2-mavzu. Egri chiziqli harakat. Aylanma harakat. Yuqoriga tik otilgan jism harakati gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati va ularning harakat tenglamalari


Download 21.39 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi21.39 Kb.
#1472421

2-MAVZU. EGRI CHIZIQLI HARAKAT. AYLANMA HARAKAT. YUQORIGA TIK OTILGAN JISM HARAKATI GORIZONTAL VA GORIZONTGA QIYA OTILGAN JISM HARAKATI VA ULARNING HARAKAT TENGLAMALARI
2.1. Tosh gorizontal yo'nalishda υx=15 m/sek tezlik bilan otilgandan 1 sek o'tgach, uning normal va tangensial tezlanishi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.2. Tosh gorizontal yo'nalishda 10 m/sek tezlik bilan otilgandan 3 sek o'tgach, tosh trayektoriyasining egrilik radiusi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.3. Koptok gorizontga =40° burchak ostida υ0=10 m/sek boshlang’ich tezlik bilan otilgan. 1) Koptok qanday Sy balandlikka ko'tariladi? 2) Koptok otilgan joydan qanday Sx masofaga borib yerga tushadi? 3) Koptok qancha vaqt harakatlanadi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.4. Leningraddagi sport musobaqasida sportchi yadroni 16 m 20 sm masofaga uloqtirdi. O'shanday yadro Toshkentda o'sha sharoitda (boshlang’ich tezlik va gorizontga qiyalik o'zgarmaganda) qancha masofaga uchib borar edi? Leningradda og’irlik kuchining tezlanishi 981,9 sm/sek2 ga, Toshkentda esa 980,1 sm/sek2 ga teng.
2.5. Gorizontga υ0 tezlik bilan qiyalatib otilgan jismning harakat vaqti t=2,2 sek ga teng. Uning ko'tarilgan eng katta balandligi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.6. Gorizontga υ0=12 m/sek tezlik bilan α = 45° burchak ostida otilgan jism, otilgan joydan 5 m masofaga borib yerga tushgan. Tosh tushgan joyga tushishligi uchun, qanday h balandlikdan toshni shunday υ0 tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otish kerak?
2.7. Jismni gorizontga α=45° burchak ostida v0=14,7 m/sek tezlik bilan otilgandan t=1,25 sek o'tgach uning normal va tangensial tezlanishi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.8. Jismni gorizontga α=45° burchak ostida v0= 10 m/sek tezlik bilan otilgandan t=1sek o'tgach, jism trayektoriyasining egrilik radiusi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.9. Jism gorizontga α burchak ostida υ0 tezlik bilan o’tilgan. Agar jismning eng yuqori ko'tarilish balandligi h=3 m va jism traektoriyasining eng yuqorigi nuqtasida trayektoriyaning egrilik radiusi R=3 m ga tengligi ma'lum bo’lsa, υ va α larning kattaligi topilsin.
2.10. Balandligi H=25 m bo’lgan minoradan gorizontga α=30° burchak ostida υ0=15 m/sek tezlik bilan tosh otilgan. 1) Tosh qancha vaqt harakatda bo'ladi? 2) U minora asosidan qancha uzoqlikda yerga tushadi? 3) U qanday tezlik bilan yerga tushadi? 4) Toshning yerga tushish nuqtasida uning traektoriyasi gorizont bilan qanday burchak hosil qiladi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.11. Bola gorizontga α =45° burchak ostida υ0=10 m/sek tezlik bilan otgan koptok s=3 m uzoqlikdagi devorga urilgan. 1) Koptokning devorga urilishi (uning yuqoriga ko'tarilishida yoki pastga tushishida) qachon sodir bo’lganligini aniqlang. 2) Koptok (otilgan balandlikdan hisoblaganda) devorga qanday h balandlikda urilgan? 3) Urilish vaqtida koptokning tezligi qanday bo’lgan? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
2.12. 1) Yerning sutkalik aylanishi, 2) soatdagi soat strelkasining, 3) soatdagi minut strelkasining, 4) aylana orbita bo'ylab T=88 min aylanish davri bilan harakatlanayotgan yer sun'iy yo'ldoshining burchak tezliklari va 5) agar sun'iy yo'ldoshning orbitasi yer sirtidan 200 km balandlikda bo’lsa, uning chiziqli tezligi topilsin.
2.13. Leningrad kengligidagi (60°) yer sirti nuqtalari aylanishining chiziqli tezligi topilsin.
2.14. Samolyotdagi yo'lovchiga quyosh osmonda qo’zg’almay turgandek ko'rinishi uchun, samolyot ekvator bo'ylab sharqdan g’arbga tomon qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak?
2.15. Bir-biridan l=0,5 m oraliqda ikki disk mahkamlangan o'q ayl/min chastotaga mos burchak tezlik bilan aylanma harakat qilmoqda. Disk mahkamlangan o'q bo'ylab uchib boruvchi o'q ikki diskni teshib chiqadi va ikkinchi diskdagi teshik birinchisidagiga nisbatan burchakka siljiydi. O'qning tezligi aniqlansin.
2.16. Aylanma harakat qilayotgan g’ildirak gardishi nuqtasining υ1 chiziqli tezligi gardishdan o’qqa 5 sm yaqin bo’lgan nuqtasining υ2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin.
2.17. Tekis tezlanish bilan aylanayotgan g’ildirak harakat boshidan marta aylangandan keyin rad/sek burchak tezlikka erishsa, uning burchak tezlanishi topilsin.
2.18. Maxovik g’ildirak harakat boshlanishidan min o'tgach ayl/min ga mos tezlikka erishadi. G’ildirakning burchak tezlanishi va 1 minutdagi aylanishlar soni topilsin. Harakat tekis tezlanuvchan deb hisoblansin.
2.19. Tekis sekinlanib aylanayotgan g’ildirak tormozlanish natijasida 1 min davomida o'zining tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi. g’ildirakning burchak tezlanishi va bu vaqt ichidagi aylanishlar soni topilsin.
2.20. Ventilator 900 ayl/min chastotaga mos tezlik bilan aylanadi. Ventilator o'chirilgandan u tekis sekinlanuvchan harakat qilib to to'xtalguncha 75 marta aylangan. Ventilator o'chirilgandan to to'xtaguncha qancha vaqt o'tgan?
2.21. Val 180 ayl/min chastotaga mos o'zgarmas tezlik bilan aylanadi. Val tormozlangan vaqtdan boshlab son jihatdan 3 rad/sek2 ga teng burchak tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan aylanma harakat qiladi. 1) Val qancha vaqt o'tgach to'xtaydi? 2) To to'xtaguncha u necha marta aylanadi?
Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling