2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari


O‘zbekiston xalq san‘atida me‘moriy badiiy naqsh san‘ati muhim o‘rin tutadi. San‘atning bu qadimgi turi O‘rta Osiyo me‘morchiligi xususiyatlari, naqshga mehr va mahalliy qurilish materiallari taqozosi


Download 56.05 Kb.
bet4/19
Sana11.11.2021
Hajmi56.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

O‘zbekiston xalq san‘atida me‘moriy badiiy naqsh san‘ati muhim o‘rin tutadi. San‘atning bu qadimgi turi O‘rta Osiyo me‘morchiligi xususiyatlari, naqshga mehr va mahalliy qurilish materiallari taqozosi bilan yuzaga kelgan.


  • O‘zbekiston xalq san‘atida me‘moriy badiiy naqsh san‘ati muhim o‘rin tutadi. San‘atning bu qadimgi turi O‘rta Osiyo me‘morchiligi xususiyatlari, naqshga mehr va mahalliy qurilish materiallari taqozosi bilan yuzaga kelgan.

  • Yurtimizda me‘morchilik qadim-qadimdan yuqori darajada rivojlangan. Bunga tarixiy obidaiarimiz masjidlar, maqbaralarni misol qilishimiz mumkin. Bu imoratlarda ota-bobolarimizning didi, dunyoqarashi, bilim saviyasi, qurilish madaniyati nechog‘lik yuksak saviyada ekanligi ko‘rinib turibdi. O‘zbek diyorida bobokalonlarimiz yaratgan barkamol teran mazmunli va tarixan bebaxo san‘at asarlari jahon madaniyati durdonalari qatorida o‘rin olgan. Qo‘li gul ustalar yaratgan san‘at durdonalari kishilarga estetik zavq bag‘ishlaydi. Yodgorliklarda quyosh nurida tovlanayotgan sarkor koshinlar nafis naqsh-nigorlar beixtiyor kishilarni o‘ziga maftun etadi. Bu naqsh-nigorlar bir necha asrlar oldin yaratilgan bo‘lsa-da hozirgacha o‘z nafosatini ko‘rkini yuqotgani yo‘q. Bunga biz Samarqanddagi me‘moriy obidalarni keltirishimiz mumkin. Tosh, sopol, materiallarda o‘z aksini topgan oddiy xalq tomonidan kashf etib yaratilgan bu manumental binolar o‘zining bejirimligi va mahobatliligi bilan kishilarni hayratga solmoqda. Bularni yaratgan ustalar o‘z bilimi yuksak mahoratlari evaziga shundan o‘lmas asarlarni yaratib toshlarga muhrladilarkim, ular hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q.

  • Gyugo aytganday, ―Odamzod ongida paydo bo‘lgan eng ahamiyatli fikrlarni toshga bitib ifodalaydi, chunki qog‘ozga bitilgan qo‘lyozmalarda har qanday buyuk g‘oyalar bo‘lmasin ular vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi mumkin, lekin qurilgan bino-bu toshda ifodalangan boshqaga bir kitob bo‘lib, u bir umr chidamlidir.

  • Hozirda bu nodir yodgorliklarga hurmat uni avaylab asrash ta‘mirta‘lab jaylarini ta‘mirlab restavratsiya qilishdan iborat. Yodgorliklar davlat qaramida. Mana O‘zbekistonimiz mustaqillikga erishgandan beri rassomchilikga, amaliy bezaklarga naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorliga va boshqa san‘at turlariga keng yo‘l ochib bermoqda. Bu soha vakillariga turli shoroitlar mukofotlar rag‘batlar ta‘sis etilmoqda. Prezidentimiz ham hunar egallagan yoshlarga shu san‘at rassomchilik a‘zolariga ham yordam berib ularni quvvatlamoqdalar.

Download 56.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling