2-mavzu bo‘yicha amaliyot mashg‘uloti uchun topshiriqlar mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar


Download 26.7 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi26.7 Kb.

2-MAVZU BO‘YICHA AMALIYOT MASHG‘ULOTI UCHUN TOPSHIRIQLAR

Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar

  1. Globallashuv jarayoni mohiyatini izohlovchi asosiy tushunchalardan «klaster» tuzing.


Global infratuzilmaning shakllanishi



Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi

Xalqaro savdoning rivojlanishi



Jahon iqtisodiyoti globallashuvi







Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining oshishi

Xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarning ortishi




Xalqaro kapital harakatining kuchayishi



  1. Jahon iqtisodiyoti globallashuviga xos bo‘lgan tendentsiyalarni o‘rganing.


Test savollari
1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi –

A) barcha mamlakatlar tomonidan milliy iqtisodiyotni himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishini anglatadi.



  • B) dunyo maydonini yagona hududga aylanishini anglatadi va bunda tovar va xizmatlar, kapital, axborotlar oqimining erkin harakati yuzaga keladi.

C) faqatgina milliy iqtisodiyot doirasidagi moliyaviy munosabatlarni ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.

D) jahon miqyosida tovarlar, xizmatlar va kapital harakatining erkinligini chegaralashga qaratilgan tadbirlar tizimini anglatadi.

2. Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini qanday ko‘rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:

A) korxonalardagi moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish dinamikasi orqali.

B) xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi, kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi, xalkaro fond bozorlari hajmi, energetika resurslari ishlab chiqarish hajmi va dinamikasi orqali.


  • C) xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi, kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi, xalkaro fond bozorlari hajmi, valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi orqali.

D) mamlakatlardagi tijorat banklari kapitali hajmi va dinamikasi orqali.

3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.



  • A) I-bosqich 1870-1920 yillar, II-bosqich 1920-1970 yillar, III-bosqich 1970 yildan hozirgi davrgacha.

B) I-bosqich 1910-1920 yillar, II-bosqich 1925-1975 yillar, III-bosqich 1975 yildan hozirgi davrgacha.

C) I-bosqich 1890-1920 yillar, II-bosqich 1945-1970 yillar, III-bosqich 1970 yildan hozirgi davrgacha.

D) I-bosqich 1890-1920 yillar, II-bosqich 1945-1960 yillar, III-bosqich 1960-1975 yillar, IV bosqich 1975 yildan hozirgi davrgacha.


  1. Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar qaysi qatorda to‘liq va to‘g‘ri keltirilgan.

A) ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologik omillar, savdo omillari.

  • B) ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologik omillar, tashkiliy omillar, iqtisodiy omillar, axborot omillari.

C) ishlab chiqarish, iqtisodiy omillar, axborot omillari, ichki omillar.

D) tashqi omillar, savdo omillar, investitsion omillar, bevosita va bilvosita omillar.



  1. Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv –

  • A)davlatlar va integratsion birlashmalarning iqtisodiy faolligini oshirib, savdo va investitsiya munosabatlaridagi to‘siqlarni bartaraf etgan holda erkin savdo hududlarini tashkil etish asosida yuzaga keladi.

B) davlatlar va integratsion birlashmalarning iqtisodiy faolligini pasaytirib, savdo va investitsiya munosabatlaridagi to‘siqlarni yuzaga keltirish asosida namoyon bo‘ladi.

C) milliy iqtisodiyotlarning ichki xo‘jalik munosabatlarida sodir bo‘ladi.



D) xalqaro tashkilotlar faoliyatini kuchaytirib, ularning jahon xo‘jaligini nazorat qilish funktsiyasida namoyon bo‘ladi.
Test savollari javoblari


1

2

3

4

5

B

C

A

B

A



Quyidagi keltirilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilib o‘z xulosalaringizni shakllantiring.
Tashqi savdo aylanmasi va balansi (yanvar-avgust, mln. AQSh dollari)

Ko‘rsatkichlar

2019 y.

2020 y.

O‘sish sur’ati, %da

Jamiga nisbatan %da

Tashqi savdo aylanmasi

28091,4

24537,2

87,3

-

Eksport

12106,2

11608,4

95,9

100

tovarlar

5936,8

4496,8

75,7

38,7

xizmatlar

2225,2

1307,2

58,7

11,3

oltin

3944,2

5804,4

147,2

50

Import

15985,2

12928,7

80,9

100

tovarlar

14403,7

12163,6

84,4

94,1

xizmatlar

1581,5

765,2

48,4

5,9

Saldo

-3879,1

-1320,3

-

-

Eksport (oltinni hisobga olmaganda)

8162

5804

71,1

-

2020-yil yanvar-avgust oyi yakunlariga ko’ra, respublikada tashqi savdo

aylanmasi 24 537,2 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga

nisbatan 87,3 % ga o’sdi. Shu jumladan, eksport hajmi 11 608,4 mln. AQSH

dollarga (osish surati 95,9 %) va import hajmi 12 928,7 mln. AQSH dollariga

(o’sish sur`ati 80,9 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 1 320,3 mln. AQSH

dollarini tashkil qildi.

Shu bilan birga ta’kidlab o’tish kerakki, 2020-yilning yanvar-avgust oyida

eksport qilingan tovar va xizmatlar, o’tgan yilning mos davriga nisbatan

2358 mln. AQSH dollarga kamroq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi

hajmi esa o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3 056.4 mln. AQSH dollariga

kamroqdir.



Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 5 804 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 71.1% ga o’sdi.
Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling