insоn sezgi оrganlari shunday tuzilganki, u analоg axbоrоtni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash imkоniyatiga ega. Televizоr – bu analоg qurilma, kоmp yuter mоnitоri – televizоrga o’xshasada, lekin u raqamli qurilma. Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma`lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko’rinishda bo’ladi. Xabar - bu informasiyaning suzlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma`lumotlar va x.k. ko’rinishdagi turidir. Inson tashki ta`sirnatijasida sezgi organlar orqali axborotlarga ega bo’ladi. Bular: ta`m bilish, xid sezish, eshitish, ko’rish, teri-badan sezgisi. Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositalarga bo`lgan extiyoji juda katta. Uzatish vositalari - sputnik, televizor, radio, magnitafon, video, telefon va x.k. Tuplash va tashuvchi vositalar deb kitob, gazeta, kaseta va dikslarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish jarayoni - axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasini asosiy texnik vositasi bu kompyuter. Informatika to`g`risida gap ketganda, har bir kishi qandaydir axborotlar haqida fikr borayotganligini va bu axborotlar nimagadir yoki kimgadir tegishli ekanligini tushunadi. Bu axborotlar qayerdan olingan, qanday saqlangan va ularni manbai qayerda ekanligi ko`pchilikni qiziqtirishi mumkin. Qadimda insonlar, qog`oz mavjud bo`lmagan vaqtlarda, o`sha davrga tegishli ma`lumotlarni toshlarga, daraxt barglariga, gildan (loydan) yasalgan tablichkalarga yozib qoldirishgan. Bu ma`lumotlar esa cherkovlarda yoki ibodatxonalarda saqlangan. Shuning uchun xam bu ma`lumotlarga ega bo`lish, ularni o`rganish hammaga ham nasib qilavermagan. O`qishni yoki yozishni bilmagan kishilar ulardan foydalana olishmagan. Vaqt o`tishi bilan insonlar o`zgardi, jamiyatning tuzumi o`zgardi. Jamiyatda o`qimishli kishilar ko`paydi. Yangidan-yangi axborotlar hosil bo`ldi. Bu axborotlarni ko`paytirish va ularni barcha qiziquvchi kishilarga tarqatish muammosi hosil bo`ldi. Axborotlarni tarqatish vositasi sifatida asosan kitoblardan, rasmlardan va hokazolardan foydalanila boshlandi. Chop etilgan kitoblardan yoki rasmlardan kishilar jamiyatda ro`y berayotgan o`zgarishlar, yangiliklar va voqyealar to`g`risida axborotlarga ega bo`lishdi.

Yillar o`tishi bilan hosil bo`ladigan axborotlar hajmi ortdi. Axborotlarni yig`ish, qayta ishlash va tarqatish uchun nashriyotlar, tipografiyalar qurildi, ya`ni informasion sanoatga asos solindi. Ko`plab tirajda chop etilayotgan kitoblar, gazeta va jurnallar kishilarni katta hajmdagi axborotlardan xabardor qilib turishdi. Matbuot bilan birgalikda radio, keyinchalik esa televedeniya axborotlarni uzatish vositasi bo`lib qoldi. Axborot tushunchasi nimani anglatadi? Qadimgi Gresiyada bu termin «ko`rinishni berish», «tasavvurlash» ma`nosida tushunilgan.

Ko`rinishni berish – bu rasmlar orqali konstruktorlik g`oyalarni hosil qilish, kinofilmlar yaratish, gramplastinkalar ishlab chikish va hakozalardan iborat. Insonlarning kuzatish natijalari va egallagan bilimlarini bir ko`rinishdan boshqa ko`rinishga o`tkazilishi-bu axborotlarni qabul qilish yoki saqlash va ishlash uchun juda qulaydir.



Tavsiflash– buni modellashtirish yoki model yasash ma`nosida tushunish mumkin. Bu qanaqa model, u ganday ko`rinishda ifodalanganligi qo`yilgan aniq masalaga, uning tiliga va usuliga bog`liq bo`ladi. Masalan, fizik fotoplastistinka elementar zarrachalarining qoldirgan trayektoriyasini o`r-gana turib, formula va tenglamalardan iborat matematik modelni yaratadi, ruxshunos esa inson-larni turli vaziyatlardagi holatlarini tavsiflovchi model hosil qiladi. Har bir inson o`zining ish faoliyati davomida u yoki bu ko`rinishda modellashtirish bilan yoki kelayotgan, chiqayotgan axborotlarni tasvirlash bilan shug`ullanishadi.

XX asrda fan-texnikaning va sanoatning rivojlanishi natijasida hosil bo`ladigan va saqlanadigan axborotlar hajmi shu darajada ortib ketdiki, natijada ularning hammasini insonlar qabul qilishi, saqlashi va qayta ishlashi mumkin bo`lmay qoldi. Hosil bo`layotgan axborotlarni sinflarga bo`lish, saqlash, axborotlarni harakatlanish qonuniyatini yaratish muammosi hosil bo`ldi. Bu muammoni hal qilish uchun olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida informatika deb atalmish fan paydo bo`ldi. Boshlang`ich bosqichda informatika kutubxona ishining bazasi hisoblangan va ko`p yillar yordamida uni mukammallashtirish nazariyasi va amaliyoti bilan shug`ullanib kelgan. Informatika o`rganilayotgan obyekt va u to`g`risidagi bilimlar oralig`idan joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o`rgana turib, axborot oladi, uni biron narsaga belgilab, yozib yoki saqlab qo`yadi. Axborot tashuvchi sifatida adabiyot, magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni qayta ishlash orqali, bizni o`rab turgan dunyo to`g`risida bilimga ega bo`lamiz, natijada yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo`lish, ularni saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil bo`ladi. Axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va tasvirlashning samarali usullarini yaratish informatikaning asosiy maqsadlaridan biri bo`lib qoldi. Asrimizning 50-yillarigacha masalaning bunday qo`yilishi haqiqat bo`lib, axborotlarni yig`ish va qayta ishlash usullari bo`yicha umumiylik yo`qdek edi. Tibbiyotda, geografiyada, fizikada, filosofiyada va boshqa sohalarda axborotlarni yig`ish va qayta ishlashda bog`liqlik yo`q edi. Ko`pchiliklarning fikricha matematika bilan fizika, ximiya bilan tibbiyot o`rtasida bog`liqlik borligi tan olinar edi. Kompyuterlarning paydo bo`lishi bilan bu holat tezlik bilan sezilarli darajada o`zgardi. Ko`pchilikka ma`lumki, birinchi EHM (elektron hisoblash mashinalari) atom fizikasida, uchish va raketa texnikasida hisoblash ishlarini bajarish uchun yaratilgan. Keyinchalik ularni boshqa sohalarda: qishloq xo`jaligida, sanoatda, boshqarish sistemasida, tibbiyotda, o`quv jarayonlarida va hokazolarda qo`llanilishi yangi sanoat sohasi – axborotlarni elektron qayta ishlash usullari va vositalari sohasi yaratilishiga va uni tez sur`atlar bilan rivojlanishiga asos bo`ldi. Yangi elektron hisoblash mashinalari, ular bilan muloqot qilishning yangi vositalari va usullari yaratildi. Hisoblash texnikalari ishlab chiqa-radigan sanoat korxonalari qurildi. Birinchi EHM lari hisoblash masalalarini yechish uchun yaratilgan, keyinchalik sonli, matnli, grafik va boshqa axborotlarni ham qayta ishlovchi kompyuterlar yaratila boshlandi.Hisoblash texnikasi barcha sohalarda o`zining samaradorligini, keng imkoniyatli ekanligini va qulayligini ko`rsatdi. Kompyuter va ular bilan muloqot qilish usullarini va metodlarining rivojlanishi natijasida, ularning qo`llanilish sohalari kengayib bormoqda. Hozirgi kunda kompyuterlar barcha sohalarda, shu jumladan sanoatda, qishloq xo`jaligida, ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, fan texnikada, tibbiyotda, o`quv jarayonlarida keng qo`llanilib kelinmoqda. Ma`lumotlarni qayta ishlash tajribaning asosiy ajralmas qismi hisoblanadi. Axborotlarni qayta ishlash algoritmlari olimlar va mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi. Dastur tuzuvchilar bilan birgalikda ular kompyuter uchun ma`lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar tuzishadi. Algoritmlar yaratish va ular asosida kompyuter uchun dastur tuzish – ana shu bosqichning eng aso-siysi hisoblanadi. Keyingi bosqichda tekshirish uchun ma`lumotlarni qulay ko`rinishda ifodalash va chiqarish dasturlaridan foydalaniladi. (grafiklar qurish, jadvallar yaratish, ishchi rasmlarni tasvirlash chizish va hokazo). Ma`lumki, bunday dasturlar aniq sohaga mo`ljallanmagan va ular yetarlicha universal hisoblanadi. Amaliyot shu narsani ko`rsatdiki, kompyuterlardan foydalanish natijasida ishlab chiqarishda va fan texnikada mehnat samaradorligi ortadi, ilmiy-texnik progressga juda kuchli ta`sir etadi. Kompyuterlarning rivojlanishida asosan uchta bosqichni ajratish mumkin: hisoblash, umumiy informasion va intellektual. Fan va texnologiya hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda, ya`ni mashina intelektualining rivojlanish bo`sag`asida turibdi. Mashina intellekti hayotga aqliy mehnat kishilari bajaradigan ishlarni bajaruvchi kompyuterlar ko`rinishida kirib bormoqda. Yangi mashianalar ishlab chiqiladi, ko`plab mukammal dasturlar yaratiladi, mashina intellekti o`sadi, ya`ni bizni o`rab turgan olamni anglash va tekshirish uchun imkoniyatlar hosil bo`ladi.

Zamonaviy informatikani quyidagi 3 yo`nalishi tashkil etadi:

1) Axborotlarni avtomatik yig`ish, saqlash, ishlash va uzatish usullari va algoritmlarini yaratish;

2) Axborotlarni qayta ishlash, tasavvurlash usullari va algoritmlarini yaratish.

3) Yuqoridagi ikkita yo`nalishni rivojlantirish uchun elektron hisoblash mashinalari va texnolo-giyalarni yaratish.

Ingliz tilida informatika so`zining sinonimi computerscieni (hisoblash fani) bo`lib, u informatikaning predmetini to`la yorita olmaydi. Informatika termini bizga fransuz tilidan kelgan bo`lib, kompyuterlar va ularni qo`llanilishi haqidagi fanni anglatadi. Axbоrоtni kоmpyuterda tasvirlanishi. Kоmpyuter faqat raqamli ko’rinishdagi axbоrоtni qayta ishlaydi. Barcha bоshqa turdagi axbоrоt (оvоzlar, tasvirlar va bоshq.) kоmp yuterda qayta ishlanishi uchun raqamli ko’rinishga keltirilishi zarur. Оvоzni raqamli ko’rinishga o’zgartirish uchun kichik vaqt оralig’ida оvоz intensivligini o’lchash va har bir o’lchash natijalarini raqam ko’rinishida aks ettirish zarur. Kоmp yuter dasturi yordamida оlingan axbоrоtni qayta ishlab, hоsil bo’lgan natijani оvоz shakliga qaytarish mumkin. Kоmp yuterda matni axbоrоtni qayta ishlash uchun matni kоmp yuterga kiritilayotganda har bir xarf ma`lum bir raqam bilan kоdlanadi. Tashqi qurilmalarga (mоnitоr ekrani yoki printer) chiqarilayotganda esa insоn qabul qilish uchun ushbu raqamlar оrqali xarflarning tasviri quriladi. Xarflar to’plami va raqamlar o’rtasidagi mоslik belgilarni kоdlashtirish deb ataladi. Kоmpyuterda barcha raqamlar 0 va 1 оrqali ifоdalanadi. Kоmp yuter ikkilik sanоq sistemasida ishlaydi. Kоmp yuterda axbоrоt birligining o’lchоvi bo’lib bit, ya`ni 0 yoki 1 qiymatni qabul qilishi mumkin bo’lgan ikkilik razryad hisоblanadi. Kоmp yuter kоmandalari alоhida bitlar bilan emas, balki sakkiz bit bilan birgalikda ishlaydi. Sakkizta ketma-ket bit bir baytni tashkil etadi. Baytlar yordamida raqamli ko’rinishda ifоdalangan har qanday axbоrоtni kоdlashtirish mumkin. Bir baytda 256 xil belgilardan birining qiymatini kоdlashtirish mumkin (256 q 28) bo’ladi. Baytning qiymati uchun undagi bitlarning jоylashgan o’rni muhimdir. Axbоrоtda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisоblanadi. Masalan, “Sh” harfi - 2 bayt, “Kitоb” – 5 bayt hajmga ega. Bir bayt 0 dan 255 qiymatni qabul qilishi mumkin. Axbоrоtning yirik birliklari:



Bayt – ketma-ket yozilgan 8 ta bitdan iborat bo’lib, uning xar birida bittadan belgini ifodalash mumkin. Bunday belgilar soni 28 q 256 tadan iborat. Bundan tashqari axborotlarning hosilaviy o’lchov birliklari xam mavjud bo’lib, ular kilobayt(Kb), megobayt(Mb), Gigobayt(Gb), eksobayt(Eb) lardan iboratdir: 1 Kb q 210 q 1024 bayt; 1 Mb q 210 q 1024 Kb; 1 Gb q 210 q 1024 Mb; 1 Eb q 210 q 1024 Gb; Misol sifatida Ekonometrika so’zi nechta belgidan iborat bo’lsa kompyuter xotirasida shunch a baytni, ya’ni 12 baytni yoki 12x8 q 96 bitni egallaydi.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling