2-mavzu. Maxsus atamalar. Ilmiy axborot


Download 78 Kb.
Sana08.06.2020
Hajmi78 Kb.
#116138
Bog'liq
2-mavzu


2-mavzu. Maxsus atamalar. Ilmiy axborot.

Rejasi:


1.Maxsus atamalar va ilmiy axborot olishni o’rganish

2.Soha lug’atlari bilan ishlash

3.Maxsus atamalarni yangi pedagogik texnologiyalarda o’rganish


  1. Maxsus atamalar va ilmiy axborot olishni o’rganish

Texnologik taraqqiyotning o‘rni

Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qo ‘llanishida qaytarish uslublarini qo‘llashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarningpaydo bo ‘lishiga katta hissa qo ‘shdi.

Yangi kommunikatsion texnologiyaning qo ‘llanilishi keng ko ‘lamdagi korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik, narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshlaydi. Shunday qilib, kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy bo ‘lib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video kassetalari, video disk, telefonlar va ko ‘pgina mexanik uskunalar kabi an ’anaviy media vostalari ko‘plab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish, nazorat, yo ‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham foydalidir.

Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat sifatida xizmat qilishi uchun qabul qilishi shart yoki raqobatbardosh rivojlanish yo ‘lida omon qolish qiyin bo ‘ladi.

Dunyoda SMS xabarlarini yuborish ma’lumotlaridan eng ko‘p foydalanuvchi 2.4 milliard faol qo‘llanuvchilar telefonlarida xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi barcha mobil telefon abonentlarining 74%ini tashkil qiladi. Matn so'z yoki raqamlar yo bo ‘lmasa harfli-raqamli birikmasi shaklida bo ‘lishi mumkin.

Faol mobil telefon qurilmasi orqali, ayni paytda rivojlantirilayotgan ovozli va ma’lumot qo‘ng‘irog‘idan qat’i nazar, har qaysi payt qisqa xabarlarni qabul qilishi va yuborishi mumkin.

Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari:

1.Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin.

2.Bu shoshilinch paytda foydalidir.

3.Buxarajat bilan birgalikda va qtni ham tejaydi.

Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning kamchiliklari:

1.Tarmoq aloqasi tufayli xabarning yetkazilishidagi kechikish

2.Qabul qiluvchi tomonidan ba’zan juda qisqa12 so 'zlar yoki gaplar noto ‘g ‘ri sharhlanishi mumkin.

2.Soha lug’atlari bilan ishlash

Har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga yetkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili” da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.

Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasbhunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan , kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. Ma’lumki, tilshunoslikda soha atamalarining turli jihatlarini yoritishga doir anchagina izlanishlar olib borilgan. Ushbu muammolarni tadqiq etishga tilshunoslardan N.Dmitriev, N.Baskakov, A.Reformatskiy, V.Danilenko, N.Mamatov, S.Ibrohimov, M.Abdiev va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Turkiy tillar materiallari asosida uning terminologik tizimini o‘rganish o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlandi. Bu davrgacha qator turkiy tillarda har xil sohalar bo‘yicha terminlar yuzaga keldi, darsliklar nashr qilindi, rus tilidan ilmiy-texnik adabiyotlarning, turli-tuman o‘quv qo‘llanmalarning tarjima qilinishi sohalar terminologiyasining shakllanishiga ijobiy ta’sirini o‘tkazdi va 50-yillargacha shakllanib ulgurgan, katta lisoniy materiallarni o‘zida jamlagan tarmoqlar terminlarini o‘rganish, ularni tartibga solish tilshunoslik fani oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Shu tariqa milliy turkey tillarda terminologiya masalalarini tadqiq qiluvchi dastlabki ilmiy ishlar maydonga keldi.

Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo`mitasinang roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi” deyilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday yozilgan: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

O‘zbek tili tarmoqlar terminologiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan dastlabki tadqiqot 1955- yilda himoya qilingan N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik terminologiyasi” nomli ishidir. Ishda paxtachilik bilan bog‘liq atamalar taraqqiyoti, ularning tasnifi, atamalarning so‘z, so‘z birikmalaridan farqli jihatlari, atamaning ta’rifi, O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanish tarixi va u bilan bog‘liq holda yangi atamalarning paydo bo‘lishi, o‘zbek paxtachiligi atamashunosligining boyishida ichki va tashqi manbalarning hal qiluvchi mavqei atroflicha tahlil etilgan.
Adabiyotshunoslik va tilshunoslik terminlarining shakllanishi va rivojlanishi

Adabiyotshunoslik terminlarining tarixini uzoq o`tmishdan idirishimizga to`g‘ri keladi. Bunga xalq o g‘zaki ijodi namunalarida uchraydigan yuzlab terminlarni keltirish mumkin. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida mazkur soha terminlarining anchasini uchratish mumkin. Davrlar o`tishi bilan ular son va sifat jihatdan o`zgarib, tushunchaning mohiyatini aniq ifodalay boshlagan. Ushuk, ertak, masal, masalgo`y, rivoyat, maqol, matal, roviy, qissa, qissaxon, badiz, badizchi, terma, o`lan, lapar, yor-yor, she`r, shoir, ruboiy, tuyuq, g‘azal, chiston, masnaviy, fard, murabba, muxammas, doston, roman, drama, komediya, tragediya, poema, libretto, etyud, novella kabilar shular jumlasidandir. Ularning ko`pchiligi o`zbekcha terminlar bo`lsa, bir qismi arab, fors-tojik va rus tili orqali o`zlashgan.



Adabiyotshunoslik terminologiyasi N.T.Hotamovning “Razvitie uzbekskoy literoturovedcheskoy terminologii v sovetskoy period” nomli nomzodlik ishida o’z aksini topgan (1971).

Adabiyotshunoslikka oid terminologik lug’atlari bir necha bor adabiyotshunos olimlar tomonidan tuzilgan. H.Homidiy, Sh.Abdullayev, S.Ibrohimovalarning “Adabiyotshunoslik terminlari” (1967), V.Rahmonovning “She`r san`atlari” (1972), N.Hotamov va B.Sarimsoqovlarning “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug’ati” (1983), A.Hojiahmedovning “O`zbek aruzi lug’ati” (1998), T.Boboyev va Z.Boboyevalarning “Badiiy san`atlar” (2001), Y.Is’hoqovning “So`z san`ati so`zligi” (2006) kabi lug’atlar shular jumlasidandir.


Pedagogik terminologiya

Pedagogik terminologiya ta`lim tizimining barcha jabhalarida faol ishlatiladi desak, xatolashmagan bo`lamiz. Tarixga nazar tashlasak, DLTda 70ga yaqin ta`lim-tarbiyaga oid leksema borligi qayd etiladi. Demak, Sharqdagi ta`lim-tarbiyaning ildizlari olis tarixga borib taqaladi.

O`tgan asrning boshlarida Turkiston xalqlarining milliy ongining o`sishi, maktab va madrasalarning isloh qilinishi, ularda dunyoviy bilimlarning kengroq o`qitilishi natijasida pedagogik terminlarga bo`lgan ehtiyoj kuchaya borgan. Behbudiy, Shakuriy, Ayniy, Hamza, Munavar qori, Avloniy va boshalarning Rusiya, Qirim, Orenburgda ochilgan yangi musulmon maktablari, ularning o`qitish va o`qitish usuli bilan tanishib, maҳalliy shaproitlarga moslashtirib maktablar ocha boshladilar. Natijada shu maktablarga mos darslik va qo`llanmalar maydonga keldi va bu darsliklarda ilk bor ta`lm-tarbiyaga oid maxsus terminlar shakllana boshladi. Pedagogik terminologiya masalalari N.Usmonov tomonidan maxsus tadqiq qilingan. U pedagogik terminlarni avvalo, ikki katta guruhga ajratib ko`rsatadi.

1. Ta`lim nazariyasi terminlari.

2. Tarbiya nazariyasi terminlari.

Shuningdek, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi terminlarning ichki bo`linishiga ham e`tibor qaratgan.

1. Ta`lim sistemasiga aloqador terminlariga: o`quv rejasi, o`quv predmeti, ta`limning tarbiyalovchilik xarakteri.

2. Tarbiya sistemasiga oid terminlar: tarbiyalash, tarbiyachi, axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi va h.

3. Faoliyati ta`lim-tarbiya bilan bog‘li shaxs nomlari: rektor, prorektor, dekan, o`qituvchi, sinf rahbari kabi.

Bulardan tashqari, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi o`zlashma terminlar ham talaygina. Institut, pedagogika, metod, praktika, abiturient, maktab, dars, muallim, imtiҳon, kitob, maktab va h. Tadqiqotchining ko`rsatishicha, o`n mingdan ortiq pedagogik terminlar mavjud.

1990-yili I.Ismoilov, K.Meliyev, M.Saparovlar tomonidan “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillar leksikasidan tadqiqot'' nomli monografiy maydonga keldi. Ushbu tadqiqot ham turkiy tillar leksikasini qiyosiy rejada tahlil qilishga bag‘ishlangan muhim ishlar. Unda “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi turkiy tillar so‘z boyligining maxsus atamalari-uy-ro‘zg‘or buyumlari, mevali daraxt va poliz ekinlari nomlari qiyosiy-tarixiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda regiondagi turkiy tillarning so‘z boyligi, sohalar leksikasi, ularning shakllanishi, taraqqiyoti va o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq hamda turkman tillarining o‘zaro munosabati, ularning bir-biriga ijobiy ta’siri” kabi jihatlar etarli dalillar orqali atroflicha yoritilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hamda mustaqillikka erishganligimiz munosabati bilan tilimizda qo‘llanilib kelayotgan ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarning anchasi har ikkala tildagi mos muqobillari bilan almashtirila boshlandi. Masalan, o‘zbek tilida qo‘llanib kelgan terminlar qo‘yidagicha almashtiriladi: Abstrakt – mavhum, avtograf – dastxat adaptatsiya – moslashish, administratsiya – ma’muriyat, direktiva – ko‘rsatma, krizis –tanglik va b. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning paydo bo‘lish tarixini qadimdan boshlashimiz zarur. Umumturkiy meros bo‘lmish O‘rxun-enisey va boshqa yodnomalarda o‘z ifodasini topgan qag‘an, budun, balыq (“shahar” ma’nosida), sab (“kengash” ma’nosida), bitikchi (“kotib” ma’nosida), alp (“qahramon” ma’nosida) kabi terminlar buning yaqqol misolidir. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar, tabiiyki, o‘zining leksik qatlamlarida ham o‘z ifodasini topadi. Bu fikrimizni M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi qo‘yidagi ijtimoiy-siyosiy terminlar misolida ham ko‘rish mumkin : and, buzun, baæ, boæun (“jamoa” ma’nosida), bachèg‘ (“ahd” ma’nosida), beg, æarlèg‘, boæ (“qabila” ma’nosida), æag‘è, bulg‘aq (“fitna” ma’nosida), æer (“mamalakat” ma’nosida) va hokazo1. O‘sha davr ijtimoiy siyosiy terminologiyasing muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ularning ba’zilari hozirgi kunda ham o‘zbek va qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda faol qo‘llanib kelinmoqda (el-el, boy-bay, ont-ant). H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib olingan XI-XIV asrlar yozma yodgorliklari tilidagi qiyoslash uchun olingan ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy terminlardan bugungi kunda uyg‘ur tilida-348, qozoq tilida-220, qirg‘iz tilida-244, turk tilida-370, o‘zbek tilida esa-390 tasi ishlatilar ekan. O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologiyasi, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus tilidan va yevropa tillaridan kirgan o‘zlashmalar hisobiga boyiy boshladi.

Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, terminlarda bo‘layotgan o‘zgarishlar.

Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining

muayyan taraqqiyoti va takomillashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, dunyoning aksariyat mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti asosida ish yuritiladi. Bozor hamma joyda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi makondir. Bozor hozirgi davrda erkin iqtisodiyot degan tushunchani anglatadi. Darhaqiqat, iqtisodiyot taraqqiyotida ixtiyoriylik bo‘lmasa, uning obyektivligi yo‘qoladi.

Terminologiya sohasidagi sinonimiya, ayrim terminlar qo‘llanishdagi har xilliklar, imloviy qoidalarga rioya qilmaslik, iqtisodiyot yo‘nalishlaribo‘yicha lug‘atlar yaratilmaganligi ana shu hal etilmayotgan masalalar qatoriga kiradi. Terminologik tizimlarning shakllanishi va qaror topishi sohasidagi kuzatishlardan shunday holat ayon bo‘ladiki, o‘zbek iqtisodiyot terminolo-giyasi ham, asosan, ikki manba: o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari va xorijiy tillar unsurlari (so‘z va so‘z birikmalari) asosida rivojlanib va boyib borgan. Bu manbaning birinchisi asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) tub leksik qatlam, o‘zbek tilida qadimda iste`molda bo‘lgan yoki iqtisod sohasida yangi tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qilgan lug‘aviy birliklar hamda ular asosida ona tilining so‘z yasovchi vositalari bilan yangidan hosil qilingan terminlar hisoblanadi. Ikkinchisi, o‘zga tillar, aniqrog‘i, fors-tojik arab va rus tilidan o‘zlashtirilgan qatlamdir.



Iqtisodiyot terminologiyasining yuzaga kelish va taraqqiyot bosqichlarini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida iqtisodiy terminlar quyidagi tarzda shakllanmoqda.

1. O‘zbek tilida iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshladi: haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, su¨urta, savdo, omonat, g’amlama va boshqalar.

2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtirilayapti, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatilmoqda: taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, palata, qadrli, yetakchi, yig’im, qaydnoma, baho, xo‘jalik. Semantik-sintaktik usulda so‘z yasalishi natijasida boshqa sohalarga tegishli so‘zlar iqtisodiyot terminologiyasini mulkiga aylanmoqda: daromadning qoldi¨i, bozor hajmi, foyda miqdori, qiymat solig’i, kreditning elastikliligi, talabning egiluvchanligi, o’zgaruvchan narx, pul massasi, pul undirish, iqtisodiy o’sish, etakchi valyuta, o’rinbosar tovarlar, o’rmalovchi inflyatsiya.

3. Iqtisodiyot terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu iqtisodiy tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug‘aviy birliklar hisoblanadi: ijarachi, nazoratchi, moliyachi, i¢tisodchi, iste`molchi, jam¨arma, uyushma, ustama, undirma, tejamkor, tadbirkor, i¢tisodiyot, ¦isobot, ra¢obat, ta’minot, bojxona, zarbxona, ¢arzdor, sarmoyador, mulkdor, xaridor, ¦issador, shartnoma, omonatnoma, so‘rovnoma, boylik, rentabellik, beba¦o, befoyda, merosxo‘r, sudxo‘r, kirim, chi¢im, bitim, to‘lov, o‘lchov, mulkchilik, tejamkorlik, unumlilik, aktsiyadorlik.



Sohaviy lug’atlar va ularning qo’llanishi

Ilmiy adabiyotlarda taklidlanishicha, ma’lum fan ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilar, tushinadigan maxsus so’zlar termlar –atamalar sifatida qaraladi. Lug’at- muayyan tilda,uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo’lgan u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so’zlar yig’indisi, leksika. Yoki bu so’zlar(yoki morfemalar, soz birikmalari, iboralar va boshqalar).

Muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan tasniqlovchi birikmalar yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, bo’shqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob lug’atlar manaviy madaniyat sohasida muhim orin egallaydi

AKT sohasi lug’atlaridan na’muna:

1.Internet - Yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash

2. server – bu kompyuter tarmog‘ining umumiy masalalarini bajaruvchi va ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuterdir;

3. IP adres – Internet yoki lokal tarmoqqa ulangan qurilmaning unikal identifikatori;

4. xost – bu IP-adresga ega, Internet tarmog‘iga ulanadigan universal nuqtadir. Bu kompyuter bo‘lib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qo‘llab-quvvatlovchi bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Xost kommunikatsiya tarmog‘ining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi.



5.Paketlar – uzatilayotgan ma’lumotlar porsiyasi.

6.Protokol – tarmoqda axborotni uzatishning butun qonun-qoidalari to‘plamidir.Protokol – xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi. HTTP – gipermatnli xabarlarni uzatish protokoli, FTP – fayllarni uzatish protokoli.

7.Brauzer (browser) – (ingl. tilidan To Browse – ko‘rib chiqish, sahifalash) Internet sahifalarini ko‘rish uchun maxsus dastur.

8. lokal - Lokal Area Networks (LAN) – katta bo‘lmagan hududlardagi (radiusi 1-2 km dan ortiq bo‘lmagan) kompyuter tarmoqlari;

9. global – Wide Area Networks (WAN) – turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq;



10.Aloqa tarmog’i – aloqa tugunlari va liniyalarining muayyan belgilar ko’rinishi (aloqa turi, tarkibiy va funksional avtanomligi va h.k.lar) bo’yichaajratilgan majmuasi bo’lib, abonentlar (foydalanuvchilar) o’rtasida axborot almashuvi uchun mo’ljallangan aloqa tizimining bir qismidir.

11. Telekommunikatsiya (TK) tarmog’i – yagona boshqaruvli oxirgi qurilmalar, kommutatsiya markazlari va ularni bog’lovchi aloqa liniyalari va kanallarining majmuasidir.



12.Kirish tarmog’i - TK tarmoq ierarxiyasining quyi sathi. Kirish tarmog’ining asosiy vazifasi foydalanuvchilar qurilmalaridan ko’plab aloqa liniyalari bo’yicha kelayotgan axborotlarni magistral tarmoq tugunlariga jamlashdir.

13.Mahalliy kompyuter tarmog’i - dеb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib kеldi. Mahalliy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni o’zaro almashishi, dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

14.Global kompyuter tarmoqlari - turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.

Kompyutеr tarmoqlari quyidagi tеxnik vositalar bilan bog’liqdir:

15.Kontsеntrator (HUB) – tarmoqda kompyutеrlarni o’zaro axborot almashuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. U o’ziga 12, 16, 24 ta kompyutеrlarni o’zaro bog’lash mumkin.

16.Axborotni uzatish kabеllari - tarmoqda axborotni bir kompyutеrdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi.

17.Modеm – axborotni kompyutеrdan uzatish kabеliga va kabeldan kompyuterga tushunarli ko’rinishga (yoki tеlеfon aloqa tarmog’iga) o’tkazuvchi maxsus elеktron qurilma. Modеm “modulyator” va “dеmodulyator” so’zlari birikmasidan kеlib chiqqan bo’lib, uning yordamida axborot uzatuvchi kompyutеrda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdеk, qabul qiluvchi kompyutеrda analog ko’rinishdan raqamli ko’rinishga aylantiriladi.

18.Ishchi stantsiyalar – bu foydalanuvchi kompyutеrlaridir. Kompyutеrlar tarmoqda ishlashi uchun sеrvеrga kеrakli tarmoq opеratsion tizimi o’rnatilishi lozim.

19.Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish texnologiyalarining o’zi zarur.

20.Kirish texnologiyalari - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir.

21.Aloqa operator tarmog’i – bu oshkora aloqa xizmatini ko’rsatuvchi va uning mijozlari hohlagan jismoniy shaxs yoki hohlagan tashkilotlar bo’lib, ular tijorat shartnomasi asosida telekommunikatsiya xizmat ko’rsatuvchilarga aytiladi.

22.An’anaviy xizmat - telefon, tashkilotlarga aloqa kanali ijarasi va bu kanallar orqali o’zining shaxsiy tarmog’ini qurishi, internetga ulanishi, virtual shaxsiy xizmatlarni tashkil etishi, veb-xosting xizmati, elektron pochta, IP-telefon, audio/video signallarni tarqatish va boshqalarga aytiladi.

23.Interfeys - keng ma’noda – o‘zaro aloqadagi mustaqil ob’ektlar orasidagi rasman aniqlangan mantiqiy va/ yoki jismoniy chegara. Interfeys ob’ektlar o‘zaro ta’siri jarayonlari va tafsivlari parametrlarini beradi.

24.Klient – turli ilovalardan alohida kompyuter resurslariga xabar-so‘rovlar uzatish va shakllantirishga mo‘ljallangan, keyinchalik bu tarmoqdan natijalarni olish va mos ilovalar orqali ularni uzatish moduli.

25.Kommutator (Switch) – Hub ko‘rinishida konstruktiv bajarilgan va yuqori tezlikdagi ko‘p portli ko‘prik sifatida ishlovchi uskuna.

3.Maxsus atamalarni yangi pedagogik texnologiyalarda o’rganish



Tushunchalar tаhlili” metodi


Terninlar

Shaxsiy tushunchalar

Ilmiy aniqlama

Telekommunikatsiya (TK) tarmog’i

Shaxsiy tushunchalaringizni oddiy tilda mazmunli va ixcham qilib yozing

Yagona boshqaruvli oxirgi qurilmalar, kommutatsiya markazlari va ularni bog’lovchi aloqa liniyalari va kanallarining majmuasidir.


Aloqa tarmog’i




Aloqa tugunlari va liniyalarining muayyan belgilar ko’rinishi (aloqa turi, tarkibiy va funksional avtanomligi va h.k.lar) bo’yichaajratilgan majmuasi bo’lib, abonentlar (foydalanuvchilar) o’rtasida axborot almashuvi uchun mo’ljallangan aloqa tizimining bir qismidir.

















































Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.

2. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933

  1. H.Dadaboyev. XI-XI U asrlar turkiy tillar yozma yodgorliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologiya . –Toshkent, 1991.

  2. Internet materiallari:

www.ziyonet.uz

www.ziyo.com
Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling