2-mavzu: Mashinalarni ta’mirlashni tashkil qilish metodlari va usullari


Download 1.69 Mb.
bet1/3
Sana09.01.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1085617
  1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza


2-MAVZU: Mashinalarni ta’mirlashni tashkil qilish metodlari va usullari
Reja:
1. Texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejali-oldini olish tizimi;
2. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash korxonalarida mehnatni tashkil qilish shakllari.

Harakatdagi tarkibga TXK va T ni tashkil etishning uchta usuli xozirgi kunda keng tarqalgan va qo’llanilmoqda: maxsuslashgan brigadalar, kompleks brigadalar va agregat-ustaxonalar.


Maxsuslashgan brigadalar usuli harakatdagi tarkibga TXK va JT ning har bir turi(KXK, 1-TXK, 2-TXK, JT, diagnostika, agregatlarni ta’mirlash) bo’yicha alohida brigadalar tuziladi. Har bir brigadaga ish hajmiga qarab ma’lum sonli, zarur ixtisoslik bo’yicha malakali ishchilar va maosh fondi rejalashtiriladi (2.1-rasm). Maxsuslashgan brigada usulida ilg’or zamonaviy jihozlar va mexanizatsiyani qo’llash hisobiga ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish, asbob va jihozlardan samarali foydalanish imkoni yaratiladi, har bir ustaxonaning texnologik O’xshashligi ta’minlanadi. Ushbu usulning muhim kamchiliklaridan biri ishchilarning bajargan ishlariga shaxsiy mas’uliyatning yetarli emasligidir. Avtomobilning murakkab tizimlaridan biri ishdan chiqsa, uning sababini, asosiy aybdorni aniqlash mushkul bo’ladi, chunki bu agregatni turli bo’lim ishchilari ta’mirlagan yoki texnik xizmat ko’rsatgan bo’ladi.

2.1-rasm
Kompleks brigadalar usulida brigadalar ma’lum guruh(avtosaflar, dizel yoki karbyurator dvigatelli avtomobillarga, tirkama, yarim tirkama) avtomobillariga TXK-1, TXK-2 va JT ishlarini bajaradilar (2.2-rasm).



2.2-rasm
Bu usulda KXK, diagnostika, agregatlarni ta’mirlash ishlari markazlashgan holda bajariladi. Kompleks brigadalar har xil soha mutaxassis ishchilari (avtochilangarlar, sozlovchi-chilangarlar, elektriklar, moylovchilar)dan tashkil topadi va O’zlariga biriktirilgan ishlarni bajaradi. Ish sifatiga shaxsiy mas’uliyat brigada chegarasida saqlanib qoladi. Har bir kompleks brigada TXK va JT ishlarini bajarish uchun o’zining ishchi postlariga, universal texnologik jihoz va asbob-uskunalariga, ehtiyot qismlar va aylanma agregatlar zahirasiga ega bo’lishi kerak.
Bu usulda jihozlar, moddiy-resurslar brigadalar bo’yicha tarqalib ketib, ulardan samarali foydalanish imkoni bo’lmaydi, TXK va JT ishlarini boshqarish murakkablashadi. Brigadalar bo’yicha ishlar bir xil hajmda bo’lmasligi mumkin, ya’ni bir brigada ish bilan me’yordan ortiq band bo’lsa, shu vaqtda ikkinchi brigada ish bilan kam ta’minlanishi mumkin, ammo brigadalar bunday sharoitda o’zaro yordam ko’rsatishga manfaatdor bo’lmaydilar.
Agregat-ustaxonalar usulining asosiy mohiyati shundan iboratki, ATKning harakatdagi tarkibiga TXK va T bo’yicha ishlar bir yoki bir nechta agregatlar(uzel, mexanizmlar va tizimlar)ga TXK va JT ishlarini bajarishga mas’ul bo’lgan ustaxonalar orasida taqsimlanadi (2.3-rasm).




Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling