2 mavzu: frank qabilalarida imperiyaning shakllanishi (2-soat). R e j a


Download 142.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.02.2023
Hajmi142.58 Kb.
#1163611
Bog'liq
3 mavzu bayoni



2 - MAVZU: FRANK QABILALARIDA IMPERIYANING
SHAKLLANISHI (2-SOAT). 
R E J A: 
1. Vandallar, burgundlar, langobardlar, gotlar qirolliklari.
2. Frank qabilalari, franklarning bo‘linishi, ularning xo'jaligi
3. Merovinglar va ularning inqirozi
4. Mayordamlikning mohiyati.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: 
Vestgot, varvar, kvadlar, markomanlar, svevlar, langobard, got, vandallar, 
burgund, ostgot, zodagon, «yer kaxatchiligi», «Kaspiy darvozasi», gunn, federat, 
Gvadiana, «vandalimz», Vorms, Sharqiy Rim, «xalqlar jangi», «fara», «urug», 
aristoqrat, plantator, kazarma, obroq, latifundiya, papa, yepiskop, «Buyuk 
ko’chish». 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Agafiy. O sarsvovanii Yustiniana. (per.statya i primech. M.V. Levchenko). 
2. Istoriya Vizantii. V 3 t. M., Politliter. 1971. T.1.G 
3. Grigoriy Turskiy «Istoriya frankov» M.,1987. 
4. Ya.M. Svev. Oqeanlar osha sayyoxat. T.,1975. 
5. O’rta asrlar tarixi V.F. Semenov T. ,1973.
6. Granovskiy T.N. Leksii po istorii srendnevekovya. M., MGU. 1986. 
7. Istoriya srednix vekov Pod red. Z.V. Udalsevoy i S.P. Karpova I-II ch. M., 
Vыsshaya shqola. 1991. 
1-asosiy savol: 
IV asr oxiri–V asr boshlarida varvarlarning imperiyaga bo`lgan munosabatlari 
va Vessgotlar imperiyasi. 
Mavzuning maqsad: IV asr oxiri–V asr boshlarida Rim imperiyasida 
varvarlarning qanday tashqil topishini aytish, o’sha davrlarda varvarlarning 
imperiyaga bo`lgan munosabatlarining keskinlashuvini ochib berish, imperiyaga 
gunnlarning kelishi sabablarini aniqlash hamda imperiyada vestgotlarning siyosiy 
tuzumiga baxo berish. 
Identiv o`quv maqsadlari: 
1.1. IV asr oxiri – V asr boshlarida Rim imperiyasining ijtimoiy hayotini aytib 
beradi. 
1.2. Varvarlarning imperiyaga bo`lgan munosabatini ochib beradi. 
1.3. Imperiyaga gunnlarning kirib kelish sabablarini aniqlaydi. 
1.4. Vestgotlarning imperiyada siyosiy tuzumiga baxo beradi. 
1 – asosiy savolning bayoni: 
Varvarlarning Rim imperiyasiga bo`lgan munosabati IV asr oxirigacha 
kelib juda ham keskinlashib ketdi. Imperiyaning zaiflashuvi varvar qabilalariga 


imperiya chegarasidan deyarli bemalol o’tib, uning territoriyasini egallab olish 
uchun imkon berdi. Imperiya varvarlarning siquvini yana bir oz vaqt to’xtatib tura 
olar edi, lekin u, imperiyaga federat – ittifoqchilar tarzida xizmat qilayotgan 
varvarlarning o’zining yordamiga tayangan chogdagina shunday qila olar edi. 
Ammo federatlarning dushmanga aylanishi oson edi; buning oldini olish uchun 
imperiya ularga tobora ko`proq yon berishga majbur bo’lmoqda edi. German 
qabilalari II-IV asr O’rtalarida o’zlarining ishlab chiqarish kuchlarini anchagina 
rivojlantirdilar. Ular Sezar va Tasit zamonidagiga qaraganda yaxshiroq ishlay 
boshladilar. Ularda xayvonlarning nasli (jumladan, otlarning nasli) yaxshilandi. 
Xunarmandchilikdan rivojlantirishda ancha olga ketiladi. Germaniyaning ko`p 
joylarida yer ustidagi yoki uncha katta bo`lmagan chuqurlikdagi rudalar ishlana 
boshlanadi. Chegara oblastida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan oldi – 
sotdi qila boshladilar. Varvarlarning axolisi tobora ko`payib borganligi uchun yer 
masalasi juda keskin masala bo`lib qoldi. Varvarlar axolisining oshib-toshib 
ketayotganligini sezmoqda edilar. Ular imperiyaning serhosil va qisman butunlay 
ishlov berilmagan yerlarini ishgol qilishga intildilar. Butun bir varvar qabilalarini 
rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishga olib kelgan eng muhim va 
asosiy sabab yer tankisligi edi. Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta 
o’zgarishlar sodir bo’ldi. German jamiyatining tobora ko`proq tabaqalanib borishi 
– zodagonlarning ajralib chiqishi, ularga qaram bo`lgan kishilarning sonini 
ko`payishi va xoqozolar bilan bir qatorda, qabilalarning katta – katta ittifoqlarga 
birlashuv prosessi ham yo’z bermoqda edi. Quyi Reynda hamda Yutlandiya yarim 
oro’lida anglo–saks qabilalari birlashmasi; Yukori Reynda allemanlar ittifoqi 
(bunga kvadlar, markomanlar, qisman svevlar kirardi); Yelbada va Yelbaning 
narigi tomonida langobardlar, vandallar burgundlarning ittifoqlari tashqil topdi. 
Bundan oldingi bobda gotlarning ikkita ittifoqi – vestgotlar ittifoqi va ostgotlar 
ittifoqi vujudga kelib, bularning har biri Dunay va Kora dengiz bo’yi rayonida ko`p 
qabilali davlat tashqil qilinganligi gapirib o’tilgan edi. IV asrning oxirlaridan 
boshlab va ayniqsa V asrda varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga qarab yul 
olib, uni asta–sekin istilo qila boshladilar. To`g`ri, bu istilo qilish qariyb butun bir 
asrga cho’zildi. Ancha vaqtgacha bu istilochilar rasman imperiyaning 
“ittifoqchilari” deb qaraldi. Biroq zamondoshlar bu nomga aldanmadi. G’arbiy 
Rim imperiyasining tobora qo’llab borayotganligi shubxasiz haqikat edi. chunki 
varvarlar imperiyani istilo yetish bilan bir vaqtda imperiya territoriyasiga 
o’zlarining butun oilalari, uy anjomlari, sigir – buzoqlari va xoqozolari bilan 
ko’chib kelib, o’rnashayotgan edilar. Shuning uchun IV asrning oxiri va V asrning 
hammasini o’z ichiga olgan bu davrni tarixchilari odatda Xalqlarning buyuk 
ko’chishi davri deb ataydilar.
Bu ko’chish imperiya territoriyasiga gotlarning bostirib kirishidan boshlandi, 
deb xisoblanadi. Ostgotlar va vestgotlarning imperiya bilan totuv yashashlari 
mumkindek tuyular edi. O’sha vaqtda Yevropaning janubiy – sharqida bu 
varvarlarning juda keng yer maydonlari bor edi. Vestgotlarda ham, ostgotlarda 
ham xech qanday «yer kaxatchiligi» yuk edi. To`g`ri, ostgot zodagonlari gox-gox 
Bolqon yarim oro’liga hujum qilib turar edilar. Lekin ikkinchi tomondan, gotlar 
Sharqiy Rim imperiyasi bilan tinch savdo aloqalari olib borar edilar. Gotlar 


xristianlikni sharqiy rimliklardan qabul qilgan edilar. Gotlar O’rtasida xristianlikni 
targib qilgan kishi yepiskop Ulfila bo’ldi, u injilni va diniy kitoblarni got tiliga 
tarjima qildi.
Ikki davlatning eng kuchli - Ostgotlar davlati bo`lib, u ko`p qabilali ittifoq 
edi, bu ittifoq o’zining ostgot qabilasidan tashqari, slavyan va sharqiy sarmat
qabilalaridan bir qanchasini o’z ichiga oladi va bu davlatga qiro’l Germanarix 50 
yil boshchilik qildi (u 375 yilda vafot yetdi) Ostgotlarning o’zlari mahalliy 
madaniyat ta’siriga anchagina berilib, mahalliy axoli bilan qisman aralashib keta 
boshlagan edi. 
Vestgotlarning Dunaydan o`tishi yo’zaki qaraganda aytarli bir narsa emasdek 
edi. Rimliklarning butun-butun qabilalarini federat qilib qabul qilish xollari ilgari 
ham bo`lgan edi . Lekin haqikatda etsa, vestgotlarning Bolqon yarim oro’lida 
paydo bo`lishi katta oqibatlarga olib kelgan edi.Gonoriyning lashkarboshisi 
Stilixon (aslida varvar edi) dastlabki vaqtda vestgotlarning Italiyaga qilgan 
hujumini to’xtatib turdi. U xatto Britaniyadagi rim legionlarini (407 yilda) chaqirib 
keltirdi, legionlarning bu vaqtida Italiyaning o’zida bo`lishi nihoyat darajada 
zarur edi. Biroq saroy axli O’rtasida fitna natijasida Stilixon tez orada vazifasidan 
tushirildi va o’ldirildi. Vestgotlar qiro’li Aliarix endi qattiq qarshilikka uchramay, 
409 yilda Italiya territoriyasiga kirib boradi. Keyingi yilda Alarix Rimni juda katta 
talonga soldi. Shu narsa harakterliki, Alerix Rimni qo’llar yordami bilan oldi. 
Rimda va uning atrofida yashagan 40 mingga yaqin qo’l Alarix tomoniga utdi. 
Nazorat topshiriqlari: 
1. Xalqlarning Buyuk ko’chish davri qaysi asrlarga to`g`ri keladi? 
2. Vestgotlar Rimni qachon bosib oldilar? 
3. Qiro’l Germanarix necha yil hukmronlik qildi? 
4. Feodosiy o’lgandan keyin Rim imperiyasida qanday voqea yo’z berdi? 
5. Rim imperiyasining varvarlar tomonidan istilo qilinishining oqibatlari 
ayting? 
6. Nima uchun xalqlarning buyuk ko’chish davri deb ataydilar? 
2-asosiy savol: 
Italiyada bir oz vaqt to`rgandan keyin, vestgotlar Gonoriy xukumati bilan 
kelishib, Janubiy Galiyaga utdilar va u yerda 419 yili Rim imperiyasi 
territoriyasida dastlabki varvarlar koro’lligini tuzdilar, uning poytaxti Tulo’za 
shaxri bo’ldi. Tulo’za qiro’lligi Rim imperatoriga nomigagina qaram xisoblanar 
edi. Aslida u butunlay mustaqil edi. Galiyaga ko’chib kelganlaridan vesstgotlar 
juda ko`p yerlarni boshqatdan taksimladilar, Ular mahalliy galliyalik-rimlik 
qo’ldorlar ixtiyoridagi yerlarning uchdan ikki qismini undagi qo’llar, binolar, 
qishloq xo’jalik asbob-uskunalari va boshqa narsalari bilan birgalikda musodara 
qilib, o’zaro bo`lishib oldilar, katta-katta latifundiyalardagi eng yaxshi yerlarni, 
qo’llarni va asbob-uskunalarni qiro’l bilan zodagonlar oldi. Oddiy vesstgot jangchi 
dehqonlar o’zlarining oilaviy chek yerlarini - sortes - ya’ni aynan olganda kur’aga 
(chekiga) chiqkan yerlarni oldilar, bular: xaydaladigan yerlardan, jamoaga qarashli 
yer-mulklar – o’rmonlar, yaylovlar va boshqalardan iborat edi. Keyincha V asrning 


oxiri – VI asrning boshlaridan boshlab Vestgotlar koro’lligi Piriney tog’larining 
narigi tomoniga Ispaniyaga ham yoyildi. Uning poytaxti Toledo shaxriga 
ko’chirildi. Taxminan, Galliyada vestgtlar o’z davlatini vujudga keltirgan vaqtda, 
boshqa bir gruppa varvar qabilalari Pireney yarim oro’liga bostiri kirdi. Bular 
svevlar bilan vandallar edi. Svevlar yarim oro’lning Shimoliy-g’arbiy qismini 
bosib oldilar, vandallar janubga kirib borib, birmuncha vaqtgacha Gvadiana 
daryosi janubidagi territoriyada yashadilar. Xozirgi vaqtda ham shu oblast 
Andalo’ziya deb ataladi (dastlabki vaqtlarda Vandalusiya deb atalar edi). 
Vandallar bu yerdan koro’l Geyzerix boshchiligida Shimoliy afrikaga hujum 
qildilar. Vandallar Shimoliy afrika axolisining quyi tabaqalari orasida Rim 
xukumatining va katta qo’ldorlarning e`tibori yukligidan foydalanib, bu keng 
territoriyani bosib oldilar va 439 yilda Rim imperiyasi territoriyasida ikkinchi 
varvar qiro’lligini vujudga keltirdilar, bu davlatning poytaxti qadimgi Korfagen 
bo’ldi. 
Vandallar Rim zodagonlarining juda ko`p yerlarini ham musodara qildilar. 
Lekin ularning o’zlarida ham zodagonlar tezlik bilan tarkib topmoqda edi, bu 
zodagonlar bosib olingan yerlar, olingan qo’llar va boshqa xil uljalar xisobiga 
boyib ketdi, vandal zodagonlari Italiyaga qilingan bosqinchilik hujumlari 
natijasida ayniqsa boyigan edi. 455 yilda vandallar Rimni bosib olib
vestgotlarning 410 yildagi tolon-tarojidan battaroq misli qurilmagan darajada 
taladilar va vayron qildilar. Vandallar Rimning eng nodir qadimgi yodgorliklarini 
ayovsiz bo’zib tashladilar. Shu sababli «vandalizm» degan so’z madaniyat 
yodgorliklarini vaxshiyona vayron qilish timsoli bo`lib qoldi. V asr O’rtalarida 443 
yil bilan 457 yil oraligida Rona daryosi xavzasida yana bir varvar qiro’lligi 
vudjudga keldi, bu qiro’llikning poytaxti Lion shaxri bo’ldi. Bu Burgundiya 
koro’lligi bo`lib, xajmi jixatidan bir muncha kichiqroq bo`lsada, xozirda 
Fransiyaning janubi-sharqini, geografik va strategik jixatdan juda muhim va 
serhosil joyini ishgol qildi. Bu koro’llik vujudga kelishi natijasida imperiyaning 
Shimoliy Galliya bilan aloqasi uzilib qoldi. Shunday qilib, G’arbiy Rim imperiyasi 
o’sha vaqtdan boshlab haqikatda birgina Italiyaning o’z doirasi bilan cheklanib 
qoldi. Burgundlar ham mahalliy galliyalik-rimlik zodagonlarning yerlarini tortib 
oldilar, lekin bu tortib olish vestgotlar utkazgan musodaraga qaraganda birmuncha 
xajmda bo’ldi.
Burgundlar son jixatidan xiyla oz bo`lib, IV asrda uzoq vaqtgacha yukori 
Reynda rimliklar bilan yonma-yon yashadilar (ularning o’sha vaqtdagi poytaxti 
Vorms shaxri edi), ular tez vaqt ichida romanlashib, V asrdayoq lotin tilini, 
rimliklarning urf-odatlarini va ularning mulqiy munosabatlarini o’zlashtirib 
oldilar. Biroq, shunga qaramay, Burgundiyaning asosiy axolisini bu yerda 
o’zlariga chek yerlar olgan varvar dehqonlar tashqil yetar edi. 
Nazorat topshiriqlari: 
1. V-VI asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy tuzumini tushuntiring? 
2. Vestgotlarning Tulo’za koro’lligi qachon tashqil topdi? 
3. Rim imperiyasida dastlabki varvarlar qiro’lligi qachon tashqil
topdi? 


4. Ikkinchi varvar qiro’lligi qachon vujudga keldi? 
5. Uchinchi varvar qiro’lligi qachon vujudga keldi? 
3 – savolning bayoni: 
Atilla o’lgandan keyin imperator saroyidagi (saroy Ravennada edi) fitnalar 
avj olib ketdi, natijada Ayesiyning o’zi haloq bo’ldi. Ayesiy Rimning so’ngi 
davrdagi davlat arboblari ichida eng ko’zga ko`ringan kishi edi. imperatorning 
buyrugi bilan o’ldirilgan Ayesiydan keyin Valentinian III o’zi ham o’ldirildi.. 
Shundan keyin vandalar (455 y.) hujum qilib, Rimni un turt kun taladilar. Bu 
hujum imperiyani o’zil-kesil haloq qildi. Italiyani nomigagina taxtga o’tirgan 
imperatorlar nomidan yollanma varvar drujinalarining boshliklari idora qildi. Shu 
drujina boshliklaridan biri Odoakr (kichkinagina bir german qabilasining – 
skerlarning boshligi) 476 yilda Rimning oxirgi imperatori gudak Romul 
Avgustulni taxtdan tushirib, imperatorlik nishonlarini Konstantinopolga, sharqiy 
imperatorga yubordi. 
Shunday qilib, G’arbiy Rim imperiyasi rasmiy jixatdan ham tamom bo’ldi. 
Uning markazi Parij bo`lgan Shimoliy Galliyadagi qolgan-ko`tgan territoriyasini 
10 yildan keyin (486 yilda) frank koro’li Xlodvig bosib oldi. Odoakr davlati yetnik 
sostavi jixatidan kurama bir davlat edi. Uning qo’l ostida skerlar, gerullar, 
gotlarning bir qismi, alanlar (Shimoliy Kavkaz qabilasi) va boshqalar bor edi. U 
Italiya zodagonlari qo’lida yerlarning uchdan bir qismini musodara qilib, o’z 
tarafdorlariga berdi. Lekin italiyalik-rimlik axolining ichki ishlariga aralashmadi. 
Odoakrning mavkei umuman mustaxkam emas edi. U, birorta yirik varvar 
qabilasidan yordam olaman, deb umid qila olmas edi. Odoakr rimlik qo’ldor 
zodagonlarning yeralarini musodara qilib olganlari uchun ular bilan Odoakr 
O’rtasidagi munosabat bo’zik edi. Shu bilan birga Konstantinopoldagilar ham unga 
ishonmas edilar va uning o`rniga o’z kandidatini ostgotlar koro’li Teodorixni 
tayerlamoqda edilar. 
Vestgot, Vandal va Burgundiya koro’lliklarining vujudga kelishi bilan 
g’arbiy rim imperiyasining ahvoli nihoyat darajada mushukllashib qoldi. Bu 
vaqtda imperiyani idora qilib to`rgan imperator Valentinian III (425-455) sonda 
bor, salmoqda yuk bir odam edi. Lekin uning ministri (uni tarixchilar ba’zan 
«so’ngi buyuk rimlik» deb atar edilar (Ayesiy) xiyla romanlashgan) varvarlarning 
birini ikkinchisiga qarshi ishga solib, imperiyani saqlab qolishga zur berib harakat 
qildi. V asr O’rtalarida imperiya uchun eng xavfli dushman yuqorida aytib 
o`tganimiz gunnlar bo’ldi. V asrning dastlabki uchdan bir qismi ichida gunn 
qabilalari gayratli va shijoatli qiro’l Attila (435-453) qo’l ostida birlashdi. 
Attilaning poytaxti – Tissa kirgogi xozirgi Vengriya territoriyasida edi. Shu joydan 
Attila uzoq-uzoq joylarga Bolqon yarim oro’liga, Kichiq Osiyoga, Armeniyaga va 
xatto Mesopatamiyaga yurishlar qildi. Attila olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq 
bosqinchilik, talonchilik urushlar edi. Unga Vizantiya (Sharqiy Rim) imperatori 
katta xiroj to`lar edi. Dunay yonida yashovchi ko`pgina slavyan qabilalari 
gunnlarga qaram edilar. 50-yillarning boshida Attila g’arbga yurish qildi va 451 
yili Galliyaga bostirib kirib, bu yerda ko`p Shaharlarni bosib oldi hamda 
Galliyaning eng muhim strategik punkti bo`lgan Orlean gunnlar tomonidan olindi, 


lekin Ayesiy Attilaga qarshi varvarlar federasiyasini tuzishga muvaffak bo’ldi va 
Iattila Orleandan chiqib ketishga majbur qildi. Attila ko`p sonli lashkarlari bilan 
birgalikda yanada sharqka – orqaga burilib (Sans shaxri orqali) Trua shaxri 
tomonga qarab yul oldi. 
Vizantiyaning yordami bilan Teodorix 493 yilda Italiyani bosib oldi va 
shundan keyin 30 yildan ortiqroq (493-526) – «gotlar va italiyaliklar koro’li» 
bo`lib hukmronlik qildi. Uning poytaxti Ravenna shaxri edi (ilgari Gonoriydan 
boshlab Rimning so’ngi imperatorlari shu Shaharda yashagan edilar) 
Teodorix murakkab ichki va tashqi siyosat yurgazdi. U o’zini varvar 
koro’lliklarining «kattasi» deb xisoblab, varvar koro’lliklari O’rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solishga harakat qildi. Teodorix Vizantiyaga nisbatan ham 
mustaqil pozisiya tutdi. Sharqiy rim imperatorlari uning «ko’rnamakligidan» 
norozi bo`lib, Italiyada imperator hokimiyatining tiklashning yangi rejalarini 
to’zmoqda edi. Ichki siyosatda Teodorix axolining ikkala yetnik grupasini – 
rimliklar bilan varvarlarni murosaga keltirishga harakat qildi. U o’z saroyiga Rim 
olimlari va yozuvchilarni tortdi, ko`p yeski Rim yodgorliklarini tikladi, atrofiga 
rimliklardan maslaxatchilar tupladi. Teodorix davlatining siyosiy tuzumi Teodorix 
hukmronligining oxiriga qadar ikki yoqlama bo’ldi. Gotlar rimliklarga kushilmay, 
alohida vaziyatda yashadilar. Ular o’zlarining german sudi koidalariga muvofik 
sud qilinar edi. 
Teodorix vafotidan keyin Ravenna saroyida ikkita grupa bir-biri bilan qattiq 
kurash olib bordi: bulardan biri-Konstantinopol bilan ittifoq tuzish tarafdori («Rim 
guruhi»), ikkinchisi – mustaqil siyosat yurgizish va rimlik qo’ldorlarni yanada 
cheklash tarafdori edi. Imperator Yustinian I zamonida vizantiyaliklar ostgotlar 
italiyasini istilo yetdilar va butun Appenin yarim oro’lini Vizantiyaga kushib 
oldilar. Lekin Italiyani Vizantiya osonlik bosib olmadi. Gotlar urushi 20 yildan 
ortik davom yetdi. Ostgotlar o’zlarini juda qattiq ximoya qildilar. Yangi saylangan 
ostgot qiro’li Totilla (541-552) Vizantiyaga qarshi kurashga, ostgotlardan tashqari, 
yozilgan italiyaliklarning bir qismini ham tortdi. Ostgotlar o’zlarini juda qattiq 
ximoya qildilar. Imperator Yustinian farmonlar chiqarib, Italiyada ilgarigi 
quldorlik tuzumini tikladi. Totilaning qo’llar va kolonlar to`g`risidagi farmon va 
xukmlari bekor qilindi. 
Nazorat topshiriqlar: 
1. G’arbiy Rim imperiyasining eng oxirgi imperatori kim? 
2. Gotlar urushi necha yil davom yetdi? 
3. «Gotlar tarixi»ni kim yozgan? 
4. G’arbiy Rim imperiyasining qulashi sabablarini aytib bering? 
5. Gotlar urushning maqsad va oqibatlari? 
4 – asosiy savolning bayoni: 
Vizantiyaningn Italiyada hukmronlik qilishi uzoqka bormadi.. 568 yilda 
Shimoliy Italiyaga yangi varvarlar – langobardlar bostirib kirdilar. Langobardlar 
oldin Yelbaning chap kirgogida yashagan bo`lib, svev qabilalariga qarindosh edi. 
Langobardlarning boshligi qiro’l Alboin edi. Yangi davlatning poytaxti Paviya 


shaxri bo’ldi. Italiyada langobardlarning nomi shu mahalgacha ham saqlanib 
qolgan-xozirgi Shimoliy Italiya Lombardiya deb ataladi. 
Langobardlar istilosining o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bor edi. 
Birinchidan, langobardlar Shimoliy va qisman O’rta Italiyani batamom ishgol 
qildilar, mahalliy qo’ldor zodagonlar bilan xech qanday bitimga kelmadilar. Ular 
Appenin yarim oro’liga rimliklarning federatlari sifatida emas, balki ularni istilo 
qiluvchilar sifatida keldilar. Ikkinchidan, langobardlar Rim qo’ldorlarining juda 
ko`p mol-mulkini musodara qildilar. Masalan, biz yuqorida kurib o`tganimizdek, 
vestgotlar, ostgotlar yoki uchdan ikki qismini musodara qilgan bo`lsalar, 
langobardlar etsa, bunga konikmay, badavlat rimliklarning pomestelarini butunlay 
trtib oldilar. Kpdan-ko`p rimlik qo’ldorlar ko’lga aylantirildi, bir qismi oila a’zolari 
bilan boshqa mamlakatlarga sotib yuborildi. Langobardlar istilosining uchinchi 
xususiyati ulardagi ijtimoiy tuzumning o’ziga xos xislatidan kelib chiqdi. 
Langobardlar Italiyaga kelgan vaqtlarida ularda urugchilik aloqalari birmuncha 
mustaxkam edi. Ularning Italiyada joylashuvini o’zi ham hali xiyla darajada 
urugchilik tusida edi. 
Langobard qiro’lligi bilan bir vaqtda Italiyada VI-VII asrlarda yana bir 
siyosiy tashqilot-papalik vujudga keldi. Italiyaga langobardlar kelgandan keiyn 
ham rimlik yepiskoplar – papalar – rasman o’zlarini Sharqiy Rim imperatorlarining 
oliy hokimiyati qo’l ostida deb xisoblab keldilar. Haqikatda etsa. Konstantinopolga 
bo`lgan bu qaramlik kundan-kun yuqola bordi. Papalar asta-sekin O’rta Italiyaning 
mustaqil xukmdorlariga aylana boshladilar. Rimning va Rim oblastining ham 
diniy, ham dunyoviy hokimi bo`lgan birinchi papa Grigoriy 1 (590-604) bo’ldi. 
Langobard koro’llari keyincha papa oblastini o’z hokimiyatlariga buysundirishga 
harakat qildilar, lekin bu harakat natija bermadi. Papalar frank qiro’llaridan iborat 
ittifoqchilarga ega edilar. VIII asrning yarmida ular shu frank qiro’llarining 
yordami bilan o’zlarining papa cherkovi davlatini o’zil-kesil tashqil yetdilar, bu 
davlat ham, shunday qilib, ilgari Rim imperiyasining o’ziga xos bir qoldigi edi. 
Shunday qilib, G’arbiy Yevropa haritasi yeramizning V va VI asrlari ichida 
butunlay o’zgarib ketdi. G`oyat katta G’arbiy Rim imperiyasi etsa Vizantiya degan 
nom bilan yashab keldi, biroq uning sharoitlari va aloqalari boshqacha edi. (U 
asosan slavyanlar va Sharqiy Osiyo bilan aloqa qildi). Yevropada davlat tuzumi 
ibtidoiy bo`lgan unlab mayda-mayda varvar qiro’lliklari vujudga keldi. Lekin bu 
o’zgarish faqat siyosiy o’zgarishlaridangina iborat emas edi. Xalqlarning Buyuk 
ko’chishi deb atalgan ko’chishning tarixiy ahamiyati uning ijtimoiy natijalaridir. 
Bu ko’chish-antik quldorlik tuzumining haloq bo`lishi edi. Yuqorida kurib 
o`tganimizdek, varvarlar imperiyani istilo qilish prosessida Rim jamiyatidagi 
yozilgan sinflar bilan-qo’llar va kolonlar bilan birgalashib ish kurdilar. Shunday 
qilib, qo’llar bilan kolonlar quldorlik tuzumini yikitishda bevosita, aktiv ishtroq 
yetdilar. Ularning ko`pi varvarlar kushini safiga kirdi. Qolganlari etsa 
xo’jayinlarining qo’lidan ko`plab kochib ketdi, bu vaqtda xo’jayinlar kochoqlarni 
qaytarib olib kelishdan ojiz edilar. Oqibat-natijada Rim qo’llari va kolonlari 
dehqonlar ommasiga aylandilar, kelgindi varvar-dehqonlarning bu dehqonlardan 
farki shu ediki, kelgindilar bularga qaraganda erkinroq va mustaqilroq 
edilar.Darhaqikat, varvar zodagonlari orasidan chiqkan yangi yer egalari yer olish 


bilan birga bir necha qo’l ham oz bular edi, chunki o’sha vaqtda quldorlik 
latifundiyalarida qo’llarning soni umuman juda kamayib ketgan edi; ikkinchidan, 
yeski xo’jayinlarning. Ya’ni Rim qo’ldorlarining o`rnini olgan yangi xo’jayinlar 
qo’llarni odatda darxol obroq to`laydigan dehqonlarga aylantirar edilar. 
Qo’llikning plantatorlar tomonidan qo’llanilgan formasini (yoki kazarma 
formasini) german zodagonlari ilgari ham xaddan tashqari murakkab va besunakay 
forma deb xisoblar edilar. Plantatorlardagi qo’llik yangi sharoitga (ko`p qo’llar 
yaqinda ozod bo`lib ketgan edi, markazlashgan polisiya apparati yuk edi, varvar 
qiro’lliklarining davlat hokimiyati kuchsiz edi) ayniqsa to`g`ri kelmas edi. 
Quldorlik hukmronligini yuk qilib tashlagan buyuk o’zgarish natijasida yeskicha, 
rimcha qo’llik ma’nosidagi qo’lchilik o’zil-kesil yuqoldi. Yeski qo’ldor 
zodagonlarning yer-mulklari juda ko`p yangi yer egalri O’rtasida bo’linib ketdi. 
Bu yangi yer egalarining bir qismi yangi, varvar aristoqratlar bo`lib, bular keyingi 
O’rta asr feodallarining eng yaqin o`tmishdoshlari edilar. Yerlarning bir qismi etsa 
varvar dehqonlar qo`liga utdi, bu dehqonlar shaxsiy erkinliklarini hali saqlab 
qolgan va o’zlarining jamoa tartiblarini yangi joyga ko’chirib olib kelgan edilar, 
bu jamoa tartiblari sinflar paydo bo’lmasdan ilgari urugchilik tuzumi bilan 
bog’langan edi. 
Nazorat topshiriqlari: 
1. Langobardlar qaysi qabilaga qarindosh bo`lgan? 
2. Langobardlarning yangi poytaxtining nomini ko`rsating? 
2. Rim oblastining ham diniy, ham dunyoviy hokimi bo`lgan birinchi papa 
kim? 
4. Varvarlar istilolari natijasida qaysi imperiya batamom tugallandi? 

Download 142.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling