2-Mavzu: hasharotlar anatomiyasi. Kerakli jihozlar


Download 71.69 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi71.69 Kb.
#130142
Bog'liq
Hasharotlar anatomiyasi


2-Mavzu: HASHAROTLAR ANATOMIYASI.
Kerakli jihozlar: Mikroskop, lupalar, petri kosachasi, pintsetlar, entomologiya to’g’nog’ichlari, tablitsa va kitoblar.

O’rgansh ob’etlari: Qora suvarak, chigirtkalar, qo’ng’izlar yoki boshqa yirik hajmdagi hashoratlardan na’munalar olinadi.

Ishning bajag’ish tartibi.

Hasharotlar tanasi kutikula bilan qoplapgan. Kutikula uch qatlamdan iborat. Kutikulaning gipodermaga yopishgan pastki qavati egiluvchan va elastik tuzilgan. Ikkinchi qatlam tika taxlangan tartibda o’rnashgan. Kutikulaning uchinchi qatlami juda yupqa pardadan iborat. Kutikula qavatlarining qalinligi xar xil bo’ladi. SHiralar, chivinlar va ko’pgina hasharotlar lichinkalari kutikulasining ostki qatlami taraqqiy etgan. Kutikula qatlamining ustki yuzasi tekis, egatcha, chuqurcha, nuqtacha va g’adir-budur ko’rinishda bo’lishi mumkin.

Muskulaturasi. Hasharotlarining muskul to’qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan ingichka, uzun tolalardan iborat. Ske­let yoki harakatlanish muskullari va ichki organlar muskullari bor. Juda ko’p muskullar ko’krak bo’limida o’rnashib, ularga oyoqlar va qanotlar birikkan.

Ayrim hasharotlarda muskullar juda taraqqiy etgan. Masalan, chumolilar o’z tanasi ogirligidan bir necha marta ortiq narsani sudrab keta oladi. Kolorado, ko’ng’izining uchish tezligi soatiga 8 m ga yetadi. Ichki organlar muskulaturasi YUrak devorchalari va oshqozon xamda boshqa organlar devorchalaridan iborat.


Hasharotlar teri koplagichi tuzilishining sxemasi;

1— gipoderma; 2 — endokutikula; (23— prokutikula); 4epikutikula;

5 — tuklar; 6 — tuk boshlanish bo’g’izi (xaltachasi); 7 — tikanchalar; 8 — ter kanalchasi; 9— bazal pardasn; 10— trixogen (tuk xosnl kiluvchi) xujayra
Ovqat hazm qilish organlari. Hasharotlarining ovqat hazm qilish organlari og’iz qismidan boshlanib, orqa chiqarish teshigi bilan tamomlanuvchi ichak kanalchasidan iborat. Ichak oldingi, o’rta va orqa ichaklardan tashkil topgan. Oldingi va orqa ichak ichki tomonidan kutikula bilan qoplangan, o’rta ichakda esa bunday po’st yo’q. SHuning uchun qabul ilingan ovqat ichakning shu qismida so’riladi.

Hasharotlarning oqvat hazm qilish organlariga so’lak bezi og’iz bo’shligi, xalqum, izilo’ngach, jig’ildon (oldingi ichakning kengaygan yeri) kiradi. Qattiq oziq bilan oziqlanuvchi hasharotlarda jig’ildondan so’ng muskulli oshqozon joylashgan, unda ovqat maydalanib, hazm qilinadi.

Qon aylanish sistemasi. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi nafas olish organlariga nisbatan unchalik yaxshi taraqqiy etmagan. U naychaga o’xshash tuzilgan bo’lib, opka uchi berk tomirdan iborat va tananing yelka tomonida joylashgan. Bu tomirning orqa bo’limi yurak, oldingisi esa aorta deb ataladi. Aorta tomiri naychadan iborat bo’lib, oldingi qismi bevosita tana bo’shligiga ochiladi.

Ayirish organlari. Hasharotlariing ayirish organlari, asosan, malpigiy naychalaridan iborat. Bular yupqa po’stli uchi berk naychalar bo’lib, o’rta va orqa ichakning tutashgan yerida chiqarish yo’liga ochiladi.

Malpigiy naychalari orqali qondan so’rib olingan oqsil moddalari qoldig’i bo’lmish siydik orqali ichakka o’tadi va undan chiqindiq bilan chiqarib tashlanadi.

YOg’ tanachasi. Oqsil va uglevodlarga boy tuzilma hisoblanadi. U ayniqsa qandalalar va kapalaklarda taraqqiy etgan. Oziq moddalar yog’ tanachalarida lichinkalik fazasida to’planadi va ko’pchilik hasharotlar yetuk zotlarining jinsiy mahsulotlari shu zapaslar xisobiga taraqqiy etadi. YOg’ tanachasi hujayralari qisman ayirish vazifasini ham o’taydi.


Hasharotlaming ichki tuzilishi. A—orqa tomondan ko’rinishi,

B — yon tomondan ko’rinishi: 1—so’lak bezi rezervuari,

2 —so’lak bezi, 3—jig’ildon,

4 — muskulli oshqozon,

5—o’rta ichak, 6 —malpigi naychalari, 7 —keyingi ichak, 8 —9 —traxeya, 10—qorin nervzanjiri, 11— urug’don,

12 —jinsiy bezlar,13—yurak, 14 —bosh miya, 15—simpatik nerv sistemasi, 16 —orqa ichakning ko’r o’simtalari.

Hasharotlarning nafas olish organi traxeyalar sistemasidan iborat. Traxeyalar ko’krak va qorinicha segmentlarining ikki yoki boshida juft bo’lib joylashgan, nafas olish teishklari tashqi muhit bilan uzviy bog’langan. Nafas olish teshikchalari bir juftdan o’n bir juftga qadar bo’lishi mumkin. Traxeyalarning boshlanish qismi poya shaklida bo’lib, shoxlagan sari ingichkalashib boradi va uchlari berk juda ko’p kapillyar naychalar bilan tugaydi.

Traxeyalarnig ichki devorchasi kutikula bilan qoplaigan bo’lib, uning bir oz qalinroq qismii spiral formasida tu­zilgan. Hasharotlar korincha qismiining muskullari qisqarganda ta­na qismi kichrayib nafas chiqariladi, bo’shashganda esa kengayib nafas olinadi. Nafas olish bir minutiga 4 dan 200 gacha takrorlanadi. Hasharotlar hakarakatlanish vaqtida tezroq va chuqurroq nafas oladi. Organizm hujayralari ichida kechadigan protsessida karbonat angidrid va suv hosil bo’ladi hamda organizm uchun zarur energiya ajralib chiqadi. Tanadan karbonat angid­rid teri va qisman traxeyalar orqali tashqariga chiqariladi.

Nerv sistemasi. Nerv sistemasi hayvon organizmining xamma faoliyatini boshqaradi. U uch qismdan: markaziy, simpatik va periferiya sistemalaridan iborat. Hasharotlarning marakziy nerv sistemasi tananing qorincha tomonida joylashgan, nerv zanjirchasi tipida tuzilgan va nerv tugunchalari xamda ulardan tomirlangan nervlardan iborat. Nerv tugunchalari o’zaro uzunasiga va ko’ndalang ulagichlar bilan boglangan va nerv hujayralari to’plamidan tashkil topgan.

Zanjirchaning birinchi ikkita nerv tugunchalari boshda, bittasi xalqum (tomok) ustida, yana bittasi uning ostida joylash­gan. Boshqa nerv tugunchalari ko’krak va qorinchada joylashgan. Tuban hasharotlarda nerv tugunchalari tananing segmentlarida taqsimlangan. Markaziy nerv sistemasining tugunchalari tananing sezgi organlari va harakatchan muskullar faoliyati bilan aloqada bo’lib turadi. Sezgi organlarining nervlari ta­naning satxigacha yetib boradi va tashqi ta’sirni nerv tugunchalariga yetazib beradi. Ta’sirlanish nerv tugunchalaridai xarakatchan nervlarga o’tkaziladi, natijada oyoq, ko’krak va tananing boshqa qismlari harakatga keladi. Ta’sirlanishga bo’lgan javob refles deb ataladi.

Sezgi organlari. Hasharotlarda ko’rish, xid va ta’m bilish, sezish va eshitish organlari mavjud. Ular atrof muxit ta’siriga asosan xid bilish organlari yordamida reatsiya ko’satadi. Ko’rish organi yetuk hasharotlar va to’liqsiz o’zgaruvchi lichinkalarning bosh yonboshlarida bir juft mukammal ko’z joy­lashgan.

Hasharotlar ikki jinsli hayvonlar xisoblanadi. Urg’ochisining jinsiy organlari ikkita tuxumdon, bir juft yonbosh tuxum yo’li, o’rta tuxum yo’li, qo’shimcha bezlar va urug’ qabul qilgichlardan iborat (13- rasm). Bundan tashqari, ba’zi tur hasharotlarning urg’ochi zotlarida tuxum qo’ygichi bor bo’lib, u orqali tuxum tashqariga chiqariladi.

Tuxumdon tuxum naychalaridan tuzilgan, ularning yuqori qismidagi boshlang’ich jinsiy xujayralar asta-sekin taraqqiy etib, tuxumlarga aylanadi. Tuxum naychalarining pastki qismida shakllangan tuxumlar tuxum naychalari devorchalari chiqargan mahsulot xisobiga qattiq po’st — xarion bilan qoplanadi. yetilgan tuxumlar yonbosh tuxum yo’llaridan o’rta tuxum yo’liga, undan esa jinsiy teshik yoki tuxum qo’ygich orqali tashqariga chiqariladi. O’rta tuxum yo’liga urug’ni qabul qiluvchi va saqlovchi urug’ qabul qilgich tutashgan. Urug’ qabul qilgichda urug’ning uzoq vaqt saqlanishini ta’minlovchi suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar bor. Masalan, asalarining urgochi zoti erkakzoti tomonidan faqat bir marta urug’lantiriladi, urug’ esa urg’ochi zot organizmida umr bo’yicha saqlanadi.Urg’ochi zotning qo’shimcha jinsiy bezlari tuxum yo’llari bi­lan tutashgan bo’lib, ular tuxumlarni qo’yilgan yeriga o’rnashtirish yoki bir-biriga yopishtirish uchun yelim va ko’piksimon moddalar ishlab chiqaradi. Erkak zot jinsiy sistemasi urugdon, ikkita urug’ yo’li, urug’ chiqarish naychasi, qo’shimcha bezlar va (aloqa qilish) organidan iborat.Urug’donlar odatda yumaloq yoki cho’ziq formada tuzilgan bo’lib, ichki qismii erkak jinsiy xujayralari yoki urug’ taraqqiy etuvchi naychalardan iborat. Urug’lar mikroskopik bo’lib, xarakatchandir.



Erkak zot jinsiy organlarining qo’shimcha bezlari urug’ yo’lida ochiladi. Ular urug’lar atrofida spermatofora — ximoya g’ilofchasi xosil qiluvchi suyuqlik chiqaradi. Spermatoforalar urug’ yo’li orqali tashqariga chiqariladi. Juftlashish vaqtida spermatoforalar urg’ochi zotning qo’shilish sumkasiga yoki o’rta tuxum yo’liga o’tkaziladi. Bu yerda spermatoforalar chetlari eriydi, urug’lar esa urug’ qabul qilgichga kiradi. Tuxum o’rta tuxum yo’lidan o’tayotganida urug’lar urug’ qabul qilgichdan chiqib, tuxumlar ichiga kiradi va urug’lanish ro’y beradi.

Download 71.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling