2-mavzu: Dori vositalarini qadoqlash va o’rash. Qadoqlash va o’rashda ishlatiladigan matеriallar. Maruza rejasi


Download 42.73 Kb.
Sana19.09.2022
Hajmi42.73 Kb.
#811699
Bog'liq
2-мавзу матни (2)
Masal va misollar, 1 Микроиқтисодиёт фанидан саволлар, 1 Микроиқтисодиёт фанидан саволлар, 10, ҲАРБИЙ БАЁННОМА, TEX XARITA, Ro'ziyev Muhammad 2-laboratoriya, refarat sarbi, biologiya-9-sinf, Botanika 5, биология фанидан тест, ЗООЛОГИЯ биология тест-1, IQTISODIYOT NAZARIYASI 1-joriy, tavakkal, DilnozaKursIshi

2-mavzu: Dori vositalarini qadoqlash va o’rash. Qadoqlash va o’rashda ishlatiladigan matеriallar.
Maruza rejasi:

  1. Qadoqlash,qadoqlash elementlari

  2. Tara guruhlari

  3. Qadoqlash funksiyalari

  4. Qadoqlash vositalari va qadoq turlari:qattiq qadoqlash vositalari, yarim qattiq qadoqlash vositalari, yumshoq qadoqlash vositalari

  5. Qadoqlash uchun tayyorlangan o‘ramlar

Ajratilgan vaqt-2 soat
Qadoqlash — mahsulotni (dori moddasini) tashqi ta’sirlardan (tashqi muhit, iflosliklar), jarohatlanish, yo‘qolishlardan himoya qilish vositasi
Qadoqlash elementlari tara (asosiy qadoqlash elementi bo‘lib, maxsulotni joylashga mo‘ljallanadi);

  • Qo‘shimcha qadoqlash vositalari (qo‘shimcha qadoqlash elementi bo‘lib, maxsulotni mexanik ta’sir himoyalash va tara mustahkamligini himoyalash uchun mo‘ljallanadi);

  • yorliqlash (maxsulot xaqida axborot berishning bir turi bo‘lib, yo‘riqnoma, varaqa, yorliq ko‘rinishida aks ettiriladi).

Tara guruhlari

  • Ishlatilishiga ko’ra tara va jixozlar 3 guruhga bo’linadi:

  • Iste’moldagi jihoz (so‘ng iiste’molchi tayyor maxsulotni individual qo‘llashi uchun tayyorlangan), u o‘z navbatida birlamchi (ichki) – maxsulotni to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘rab turuvchi va ikkilamchi (tashqi) – ya’ni maxsulotni ishlatishdan oldin olib tashlanadigan, ichki tarani ximoya qiladigan qobiq.

  • Guruhlangan tara (qadoq), maxsulotni sotish uchun mo‘ljallangan iste’moldagi jixozlarni bir taraga birlashtirilgan gurux;

  • Tashishga mo‘ljallangan tara (qadoq) —maxsulotni ichki va tashqi jixozini saqlashni ta’minlovchi va tashishda qulaylik yaratadigan qobiq

Qadoqlash funksiyalari
Qadoqlash quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • mahsulotni buzilishdan, noqulay tashqi ta’sirlardan saqlash;

  • yuklarni tashish, otrish-tushirish, omborxonaga joylash va sotishning ratsional birligini yaratishni ta’minlaydi.

  • Marketing funksiyasini bajaradi

Qadoqlash funksiyasi maxsulotni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga etib kelguncha davom etadi. va bu funksiya iste’molchi mahsulotni qadoqdan olib, qadoqni tashlab yuborgandan so‘ng to‘htaydi.
Qadoqlash turlari

  • Birlamchi qadoqlar ishlatiladigan materialiga ko‘ra, uni mexanik barqarorligi va mustaxkamligiga qarab, gurux va turlarga bo‘linadi. Xar hil dori shakllari uchun GOST tomondan birlamchi qadoqlash va o‘rash material turlari belgilangan.

Qattiq qadoqlash vositalari:

  • Metalldan birlamchi tara tayyorlashda: banka, probirkalar (tabletka, draje, kukun, granula, kapsulalarni joylash uchun), aerozol ballonlari, tyubalar (surtma, pasta, linimentlarni joylash uchun) foydalaniladi;

Shishadan:

  • banka, probirka, flakon, butilka (tabletka, draje, kukun, granula, kapsula, surtma, pasta, liniment, ko‘z tomchilarini joylashda), ampulalar ishlab chiqarishda foydalaniladi;

Polimerlardan

  • probirka, stakan, banka (tabletka, drajelarni joylash uchun)lar ishlab chiqarishda foydalaniladi;

Yarim qattiq qadoqlash vositalari:

  • kartondan korobka, pachka (plastir, o‘simlik xom ashyolari) ishlab chiqarishda foydalaniladi;

  • polimerlardan

  • shprits-tyubiklar (in’eksiya uchun ishlatiladigan dori shakllari uchun);

  • tyubik-kapelnitsalar (ko‘z tomchilarini joylash uchun);

  • Konturlar (shamchalarni joylash uchun) ishlab chiqarishda foydalaniladi); kombinirlangan materialdan shamcha, tabletka, draje, kapsula, poroshok, granula, o‘simlik maxsulotlarini konturli jixozlashda foydalaniladi.

Yumshoq qadoqlash vositalari:

  • Polimerlar – poroshok, granula, plastirlarni joylash uchun paketlar tayyorlash uchun ishlatiladi;

  • Qog‘ozo‘ramlar - draje, tabletka, dorivor o‘simliklarni joylash uchun paket, o‘ramlarni tayyorlashda ishlatiladi

Birlamchi tara va o‘ramlar dori vositasini xossasi, ishlatilishi, miqdoriga ko‘ra davlat standartlari, farmakopeya maqolasi talablariga binoan tanlanishi lozim.
Birlamchi tara va o‘ramlarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallarga SSV tomonidan ishlatishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak

  • Dori vositasining xar bir seriyasi uchun uni fizik-kimyoviy xususiyatlarini xisobga olgan xolda qadoq bir xil bo‘lishi kerak:

  • yorug‘likka ta’sirchan dori vositalari yorug‘lik o‘tkazmaydigan taraga joylanishi kerak;

  • Uchuvchan, gigroskopik, engil oksidlanuvchi dori vositalari prokladkali burama qopqoqli banka yoki flakonlarda saqlanishi kerak

  • Uchuvchan yoki hidli dori vositalari boshqa dori vositalaridan aloxida qadoqlanishi kerak;

  • Efir moylari saqlovchi tabletka dori vositalari probirkaga joylashdan oldin parafinlangan qog‘ozga o‘raladi;

Tabletka, kapsula va drajelarni taraga joylashtirishda probka tagidan tibbiyot gigroskopik paxtasi yoki viskoza lentasini amortizator sifatida qo‘yish ruhsat etiladi .
Ampularni qadoqlashda amortizator sifatida tibbiyot aligninini ishlatish mumkin. Xar bir qadoqga ampulani ochish uchun maxsus moslama qo‘yilishi zarur.
Dori vositasi solingan iste’mol tarasi gruppa tarasi – ya’ni karton karobkalarga joylashtirilishi kerak. Shisha boshka, probirga, butilka, aerozol ballonlari, alyumin tubalarni termousadkali plenkalarga joylash mumkin.
Agar dori vositasining ikkilamchi qadog‘i bo‘lmasa, unda guruxli qadoq ichiga teng miqdorda ishlatilish to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi joylashtirilishi kerak. Kukunlarni qadoqlash va o’rashda Italiyaning «Marchеsini Group» kompaniyasi tomonidan taklif qilingan bolib, sashе pakеtchalarini avtomatik tarzda massa bilan to’ldirish va yopish uchun mo’ljallangan bolib, sashе pakеtchalari to’rt tomonlama, issiq usul bilan yopiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi daqiqasiga 600 donagacha. Italiyaning «Marchеsini Group» kompaniyasi tomonidan taklif йilingan ushbu avtomat birlamchi qadoqlarni karton qutilarga joylash uchun mo’ljallangan bo’lib, gorizontal tuzilishli, yuqori tеzlik bilan uzluksiz ishlashga mo’ljallangan. Avtomatning asosiy ishchi qismi balon-konsol konstruktsiyasiga ega. Har xil o’lchamdagi karton qutilar uchun mo’ljallangan. Ishlab chiqarish samaradorligi daqiqasiga 200 quti. qutilarning o’lchamlari quyidagicha:

  • «A» o’lchamli quti — eni 25 mm dan 100 mm gacha;

  • «B» o’lchamli quti — balandligi 15 mm dan 85 mm gacha;

  • «G» o’lchamli quti — uzunligi 65 mm dan 150 mm gacha.

Наг bir o‘ram operatsiyasi boshlanishidan oldin ishchi zona, qadoqlash yo‘llari, bosma mashinalari va boshqa asbob-uskunalai toza ekanligi va moijallangan operatsiyalarni talab etmaydigan har xil oldindan ishlatilgan preparatlar, materiallar yoki hujjatlardan xoliligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak. Qatorlarni tozalash tegishli nazorat ro'yxati asosida amalga oshi­rilishi zarur.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomi va seriya raqami har bir o‘rash joyida hamda yo‘lida yaqqol ko‘rsatilishi kerak.
Barcha ishlatilgan o‘ram materiallari va mahsulotlar o‘rash bo‘limiga yetkazib berilganda miqdori va chinligiga nisbatan hamda o‘rash yo‘riqnomasiga mos kelishi tekshirilishi kerak.
Qadoqlash uchun tayyorlangan o‘ramlar toza bo‘lishi kerak. Ularning shisha parchasi va metall boiaklari kabilar bilan kontaminatsiyasining oldini olish va bartaraf qilish zarur.
Odatda, yorliqlash qadoqlash va tiqinlashdan keyin iloji boricha tezroq amalga oshirilishi kerak. Agar bu narsa amalga oshmasa, chalkashliklar va xato yorliqlashlar bo‘lmaganligini kafolatlovchi tegishli uslublarni amalga oshirish kerak.
Alohida texnologik operatsiya yoki o‘rash jarayonida amalga oshirilayotgan har bir shtamplash operatsiyasi (masalan, seriya raqamlari, saqlash muddati) tekshirilishi va bayonlashtirilishi kerak. Qo‘lda shtamplashni muntazam tekshirib borishga e’tibor berish kerak.
Kesilgan yorliqlar ishlatilganda hamda shtamplash o‘rash yo‘lidan tashqarida bo‘lgan hollarda alohida ehtiyotkorlik ko‘rish kerak.
Adashib ketishning oldini olishda to‘p o‘ramdagi yorliqlarni ishlatish qirqim yorliqlarni ishlatishdan afzaldir.
Barcha elektron kod o‘qigichlar, yorliq sanagichlar va shunga o‘xshash qurilmalarning to‘g‘ri ishlpyganligini kafolatlovchi tekshiruvlar o‘tkazib turilishi lozim.
О‘rash materiallariga bosma yoki bosish orqali tushiriladigan ma’lumotlar aniq bo‘lishi va yorug‘lik ta’siriga hamda o‘chib ketishga chidamli bo’lishi kerak.
O‘rash yo£li paytida mahsulotni nazorat qilish kamida quyidagilarni tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak:
a) o‘ramlarning umumiy tashqi ko‘rinishlari;
b) o‘ramlarning uyg‘un birligi;
c) mahsulotlar va o‘rash materiallarining tegishli turi ishlatiladi;

  1. ishlatillgan shtamplashning to‘g‘riligi;

I) yo‘ldagi nazorat qurilmalar ishlashining to‘g‘riligi. O’rashga olingan namunalarni qayta joyiga qaytarmaslik kerak.
Agar mahsulot o‘ralishida kutilmagan hollar yuz bersa, unda mahsulot vakil xodim mahsus nazorati, izlanishlar o‘tkazishi ruxsati bilan yana jarayonga qaytarilishi mumkin, lekin operatsiyaning to‘liq bayonnomasi saqlab qo‘yilishi lozim.
O‘ram operatsiyasi tugatilgach, seriya raqami ko‘rsatilgan barcha o‘ram materiallari yo‘q qilinishi va bu holat bayonomaga kiritilishi zarur.
Kod (seriya raqami) qo‘yilmagan materiallarning omborxonaga tegishli hujjatlashtirilgan uslublar asosida amalga oshir ishi kerak. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning harakatini aniqlovchi barcha hujjatlar tegishli mutasaddi tashkilotlar so‘rovi bo‘yicha taqdim etishga tayyor bo‘lishi kerak.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish hamda jo‘natilishini aks ettiruvchi hujjatlar mahsulot haqida quyidagi axbo rotlarni o‘z ichiga olishi kerak: mahsulotning nomi, qabul qilingan yoki yetkazib berilgan miqdori, seriyasi/partiyasi, ta’minotchi, ishlab chiqaruvchi zavod yoki yuk oluvchining nomi va manzili, litsenziyasi, sertifikati, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti, tibbiy buyum mahsulotlari uchun kafolatlangan majburiyatlari va boshqalar.
Ushbu hisob dori vositalari va tibbiy buyumlarning istalgan seriya/partiyasiga nisbatan bajarilgan barcha harakatlar kuzatuvini amalga oshirishga sharoit yaratgan bo’ishi kerak.
Hujjatlar 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan maqullangan tartibga ko‘ra muddati tugamaguniga qadar to‘g‘ri ta’minlovchi sharoitda bo‘lishi kerak.
Hujjatlar qog‘oz yoki elektron holatda saqlanishi kerak.
Yozma uslublarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Mahsulotni olish va yetkazib berilganligini tekshirish, ularning saqlanish joyini tozalash (shu jumladan parazit va zararkunandalardan), saqlash sharoitini ro‘yhatdan o’tkazish, zahiradagi mahsulotni sotishga mo‘ljallangan tranzit konteynerni yetkazish joylarida mahsulot zaxirasining xavfsiz ligini taminlash, jumladan, xaridorlarning buyurtma bayonnomalari, dori vositalarini qaytarish va tibbiy buyumlarni, qaytarib olish rejalari va h.k. Bunday uslublar sanasi ko‘rsatilgan holda sifat nazorati bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan imzo qo‘yilib tasdiqlanishi kerak.
Bayonnomalar har bir ish jarayoni vaqtida shunday to‘ldirilishi, unda barcha muhim harakat va hodisalarni kuzatish mumkin bo‘lsin. Bayonnomalar aniq va o‘qishga oson taqdim etilishi kerak. Ularni besh yildan kam boimagan muddatda saqlqsh shart.
Bayonnomalarda sotuv va xarid borasidagi barcha harakatlar, lumladan, xarid qilingan yoki yetkazib berilgan sanasi, qabul qilingan yoki yuborilgan dori vositasining nomi va miqdori, yetkazib beruvchi yoki uni qabul qiluvchining nomi va shaxsiqayd etilgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchi va distribitorlar orasidagi kelishuvda, shuningdek, o‘zaro distribyutorlar (dori vositalarini aholiga yetkazib berish huquqiga ega emas bundan mustasno) bayonnomalarda dori vositalarining chiqishi va tayinlash joyining kuzatuvi ta’minlangan bo‘lishi lozim, masalan, dori vositasini yetkazib beruvchi va qabul qiluvchilarni aniqlash uchun seriya raqamlaridan foydalanish mumkin.
Barcha materiallar va dori vositalari ularning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsattmaydigan va tashqi omillar, jumladan, mikrob kontaminlardan ishonchli himoyani ta’minlovchi o‘ramlarda saqlanishi muddati,barcha o‘ramlar material yoki dori vositasi nomi, ishlab chiqaruvchi nomi va manzili, dori shakli va dozasi, yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti, alohida ehtiyotkorlik chora-tadbirlar (zarur bo‘lganda) ko‘rsatilgan holda aniq yorliqlanishi lozim. Umumiy qabul qilingan qisqartma va nomlar yoki kodlarm ishlatish lozim.
Download 42.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling